4. Spartada fuqaro tarbiyasi. Yangi tug'ilgan chaqaloqni Sparta oliy mahkamasi cherusiyaga olib borganlar. Maxsus komissiya chaqaloqni tirik qoldirish yoki o'ldirishni hal qilgan. Zaif va kasalmandlari qoyadan pastga tashlangan. Bola 7 yoshgacha ona qo'lida tarbiya topgan. So'ng jamoa maktabida 18 yoshgacha turgan va o'qigan. O'g'il bolalar yostiqsiz buyra ustida yengilgina ko'rpa yopinib uxlaganlar. Qishin-yozin yalang oyoq yurgan. Ildamli bo'lishi uchun ba'zi kunlari sira suv ichtirmaganlar. Og'riqqa chidamli bo'lishi uchun kichik guruhdagi katta guruhga o'tkazilayotganda yosh spartalik tantanali vaziyatda kaltaklangan. Qohin rahbarlik qilgan. Kaltaklangan hech bir spartaning o'g'il bola dodlamagan va ingramagan, chunki bu uyat hisoblangan.
Tarbiyalashdan maqsad – kuchli, chidamli jangchi tayyorlash bo'lgan. Ular o'qishni, yozishni, hisoblashni, qo'shiq aytishni, raqsga tushishni o'rganganlar. O'g'il bola qisqa so'zlashga o'rgatilgan. (ruscha “govorit lokonichno”) Ona o'g'liga qalqon bera turib, “Qalqon bilan yoki qalqonda qayt” degan11.
Yunonistonning birdan-bir mamlakati Spartachalik xotin-qizlarni tarbiyalashga e'tibor berilmagan: “Sog'lom onadan sog'lom bola tug'iladi”. Qizlar ro'zg'or ishlari bilan shug'ullanmagan. Bu ishlarni ilot ayollari bajargan. Sparta ayollari bolaligidan gimnastika va sport bilan shug'ullanganlar. Ular ham o'qishni, yozishni, hisoblashni bilganlar.
Spartaliklar balog'atga yetgach, uylanib oila qurganlar. Lekin undan keyin ham hayoti sof harbiycha tarzda o'tgan. O'z o'rtoqlari bilan harbiy otryadda bo'lib, tushlikni ham birga qilishgan. Tushki ovqat Spartada fiditiya deb atalgan, unga o'zlari ma'lum natural haq to'laganlar. Kim to'lay olmasa, fiditiyadan keyin esa tenglar jamoasidan chiqarilgan, ular siyosiy huquqidan mahrum bo'lgan.
Sparta davlatining butun faoliyati ilotlarni itoatda tushishga qaratilgan. Ilotlar butunlay huquqsiz bo'lgan. Spartalik yigitlar kechalari yig'ilishi niqob kiyib Ilotlar manziliga borib ularning yosh va kuchlilarini o'ldirganlar. Ilotlar maxsus kiyim kiyishgan. Armiyada ilotlar yordamchi vazifalarni bajarganlar. Alohida shavkat ko'rsatgan 2000 ilot nom nishonsiz yo'qotilgan. Ilotlar qo'zg'olon ko'targanlar. Ilotlarning qo'zg'olonchilari Yunoniston tarixida birinchi qullar qo'zg'olonidir. Ilotlar shubhasiz qullardir, chunki ularning ahvoli qullarnikidan besh battar bo'lgan. Ilotlar qullar kabi xususiy xo'jayinlarga emas, balki jamoaga tegishli bo'lgan.
Sparta davlati faqat harbiy kuch bilangina saqlanib turgan. Sparta davlatining qonunchilik ishi Likurgga nisbat beriladi. U afsonaviymi yoki tarixiy shaxsmi noma'lum. Sparta davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi qoldiqlarini uchratamiz. Xalq yig'ini (apella) bo'lib, unga 30 yoshga yetgan erkaklar kirgan. Unda urush va sulh masalasi ko'rilgan. Ovoz berish emas, qichqirish bilan hal qilingan.
Spartada ayni bir vaqtda ikki podsho bo'lgan. Biri doriylarning Yevripontid urug'idan, ikkinchisi Axayyaning Agiad urug'idan kelib chiqqan. Podsholar basiley yoki arxaget deb atalgan. Ular Sparta davlatining oliy aristokratik organi bo'lmish gerusiya tarkibiga kirgan. Podsholar real hokmiyatga ega bo'lmagan. Hatto xalq yig'inidan bir yilga saylanadigan Eforlar (ular 5 ta bo'lgan), ya'ni oliy mansabdor nazoratchi ham podshoni o'z huzuriga chaqirib ola olgan. Eng kuchli va davlatni haqiqatan boshqaruvchi organ gerusiya bo'lgan. Gerusiya (geront - “qariya” demakdir) Spartaning eng boy va ulug' urug'larining vakillaridan iborat oqsoqollar majlisidir. Gerusiyaga oltmish yoshli 28 kishi va 30 yoshga yetgan ikki podsho kirgan. Gerantlar gerusiyada umrbod majlis qilganlar. Gerantlikka 60 yoshga to'lgan kishi xalq yig'inida saylangan. Sparta aristokratlar davlati bo'lib, unda asosiy rolni gerusiya va eforlar uynagan.
Peloponnesning eng kuchli davlati bo'lgan Sparta mil.av. VI asrdayoq ikki marta qattiq urush qilgandan keyin g'arb tomondagi serhosil Messaniyani zabt etgan va uning aholisini ilotlarga aylantirgan. Janubiy Yunonistonning qolgan davlatlarini Sparta zabt etmagan bo'lsada, lekin ular ham asta-sekin unga bo'ysunishga majbur bo'lganlar. Peloponnes ittifoqini tashkil etganlar. Bu ittifoqqa Argos va Axayya kirmagan, ular o'zlariga mustaqil bo'lib qolganlar. Ammo O’rta Yunonistondagi Megara Pelaponnes ittifoqiga kirgan. Sparta Peloponnes ittifoqida asosiy rol o’ynagan. Sparta va u boshchilik qilgan Peloponnes ittifoqining harbiy jihatdan ustinligi butun Yunonistonda shak-shubxa tug'dirmagan.
O'z zamonida Sparta qo'shini yaxshi tashkil etilgan. Oldinga quvib borilayotgan ilotlar ketidan yosh spartaliklar jangga kirgan, undan keyin yoshi qaytganlar va 60 yoshgacha bo'lgan chollar borishgan. Spartaliklar intizomli bo'lganlar. Nayza, qilich va qalqon kabi qurollarni ular yaxshi ishlata olganlar.
5. Yunon koloniyalari. Qadimgi Yunonistonning ko'p tumanlarida qishloq xo'jaligi uchun yaroqli yerlar kam bo'lgan, mulkiy tabaqalanish yerning yetishmovchiligiga erta olib kelgan. Klersiz fuqarolar ko'paygan. Hunarmandchilikda qullar mehnatidan foydalanish yersiz fuqarolarning hunar bilan shug'ullanishiga ham to'sqinlik qilgan. Yuqorida tasvirlangan sotsial-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot ortiqcha fuqarolarni o'z tug'ilib o'sgan polislaridan doimiy va hatto antik zamon sharoitida ommaviy ravishda ko'chishi bilan birga bo'lgan. Bu ko'chish shu qadar kengayganki, bu tarixda buyuk yunon mustamlakachiligi deb ataladi. Ko'chish sabablari;
1) Yersizlangan ishsiz fuqarolarning paydo bo'lishi;
2) Dengiz savdo-sotig'ining, kolonizatsiyaning rivojlanishi ko'chishga qiziqish uyg'otgan;
3) Yunon polislarida sinfiy va siyosiy kurash keskinlashgani sababli ham fuqarolar o'z tug'ilib o'sgan polislaridan chiqib ketganlar.
Aholining bir qismini tug'ilib o'sgan shahridan ko'chirish ko'pincha tashkiliy suratda bo'lardi. Bir guruh ko'chmanchilar o'z oralaridan rahbar saylar edilar va bu rahbar oykist (asoschi) deb atalar edi. O'rtada pul yig'ishib, bir yoki bir necha kemani safarga hozirlaganlar. Bu kemalarga oz-moz zapaslarini, asbobu qurollarini ortib, uzoq yurtda apoykiya (koloniya) ta'sil etish uchun o'zoq yo'lga ravona bo'lardilar. Ular o'rnashib ochgan koloniyalar mustaqil polislar (shahar-davlati) edilar.
Dastavval yunonlar Egey dengizining shimoliy sohilini o'zlashtirganlar. Undan keyin esa yunon kolonizatsiyasining uch asosiy yo'nalishi: g'arbiy, janubiy va shimoliy-sharqiy yo'nalishlari aniqlangan. Yunon dengizchilari Janubiy Italiya va Sitsiliyaga erta qo'nganlar. Mil.av. VIII asrdayoq Italiyaning g'arbiy sohilida yunonlarning Kumi koloniyasi barpo etilgan. Mil.av. VII asrda Italiyaning janubida Kroton, Siboris, Tarent kabi koloniyalar ravnaq topgan. Italiyaning shimoliy-g'arbida eng katta koloniya Messaliya shahri bo'lgan (hozirgi Frantsiyaning Marsel shahri). Yunon kolonizatsiyasining janub tomondagi Shimoliy Afrika sohilidagi - ikkinchi asosiy yo'nalishda koloniyalari kamroq bo'lgan. Bolqon yarim orolining janubidagi Kirena koloniyasi muhim ahamiyatga ega bo'lgan12.
Mil.av. VII asrda Nil daryosining havzasida barpo etilgan Navkratis shahri Afrika sohilidagi muhim koloniya bo'lgan. Bu koloniya yunon koloniyalaridan farq qilib uni 12 yunon shahridan chiqqan kishilar barpo etishgan. Novkratis ichki mustaqilligini saqlagan holda Misr ma'muriyatiga bo'ysingan.
Yunon kolonizatsiyasining uchinchi asosiy yo'nalishi shimoliy-sharqiy yo'nalish bo'lgan. Yunonlar Egey dengizi shimoliy qirg'og'ini o'zlashtirib olgach, Gellespont (Dardanell bo'g'ozi) qirg'og'iga, undan Propontidaning (marmar dengizi) sharqiy qirg'og'ini o'zlashtirishga kirganlar, nihoyat Frakiya Bosfori sohillariga borib joylashdilar. Bu yerdagi hunarmandchilik shahri Qiziq, ayniqsa, muhim o'rin tutgan. Shuningdek bu yerda Xalkedan koloniyasi ochilgan. Bosforning Yevropa qirg'og'ida Oltin shox – Zolotoy Rog yonida yangi savdo koloniyasi Vizantiy paydo bo'lgan. Yunonlar Bosfordan o'tib Qora dengizning janubiy qirg'og'i bo'ylab suzib borganlar. U yerda Sinopa koloniyasi barpo etilgan. Qora dengiz (Eroncha Axshayna, ya'ni qora, dengiz suvi ma'lum muddatgacha qora bo'lib ko'rindi), notinch dengiz bo'lgani uchun yunonlar uni Pont Aksin, ya'ni badqovoq deb ataganlar. Qora dengizning shimoliy qirg'oqlarida Oliya (Dnepr-Bug' oralig'ida) Qrimda Feodosiya, hozirgi Kerch shahri o'rnida Pantikopey shahri qurilgan, u keyinchalik Bosfor podsholigini poytaxti bo'lgan. Kavkaz qirg'og'ida Dioskurnada (Suximi yaqinida) koloniyalarini barpo etganlar. Yunonlar Azov dengiziga ham kirib Rostov Don yaqinidagi Tanaisni qurganlar. Qirimning janubiy qismida Sevastopol yaqinida Xersones koloniyasi mil.av. V asrda barpo etilgan.
Yunonlar qullarni “andrapodan” ya'ni “odam oyoqli” deb ataganlar. Shunday qilib, arxaik davrda yunon polislarida qullik eng sof va keskin formasida paydo bo'lib rivojlangan va u antik qullik deb nom olgan.