MUASHSHAR HAQIDA MA’LUMOT
O‘zbek mumtoz adabiyotida musammat she’r shakl-
larini aniqlash uchun xizmat qiladi. Musammat arabcha
so‘z bo‘lib, «ipga terilgan marvarid» ma’nosini bildiradi,
she’r bandlarining turlarini va tartibini anglatadi. Musam-
matlar she’r bandlaridagi misralarning soniga qarab bir
necha turli bo‘ladi. Shulardan biri muashshardir.
Muashshar o‘n banddan iborat bo‘lib, uning har bir bandi
o‘n misradan tashkil topgan bo‘ladi. Muashsharning bi-
rinchi bandi, ya’ni o‘n misra o‘zaro qofiyalanadi. Qolgan
bandlarning so‘nggi ikki misrasida birinchi banddagi
qofiya tizimi saqlanib qoladi (a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-
b-b-b-b-b-a-a).
O‘zbek she’riyatida Nodiraning «Firoqnoma»si mu-
ashshar janrining yuksak namunasi hisoblanadi.
MUHAMMAD AMIN MUQIMIY
(1850–1903)
O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘zining sermahsul ijodi
bilan boyitgan Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning
adabiyotimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi asarlarining o‘zi
yashagan davrdayoq xalq muhabbatiga sazovor bo‘lgan-
ligi, xalq ichiga singib ketganligi, kuyga solinib,
qo‘shiqlarga aylangani, nasldan naslga o‘tib yashab kela-
yotganligidadir.
Atoqli demokratik shoir Muqimiy XIX asrning 2-
yarmi XX asrning boshlarida (1850–1903) yashab ijod
etdi. Hunarmand oilasida dunyoga keldi. Uning otasi
Mirzaxo‘ja asli toshkentlik bo‘lib, Qo‘qonga borib
turg‘un bo‘lib qoladi. Onasi Bibioysha zamonasining
ziyrak, quvnoq, badiiy zavqi yuksak ayol edi. Bu ma’-
naviy xislat o‘g‘li Muqimiyga ham ta’sir etdi, she’riyatga
bo‘lgan qi-ziqishini orttirdi. Yoshligida oilada onasidan
xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganganligi va Sharq
nazmining Hofiz, Alisher Navoiy, Fuzuliy kabi mashhur
namoyandalari ijodi bilan tanishishi undagi badiiy zavqni
rivojlantirdi. Yoshligidan boshlab she’rlar mashq qila
boshladi. U Qo‘qon, Buxoro madrasalarida tahsil oldi.
Muqimiy mumtoz janrning g‘azal, muxammas, mu -
rab ba’, masnaviy turlarida ijod qildi. U she’rlarida keng
ma’nodagi muhabbatni, lirik qahramon kechinmalari, is-
taklari, armonlari, sevinch va alamlarini gavdalantirdi.
Shuningdek, Muqimiy ijodida hayotni sevishga, undan
zavqlanishga chaqirish, turmushning ozod va baxtiyor
bo‘lishini orzu qilish yetakchi o‘rinda turadi. Lekin ikki -
yoqlama zulm hukmronlik qilgan adolatsiz jamiyatda
shoir niyatlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Shu
bois uning lirikasida «Tole zabunlik», «Zulm», «Jabr-u
sitam», «Charxi kajraftor»dan shikoyat qilib, «bulbullar
o‘rnini zog‘lar» olgani, «ahli tamiz» xor bo‘lib, «nodon-
lar»ning izzat-ikromda ekanligi tasvirlanadi. Ko‘rinadiki,
hayotdagi qarama-qarshi yashash tarzi shoir ijodida o‘z
aksini topgan.
Muqimiyning g‘azal, muxammas va murabba’lari maz -
munning aniqligi, ravshanligi, uslubining ravon va ye-
n gilligi vaznining quvnoq va o‘ynoqiligi bilan jozibalidir.
Quyida uning murabba’ va g‘azallari bilan tanishasiz.
1. Muqimiyning yoshligidan she’riyatga qiziqishi
sabab bo‘lgan omillar haqida gapiring.
2. Shoir lirikasining mazmun-mohiyati nimada edi?
3. Muqimiy she’rlarida lirik qahramoni kechin-
malariga davrning ta’siri qanday ifodalangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |