Toshkent mudofaasi – 1865 yil 28 apreldan, Chernyaevning Niyozbek qal’asini egallab, Bo‘zsuv to‘g‘onini buzib yuborishidan boshlangan. Yurt fidoyilari Amirilashkar Alimquli boshchiligida Toshkent mudofaasi uchun barcha zarur choralarni ko‘rganlar. Mudofaa qo‘qonliklar, anjidonliklar, namanganliklar, o‘ratepaliklardan tashqari, toshkentlik sarbozlar, oddiy fuqarolar, mullavachalar qatnashganlar. 2 may kuni ruslarning birinchi hujumi qaytarilgan.9 may kuni Salor oralig‘i bo‘yidagi jangda Alimquli yaralanib, haloq bo‘ldi. Og‘ir janglardan so‘ng Toshkent mudofaachilarining qattiq qarshiligi singdildi va 15 iyun kuni istilosilar Toshkentni zabt etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |