Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi



Download 1,64 Mb.
bet4/40
Sana12.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#659266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
shamsiyeva

Birinchidan. Chor Rossiyasi mustamlakachilik, buyuk davlatchilik, millatchilik va shovinistik siyosatini hеch kimdan, xalqdan, jahon afkor ommasidan yashirmasdan ochiq-oydin olib borgan bo’lsa: Sovetlar esa mustamlakachilik, shovinistik va «buyuk rus millatchiligi» siyosatini riyokorona suratda xaspo’shlab, ayyorlik va tilyog’lamalik bilan balandparvoz, havoyi va amalga oshmaydigan shiorlar va saroblar pardasiga o’rab olib bordi. Masalan: «Sovetlar davlati-umumxalq davlati», «prolеtar intеrnatsionalizmi va xalqlar do’stligi», «sotsializm va kommunizm g’alabasi ishiga sadoqat», «Kompartiya-umumxalq firqasi», «bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun!» «Sovеt xalqi-kishilarning yangi tarixiy birligi», kabilar ana shular jumlasidandir.
Ikkinchidan, Chor Rossiyasi ma'lum ma'noda mustamlakachilik, bosqinchilik siyosatini yon atrofiga qarab, xalqaro maydondagi vaziyatni hisobga olib andak bo’lsada, ehtiyotkorlik bilan olib borgandi. Axir Chor Rossiyasi Buxoro amirligi va Xiva xonligini o’ziga qaram, vassal davlatga aylantirgan bo’lsada, ammo ularning siyosiy mustaqilligini batamom yo’q qilishga jur'at eta olmagan edi. Sovetlar esa sharm-hayoni va insof-diyonatni bir chеkkaga surib qo’yib, Buxoro va Xiva davlati hududlarini dahshatli qirg’inlar evaziga bosib oldi va mustamlaka asoratiga soldi.
Uchinchidan, Chor Rossiyasi Turkiston o’lkasida qattiqqo’llik bilan mustamlakachilik zulmi siyosatini olib borgan bo’lsada, tub еrli aholining tarixi, tili, dini, urf-odati, madaniyati kabilarga sovetlardеk huruj va ta'zyiq o’tkazmagan edi. Sovetlar esa qisqa muddat ichida Turkiston xalqlarining milliy davlatchiligiga barham bеrdi, tarixidan mahrum qildi, dinini taqiqlab qo’ydi, tiliga kishan soldi, madaniyat va ma'naviyatini g’orat qildi. Xullas, Sovetlar davrida O’rta Osiyoning yirik millatlaridan bo’lgan o’zbеk millat-sifatida halokat yoqasiga kеlib qolgan edilar.
Insoniyatda ijtimoiy adolatga intilish har vaqt kuchli bo’lgan. O’rganilayotgan davrda lenincha sotsializm g’oyasi mehnatkashlar manfaatlariga javob beradigan maqsadlarni o’zida mujassamlashtirgan, ular to’liq ro’yobga chiqarilmagan yoki butunlay buzib, amalga oshirilgan, degan ta’kidlar biz ko’rib chiqqan ko’plab adabiyotlarda uchradi. Rossiya sotsialistik jamiyatni qurishga kirishishdan oldin qanday davlat edi?
XX asr boshlarida imperiya aholisining to’rtdan uch qismi agrar sohada band bo’lib, mamlakatda yarim krepostnoylik munosabatlari saqlanib qolgan edi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Rossiya dunyoda birinchi o’rinda bo’lib, arpa, tariq, bug’doy yetishtirish va chetga sotishda jahon bozorida salmoqli hissaga ega bo’lgan. Kartoshka, qand lavlagi, zig’irpoya tolasi va boshqa texnika ekinlarini yetishtirish jadal ko’paymoqda edi. CHorva miqdori va unumdorli ham o’sayotgandi. Biroq sanoat va savdo sohasida erishilayotgan yutuqlar oldida agrar sohadagi vaziyat juda qoloq va ayanchli ko’rinardi. Qishloqdagi ahvolni bir-biri bilan o’zaro bog’liq ikki holat-qishloq aholisi sonining o’sishi (1861 yildan 1913 yilgacha bo’lgan davrda qishloq aholisi ikki baravar ko’paydi) va dehqonlar jamoasining mavjudligi murakkablashtirardi.
Yangi asr boshlariga kelib Rossiya imperiyasi hududiga ko’ra dunyoda Britaniya imperiyasidan keyin ikkinchi o’rinda bo’lib, quruqlikning 16,8 foizini egallagan holda 22,2 mln kvadrat kilometrga ega edi. Aholi soniga ko’ra Britaniya va Hindistondan keyin uchinchi o’rinda brogan Rossiya hududida 125 million odam yashardi.
Sanoatlashuv bo’yicha Rossiya dunyoning yetakchi davlatlaridan ancha ortda borayotgan edi. Sanoati rivojlangan davlat ko’rsatkichlari quyidagilarni qamrab olishi zarur edi:
1.Milliy daromadda sanoat mahsulotlarining ustuvorligi;
2. SHahar aholisi sonining qishloq aholisi sonidan ko’pligi;
3. Aholi savodxonligi ko’rsatkichlarining yuqoriligi.
Katta milliy boylikka-160 milliard rublga ega Rossiya imperiyasi bu sohada umumjahon ko’rsatkichlarida 8,6 foizga erishgan edi. Milliy boylikning aksariyat qismini-90milliardni tabiiy boyliklar tashkil qilardi. Yalpi sanoat mahsuloti hajmi bo’yicha 5,7 milliard rublь ko’rsatkichi bilan Rossiya jahonda beshinchi o’rinda edi. Aholi jon boshiga daromad esa rivojlangan davlatlarga nisbatan 3-5 marta past bo’lib, bir kishiga sanoat ishlab chiqarish hajmi va sanoatdagi mehnat samaradorligi bo’yicha Rossiya yetakchi davlatlardan 5-10 baravar orqada edi. Aholining turmush darajasi Rossiyada Germaniyaga nisbatan 2 marta, Angliyaga nisbatan 4 marta past edi. Aholi savodxonligi bo’yicha eng oxirgi o’rinlardan birini egallagan Rossiyada aholining 30 foizi savodli edi.
SHu tariqa, Rossiya imperiyasining XX asr boshlaridagi ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotining tahlili shuni ko’rsatdiki, iqtisodiy o’sishning yuqori ko’rsatkichlariga erishsa-da, Rossiya sanoat ishlab chiqarishi bo’yicha dunyoning yetakchi besh davlatiga yaqinlasha oldi, xolos. Iqtisodiy taraqqiyotning xususiyatlari rus jamiyatining ijtimoiy-tabaqaviy tuzumida, siyosiy kuchlar nisbatida, ijtimoiy harakatlar xarakterida o’z aksini topdi.
1917 yilgi voqealarga bir necha o’n yillar mobaynida kommunistik nuqtai-nazardan qarab kelindi. SHu yili bo’lib o’tgan barcha voqealar bolьsheviklar eng avvalo V.I.Lenin faoliyati bilan bog’lab o’rganilgandi. Bu yondashuvda muayyan faktlar, ya’ni xalq ommasining kayfiyati, manfaatlari, psixologiyasi bo’sh o’rganilgan, buning ustiga siyosiy partiyalarning 1917 yildagi faoliyati tarixi buzib ko’rsatilgan.
Rossiya burjuaziyasining 1917 yildagi asosiy vazifasi ыz pozitsiyalarini davlat tepasida turib mustahkamlashdan iborat edi. Bu yo’lda burjuaziya o’z daromadlarining bir qismidan voz kechishga, o’z hayotiy tamoyillaridan vaqtincha chekinishga ham bordi.
Fevral inqilobi sabablarini aniqlash uchun iqtisodiy inqiroz va oziq-ovqat taqchilligiga frontdagi mag’lubiyatlarni, begona manfaatlar uchun noroziligini, samoderjavieni inqirozlarni bartaraf eta olmaganligini, rasputinchilikni, ministrlarni tez-tez almashtirilishini va shu kabi qator salbiy holatlarni ham qo’shish zarur, deb o’ylaymiz. Fikrimizning isboti uchun 1916 yilda butun mamlakat bo’ylab 243 ta siyosiy ish tashlash bo’lganligini, 1917 yilning dastlabki ikki oyida esa 1140 ta bo’lganligini keltirishimiz mumkin.
Ish tashlash va namoyishlarning eski hisob bilan 23 fevralda, soldatlar xalq tarafiga o’tganidan so’ng boshlangan yangi to’lqini samoderjaviening qulashiga olib keldi. Bunday tez g’alabani burjua va sotsialistik partiyalarning yetakchilari kutishmagan edi, shu bois ularning inqilobga tayyor emasligi ayon bo’ldi. Bu hol Muvaqqat hukumat va Sovetlar qay tariqa tuzilganligidan ham ko’rinib turibdi.
Samoderjavie ag’darilishi arafasida podsho Nikolay II Davlat dumasini tarqatib yubordi. Qudratli xalq harakati bo’layotganligiga qaramasdan Duma deputatlari podshoga quloq solishdi va alohida kengashga to’planishdi. So’ngra 27 fevraldan 28 fevralga o’tar kechasi Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi va Petrograd Soveti ijroiya komiteti vakillarining ushbu komitet bilan o’tkazgan muzokaralaridan so’ng Muvaqqat hukumat tuzildi. Muvaqqat hukumatning birinchi tarkibiga quyidagilar kirdi:
-knyazь G.E. Lьvov, partiyasiz, siyosiy qarashlariga ko’ra kadetlarga yaqin.
Muvaqqat hukumat raisi va ichki ishlar ministri;
-A.I.Guchkov - oktyabrist, harbiy va dengiz ministri;
-N.V.Nekrasov - kadet, temir yo’llar ministri;

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish