2. Solon islohotlari va ularning ahamiyati. Attikada qonunlarning yozib qo'yilishi demos bilan urug' aristokratiyasi yevpatridlar o'rtasidagi ziddiyatlarni tugata olmadi. Demosning kuchlari oshib borgan. Iqtisodiy taraqqiyotning tezlashuvi Afinada kelgindi greklarni ko'paytirib yubordi. Bu kelgindilar huquqsiz edi. Qishloq demosi - geomorlar tobora qashshoqlashib, qullarga aylana bordi. Zadogonlar va xalq o'rtasida kurash uzoq davom etgan. Kuchlar taxminan boravar kelgach, har ikkala tomon kelishib vositachi - aysimeniy saylab, unga Afina polisini boshqarishni va yangi qonunlar chiqarishni topshirganlar. Shu maqsad bilan hamda Salamin orolini zabt etish uchun er.av. 594 yilda Solon arxant qilib saylangan. Solonning o'zi yevpatridlardan, afsonaviy basiley Kodr urug'idan bo'lgan, lekin mulkiy ahvoli jihatidan demosning o'rta tabaqasiga mansub va savdo-sotiq bilan shug'ullangan. U siyosiy mavzuda she'rlar yozgan. Solon tomonidan yuborilgan Afina otryadlari Salamin orolini egallab olgan. Bu orol Pirey gavaniga kiradigan qulay joyda bo'lib, Afina uchun hayotiy zarur nuqta edi.
Solon reformalarini iqtisodiy va siyosiy reformalarga bo'lish mumkin. Solon reformalari asosan qishloq va shahar davlatmand demosi, yevpatridning bir qismining manfaatini ifodalar edi. Solon o'z reformalarini kambag'al grajdanlardan iborat xalq yig'inining aktiv madadiga tayanib amalga oshirilgan.
Solonning iqtisodiy reformalari dehqonlarning qarzlarini bekor qilgan, garovga qo'yilgan yer uchastkalarini ularga qaytarib bergan, qarz badaliga qul qilib chet ellarga sotib yuborilganlarni topib, ularni haq to'lab, o'z vataniga qaytargan. Solon yerga egalikning maksimumini belgilab, qonun chiqargan. Solon reformalaridan keyin Attika uzoq vvaqtgacha o'rta va mayda yer egaligi mamlakat bo'lib qolgan. Solon Attikadan chetga don chiqarishni taqiqlagan-u, ammo zaytan moyi chiqarishga ruxsat etgan. Sug'orish ishlarini tartibga keltiruvchi qonunlar ham chiqarilgan. Solon yagona o'lchov joriy qilgan va pul islohot o'tkazgan. Egina talanti o'rniga vazni yengilroq Evbey talanti joriy qilingan. O'g'liga kasb o'tgatmagan otaga, u qarigan chog'ida o'g'li yordam bermaslikka haqli bo'lar edi.
Solon siyosiy reformalari juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Gemokratiya (urug')ni, timokratiya (baho, qiymat) hokimiyati bilan almashtirgan. Mulkiy senz joriy etilgan. Attika grajdanlari mulkiy senzga ko'ra, to'rt darajaga bo'lingan. Tdarajaga 500 medimn hosil oluvchi fuqarolar kiritilgan. Ular eng boy - pentokosiolar deyilgan. (bir medimn 41 metrdan 52,5 metrgacha bo'lgan turli davrlarda). 11-ga 300 medimnlilar. 111-darajaga 200 medimndagi ko'p daromad oluvchilar - ular zevgitlar deb ya'ni, qo'sh xo'kizlar deb atalib, piyoda askarda xizmat qilib, o'z og'ir qurollari bilan yurganlar. 1U darajaga 200 medimndan kam hosil oluvchilar kirgan - ular fetlar (batraklar) deb atalganlar. Harbiy xizmatda yordamlar va yengil qurollangan piyodalikka olinganlar. Eng boy darajadagi Afina fuqarolari pentakosiolar harbiy kemalarni jihozlaganlar.
Solon yangi davlat organi - bule (400 lar kengashi)ni tuzgan. Ular Attika qadimdan bo'linib kelgan to'rt eski urug'dosh fila (qabila) yig'inlarida har bir filadagi 100 bulechi hisobidan saylangan. Salon reformalari natijasida xalq yig'ini Attika hayotida katta rol o'ynay boshlagan. Unda arxontlar, oliy mansabdor shaxslar saylangan14.
Solon yangi oliy hakamlar sudi - gelieyani ta'sis etgan. Solon reformalari mahalliy aholini qul qilishni to'xtatgan. Qullarni Attikaga chetdan sotib olib kelish boshlangan, antik qulchilikning rivojlantirgan. Harbiy kemalar qurish uchun aholidan pul yig'ish uchun Attika 48 territorial okrugga - navkariyga bo'lingan. Solon reformalaridan yevpatridlar g'azablandilar. Demosning kambag'al qismi ham Solondan norozi bo'lib, daromadlarini ochdan o'lmaslik darajasiga yetkazishni talab qilganlar. O'rta hol aholi uni qo'llagan. Solon arxont sifatida bir yil ishlab reformalar o'tkazgach, norozilik kuchayganligi sababli bir muncha vaqt Afinadan chiqib ketgan. Solon ketgan Attikada sinfiy va siyosiy kurash g'oyat keskinlashgan. Uchta guruh paydo bo'lgan:
1. Solon qonunlarini bekor qilish tarafdorlari - pedieylar (serhosil vodiy aholisi).
2. Parameylar (sohil aholisi) - Solon qonunlari qanoatlantiruvchilar. Shahar va qishloq mayda mulkdorlari, savdogar-hunarmandlar.
3. Solon qonunlarini yetarli emas deb topgan diakriylar (tog'li tumanlar aholisi). Ular kambag'al dehqonlar. Fetlar ham kirganlar). Eng radikal guruh bo'lgan diakriylar tepasida Pisistrat turar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |