Тарихшунослик фанидан


O‘RTA ASR TARIXI TEOLOGIYASI



Download 1,65 Mb.
bet36/111
Sana28.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#514944
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
Bog'liq
tarix falsafasi

O‘RTA ASR TARIXI TEOLOGIYASI
Tarixiy manbalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Temuriylar sulolasi hukumronlgi davrida tarix fanining ham buyuk mutafakkirlari etishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix faniga bo‘lgan qiziqishi, hurmat va etiqodi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.
XV asrda tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarini sanab ko‘rsatishning o’zi temuriylar davrida bu fanning nechog‘lik taraqqiy etganligidan guvohlik beradi. Bu davr tarix fanning ham o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rish mumkin.
Birinchidan - bu davr tarixchilari o‘zlari voqealarni guvohi, shohidi, bo‘lib ishtirok etish asosida asarlar yaratishi. Ikkinchidan – biron bir tarixiy shaxsni keltirayotganda o‘zini kelib chiqish tarixi faoliyatini yozishda manbalarga asoslanmog‘i. Uchinchidan – voqealar ketma – ket izohlanishi orqali va hokozo. To‘rtinchidan – manbalarni yutuq va kamchiliklari tarixiy manbalar ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida yozilgan Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Hofizi Abro‘ning “Zubdat at – Tavorix” Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” Fasih Ahmad Havofiyning “Mujmali fashhiy”, Abdurazzoq Samarqandiy-ning “Matla usadayin”, Mirxondning “Ravzat us – safo, Xondamirning “Habib us – Siyar” va Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan “Ajoyib al – maqdurri tarixi Taymur” asarlaridir. Bu ro‘yxatga yana 1404 yilda Samarqandga Amir Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayohi Rui Gonzales de Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir.


Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida.
Sharafiddin Ali yazdiyning “Zafarnoma”si (1424 – 1425) tarixiy kechinma va voqealar bayonini izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi.
Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma” asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid malumotlardan tashqari Temurdan oldingi o‘tgan davr tarixi haqida ham bag‘oyat qiziqarli malumotlar berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruxning o‘g‘li Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yillarda turli kotiblarni baxshi va munislar forsiy tilda yozilgan mavjud malumotlarni to‘plash haqida farmon bergan. To‘plangan malumotlar bo‘lgan voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslangan, so‘ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga ahborot berish topshirilgan.
Taniqli sharqshunos olim A. O‘rinboev “sharq yulduzi” jurnalining 1992 yil 3-sonida bosilgan “Temuriylar davrining nodir yodigorligi” maqolasida quyidagilarni hikoya qiladi: “Zafarnoma” ning Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sh.A.Yazdiy shunday yozadi: “Podishohlikning birga tomonlaridan Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma sheriy hamda nasriy nusxalari to‘planib bo‘lingach, ular bilan tanishish uchun 3 ta guruh tuzilgan , turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar esa bir guruhni tashkil etgan. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya o‘qilgan, agar u voqea bayoni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishining talqiniga to‘g‘ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning boshqa zamondoshlaridan surishtirgan yoki qo‘shimcha malumotlar to‘plagan. Ibrohim Sulton aytib turgan bu asarning dastlabki xomakisi qalamga olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali “Zafarnoma” asarini yozgan Ibrohim Sultonning buyurug‘iga muvofiq kitobni bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa haqida barcha malumotlar juda sinchiklab tekshirilishi shart bo‘lgan” “Zafarnoma” asarini yozishda Sharafiddin Ali Yazdiyning shaxsiy hujjatlaridan keng foydalanilgan. Asar muqaddima, ikki fasl va xotimadan iborat, muqaddimada Amir Temurga qadar bo‘lgan turkiy xonliklar tarixi bayon qilingan . Asosiy fasllarda esa Amir Temurning tarixi mukammal yoritilgan ”Zafarnoma” asosiy qism avvalida “Qissayi Sohibqiron” deb atalgan mutaqorib bahridagi sheriy qissa bor. Unda sohibqiron Amir Temurning fazilatlari va sifatlari haqida ko‘tarinki ruhda muhtasar so‘z yuritilib, Tarixiy Amir Temurning badiiy obrazini chizishga qadam qo‘yilgan.
“Zafarnoma” fransuz, ingliz, usmonli turk tillariga ayrim qismlari rus tilida nashr etilgan. “Zafarnoma” XV asrda Lutfiy nazmda o‘zbek tiliga o‘girilgan degan xabar berishsada ammo uning o‘zi hozirgacha topilgan emas. “Zafarnomaning to‘liq asl matni 1972 yilda A. O‘rinboev tomonidan Toshkentda (“Fan nashriyoti”) nashr etildi.



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish