3. Pisistrat hokimiyati. Mil.av. 560 yilda Pisistrat diakriylarga tayanib, Akropolni zabt etdi va davlat to'ntarishi qildi. U tiran bo'lib qoldi. Pisistrat Solon reformalarini bekor qilmagan, balki uni davom ettirgan. Pisistratning asosiy tayanchi diakriylar, ya'ni kambag'allar edi. U demos martaba ko'targan tiran edi. Aristokratlar yerlarining bir qismini musodara qilib, bu yerlarni Attika dehqonlarining bir qismiga bo'lib bergan. Pisistrat davlat yo'li bilan dehqonlarga uzoq muddatli kridit dehqonlarining ahvolini yaxshilagan. Ayrim kambag'allar asbob-uskuna bilan ta'minlagan. Ilgari sudga ishi tushgan kishilar Afinaga borar edi. Pisistrat demalar bo'ylab yuradigan sayyor sudlar tashkil qilgan. U o'ndan bir miqdorda daromad solig'i joriy qilib, davlat xazinasini tartibga solgan. O'zining to'qmoqchilar otryadini tiran huzuridagi doimiy armiyaning o'zagi aylantirgan. Pisistrat diakriylar talabini qisman qondirib, paraliylar, ya'ni savdogar-hunarmand manfaatlariga ham e'tibor bergan va faol tashqi siyosat yurgizgan.
Pisitrat hokimiyatini yetarlicha mustahkam bo'lmagan. Uni dushmanlari Afinadan ikki marta haydagan. U o'z hokimligini uchinchi davrida paraliylarga ko'proq e'tibor bergan va er.av. 527 yilgacha,ya'ni vafot etguniga qadar hokimiyatni saqlab qolgan. O'z o'qillari Gippiy va Gipparxlarga hokimiyatni topshira olgan.
Aristokratiya kuchsizlantirilgach, shahar va qishloq demosi katta siyosiy tajriba ortdirgach, fuqarolarning siyosiy huquqlarini cheklab kelgan tiraniyaga endi muxtoj emas edi. Pisistrat davrida Kichik Osiyoning Eron tomonidan zabt etilishi Gretsiyaning xalqaro ahvolini yomonlashtirgan va dengiz savdosiga putur yetkazgan. Gippiy va Gipparxlarning shuhrati so'ngan, Tiraniyaning ashaddiy dushmanlari yevpatridlarning qoldiqlari harakatga tushgan. Grek an'anasiga ko'ra shuhrat qozongan tirankush Garmadiy va Aristogiton yetishib chiqqan. Ular Gipparxni o'ldirishgan. Tirik qolgan Gippiy terrorchilik idora usuliga o'tgan va bu ishi bilan afinaliklarning yalpi g'azabini qo'zg'atgan15.
Ikkinchi, tomondan Afina demosining yanada kuchayishidan qo'rqqan aristokratlar Spartasi ham Attikada yetalar tuzumini o'rnatish uchun Gippiyga qarshi chiqqan. Er.av. 510 yilda Gippiy Afinadan chiqib ketgan. Tiraniya ag'darilgan. Lekin aristokratiyaning hokimiyatini tiklashga urushi va spartaliklarning bu harakatni qo'llashga qarshi shahar va qishloq demosi yalpi qo'zg'olon qilgan. Afina aristokratlari tor-mor qilingan. Sparta otryadi haydab yuborilgan. Pisitrat va eski aristokratlarini ashaddiy dushmani bo'lgan Alkteonid Klisfen Afina hokimiyati tepasiga chiqqan.
4. Klisfen islohotlari. Mil.av. 509 yilda Klisfen islohotlar qilishga kirishgan. Uning islohotlari urug'-qabila munosabatlari qoldiqlarini tugatgan va Afina quldorlik demokratiyasi sistemasi shakllantirgan.
Klisfenning asosiy tadbirlari ma'muriy-territorial islohot edi. U to'rt eski urug'-qabila filalarini tugatdi va ular o'rniga 10 ta territorial fila tashkil etdi. shu bilan birga Attika sotsial belgisiga muvofiq tabiiy suratda tarkib topgan uch katta tumanga: shahar-tumani, sohil tumani va ichki tumanga bo'linishi hisobga olindi. Dastlabki ikki tumanda demos ko'pchilik bo'lib, uchinchi tumanda aristokratiya ko'pchilik edi. Klisfen bu uch tumanning har birini 10 ta trittiyga bo'lgan. Demak, Attika 30 ta trittiyga bo'lingan. Har bir territorial filaga uch tumandan olingan uch xil trittiy kiritilgan. Har bir fila qaysi trittiydan tashkil topishi chek tashlash yo'li bilan aniqlangan. Maqsad aholini butunlay aralashtirib yuborishdan iborat edi va urug'-qabila aloqalariga barham berish edi. Shu bilan birga shahar va qishloq demosi ham fikr bo'lsa, filadagi yig'inda ko'p ovoz olishini ko'zda tutgan. Klisfen butun Attikani 100 ta demga bo'lib chiqqan. Har bir filaga 10 tadan dem kirgan. O'zini urug'-aymoq bilan atash taqiqlangan.
Filalar soni ko'paygani sababli Solonning 400 lar kengashi 500 lar kengashiga aylantirilgan. Arxontning eski kollegiyasi o'z ahamiyatini yo'qotgan. Klisfen islohotlari Attikada ko'pdan beri yashab kelayotgan lekin tub joy aholisi bo'lmagan, shaxslarni fuqarolar qatoriga kiritdi.
Klisfen davrida oliy hakamlar sudi - gileeyaning roli kuchaygan. Tiraniyaning qayta tiklanishidan qo'rqqan Klisfen “sopollashtirish”ni (grekcha “ostrakism”) joriy etdi. Xalq yig'ini har yili uni tashkil etish kerakmi yoki yo'qmi degan masalani ko'rib chiqqan. Zarurat bo'lsa, 6000 fuqaro qatnashgan xalq yig'ini chaqirilgan, yashirin ovoz berish yo'li bilan Afina demokratik tuzumiga xavfli siyosiy arbob nomi sopolga yozib topshirilgan. Eng ko'p qarshi ovoz olgan siyosiy arbob Afinadan 10 yil muddatga quvg'in qilingan, lekin u fuqarolik huquqini saqlab qolgan16.