Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Yunonistonda siyosiy tarqoqlikning kuchayishi



Download 1,03 Mb.
bet15/83
Sana21.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#569538
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Bog'liq
2 5343597116235192245

6. Yunonistonda siyosiy tarqoqlikning kuchayishi. Peloponnes urushini keltirib chiqargan sotsial-iqtisodiy taraqqiyot urush tamom bo'lgach, ham davom etdi. Bu urush davrida Eron yunonlar ishiga aralashgan, spartaliklarga yordam bergan edi, u bu aralashuv siyosatining mil.av. IV asrda ham davom ettirdi. Mil.av. IV asrda yunonlar dunyosida vaziyat ancha murakkablashdi: ilgari iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan polislarda erkin aholining tabaqalanishi, Bolqon Yunonistonsining shimoliy, janubiy va g'arbiy qismida ilgari qoloq bo'lgan rayonlarda ekanomikaning rivojlanishi yuz berdi. Quldorlik tovar xo'jaligi o'sdi. Bu rivojlanish faktorlari qadimgi yunon jamiyatida sinfiy kurashni keskinlashtirdi va tovar sotishni qiyinlashtirdi. Zaif polis davlatlari quldorlarni xalq ommasidan himoya qilishga ojiz edi. Peloponnes urushida qullar mehnatidan hunarmandchilikda, savdo-sotiqda va dengizchilikda keng foydalanilgan. Mazkur urushdan qullar mehnatidan qishloq xo'jalik mehnatida ham keng qo'llanila boshlandi. Bu hol hunarmandlarning, yuk tashuvchilarning, batraklarning ahvoliga halokatli ta'sir etdi. Ular lyumpen proletarlarga aylanib, onda-sonda ish topar edilar va asosan quldorlik davlatining qullar mehnati bilan yaratilgan mablag'laridan berilgan arzimas sadaqa hisobiga yashar edilar. Ular quldorlik jamiyatining parazit elementlari orasida eng past tabaqa edi. Ishlab chiqarish mehnatiga, qulning ishi deb nafrat bilan qarash shu davrda keng odat bo'lgan.
Urushlar davrida yerlar qarovsiz bo'lib qolgan. Quldorlar yerlarni arzon bahoga sotib yoki egallab olganlar. Boy quldor-polutokratlar ayni bir vaqtda sudxo'r, ham savdogar, ham yer egasi bo'lgan (polutokratlar o'z boyligi bilan kuchlilar). Amalda ana shular iqtisodiy jihatdan taraqqiyo qilgan yunon polislarining ichki va tashqi siyosatiga ta'sir ko'rsatib turganlar. Sirtdan qaraganda demokratlashish yuz bergan. Saylab qo'yiladigan ko'p lavozimlarga davlat tomonidan maosh to'langan. Xalq yig'iniga qatnashuvchilari, lavozim egalariga to'lanadigan haq ularning daromad manbai bo'lgan. Shu sababli xalq yig'ini boylarning hohishiga qarab ish tuta boshlagan. Ba'zan xalq yig'inida kambag'allar boylarga soliq solish kabi favqulodda tadbirlar ham ko'rganlar.
Mil.av. IV asrdagi polislarda eski xalq lashkari o'z ahamiyatini yo'qotgan. Chunki bu lashkarni fuqarolarning o'rta tabaqasi tashkil etardi. Bu tabaqa barham topgan qurollar olishga qurbi ham yetmagan. O'rta tabaqa ishsizlarga aylangan edi. Quldorlik jamiyatining rivojlanishi sharoitida kambag'allashib qolgan omma uchun og'ir ahvoldan qutilishning birdan-bir yo'li yollanma askarlar safiga kirishdan iborat edi. Chunki mil.av. V asrning oxiri IV asrning boshlarida Yunonistonda yollanma askarlarning otryadlari tez fursatda harbiy kuchlarning asosiy turi bo'lib qolgan edi. Yollanma askarga ehtiyoj Yunonistonning o'zida ham katta edi. Eron shohlari, Misr fir'avnlari ko'plab yunon yollanma askarlarini xizmatga ola boshlashgan. Yunonistonda tajribali askarlarning maxsus bozorlari bo'lgan. Bu bozorlarda hukumat va askarboshlar xizmat qilishni istaganlar bilan shartnoma tuzganlar.
Mil.av. IV asrda yollanma askarlar va ularning askarboshlari yunon polislari hayotida katta rol o'ynay boshlaganlar. Yollanma askar otryadlari polislarda hukmron oligarxiyaning hokimiyatini mustahkamlar edilar, demos qarshiligini bostirar edi. Lekin yollanma askarlar o'zlarini olib kelgan hukumatni ag'darib tashlab, o'z askarboshilarini Tiran deb e'lon qilardi. Mil.av. IV asrda Yunonistonda Spartadagi ilotlar qo'zg'olonlaridan tashqari qullar qo'zg'olonlari haqida manbalarda ma'lumotlar yo'q.
Qullar bajaradigan hunarmandchilik ishi ko'p mablag' sarflashni talab qilmagan. Hunarmandchilik buyumlariga qadimgi dunyoda extiyoj kam bo'lgan. Boylar o'z mablag'larini xazina-dafinalarga aylantirib, musodara qilishdan qo'rqib yerga ko'mganlar. Ichki bozor tor bo'lgan. Qullar ko'pincha hech narsa sotib olmagan. Quldorlar o'z qullari yasagan buyumlar bilan cheklanib, boshqa tovarlarni deyarli sotib olmaganlar. Ilgari qoloq bo'lgan Yunoniston tumanlari qulchilik taraqqiyotiga qadam qo'yganlar.
Yunonistonda yuz bergan sotsial-siyosiy krizisdan qutilish yo'llari qidirila boshlangan. Ular orasida real pozitsiyada turgani Isokrat bo'lgan. U yunonlarni Kichik Osiyoni istilo qilish, talash va shu tariqa o’z ishlarini to'g'rilab olish uchun birlashishga chaqirgan. Isokrat yunonlarning o'z kuchini birlashtirishga ishonmagach, yunon polislarini Filipp Makedonskiyga bo'ysundirish va uning rahbarligida Kichik Osiyoni zabt etish fikrini ilgari surgan.
Eron yordamida Sparta Afinani mag'lub qilgach, Sparta yana Yunonistonga gegemon bo'lib oldi, lekin qoloq Sparta bu vazifani uddalay olmas edi. Pelaponnes urushigacha Sparta jamiyati boshqa polislardan sun'iy ravishda izolyatsiya qilgan edi, urushdan keyin unga rivojlangan tumanlar kuchli ta'sir eta boshladi. Spartada ham mil.av. V asr oxiri IV asrda mulkiy tabaqalanish boshlangan. Epidatey qonuniga binoan yer uchastkalarini sotish va sotib olishga ruxsat etilgan. Spartaliklarda ko'p kumush va oltin pullar paydo bo'lgan. Pelaponnesda asrlar davomida saqlanib kelgan arxaik davr munosabatlar tez yemirilgani sababli, umumiy xonavayronlik juda yomon tus olgan. Ko'p pelaponnesliklar yollanma askar bo'lib, vatanini tark etganlar.
Eronda Doro II o'lgach, uning vorislari Artakserks II va ukasi Kir o'rtasida taxt uchun kurash boshlangan. Kichik Osiyoning satrapi bo'lgan Kir Vizantiyadagi Sparta lashkarboshisi Klearosga murojaat qilib yunon askarlari otryadini yollab berishni so'ragan. Kirga Klearx asosan pelaponneslik bo'lgan 10 ming yunon askarini yollab bergan. MIl.av. 401 yilda Bobil yaqinidagi Kunaks qishlog'i yonida yunon askari g'alaba qozongan, lekin Kir o'lgan, yunon askarlari boshliqsiz qolgan. Shundan so'ng bu qo'shin o'zlari tor-mor qilgan Eron lashkarboshisiga xizmatga o'tmoqchi bo'lgan. Muzokara boshlangan, Eron lashkarboshisi muzokara paytida yunon komandirini o'ldirishni buyurgan, shu yo'l bilan yunon askarlarini qirib tashlamoqchi bo'lgan. Lekin tezda yangi komandir saylab olib o'zlarini himoya qilib Yunonistonga chekinganlar. Komandirlar orasida yozuvchi va tarixchi Ksenofont ham bo'lgan.
Ilgari Eron-Sparta munosabatlari yaxshi bo'lgan, Klearx Sparta lashkarboshisiz Kirga qo'shin to'plab berganligi uchun ular orasidagi munosabat keyin buzilgan. Eng muhimi Eronning yunon askarlarini yollanganligi uning zaiflashganligini yunon dunyosiga ma'lum qilib qo'ygan. Kir halok bo'lgandan keyin Tissafern Kichik-Osiyo satrapi qilib tayinlangan. U Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini Eronga umrbod qo'shib olishga intilgan va Sparta bilan nizo chiqqan. Chunki Pelaponnes urushi vaqtida ular o'rtalari Kichik Osiyoda Eronning hokimligini tan olgan shartnoma imzolangan edi. Sparta bu shartnomani buzishga uringan. Natijada Sparta bilan Eron o'rtasida mil.av. 399-394 yillarda urush bo'lgan. Urushning so'nggi davrida Agesilay Sparta qo'shiniga qo'mondon qilib tayinlangan va Sarda yoniga jangda Eronliklar otryadi mag'lubiyatga uchragan, lekin Eron diplomatiyasi Sparta ustidan qat'iy g'alabaga erishgan. Forslar Sparta gegemoniyasidan norozi bo'lgan Fiva, Afina, Korinf va Argosni pul bilan ta'minlagan Kuchli ittifoq tashkil topib, mil. av. 395 yilda Spartaga qarshi urush boshlagan. Ittifoqchi qo'shinlar Istmada o'rnashib olgan. Agesilay Kichik Osiyodan quruqlik yo'li bilan Pelaponnesga Spartaga borgan. Birlashgan qo'shin qo'mondonligi Kichik Osiyo sohilidagi Knida yonidagi jangda Sparta floti tor-mor qilingan. Eron Afinaga 50 talant qarz bergan. Afina strategi Konon bu pulga spartaliklar buzgan Afina bilan Pirey porti orasidagi devorni qayta tiklagan. Spartaliklarga qarshi kurash Korinf yaqinidagi Istmada borgan va Korinf urushi deb ataladi. Bu urush mil.av. 395-387 yillarda bo'lgan. Mil.av. 390 yilda Afina strategi Ifikrat Sparta qo'shini ustidan porloq g'alabaga erishgan. Spartaning mag'lubiyati va unga qarshi ittifoqning kuchayishi Eronning mo'ljaliga kirmagan, uning tazyiqi ostida Korinf urushi to'xtatilgan. MIl.av. 387 yilda Eronning poytaxti Suzada sulh tuzilgan va Sparta elchisi Antalkid nomi bilan Antalkid sulhi deyiladi. Sulh shartlari Sparta elchisi roziligi bilan boshqa ishtirokchilarga Eron shohi tomonidan buyurib qabul qildirilganligi sababli “shoh sulhi” degan g'alati nom ham olgan. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari yana Eron qo'liga o'tgan va Eron ham rasman Egey dengiziga kirish huquqiga ham ega bo'lgan. Yunonistonda Peloponnes ittifoqidan boshqa hech qanday ittifoqlar bo'lmasligi kerak edi.
Mil.av. 382 yilda Sparta Fivani istilo qilgan edi. Fivadan qochgan demokratlar-fitnachilar mil.av. 379 yilda Afina yordamida davlat to'ntarishi qildilar. Fivada demokratiya ta'sis etilgan va Beotiya polislarining ittifoqchilari tiklangan. Mil.av. 378 yilda Afina 2-Afina dengiz ittifoqini tuzishga muvaffaq bo'lgan. U avvalgi birinchisidan kam sonli bo'lgan. Rivojlanib borayotgan quldorlik munosabatlari ularni birlashuvini talab qilgan. Sparta bunga qarshi chiqqan. 2-Afina dengiz ittifoqini tuzganda Afina tomonidan ulug' davlatchilik siyosatini yuritmaslik garantiyasini talab qilganlar. Kuchsizlangan Afina: ittifoqchilar territoriyasida kleruxiyalar joriy etishdan, xiroj undirishdan va ularning ichki ishlariga aralashishdan voz kechgan. Afinada sinediron - ittifoqchilar vakillarining kengashi yig'ila boshlagan. Unda Afina vakili bo'lmagan. Sinediron qarorlari Afina xalq yig'inida tasdiqlanar edi. 2-Afina dengiz ittifoqiga tezda 70 ta polis kirgan. Afina dengiz flotini qurib olgan. Mil.av. 374 yilda Sparta 2-Afina dengiz ittifoqini tan olgan. Spartaga Fiva qattiq qarshilik qilgan. Sparta unga qarshi aktiv kurash boshlagan. Fiva qo'shinining boshlig'i beotiyalik Epominanddir. U jang qilishning “qiya pona” deb ataluvchi yangi taktikasini qo'llagan. Bunga kurash qo'shinning biror qanoti zarbdor kolonna bilan kuchaytirilgan. Yorib o'tishni mo'ljallagan. Mil.av. 371 yilda Beotiyaning Levktra shahri yonida spartaliklarga qarshi Epominond dushmanning o'ng qanotiga qarshi “qiya pona”ni muvaffaqiyatli qo'llagan. Arkadiyaning taklifiga binoan Epaminond Pelaponnesga bostirib kirgan. Pelaponnes ittifoqi buzilgan. Arkadiya va Messeniya o'z mustaqilligini e'lon qilgan. Fivaliklar kuchi kamligini hisobga olib, Pelaponnesni tark etgan. Milav. 367 yilda Beotiya ittifoqini Eron shohi tan olgan. Beotiya qishloq xo'jaligi mamlakati edi, u faol tashqi siyosat olib bora olmas edi27.
Xulosa qilganda, gegemoniya uchun kurashda holdan toygan Fiva Yunonistonda rahbarlik rolini berib qo'ygan. 2-Afina dengiz ittifoqi hamon katta birlashma bo'lib qolmoqda edi. Afina siyosiy arboblari qulay vaziyatdan foydalanib qolishga urina boshlaydilar. 1-Afina dengiz ittifoqida qo'llagan praktikasini qo'llashga uringan, ya'ni ittifoqchilardan xiroj olishga kleruxiyalar tashkil etishga va gegemonlikka uringan. Bu narsa 2-Afina dengiz ittifoqining buzilishiga sabab bo'lgan. “Ittifoqchilar urushi” degan urush kelib chiqqan (mil.av. 357-355 yillarda) Afina floti mag'lubiyatga uchraydi. 2-Afina dengiz ittifoqi 22 yil yashagach tarqalib ketgan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish