Rossiyada o‘tkazilgan yer islohotlari – 1861 yilda o‘tkazilgan bu islohotga qadar rus dehqonlari davlatga, dvoryan va pomeщiklarga qaram bo‘lgan krepostnoylar edilar. Islohotdan keyin dehqonlarga erkinlik berilib, qishloq xo‘jaligidan bo‘shagan aholining katta qismi shaharlarga ko‘chib keta boshladilar. Ammo, Rossiya shaharlari sanoat sohasida tajribasiz bo‘lgan sobiq dehqonlarni ish bilan ta’minlashga qodir emas edi. Natijada, rus ma’murlari «ortiqcha» notinch aholini ko‘chirish siyosatini olib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |