Ruslashtirish – Rossiyaning Turkistondagi mustamlaka siyosatida asosiy e’tiborda bo‘lgan jarayon. Bu jarayonning asosiy mohiyati – mahalliy aholini milliy-madaniy qadriyatlarini unutishga majbur etish, rus-tuzem maktablari orqali mahalliy aholi orasidan rus ma’murlariga sodiq xizmat qiluvchi kadrlarni tayyorlash, rus aholisini o‘lkaga ko‘chirib ularga turlituman imtiyozlar berish, ko‘chiruvchilik tadbirlari orqali o‘lkada rusiyzabon aholini ko‘paytirish va ularning iqtisodiy mavqeini kuchaytirish, mahalliy aholini istagancha xo‘rlash hamda kamsitishdan iborat edi. Bu jarayon esa, buyuk rus shovinizmining ijtimoiy-iqtisodiy zaminini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |