Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi



Download 1,03 Mb.
bet12/83
Sana21.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#569538
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Bog'liq
2 5343597116235192245

Xulosa qilganda, Klisfenning so'nggi tadbirlaridan biri miloddan burungi 502 yilda 10 strateg kollegiyasini ta'sis etishdan iborat bo'lgan. Bu strateglar xalq yig'inida qo'l ko'tarish yo'li bilan bir yilga saylangan va Afina qo'shiniga galma-gal qo'mondonlik qilganlar.
1. Yunon–fors urushi boshlanishi sabablari. Yunoniston-Eron urushlariga oid asosiy manba Gerodotning “Tarix” asari bo'lib, bu asar mil.av. 478 yil voqealari bilan uzilib qolgan. Esxil “Forslar” tragediyasida Salamin yaqinidagi dengiz janggini yorqin obrazlarda tasvirlagan. Keyin Yunoniston-Eron urushlarini sitsiliyalik Diodor tasvirlagan. Plutarx o'sha zamon siyosiy va harbiy arboblari Felistok, Aristid va Kimonning tarjimai hollarini bayon qilar ekan, yunon-fors urushlarini yoritgan. Afina va boshqa jang bo'lgan joylarni arxeologlar qazib qimmatli materiallar topganlar. mil.av. VI asr o'rtalarida paydo bo'lgan Eron davlati tezda Yaqin Sharqdagi hamma davlatlarini zabt etgan ulkan davlatga aylangan edi. Mil.av. VI asr oxirlarida Eron o'z qudratining cho'qqisiga chiqqan. Podsho Doro 1 g'oyat katta davlatni idora qilish sistemasini tashkil etgan. Qo'shin harakat qiladigan strategik va savdo yo'llari takomillashtirilgan, istilo qilingan mamlakatlardan Eron poytaxtiga undirilgan boj-xiroj muntazam tashilgan. Qaram mamlakatlar iqtisodiy holdan toydirilishi Eron podsholarini yangi territoriyalar istilo qilishga undagan. Mil.av. VI asrdayoq forslar Egey dengizining Kichik Osiyo sohilidagi yunon polislari, shaharlarini o'ziga bo'ysundirgan edi. Forslar Marmar va Kora dengizning Yevropa qirg'oqlaridan dorakiyalik va skiflarning qarshiligiga uchragan. Doro 1 Kichik Osiyo sohilida o'z mavqeini mustaxkamlash uchun Miloddan avval 513 yilda Frakiya va Shimoliy Qora dengiz bo'ylariga yurish boshlangan. Doro 1 qo'shini turli xalqlardan tashkil etilgan. Hatto yunonlardan iborat injener-saper otryadlari xam bo'lgan. Ular yordamida Bosfor orqali va Dunay daryosi orqali ponton ko'priklar qurilgan. Doro 1 ning skiflarga qarshi yurishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Lekin bu yurishlar natijasida forslar Vizantiyni va Bolqon yarim orolining sharqiy qismini egallagan. Makedoniya forslar oliy hokimiyatini tan olgan. Eron Yunonistonga juda yaqinlashib qolgan. Eron Qora dengizga boruvchi dengiz yo'lini egallab olib, Yunonistonning Qora dengiz bo'yi bilan aloqasini buzgan. Eron Misrdagi yunonlarning novkrotis koloniyasi bilan aloqasini izdan chiqargan. Yunonlarning g'alla olib kelishiga putur yetkazgan. Yunonlarning ashaddiy raqibi finikiyaliklarni forslar rag'batlantirganlar. Forslar aristokrat yunonlarni ham qo'llaganlar.
Yunoniston polislari bir butun davlat emas edi. Aristokratiya bilan demos orasida, savdo-hunarmandlar orasida kurash davom etayotgan edi. Yunon polislari shavqatsiz tashqi dushmanga qarshi kelgan edi. Yunon polislarining demosi kuchlar nisbati notinchligini anglab Eronga qarshi aktiv harakat qilishdan o'zini saqlab turdi.
Kichik Osiyoning yunon shaharlari Eron soliq sistemasidan, ayniqsa ko'p jafo ko'rgan. Naksos foshda aristokratiya ag'darilgan va aristokratlar Ioniyaga qochganlar. Ular Milet tirani Aristogorga murojaat qilganlar. Aristogar Eron yordamida Naksosni zabt etmoqchi bo'ladi. Lekin amalga oshira olmaydi. Doro I g'azabidan qo'rqib, Miletga qaytadi va Eronga qarshi qo'zg'olon boshlaydi. Mil.av. 500 yilda Kichik Osiyoning ko'p yunon shaharlariga Miletdan boshlangan qo'zg'olon yoyilgan. Qo'zg'olonlarni forslar kutmagani uchun g'alabaga erishgan. Aristogor yordam so'rab Yunoniston shaharlariga borgan. Ko'p polislar Eron bilan to'qnashuvdan qo'rqqan. Afina ko'p jafo chekkan, u 20 ta harbiy kema yuborgan. Evbeydagi Eritriya shahri 5 kema yuborgan. Lekin kuchlar teng bo'lmagani uchun qo'zg'olonlar mil. av. 494 yilda batamom bostirilgan17.
Afina va Eritriyaning qo'zg'olonchilarga ko'rsatgan ozgina yordami Doro 1 ga Bolqon Yunonistonsiga qarshi birinchi yurishni boshlash uchun bahona bo'lgan. Er.av. 492 yilda quruqlikdagi ko'p qo'shin va harbiy flot Eron podshosining kuyovi Mardaniy qo'mondonligida Yunonistonni istilo qilishga yuborilgan. Eron quruqlik qo'shini Gellespotdan kechib o'tib, Egey dengizining Frakiya sohili bo'ylab yurgan. Dengiz floti sohili bilan suzib Fasos orolini zabt etgan. Frakiyaliklar forslarni ancha zaiflashtirgan. Eron floti dengiz bo'ronida qolib, ko'p qismi yakson bo'lgan. Mardaniy Yunonistonga yetolmasdan orqaga qaytgan. Eron shohi shundan keyin Yunonistonga elchi yuborgan va Eron davlatini o'z ustlaridan hukmronligini tan olishni talab etgan va forslarga rasman bo'ysunganlar. Demokratik Afina va aristokratik Sparta Doro 1 talabalariga ochiq qarshi chiqa olgan. Afinada Eron elchilari qoyadan uloqtirilgan. Spartada Eron elchilari quduqqa tashlangan.
2. Marafon jangi. Mil.av. 490 yilda Eron Yunonistonga qarshi ikkinchi yurish boshlagan. Eron flotiga tajribali qo'mondon Datis qo'mondonlik qilgan. Evbeyaga desant tushirib, Eritriyani tor-mor qilgan, so'ngra Attikaga yo'l olgan. Forslarga xizmat qilayotgan Gippiy maslahati bilan Datis Afinadan 42 km beridagi Marafon qishlog'iga o'z qo'shinini tushirgan. Yunonlarda yakdillik bo'lmagan. Eron qo'shinining Maravonga tushirilgani ma'lum bo'lgach, Afina xalq yig'ini forslarning Afinaga hujumini kutmasdan, Marafon yonida jang boshlashga qaror qilgan. Spartaliklarni yordamga chaqirgan. Yunonlar qo'shini 10 ming kishiga yetgan va unga 11 ta strateg qo'mondonlik qilgan. Eron qo'shini otliq askarlar va piyoda kamonchilardan iborat bo'lib, yunon qo'shinidan ko'p bo'lgan. Ilgari Eron qo'shinida xizmat qilgan strateg Miltiad birinchi bo'lib xujum qilish fikrini amalga oshiradi. shiddatli jangda yunonlar g'olib chiqqan, hatto Afinaliklar forslarning yetti kemasini qo'lga tushirganlar. Milьtiad forslarning niyatini payqagan. Forslar himoyasi Afinaga qarab suzgan edilar. U qisqa yo'l bilan Afinaga qo'shinni o'tkazgan. Afinaga (Marafoncha yugurish shundan kelib chiqqan) chopar yuborilgan. Chopar yetib borib “Quvoninglar biz yengdik!” deb shu zahoti yuragi yorilib o'lgan. G'oliblar Afinaga kelib port va gavanlarni himoyasiga turganlar. Eron floti xujum qilishga jur'at qila olmagan va qaytib ketgan. Sparta otryadi yordamga yetib kelgan18.
Afinaliklarning Marafon yonida forslarning kuchli desanti ustidan g'alaba qozonganligi katta ma'naviy va siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan. Eronga qarshi xalq harakati kuchaygan. Eron Yunonistonni istilo qilishdan voz kechmagan. G'alayonlar uni vaqtincha to'xtatib turgan. Er.av. 486 yilda Doro 1 o'ladi. Yunonlar bu nafasni rostlab olishdan foydalana olmagan. Eronning yana xujumi yaqinlashgach, Fessaliya bilan Beotiya Eron podshosini tan olgan. Peloponnes o'z betarafligini e'lon qilgan.
Eronga qarshi kurash taktikasida Afinada bahs bo'lgan. Qishloq jamoasi, yer egaligi quruqlikda, savdo-hunarmand ahli flotni kuchaytirish tarafdorlari edilar. Flotni kuchaytirish tarafdorlari Felistokl, quruqlikda jang qilish tarafdorlari Aristid tarafdorlaridan ustin chiqqanlar. (Mil.av. 483-482 yillarda Aristid ostrakizm yordamida Attikada quvilgan) Attikaning janubidagi Lavrion kumush konlaridan qazib olingan kumushlar flot qurishga sarflangan. Er.av. 430 yilga kelganda Afina Yunonistonda eng kuchli flotga ega bo'lganki, bu flotda 180 triyer tez suzuvchi harbiy kemalar bor edi.
3. Fermopil jangi. Forslar Yunonistonga qarshi uchinchi yurishiga katta tayyorgarlik ko'rishgan. Qo'shinlar tag'in Egey dengizining ilgari zabt etilgan shimoliy sohili bo'ylab borishi lozim edi, flot esa qirg'oq bo'ylab suzib borishi kerak edi. Flotning halok bo’lmasligi uchun Akte burni yonidagi kema qatnaydigan torroq kanal qazildi. Gerodotning ma'lumotiga ko'ra Yunoniston barcha kuchlari 5283220 kishi bo'lgan. Bu albatta mubolag'a. Eron shohi Kayxisrav o'sha davrda 150 ming kishi to'play olishi mumkin edi.
Yunonistonda urushdan avval hammani vahima bosdi. Mil.av. 481 yilda Afina bilan Sparta o'rtasida ittifoq tuzilib, bu ittifoqqa ko'pgina yunon polislari kirdi.
Mil.av. 480 yilda forslarning Yunonistonga uchinchi yurishi boshlandi va Kayxisravning o'zi boshchilik qildi. Fors qo'shini yozda Makedoniyaga yetib keldi. Makedoniya bilan Fessaliya Kayxisravga itoat qilishdi. Flot Shimoliy Yunonistonga chiqib oldi. Yunonlar fors qo'shinini Fessaliya bilan Yunoniston chegarasida kutmoqchi edi. Fessaliya forslar tomoniga o'tgach, yunonlar chekinib, Fessaliya bilan O'rta Yunoniston orasidagi “Fermopil yo'lagi” yonida mudofaa tutganlar. Yunonlar qo'shiniga Sparta podshosi Leonid qo'mondonlik qilgan. Fermopil yonida yunonlarning 7200 kishilik qo'shini bo'lgan. Leonid o'z qo'shinlari bilan ikki kun forslar hujumini qaytargan. Lekin bir sotqin forslarga aylanma yo'lni ko'rsatib bergan. Leonid hamma yunon otryadlariga chekishni buyurgan. Lekin o'zining 300 spartalik askari va bir oz serg'ayrat kishilari bilan forslarga qarshi qattiq jang qilib uchinchi kuni halok bo'lgan. 271 ta triyerdan iborat ittifoqchi yunon floti Efbeya oroli yonida uzoq dengiz jangi olib borgan. Leonid o’lgach, yunon floti janubga chekingan19.
4. Salamin va Plateya yaqinidagi janglar. Salamin bo'g'ozi yonida yunon floti Eron flotini tor-mor qilgan va urushning borishida tub burilish yasagan. Kayxisrav Kichik Osiyoga ketib qolgan. Mil.av. 479 yilda mardoniy boshchiligidagi fors qo'shini Attikaga bostirib kirgan va qisqa muddatda Afinani ishg'ol qilgan.
Sparta qo'shini yetib kelgach, forslar Attikadan Beotiyaga chekingan. Forslar yunonlarini birlashgan qo'shinga xujum qilgan. Forslar yengilgan, Mardoniy halok bo'lgan. Forslarning qolgan qismi Fessaliya orqali Frakiyaga chekingan. Yunonlar qo'liga g'oyat katta o'lja tushgan. Urush Yunoniston doirasidan chiqqan Qora dengiz bo'g'ozi va dengiz doirasiga chiqqan. Samos, Xios, Lesbos orollari yunon ittifoqiga qo'shilgan. Samos oroli bilan Kichik Osiyodagi Mikole buruni o'rtasida Eron flotining qoldig'i yakson qilingan.
Mil.av. 478 yilda urush harakati Vizantiy rayoniga ko'chgandan keyin Sparta urushdan chiqqan. Afina yunonlar qo'shiniga bosh bo'lib qolgan20.
Mil.av. 478 yilda forslar ustidan uzil-kesil g'alaba qozonish uchun Afina forslarga qarshi kurashda ishtirok etgan polislar, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini harbiy ittifoqqa birlashtirgan. Shu tariqa Afina rahbarligida 1-Afina dengiz ittifoqi vujudga kelgan va bu ittifoq Eron bilan urushni oxiriga yetkazgan. Bu ittifoqning xazinasi Demos orolida turgan.
Forslar bilan urush orada uzilishlar bilan to mil.av. 449 yilga qadar davom etgan, yunonlar Eronning zaiflashganidan foydalanib O'rta dengizning sohil bo'yi rayonlariga Nil delьtasiga askar tushirganlar, Eron floti tor-mor keltirilib, Kiprga desant tushirilgan.
5. Kalliy sulhi. Mil.av. 449 yilda sulh tuzilgan. Bu sulh afinaliklar vakili Kalmiy nomi bilan Kalliy sulhi deb ataladi. Abadiy tinchlik o'rnashilgan. Forslar Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini va Egey dengizidagi hamma orollarni mustaqil deb taniganlar. Eron harbiy dengiz flotining Egey dengizida suzishi taqiqlangan. Afina 1-Afina dengiz ittifoqidan foydalanib, yunon dunyosidagi eng qudratli davlat bo'lib qolgan21.
Xulosa qilganda, Yunon-fors urushlari o'z vatanining ozodligi va mustaqilligini Eron istebdodidan saqlab qolgan yunonlarning g'alabasi bilan tamomlangan. Oralarida birlik bo'lmasada, yunonlar qat'iy paytlarda birlashishni va bosqinchilarga qaqshatqich zarba berishni bilardilar. Urushning ikkinchi davrida Eronning kuchlari holdan ketganligiga ishonch hosil qilgach, yunon askarlari imkoniyatlari boricha Eron sohillarini talaganlar va asirlarni qullarga aylantirganlar.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish