Rus-tuzem maktablari – Rossiya imperiyasi ruslashtirish siyosatining maorifdagi tadbirlaridan biri. 1880 yilda Imperiya Davlat Kengashida Turkistondagi mahalliy aholi bolalarini rus aholisi bolalari bilan birgalikda o‘qitish masalasi ko‘rilib, general-gubernator fon Kaufman tomonidan “ruslar va tuzemeslar bolalarini birgalikda tarbiyalash” taklifi kiritildi. General-leytenant N.O.Rozenbax esa ibtidoiy turdagi boshlang‘ich maktablar bo‘lgan “rus-tuzem” maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Birinchi rus-tuzem maktabi 1884 yilda Toshkentda ochildi. Maorif sohasidagi bu siyosatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – imperiya ma’muriyatiga sadoqatli amaldorlarni tayyorlash va kelajakda siyosiy ahamiyatiga ega bo‘lmagan boshqaruv ishlarigagina mahalliy aholini jalb qilish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |