Perovskiy ekspeditsiyasi – Rossiya imperatori Nikolay I tomonidan 1839 yilda Xiva xonligiga yuborilgan. Bu ekspeditsiyaga Orenburg generalgubernatori Vasiliy Perovskiy boshlik qilgan. Perovskiy 1839 yilning oxirlarida 5 mingdan ziyod qurollangan qo‘shin bilan Xiva xonligi ustiga yurish boshladi. Ammo, yo‘ldagi og‘ir shart-sharoitlar rus qo‘shinlarining yurishini qiyinlashtirdi. 1840 yilning boshlarida Xiva xonligi chegaralariga yetib kelgan Perovskiy qo‘shinlari Xiva xoni Olloqulixonning o‘zbek, qozoq va turkmanlardan iborat birlashgan qo‘shinlari tomonidan tor-mor etildi. Perovskiy qolgan-qutgan askarlari bilan orqaga chekinishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |