-M.I.Tereshenko - millioner, moliya ministri;
-A.A. Manuylov-kadet-maorif ministri;
-V.N.Lьvov-muqaddas sinod ober-prokurori;
-A.I.SHingarev-kadet, ziroatchilik ministri;
-A.F.Kerenskiy-mehnat partiyasidan (tez orada u o’zini eser deb e’lon qiladi), adliya ministri;
-I.V.Godnev-oktyabrist, davlat nazoratchisi.
Urush yillarida ziyolilar va burjuaziya doiralarida «ishonch ministrligi» g’oyasi paydo bo’lgan edi. Bu g’oyani Davlat Dumasida taraqqiyparvar blok asosiy shior qilib olgan edi. Bu «ishonch ministrligi»ga nomzodlar ro’yxati e’lon qilinib, keng muhokamalar ham bo’lgandi. Tashqi ishlar ministri P.N. Milyukov o’z xotiralarida Muvaqqat hukumatning birinchi tarkibiga keyinchalik asos bo’lgan uch tarkib varianti bo’lganligini yozgan (Milyukov P.N. Vospominaniya. M., 1990). Muvaqqat hukumatning tezlikda tuzilganligining sababini P.N. Milyukov shunda deb hisoblaydi.
27 fevral kuni kunduzi ishchilar tashabbusiga ko’ra ishchi deputatlari Sovetining Muvaqqat ijroiya komiteti tuzilib, komitet a’zolaridan 13 kishi menьshevik va eser, 2 kishi bolьshevik edi. Sovet va uning ijroiya komiteti Tavriya saroyida, Duma majlislar o’tkazadigan zalda bo’lganligi uchun eser va menьsheviklarning rahbarlari Sovet tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatishgan.
Fevralь inqilobi Rossiyaning siyosiy hayotida katta o’zgarishlarga turtki bo’lganligi to’g’risida SSSR davrida va xorijda ko’p asarlar yozilgan. Turli mayda siyosiy partiya va tashkilotlar siyosiy sahnadan tushib ketishdi. Muxolifatda bo’lgan konstitutsion-demokratlar, ya’ni kadetlar hukmron partiyaga aylanishdi, markaziy pozitsiyalarda eser va menьsheviklar, so’l qanotda esa bolьsheviklar bo’lishdi.
Fevralь voqealaridan keyin kadetlar partiyasi tashkilotlarining soni o’sdi. May oyining oxirlariga kelib 183 ta, kuzda esa kamida 370 taga yetdi. Rus olimlarining hisob-kitoblariga qaraganda kadetlar partiyasida taxminan 70 mingga yaqin a’zo bor edi. Kadetlar partiyasi mamlakatning barcha aholisi uchun asosiy fuqarolik erkinliklari berilishini o’z dasturlarida asosiy maqsad qilib belgilagan edi:
-huquqiy tuzum joriy qilish;
-parlament tuzumi;
-8 soatlik ish kuni;
-Kasaba uyushmalari erkinligi;
-monastirlar yerlari, davlatga qarashli va pomeshiklarga tegishli yerlarni to’lov evaziga dehqonlarga bo’lib berish;
-xususiy mulk tamoyilining huquqiy muhofazasi;
Kadetlar partiyasi Rossiyaning jahon urushiga kirishini doimo ma’qullashgan va Fevralь voqealaridan so’ng ham Rossiya urushni davom etttirishi lozim, deb hisoblashgan. Ularning siyosiy maqsadlariga kelsak, kadetlar konstitutsiyali monarxiya tarafdorlari bo’lib, Fevral voqealari kunlari ham Romonovlar sulolasi tojini Nikolay II o’g’li yoki ukasiga kiydirish orqali saqlab qolishga intilishdi. Lekin soldat va ishchilar orasida monarxiyaga qarshi kayfiyatlar shunchalik kuchli ediki, kadetlar monarxiyani saqlab qolish fikridan tez orada voz kechib, 25-27 mart kunlari bo’lib o’tgan VII s’ezdida o’zlarini respublikachi, deb e’lon qilishdi. Muvaqqat hukumat monarxiyani saqlab qolish imkoni bo’lmaganligi uchun emas, balki kadetlar hukumatda yetakchi kuch bo’lganligi uchun (biz yuqorida Muvaqqat hukumat tarkibini keltirganimizda kadetlar vakillarini ko’rsatib o’tdik) sababli Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar tarqalib ketdi.
Eser- sotsial revolyutsionerlar sotsialistik partiyalar orasida 1917 yil bahoriga kelganda eng yirik partiya edi. Turli farazlarga ko’ra partiya saflarida 500 mingdan 1 milliongacha a’zo bor edi. 1917 yil 25 may-4 iyunь kunlari bo’lib o’tgan III s’ezdda eserlar Muvaqqat hukumatni qo’llab-quvvatladilar, urushni davom ettirish va yer masalasini Ta’sis majlisida ham qilishning tarafdorlari bo’lishdi. Lekin eserlar o’ng, so’l va markaz vujudga kelgan edi. Kuzga kelib partiyaviy ichki nizolar kuchaydi va so’l eserlarning alohida partiyasi tuzilib, ular Oktyabrda bolьsheviklarni qo’llashdi.
Sotsial-demokratlardan menьsheviklar partiyasi inqilob boshlanganda yagona partiya hisoblanmas, ularning Markaziy komiteti ham yo’q edi. Inqilob mobaynida menьshevizm bir qator oqimlarga parchalanib ketdi. O’ng menьsheviklar guruhi «Birlik» (Edinstvo) deb atalib, unga G.Plexanov rahbarlik qilardi. So’l va baynalminalchilar guruhiga Yu. Martov boshchilik qilgan. SHunga qaramasdan menьsheviklarning barchasi sotsialistik inqilobga hali erta, deb hisoblashar, parlamentli respublika tuzumini yoqlab chiqishar, barcha yerlarni (mayda xususiy yer maydonlaridan tashqari) musodara qilish va mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralari tasarrufiga berishni talab qilishardi.
Eng radikal, shiddatli, qolaversa, ekstremistik kayfiyatga ega partiya bolьsheviklar partiyasi edi. Fevral inqilobiga kelib bu partiyaning bor- yo’g’i 24 mingga yaqin a’zosi bo’lsa-da, u eng jips tashkiliy jihatdan kuchli, aniq dastur va taktikaga ega partiya edi. O’z faoliyatini xalq ommasi orasida aholiga yoqadigan shiorlar ko’magida olib borgan bolьsheviklar partiyaning obro’si beto’xtov o’sib bordi. 1917 yilning oktyabrь oyiga kelib uning saflarida 350-400 ming a’zo bor edi.
Iqtisodiy sohada bolьsheviklarning talablarini Lenin bayonida quyidagicha keltirish mumkin:
A) Pomeshchiklarning barcha yerlarini musodara qilish;
B) Mamlakatdagi barcha yerni umumxalq mulkiga aylantirish;
V) Yerlarni batrak va dehqon deputatlari mahalliy Sovetlarining tasarrufiga o’tkazish;
G) Har bir yirik imeniedan (100 desyatinadan 300 desyatinagacha yeri bo’lgan) batrak deputatlari nazorati ostida bo’ladigan namunaviyxo’jaliktuzish;
D) Barcha banklarni bitta umummilliy bankka birlashtirish va ular ustidan Sovetlar nazoratini o’rnatish;
E) Ijtimoiy ishlab chiqarish va oziq-ovqat taqsimotini Sovetlar tomonidan nazorat qilishga o’tish;
Ko’rinib turibdiki, bu bolьsheviklarning sotsialistik inqilob qilish va hokimiyatni proletariat o’z qo’liga olganidan so’ng amalga oshiriladigan sotsialistik o’zgarishlar dasturi emas. Biz buni ta’kidlab aytmoqchimiz. Bu bolьsheviklarning fikricha, Rossiyani global iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy halokatdan qutqarish dasturi edi. Ushbu dasturning asosiy mazmuni bir tomonlama (separat) sulh tuzib bo’lsa ham urushdan chiqish, qo’zg’alib kelayotgan xalqni tinchlantirish uchun uning eng zaruriy ehtiyojlarini qondirishdan iborat edi. Boshqacha aytsak, bu og’ir inqiroz sharoitida mamlakat iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish siyosati edi. Tarixga nazar solsak, bunday holatni biz I jahon urushi yillarida Germaniyada, I jahon urushidan so’ng Angliyada (D.Lloyd-Jorj amalga oshirgan), 1930 yillarda AQSHda (F.D. Ruzvelьt va uning «yangi yo’nalishi») kuzatishimiz mumkin. Bu siyosatning xarakterli tomoni ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirish, davlatning iqtisodiyotga kuchli ta’sir qilish mexanizmini yaratish, rejalashtirishdan foydalanish, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish va hokozolardir Bolьsheviklarning yutug’i shunda ediki, ular ilgari surgan shiorlar ( Yer-dehqonlarga!,Butunhokimiyat-Sovetlarga!va boshqalar) o’sha suronli kunlarda xalq manfaatlarini ifodalardi. SHu bois aholining aksariyat qismi bolьsheviklarni qo’llab-quvvatladi. Bunday shiorlarni ko’tarib
chiqqan bolьsheviklar aholining keng qatlamlariga yaqinlashib, qat’iylik bilan harakat qilishdi. Ishchi va dehqonlar madadiga tayanib ish ko’rish esa menьshevik va eserlar uchun sotsialistik inqilob o’tkazilishini anglatardi. Ularning fikricha sotsialistik inqilob Rossiyada hali yetilmagan edi.
Bolьsheviklar inqilob oxiriga yetkazilib, hokimiyat Sovetlar qo’liga berilsa fuqarolar urushining oldini olish mumkin bo’ladi, deb hisoblashardi. Ular mamlakatda monarxiya kuchaysa, o’ng kuchlarning birlashishi uchun zamin paydo bo’ladi, deb tashvishlanardilar. SHu sababli bolьsheviklar qurolli qo’zg’olonni tezlashtirishga intildilar. Mamlakatdagi va poytaxtdagi vaziyat qurolli qo’zg’olonni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun qulay kelib, ko’pchilik qurolli qo’zg’olon bir necha hafta ichida bo’lib o’tishini tushunardi. 1917 yil 10 oktyabrь kuni kechqurun bolьsheviklar Markaziy komitetining majlisi bo’lib o’tdi. Qurolli qo’zg’olon o’tkazish to’g’risidagi rezolyutsiya uchun ovoz berilganda uni yoqlab Lenin, Sverdlov, Stalin, Trotskiy va boshqalar ovoz berishdi. Kamenev va Zinovьevlar qarshi chiqishdi, ular hali inqilob uchun erta ekanligi, Ta’sis majlisi ochilishini va hokimiyat masalasini o’shanda hal qilish lozimligini asos qilishdi.
Qurolli qo’zg’olon arafasida Qizil gvardiya saflarida mamlakat bo’yicha 75 mingga yaqin askar bor edi. Qo’zg’olon mobaynida gvardiya soni 2-3 marta oshib ketdi. Qizil gvardiya miltiq va pulemyotlar bilan, ayrimlari esa to’p va zirhli avtomobillar bilan qurollanishgan edi. Signalga ko’ra 240 ming kishilik Petrograd garnizoni jangga kirishga tayyor edi. SHu tariqa. bolьsheviklar qurolli kuchlar nisbatida ustunlikka erishdilar va qurolli qo’zg’olonga tayyorgarlikni imkoni boricha sir tutishga urindilar. Lekin 18 oktyabrь kuni so’l sotsialistik yo’nalishdagi «Novaya jiznь» gazetasida Kamenev bayonoti e’lon qilindi. Unda Kamenev o’z nomidan va Zinovьevning nomidan partiyaning qurolli qo’zg’olon to’g’risidagi masalaga qarshi chiqqanligini tasdiqladi. Lenin bu ikkalasini «shtreykbrexer»lar (ish tashlagan ishchilar o’rniga ishlashga rozi bo’lgan ishsizlar) deb atab, MK tarkibidan chiqarishni talab qildi. Biroq MK hal qiluvchi kunlari ichki partiyaviy ziddiyatlarni keskinlashtirmaslik maqsadida Kamenev va Zinovьevni MK tarkibida qoldirdi. Buning ustiga qurolli qo’zg’olon muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmaydigan bolьsheviklar oz emas edi. 19 oktyabrь kuni adliya ministri P.Malyantovich Leninni hibsga olish to’g’risida buyruqqa imzo qo’ydi. Bolьsheviklar yashirin faoliyatni kuchaytirishdi.
oktyabrь kuni ertalab yunkerlar va militsiya otryadlari bolьsheviklar tipografiyasini bosib oldi. Muvaqqat hukumat Vaqtli inqilobiy komitet a’zolarini hibsga olish masalasini muhokama qildi, Petrograd Soveti ishlayotgan Smolьniy binosini egallashni taklif etdi. Yunkerlar hukumat binolari, vokzallarni egallab, ko’priklarni ko’tarishga kirishdilar. SHu kuniyoq bolьsheviklar partiyasi Petrograd komitetining majlisida hujumga o’tishga qaror qilindi. SHu kuni tunda Lenin bolьshevik Eyno Raxьya hamrohligida Smolьniyga keldi.
oktyabrga o’tar kechasi bolьsheviklar tarafdorlari Nikolaev va Boltiq vokzallarini, elektrostantsiyani, ertalab esa Davlat bankini, Markaziy telefon stantsiyasini egallashdi. «Avrora» kreyseri Nevaga kirdi. Nikolaev ko’prigini qo’riqlayotgan yunkerlar ketishdi. Trotskiyning so’zlariga qaraganda tinch fuqaro osoyishta uxlayotgan va hukumat o’zgarayotganidan bexabar edi. 25 oktyabrь kuni ertalab Kerenskiy Muvaqqat hukumatga raislikni A.I.Konovalovga topshirib, o’zi SHimoliy front qarorgohiga ketdi. Soat 1000 da Vaqtli hukumat o’z murojaatnomasini e’lon qildi. Soat 1300da Mariinsk saroyi zabt etildi. Yana bir yarim soatdan so’ng esa Smolьniyning majlislar zali, Qishki saroy o’rab olindi. Qishki Saroyning qurshovida 12-18 ming soldat ishtirok etdi. Soat 19 da Muvaqqat hukumatga Vaqtli inqilobiy komitetning ulьtimatumi e’lon qilindi. Soat 21 dan 40 daqiqa o’tganda «Avrora» kreyseri to’pidan uzilgan o’q Qishki saroyni egallashga signal bo’ldi. Qishki saroyni zabt etishga rahbarlik qilayotgan V.A.Antonov-Ovseenko va G.I.CHudnovskiylar 1917 yil 26 oktyabrь kuni 00 dan 50 daqiqa o’tganda saroyni egallashga buyruq berishdi. Tungi soat 2 dan 10 daqiqa o’tganda Qishki saroy olindi. A.I.Konovalov raisligidagi Muvaqqat hukumat taslim bo’ldi.
Sovet Rossiyasidagi proletar diktaturasi Frantsiyadagi yakobinchilar diktaturasiga o’xshab ketardi. Ruscha yakobinchilikning quyidagi asosiy tamoyillarini aytib o’tishimiz mumkin: