-M.I.Tereshenko - millioner, moliya ministri;
-A.A. Manuylov-kadet-maorif ministri;
-V.N.Lьvov-muqaddas sinod ober-prokurori;
-A.I.SHingarev-kadet, ziroatchilik ministri;
-A.F. Kerenskiy-mehnat partiyasidan (tez orada u o’zini eser deb e’lon qiladi), adliya ministri;
-I.V.Godnev-oktyabrist, davlat nazoratchisi.
Urushdan odamlar azob chekmoqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7-noyabr) bolsheviklar mensheviklar va “so'l” eserlar bilan birga
davlat to'ntarishini amalga oshirdilar va hokimiyatni qo'lga oldilar.
Jahon urushi qiyinchiliklari, Rossiyadagi 1917-yil voqealari Turkiston, umuman, O'rta
Osiyo xalqlari hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi.O'lkada yuz bergan oziq-ovqat tanqishgidan bolsheviklar foydalanib, 1917-yil kuzida Sovetlar hokimiyatni qolga olish masalasini ilgari
surdilar. Ular ishchi va soldatlar boshdan kechirgan qiyinchiliklar, noroziliklarni o'z manfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqa so'l guruhlar, harbiy asirlar, frontdagi kommunistlar qo'shildilar.
.Savol va topshiriqlar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy axvoli qanday edi?
1917 yilda mamlakatda ro’y bergan iqtisodiy vayronkorlik sabablarini sanab o’ting?
Ikki hokimiyatchilik nima? Uning mohiyatini izohlang.
Rossiyada Romanovlar sulolasi qanday tugatildi?
Kadetlar kimlar edi?
Proletariat diktaturasining mohiyati
2-Mavzu: Rossiyada Oktyabr to’ntarishi.
REJA:
Rossiyada Oktyabr to’ntarishi . V.Lenin boshchiligidagi bol’sheviklarning hokimiyatga kelishi
Yer va Sulh to’g’risidagi dekretlarning e’lon qilinishi
Turkiston Muxtoriyati va uni qonga botirilishi
Adabiyotlar:
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.
3.Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.
R.Servis “Lenin”. M., 2002.
Emelьyanev Yu.V. “Stalin” v 2-x tomax. M., 2003.
Avtorxonov A. Kreml saltanati. –T.: 1993.
Xaydarov M. Uzbekistonda sovet davlati boshkaruv tizimi: shakllanishi, boskichlari va moxiyati (1917-1941 y). –T.:, 2012.-272 6.
Igor Bunich. Partiyaning oltinlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2005 -188 b.
1917 yil Oktyabr to’ntarishi Turkiston xalqlari tarixida Rossiya mustamlakachiligining yangi davrini boshlab bеrdi. Bu davr Sovetlar saltanati mustamlakachiligi davri bo’lib, u to 1991 yil avgustga qadar davom etdi. Sovetlar davrida amalga oshirilgan qizil saltanat mustamlakachiligi siyosati Chor Rossiyasi yurgizgan mustamlakachilik siyosatidan quydagilar bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |