MAVZU: TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYODKORLIK VA ILM-FANNI YUKSALISHI
REJA:
:ejиш кандай натижаларни беради?
1.Amir Temur davrida ilmu – fan va ma`naviy hayot.
2.Amir Temur faoliyatida landshaftlik, orastalik madaniyati xaqida.
3.Amir Temur barpo etgan bog`lar.
4.Amir Temur faoliyatida tolerantlikka doir mulohazalar
Amir Temur va temuriylar davri Vatanimiz xalqlari tarixida o`ziga xos muhim ahamiyatga ega bo`lib, hozirga qadar bu davr tarixi tulaligicha o`rganilgan emas. Bu davrning tarixini qanchalik chuqurroq va tula atroflicha o`rganilishiga xarakat qilinsa shunchalik yangidan-yangi tarixiy voqea va xodisalarni ma`naviy-madaniy merosimizga bog`liq qimmatbaho va noyob tarixiy xujjatlarning mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Ular nafaqat Vatanimiz xalqlarining, balki jahon xalqlari madaniyatida ham muhim rol uynaydigan tarixiy voqealarni eslatadigan xujjatlar ekanligining guvohi bo`lamiz.
Amir Temur va temuriylarga doir hozirgi kunda mavjud dastlabki manbalardan usha davrning ma`naviy va madaniy tafakkurini tuliq tasvir va tavsiflar beradigan xujjatlar galareyasi mavjud bo`lib, ularni atroflicha va chuqurroq urganilishiga xarakat qilinmoqda.
Ushbu qulingizdagi mavjud «Amir Temur va temuriylar davrining intellektual saloxiyati» mavzusidagi o`quv qo`llanma ana shu manbalar asosida yozilib tavsiya etilmoqda.
Ushbu o`quv qo`llanmada Amir Temur davrida ilmu-fan va shu asosda ma`naviy-ma`rifiy xayotning o`ziga xos mezonlari, bunyodkorlik xususiyatlari haqida yangi ma`lumotlarga tayanib ta`rif berildi. Shu bilan bir qatorda Temur va temuriylar davrida jiddiy e`tibor berilgan tolerantlik, murosayu-madora muammolari, madaniy landshaftlik va orostalik fazilatlari, tibbiyot ilmi va veterinariya xizmati, xalq tabobat ilmiga birinchi bor ta`rif berildi. Amir Temur bog`lari haqida, avlodlari va Sohibqiron davlatida faoliyat ko`rsatgan davlat arboblari, ilmu-fan namoyondalari, xunarmand-muxandislar, shaxmatchi va san`atkorlarga, Amir Temur va temuriylar davri tarixini yozgan taniqli olimlar haqida ma`lumot berildi. Shu bilan bir qatorda Amir Temur haqida noxaq fikrlar bildirgan shaxslar muloxazalari keltirildi. Undan tashqari Sohibqiron zabt etgan mamlakatlarning ham nomlari keltirildi.
Xullas, Amir Temur va temuriylar davri tarixi bilan qiziqqan kishilar uchun kerakli dastlabki tarixiy ma`lumotlar yoritildi. Ishonchimiz komilki, ushbu o`quv qo`llanmadan kitobxonlar o`zlariga yarasha bilimlar oladi degan umiddamiz.
Qisman bo`lsada kamchiliklar bo`lsa kitobxondan uzur so`raymiz.
Amir Temur davrida ilmu - fan va ma`naviy hayot.
Temur o`z siyosatini mamlakatda markazlashgan kuchli mustaqil jamiyat o`rnatish, har bir ishda qonun va tartib joriy qilish, yurtda osoyishtalikni jonlantirish, xunarmandchilik, savdoni rivojlantirish, islom aqidalariga rioya qilishdan boshladi. Temurning amaliy-ijtimoiy faoliyati uning avval o`tgan podshohlarga nisbatan qanday ijobiy yangiliklarni amalga oshirganligiga qarab baholanishi zarur. Ana shu nuqtai nazardan aytishimiz mumkinki, Amir Temur va temuriylarning faoliyati, shubhasiz ilmu-fan taraqqiyoti va ma`naviyati bilan sug`orilgandir.
Amir Temur o`z zamonasining qanday buyuk jahongiri bo`lsa, shunday ulkan ilmu-fan bunyodkori, madaniyat rivojining buyuk yo`lboshchisi ham edi. Muhimi shundaki, u o`zining keng bunyodkorlik ilmu-fan va ma`murchilik ishlarini nafaqat ona Vatani Turonda, balki undan uzoq bo`lgan o`zga yurtlarda ham muvaffaqiyatli olib bordi. U buzilgan va talofatga yuz tutgan Bog`dod shahrini qayta tiklash va obod etish, Qobul vodiysi va Mug`on shahrini qayta tiklash va obod etish, Qobul vodiysi va Mug`on cho`llariga suv chiqarish, Ozarbayjondagi Darband qal`asi va Boylakon shaharlarini qayta tiklash, yangi jamoa binolarini qurish, Ozarbayjonning Ars daresidan chulga kanal qazib suv chiqarish (uzunligi 60-70 km). Xuroson xududiga Balx shahrini qayta tiklash va obod etish. Xitoy chegaralarida joylashgan uzoq Ampara shahri va Bosh Xumra qal`asini ma`mur etish kabi ulkan bunyodkorlik, ta`mir va obodonchilik ishlarini amalga oshirdi. Hozircha mavjud Isfaxondagi katta kuprikni qurdirdi. Temurning nigohi mehri tushgan, ta`mir va ma`murchilikka muxtoj bo`lgan yerlar xoh Turkistonda bo`lsin, xoh o`zga yurtlarda Temur himmati va e`tiboridan chetda qolmadi. Oddiy xalq tili bilan aytganda, Amir Temur o`z hayoti davomida «ming bir» xayrli va mo`tabar ishlarga qul urdiki, ularni qoyilmaqom qilib uddaladi. U nafaqat davlatchilik salohiyatni, ijtimoiy adolatni, balki ma`naviy madaniyatni, diniy haqiqatni ham rivojlantirib uni mustahkamladi.
Islom sharqi dunyosida el-yurt farovonligi, mamlakat obodonchiligi va osoyishtaligi uchun bunyodkorlik sohasida fidoyilik ko`rsatgan allomalar oz emas. Biroq, bu borada Amir Temur va temuriylarning o`rni alohida ahamiyatga molikdir. Vatan va millatning fahri uchun butun xalq kuchini ezgu ishlarga yo`llashda ma`naviy madaniyatni, ilmu-fanni rivojlantirishda temuriylarga Amir Temurning o`zi bosh bo`lgan edi. Sohibqiron o`zining barcha ishlariga musulmonchilik deb atalmish buyuk bir axloq-odob va qadriyat bayrog`ini baland ko`tarishga harakat qildi va bunga erishdi ham. Hazrat Amir Temurning islom olamida har yuz yilda bir marotaba beriladigan «Qutbiddin» unvoniga sazovor bulishligi ham bejizdan emas edi. Amir Temur islom ta`limoti va tasavvuf an`analariga tamoman mos keluvchi hayriya binolari va inshootlarini ilmu-fan markazlarini, madaniyat maskanlarini qurishni davlat tomonidan amalga oshirilishi shart bo`lgan ishlar qatoriga kiritib, ularni o`zi amal qilgan ijtimoiy adolatning, siyosiy qudratning, diniy haqiqatning muhim tamoyillaridan biri deb bilar edi.
Temur davrida Markaziy Osiyoda shaharsozlik, me`morchilik, san`ati, dinu-islom, madaniyat va ilmu-ma`rifat tengsiz rivoj topdi. O`rta Osiyo shaharsozligida bino va inshootlarni qurishda yangicha ansambl uslubi, yangidan-yangi jamoa binolari, usti berk savdo rastalari, maxsus bozorlar vujudga keldi, ilmu-fan markazlari tashkil topdi.
Me`morchilik san`atining rivojlanishi yangi pog`onaga ko`tarildi. Peshtoq va gumbazlar binolarga mahobat bahsh etuvchi asosiy shakllarga aylantirildi. Bino shakllari va qismlarini bir-biriga hamohang va uyg`un, miqyosiy ulchovlarda shakllantirish avj oldirildi. Bu esa, o`z navbatida, bino qismlari ulchovlarini mutanosib nisbatlarda bo`lishligini, bino tarzini esa me`moriy jihatdan shaklan mukammal va go`zal chiqishini ta`minladi. Muxandislik san`atidagi yutuqlar ham me`morchilikning yanada ravnaq topishiga yaqindan yordam berdi. Temur davrida yaratilgan o`zaro kesishuvchi ravok g`ishtli qurilmalar keng xonalarning tomlarini yopishda, ularning ichki va tashqi ko`rinishlarini maxobatli qilib ishlashda qo`llanildi. Me`morchilikka tadbiq etilgan hattotlik san`atining rivoj topishi esa bino va inshootlarning yanada mukammal va serjilo yaratilishini tashkil etdi. Naqshinkorlikda girix, islimiy va husnixat bezaklaridan tashqari muqarnas va kundal uslubi keng qullanildi. Binolar yaqindan va uzoqdan kurishga mo`ljallangan naqshlar, yozuvlar bilan bezatildi. Tasviriy san`atda kitob nafis naqqoshligi (miniatyura) bilan bir qatorda ilgarilari (XI-XIII) asrlarda) din peshvolari tazyiqi ostida amaldan qolgan maxobatli devoriy (monumental) rang-tasvir san`ati shoxona saroy va qushk hashamatlaridan yangitdan rivoj topib qullanila boshlandi.
Bu holatlar Amir Temurning bunyodkorlik faoliyatida nafaqat me`morchilik, qurilish san`ati, balki ilmu-fanning hamma sohasini rivojlantirishning sardori, yo`lboshchisi bo`ldi. O`zi esa ilmu-fanning yirik bilimdoni sifatida o`zgalarga na`muna bo`lib davlat siyosati islom haqiqati bilan o`yg`unlashtirib olib bordi. Uning ashaddiy raqibi ibn Arabshoh: «Temur podshohlar va xalqlar siyratlarida bilimdon, Sharqu-G`arb tarixining otasi va onasi edi» - deb bejiz tan olmagan edi.
G`arb yepiskopi monax Ioann Grinlo Temur xaqida yozib, uning turk, fors va arab tillarida bemalol so`zlashaolganligini ilmu-fandan bilimdon ekanligini ta`kidlaydi. «Ilmu Qur`on va ilmu fikhda shunchalik zabardast ediki, - deb xabar beradi u Temur haqida, - har qanaqa musulmon olimi u bilan bu mavzuda bellasha olmagan».
Sultoniya yepiskopi monax Ionn Grinlo o`zining Amir Temur haqidagi xotiralarida: «Temurbekning bunyod etgan qasrlari ikki yuzdan ziyod edi: Samarqandda o`n sakkiz, Kesh shahrida yigirma, Bog`dodda o`n besh, Isfaxonda o`n ikki, SHerozda yetti qasri bor edi», - deb yozadi. Ioann Grinlo ushbu qasrlarning aynan qanday imoratlar ekanligini yozmasada, ularning sonini keltirgani Sohibqironning bunyodkorlik ishlariga juda katta e`tiborni qaratganligidan dalolat beradi.
Ayniqsa uning o`zga yurtlarda bunyod etgan bino va inshootlari Temur ma`naviyatidagi yangi qirralarni ochib berishga hizmat qiladi. O`nlab shaharlar va bog`-saroylar, masjidu-madrasalar, savdo va tijorat inshootlari, kasalxonalaru langarxonalar, xonakohlar, hammomlar, ko`priklar, kanallaru bo`g`onlar Buyuk Ipak yuli bo`ylab bino etilgan son-sanoqsiz rabotu-karvonsaroylar, sardobalar Amir Temur bunyodkorlik faoliyatining ko`p qirralari va rang-barangligidan dalolat beradi.
Bir so`z bilan aytganda Amir Temur davrida Turkiston va Xurosonda amalga oshirilgan keng bunyodkorlik ishlarida o`ziga xos «Temur uslubi» yaratilgan edi. Keyinchalik temuriylar bu uslubni rivojlantirib davom ettirdilar va Shimoliy Xindistonda Bobur Mirzo va boburiylar hukmronligi davrida ham bu uslub o`zining sezilarli ta`sirini ko`rsata oldi.
Temur davri madaniy-ma`naviy hayoti bilan bog`liq masalalar orasida ushbu davrdagi mahobatli, ya`ni monumental devoriy tasviriy san`at rivoji masalasi o`ziga xos tadqiqotga muxtojdir. Markaziy Osiyo madaniyatiga qadimdan xos bo`lgan, biroq Islom tazyiqi ostida X-XIII asrlarda amaldan qolgan monumental tasviriy san`atning devoriy uslubi aynan Amir Temur va temuriylar davrida yangidan jonlandi, rivoj topdi. Nega? Tirik jonzotlarni tasvirlash, yirik o`lchamdagi devorlardagi rangtasvirlarda ifodalash shariat talablariga tamoman qarshi edi! Nega temuriylar bunga amal qilmadi? Bu kabi savollarga javob berish temuriylar davri tasviriy san`ati turli qirralarda tadqiq qilishni, bu davrda islom va tasviriy san`at munosabatlarini o`rganishni taqozo etadi.
Temur ilmu-fan rivojiga rahnamolik qilgan, o`zi esa tarix, jug`rofiya, tib ilmlarini yaxshi bilgan, adabiyot va shaxmatni sevgan. U ulamo va shoirlarni behad hurmat qilgan, e`zozlagan. Sababi uning o`zi ham o`z davrining olimi va donishmandi bo`lgan. Uning mug`oliblaridan biri Ibn Arabshoh Temurni «Sharqu G`arb tarixining otasi va onasi edi» deganda to`g`ri baho berib, mubolag`a qilmagan edi. Temurning qadami qayerga yetgan bo`lmasin, u o`sha yerdagi olimu ulamolar, shoirlar, san`atkorlar, me`morlar, hunarmandlar, kasbkorlarni yig`ib suhbat aylagan, ularga topshiriqlar va vazifalar bergan, osoyishta ijod, bunyodkorlik bilan shug`ullanishga imkoniyat yaratib bergan, moddiy yordam berib xomiylik qilgan. Chunonchi, u Damashqda islom ulamolarini yig`ib, Qur`on haqida katta munozara o`tkazdi. Ozarbayjonning Boylaqon shahrida ham olimlar bilan kengash o`tkazib, ular oldiga katta vazifalar qo`yadi. Rumning Basra shahridagi eng katta kutubxonadagi nodir kitoblarini Samarqandga keltirib bu yerdagi kitoblar bilan qo`shib Ko`ksaroyda ulkan bilim maskani - kutubxona tashkil etadi. Bu kutubxona xazinasidan minglab kishilar bahramand bo`lgan, yetuk olimlar yetishib chiqqan. Fahmlash mumkinki, Temurning kutubxonasi o`z davrida yer yuzidagi ulkan va eng boy kutubxonalardan biri bo`lgan. Negaki poytaxt Samarqandga nafaqat kitoblar, balki Temur saltanati xududidagi eng nufuzli olimlar ham yig`ilgan edilar. Temurning bevosita g`amhurligida yuzlab olimlar ilmu-fanda ijod qilganlar. Ular qatorida Sa`uddin at-Taftazoniy, Mavlono Ahmad, Sayid Sharif Jurjoniy, Shamsiddin Muhammad ibn al-Jazariy, Xoja Muhammad al-Buxoriy, Xoja Abdulmalik Samarqandiy, Tojiddin as-Salmoniy, Mavlono Ubayd, Mavlono Abdujabbor, Ahmad Kirmoniy, Xofizu Abru, G`iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Hofiz SHeroziy, Kamol Xujandiy va boshqalar edi.
Umuman olganda Amir Temur saltanatida zamonasining taniqli allomalari hisoblangan dunyoviy fanlarning hamma tarmoqlari bo`yicha ilmiy-tadqiqotlari olib borgan qariyib 100 dan ortiq olimlar, Islom tasavvufchiligi sohasida ham Sharqda nomi mashhur bo`lgan o`nlab avliyoyu-pirlar ilohiyat yo`lida samarali ibodatda bo`lganlar. Samarqand o`sha davrda ana shunday buyuk zotlarning ijod markaziga aylangan edi. Bu iborani o`sha davrning guvohi bo`lgan Ibn Arabshoh shunday ta`riflaydi: «Temur har bir jonni (olimu-ulamolarni...) yig`ib, nimaiki narsa bo`lsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir ajib fan ahli namoyondasidan va san`atlar g`aroyib uslubidan fazilati peshonasida nishona bo`lib, o`z tengqurlaridan ustun turgan o`z sohasida alloma kishilar yig`ilgan edi». (1 kitobi, 87-bet). U davom etib: «Darhaqiqat Samarqand fozillar jam bo`lgan va fazilat ahlining kelib qunadigan joyi erdi» (1 kitob, 309-bet).
Ushbu olimlar Temur tashkil etgan Ko`ksaroy kutubxonasida ishlash va foydalanish xuquqiga ega edilar. Har bir olimning o`rni va vazifasi aniq edi.
Ular ilmu-fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, Turoni-zamin ilmu-fan, madaniyatini jahon sivilizatsiyasi darajasiga ko`tarib, Samarqandda o`ziga xos ilmiy markazni tashkil etib, nevarasi Ulug`bek davrida fanning keng taraqqiy etishiga, ilmiy laboratoriya va Samarqand fanlar akademiyasining vujudga kelishiga asos solgan edi.
Temur davriga kelib Samarqand olimlar maskaniga aylanishi bilan madrasalarning vazifalari ham kengaya borib, ular yuqori saviyasi ilm-fan muassasalariga aylana bordi.
Ushbu olimlarning ko`pchiligi, ayni paytda, Temur davrida va Temurdan oldin barpo etilgan va obod xolga keltirilgan Samarqand madrasalarida talabalarga ta`lim berar edilar. Ularda endi diniy qadriyatlardan tashqari davlat xizmatchilari va iqtidorli yosh olimlar xam tayyorlana boshlandi. O`sha davrda Damashkdan keltirilgan yosh tolibi ilm Ibn Arabshoxning Samarqanddagi Idiku Temur madrasasida taxsil olib taniqli tarixchi olim bo`lib yetishganligi fikrimizning dalilidir.
Undan tashqari Amir Temurning bevosita ustozligida Temuriylardan tashqari qariyib 80-dan ortiq mashhur davlat arboblari, talantli sarkardalar, ikki ta`limotda ham bilimga ega bo`lgan yirik siyosatchilar yetishib chiqadi. Jumladan, Tojuddin as-Salmoniy, Ma`sud as-Simnoniy, Muhammad as-Sogirjiy, Ahmad as-Tusiy, Mavlono Qutbiddin, Xoja Abdumalik, Mavlono Ubayd, Fazlulloh Mavlono, Jamoliddin, Muhammad Kovchin, amir Xamza, Maxmud Shoxob Xurosoniy, Nasriddin Maxmud, Amir Shox Malik, Amir Joku, Sayfitdin Borlos, Amir Sulaymonshox, Amir Abu Sayid, Amir Usmon Abbos, Amir Sariq Atko, Amir Jalolitdin kabilar shular jumlasidandir.
Temur davrida qurilgan va obod etilib faoliyati ijobiy yo`lga qo`yilgan madrasalar masalasiga kelsak faqat birgina Samarqandning o`zida ularning soni unga yaqin edi. Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sulton madrasasi, Bibixonim madrasasi, Feruzshoh madrasasi, Idiku Temur madrasasi, Amir Shoxmalik madrasasi, Qutbiddin Sadr madrasasi va boshqalar shular jumlasidan edi.
Bundan tashqari, Shahrisabzda, Buxoroda, Xirotda ilm-fan axllari, ko`plab adiblar, shoiru-bastakorlar, musavvirlar, me`moru muxandislar, binokor naqqoshlar, mohir xunarmandlar ijod bilan band edilar. Bu davrda Temurning ota yurti Shahrisabz esa o`zi o`qigan madrasa qayta ta`mirlanib, kengaytirilib, ilmiy tarbiya markaziga, ya`ni «Adab ilmining gumbazi»ga aylangan edi. Undagi Temur bunyod etgan «Dor ut-tilovat»da nafaqat adab ilmi, balki diniy va dunyoviy bilimlar ham o`rganilar edi. Xirotda esa Shoxrux Mirzo ham Temurning ilm-fan va ma`rifat sohasidagi sa`y-harakatlarini olib butun Xurosondagi eng katta kutubxonani tashkil etadi. Temur saltanatining har ikkala ulkan kutubxonasida nafaqat arab va turk tillarida, balki fors, lotin va yunon tillaridagi eng nodir asarlar to`plangan ediki, bu asarlardan foydalanib ishlagan olimlar keyinchalik Samarqandda Mirzo Ulug`bek shakllantirgan ulkan ilmiy akademiyaning a`zolari bo`lib, ilmu faoliyatlari bilan jahonga tanilgan yirik va mashhur olimlar bo`lib yetishadi.
Xirotda esa ana shu sa`y-xarakatlarning davomi va Xirot kutubxonasining tarkibiy qismi tarzida pirovardda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida Kamoliddin Behzod rahbarlik qilgan «San`at akademiyasi» – «Nigariston» vujudga kelgan edi.
Yuqorida keltirilgan dalil va mulohazalarga asoslanib Temurning xayotda amal qilgan tartib e`tiqodlaridan biri, bu – kitob bitiklar kutubxonasini tashkil etish edi. Chunki uzoq Bursa shahridan Samarqandga yaxlit bir kutubxonani kuchirib kelish faqat Temur ma`naviyatiga xos tafakkur edi. Temurning fikricha, «kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, xayotni o`rnatuvchi murabbiydir». Garchi bu satrlar Temur nomidan xalq tilida aytilgan rivoyatlarda keltirilgan bo`lsa-da, u Temur ma`naviyatiga tamoman mos keladi. Chunki uning ugitlarida «yozilgan narsa avlodlar xotirasida qoladigan ishlardan ham uzoqroq yashaydi», degan hikmatli satrlar mavjud
Amir Temurning ilm-ma`rifatga qaratgan katta e`tiborini uning «Tuzuklari»da ham kurish mumkin. Unda, jumladan shunday satrlarni o`qiymiz: «Musulmonlarga diniy masalalardan ta`lim berib, shariat aqidalar va Islom dini ilmlaridan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim... Yana amr qildimki, har bir shaharda masjid va madrasalar bino qilsinlar, kasallar uchun shifoxonalar qursinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar».
Darhaqiqat, Amir Temur zamonasida ulamo va mudarrislarga katta moddiy yordam ko`rsatilib ilgarigidan ham ortiqroq maosh va ish haqi olib mudarrislik qilar edilar.
Ular esa davlat va uning boshlig`i tomonidan olimu-ulamolarga qilgan salohiyatni moddiy va ma`naviy yordami tufayli o`sha davrlarda yaratilgan ilmu-fan natijalari hozirgi kunda, kelajakda ham o`z qiymatini yo`qotmaydi. Jumladan, hozirgi kunda Samarqandda Amir Temur saroyida hizmat qilgan olimlardan biri Muhammad Ibn Umar Sa`didin at-Taftazoniyning ilmu-hisob, handasa va mantiqqa doir bir necha risolasining qadimgi qo`lyozma nusxalari mavjud. Shulardan biri tug`ri chiziqlarning paralelligiga bag`ishlanadi. Unda Taftazoniy Yevklidning mashhur 5-postulatini isbot qilishga harakat qiladi va bunda ikki to`g`ri chiziqni uchinchi to`g`ri chiziq kesganda hosil buluvchi bir tomonli ichki tashqi burchak yig`indisining ikki to`g`ri burchakka teng bo`lishi zarur ekanini ko`rsatadi. Shu jarayonda u burchaklarning boshqa bir qator hossalarini ham isbot qiladi. Ularning tatbiqi sifatida ikki masalaning yechimini ham keltiradi.
Ma`lumki «Ziji Kuragoniy» Mirzo Ulug`bekning yirik asarlaridan biri, ulkan ijodiyot maxsuli. Bu asar ustida ko`plab tadqiqotlar bajarilgan. Lekin u batamom tuliq o`rganilgan deyilishi mumkin emas. Har xolda keyingi tadqiqotlar qo`shimcha ma`lumotlarni bermoqdaki, ulardan ayrimlarini ko`rsatib o`tamiz. Hususan, «Zij» 2-maqolatining 1-bobida Ulug`bek adad (son, argument), hissai adad (shu son hissasi, funksiya qiymati), ta`dil (interpolyatsiyalash) kabi tushunchalarni beradi, funksiya qiymati uchun interpolyatsiyalash formulasini (albatta, yozma bayon asosida) va argument qiymatini topish uchun esa teskari interpolyatsiyalash formulasini bayon qiladi. Bular hozir Nyuton nomi bilan ataladigan formulalarning chiziqli qismidan iborat edi. U interpolyatsiya xatosini kamaytirish uchun qadamni kuchaytirish zarurligini ham o`qdiradi.
Maqolatning 2-bobi sinus (djayb), djaybu ma`kus (arksinus) va saxga bag`ishlangan bo`lib, bunda Ulug`bek ikki miqdor orasidagi funksional bog`lanish tushunchasiga asoslanadi. Saxm (1-sos dan iborat trigonametrik funksiya) tushunchasini kiritar ekan, biz uchun o`rta maktabdan ma`lum to`g`ri burchakli uchburchak trigonametriyasini tengenli uchburchak trigonametriyasigacha kengaytiradi va shu borada bir qator munosabatlarni keltiradi. Ulardan foydalanish hisoblashlarni ixchamroq bajarishga imkon berishi tushunarli.
Zillga (soya, tangens) bag`ishlangan 3-bobda uning xossalarini tushuntirish jarayonida nurning (yulduzdan) to`g`ri chiziqli tarqalish va yassi tekislikdan qaytish qonuniyatidan foydalanadi, tangens (kotangens, sekans, kosekans) qiymatining cheksizlikkacha o`zgarishini (demak, olamning cheksizligini), trigonametrik funksiyalar orasidagi munosabatlarni ancha batafsil bayon qiladi.
Maqolatning keyingi boblarida biz sferik geometriya va trigonametriyaning hozir Keper nomi bilan ataladigan munosabatlardan, shuningdek, sferik uchburchak uchun sinuslar va kosinuslar teoremalaridan foydalanadi. Ulug`bek bayonidan foydalanib turli vaziyatda, masalan, osmon sferasining bir qismi kurinmay qolgan sharoitda ham, hisoblashlarni bajarish mumkinligini ta`kidlaymiz.
Sinusnng 1-li qiymatini juda aniq topish maqsadida Ulug`bek maktabida ishlab chiqilgan va uchinchi darajali tenglamaning ayrim ko`rinishlarini yechish qo`llanilgan iteratsion usullar ma`lum shartlarda ixtiyoriy tenglamani yechish uchun ham yaroqli ekani ma`lum bo`ldi.
Amir Temur va temuriylar davrida ijod etgan olimlarning asarlari keyingi va yilliklar davomida qayta-qayta ko`chirilgan va foydalanib kelingan. Tadqiqotlar bu asarlar ilmu-fanning keyingi taraqqiyotida ham alohida o`rin tutganliklarini ko`rsatadi.
Amir Temurning ilmu-fan, ma`naviy-madaniyati xaqida fikr yuritar ekanmiz Sohibqironning o`zi ham fan bilan shug`ullangan, tarixni sevgan, tarix xaqida kitoblar yozgan. Uning «Manzumoi Turk», «Tuzuklari» shular jumlasidandir. Yuqorida ta`kidlaganimizdek jahon xalqlari tarixini yaxshi bilgan, o`z faoliyati to`g`risida siyosiy xulosalar chiqargan.
Shu bilan bir qatorda Amir Temur tabobat ilmining rivojiga katta sharoit yaratib beradi va xalq meditsinasini, tabobat ilmiy markazlari, binolarini vujudga keltiradi.
Temurning alohida bino tarzida shifoxona qurdirganligi xaqida adabiyotlarda ma`lumot yo`q. Biroq bizga Amir Temur davrida Samarqanddagi Ark-qal`ada dor ush-shifo, ya`ni shifoxona xizmati tashkil etilganligi ma`lum. Zamonasining ulug` ulamolaridan bo`lmish Mir Sayid Sharif Jurjoniy (1330-1414) avval SHerozda mudarrislik qilib, 1387 yilda Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelib ushbu dor ush-shifoda o`z faoliyatini davom ettirganligi xaqida ma`lumotlar mavjud.
Temur «Tuzuklari»ga amal qilib kasallar uchun shifoxonalar qurgan temuriylar haqida gapiradigan bo`lsak, unda Xuroson hukmdori Sulton Shoxruh Mirzoning xotini Milkat og`a (u oldin Umarshayx Mirzoning xotini bo`lib, 1394 yilda u o`lgandan keyin Temur idorasiga bo`ysunib, Shoxruh Mirzo oladi, u kishi Xirot shahrida dor ush-shifo quradi) hamda Shoxruh Mirzoning nabirasi Mirzo Alouddavlatni (u ham Xirotda shifoxona qurgan) va Husayn Boyqaroni (Xirot yaqinidagi Gerirud tog`idan chiqqan shifobaxsh issiq suvga shifoxona qurdiradi) ko`rsatib o`tish mumkin.
Xullas, Amir Temurning nafaqat diniy ilmlar, balki dunyoviy ilmlar hamda tabobat ilmini rivoj toptirishda ham hizmatlari katta bo`lgan.
Temuriylar davrida ilm-ma`rifat faqat Ulug`bek davridan boshlab rivoj topgan, deb tushunilar edi. Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ayon bo`ldiki, Temur nevarasi Ulug`bekka qadar ham o`z saltanatida ilm-ma`rifat taraqqiyotiga alohida e`tibor bergan va shunday xulosa qilish mumkinki, Ulug`bek akademiyasidek ulkan ilm maskanining poydevoriga ham aslida Temurning o`zi asos solib ketgan edi.
Amir Temur faoliyatida tolerantlikka doir mulohazalar.
Tolerantlik faqat diniy e`tiqodlarda tasavvuf ilmdagina qo`llanilmasdan butun ijtimoiy hayotning hamma sohalaridagi qarashlarning xilma-xilligi, milliy, diniy va g`oyaviy jarayonlarning butun tizimlarida yuz beradigan, turli xil qarashdagi tomonlarni keltirish va muvozanatlashtirish, vaziyatni keskinlashtirish emas, balki muvofiqlashtirish, hatto g`arazli holatlarni ham tinchlantirishdan iborat vositadir. Ayniqsa, tolerantlik dinlararo, davlatlararo, xalqaro muhim ahamiyatga ega bo`lgan vositaviy imkoniyatdir.
Islom dini va uning tasavvufchilik ilmidagi ana shu imkoniyatdan Amir Temur ustamonlik bilan o`z vaqtida yirik markazlashgan davlatni tashkil etish, Turon – zamin halqlarini birlashtirishda siyosiy arbob, qobiliyatli hukmdor, buyuk sarkarda sifatida foydalanishga erishgan davlat boshlig`idir, turkiy xalqlarning ardoqli farzandidir. Islom dini, diniy islom tasavvufchilik tariqati nafaqat kishilarni ezgu-niyatlarga, insoniy fazilatlarga, axloq-odobga, diniy e`tiqodga, Ollohning yakkaligi-yu yaratganning kuch-qudratiga, diniy islom talab-maqsadlariga, balki ijtimoiy jamiyatni boshqarishni o`ziga xos salohiyati, boshqaruvchi-hukmdorning ham adolatligi, ma`rifatliligi, xalqparvar solih bo`lishligini, xalqlar o`rtasida birlik, hamkorlikni, bir-biriga ishonishni talab etadigan dindir.
Xalqimiz tarixida, davlatchiligimiz saltanati salohiyatida qanchadan-qancha hukmdorlar o`tgan. Tarix saboqlaridan shu haqiqat ma`lumki qaysi hukmdor komil inson sifatida diniy ta`limotni mukammal bilib uning bag`rikenglik g`oyasidan-tolerantlik imkoniyatida xalqlar manfaati, birligi, ishonchi, hamdo`stligi yo`lida faoliyat ko`rsatib davlatni boshqargan bo`lsa, mamlakat obod bo`lgan, xalqi muxtojsiz, osoyishtalikda, ertangi kunga ishonch, do`stlik, birlik va hamkorlikda yashaganlar.
Tarixda bunday hukmdorlar kamdan-kam bo`lganligi haqida guvohlik beradilar. Diniy islom ilmiy tasavvufchilik tariqati tolerantlikdan kamdan-kam hukmdorlar foydalangan. Ammo Sohibqiron Amir Temur va ayrim temuriyzodalar bu fazilatli imkoniyatdan o`rinli, xalq, mamlakat, davlatchiligimiz manfaati yo`lida foydalanganlar.
Chunki Amir Temur milliy davlatchiligimizni takomillashtirib markazlashgan yirik davlat tashkil etib, o`z faoliyatida diniy Islom va ilmiy tasavvuf amaliyotida g`ayri dinlarga hurmat, boshqa xalqlar an`ana va e`tiqodlarga keng yo`l berib, buyuk olimu-ulamolar vasiyatlariga qat`iy rioya qilgan holda diniy tolerantlik vositasidan unumli foydalanib siyosat yurgizgan. Bundan Amir Temur diniy tolerantizmni bilar ekanda degan noto`g`ri xulosa chiqarmaslik kerak. Amir Temur hozirgi kunda diniy totuvlikni – tolerantlik deb atalish ekanligini bilmasada Imom Matrudiyning muvozanat ta`limotini, diniy totuvlikni, jamiyatdagi keskin vaziyatni yumshatishni mukammal o`zlashtirish qobiliyatiga ega bo`lgan xukmdor edi. Xalq manfaati va tinchligi, osoyishtaligini saqlashda biron yordami, nafi tegadigan ishlarda har qanday uslublardan foydalangan saltanat egasi edi. U Tangrining yakkaligiga, Muhammad Payg`ambar Ollohning rasuli ekanligiga qattiq ishonib, e`tiqodga mustahkam bo`lib, Qur`oni Karim, Hadisi-sharifni mukammal bilib, unga ishonib, sitqi dildan sig`ingan, ularga tayanib saltanatni adolatli, bag`rikenglik bilan boshqargan. Amir Temur o`zining «Tuzuklari» da ko`pdan-ko`p ana shunday e`tiqodlaridan misollar keltiradi. Jumladan: «...Eshitganmanki, Ali Ibn Laqatiy Xalifa Xorun ar-Rashidning vaziri edi. Undan Tangri taolloning bandalariga (diniy e`tiqodi, milliy, irqiyligidan qat`iy nazar-tahlil A.SH.) ko`p nafu-foyda yetardi. Kunlrdan bir kuni o`z ixtiyori bilan vazirlikni tark etmoqchi bo`libdi. O`shanda din peshvolaridan biri unga shunday deb yozibdi: «Sen xalifa dargohida mulozimlik qilib, vazirlik ishini bajarib turaver. Bu ishni tashlashni o`ylamagin ham, chunki (bu martabada turib) xalqqa yetkazayotgan yordaming va nafing, (belgi meniki A.SH.). sen qilgan butun ishlar va harakatlarning eng oliysidir»*. Amir Temur «Tuzuklari»ning yana bir joyida ushbu fikrni keltiradi: «Yana shuni eshitdimki, Hazrati payg`ambarimizdan, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bo`lsin, so`rabdilar: «Agar Siz Nabiy (ilohiy xabar keltiruvchi A.SH.) va Rasul (Ollohning vakili – A.SH.) etib yuborilmaganingizda qaysi ish bilan shug`ullanar edingiz? U shunday javob bergan ekanlar: «Sultonlar hizmatida bo`lishni ixtiyor etib, Tangri taoloning bandalariga (diniy e`tiqodlaridan qat`iy nazar – A.SH.) foyda va yaxshilik yetkazardim»*, - deb javob berganligini Sohibqiron o`z «Tuzuklari»da bejiz keltirmagan. Chunki Amir Temur nafaqat diniy munosabatlarda balki xalqqa, Tangri taolo bandalariga ijtimoiy jarayonning hamma sohalarida foyda, naf, yaxshilik qilishni, totuvlik hamkorlikda yashashni tashkil etishni davlat siyosati darajasiga ko`targan. Shu sababli yuqorida keltirilgan misollarni o`z «Tuzuklari» da bayon etgan. Bu albatta hozirgi zamon tili bilan aytganda amaliy tolerantlikdir.
Amir Temur ilmiy tasavvuf tariqatiga doir tolerantlikning amaliy jarayoniga bog`liq bo`lgan, o`zining bevosita hayotiy faoliyatiga aloqador yana bir misolni keltiradi. «Shu sababdan, xalqqa yordamu madad maqsadida, men ham Tuqlug` Temurning o`g`li Ilyosxojaga vazirlik hamda sipohsolorlik qilishga rozi bo`lgandim. Tangri taoloning bandalariga yordam qilganimdan bo`lsa kerakki, Olloh taolo meni saltanat martabasiga yetkazdi»*, - deb yozadi.
Ilyosxojaga vazir bo`lib xizmat qilishga qanchalik og`ir bo`lsada, vaqtinchalik vazir bo`lib, muvozanatni saqlashga, totuvlik bilan murosa qilib qulay vaziyatni kutishga sabr-toqat bilan, xalqi mustaqilligini qo`lga kiritish uchun kuch to`plashi, vaqtni kutishini hisobga olib ish tutganligi fikr qilib, xulosa qilishga buyuk Sohibqiron mustaqil
markazlashgan davlatni tashkil etishdan oldinroq nafaqat diniy, balki keng ma`nodagi ijtimoiy-siyosiy tolerantlik-ning amaliyoti asosida faoliyat ko`rsatganligining guvohi bo`lamiz. Shuni ham ta`kidlash lozimki Amir Temur yoshligidanoq diniy e`tiqodlarga jiddiy qaragan. Islom dini, ilmiy tasavvuf tariqatini yaxshi bilgan, uni hayotga tadbiq etishga, dinlararo har qanday nizolarga barham berib murosa, totuvlikda bo`lishni amalga oshirishga harakat qilgan. Unda bu tuyg`u va g`oyaning paydo bo`lishi, kuchli ijtimoiy xarakterga ega bo`lishligi o`sha davrning ijtimoiy-siyosiy muhiti kuchli ta`sir etib, muhim rol o`ynaganligi tarixiy haqiqatdir. Chunki u bu g`oyaviy maqsadni madrasadan, hayotiy tajribani turmushning achchig`i-lazzatidan, og`iru-yengilidan, erkinlik va qaramlik, adolat va zulmdan, bosqinchlar harakatidan o`rganib kuchlarni birlashtirish, murosaviy totuvlikni, xalq o`rtasida keng targ`ibot qilish xalqqa tushuncha bilan aytiladigan bo`lsa ijtimoiy-siyosiy tolerantlikni tushuntirishga jiddiy kirishganligi, ushbu maqsadga erishish uchun yoshligidan faoliyat ko`rsatganligidir.
Ayniqsa, Chingiziylar hukmronligining oxirgi Amir Temur boshchiligidagi milliy mustaqillik uchun tatar-mo`g`illarga qarshi kurash yillarida (XIV asrning 50-60 yillarida) bosqinchilarga qarshi xalqni birlashtirishga siyosiy vositalarga nisbatan diniy birlik, murosa, hamkorlik imkoniyatlari ko`proq ko`zga tashlanmoqda edi. Keng qobiliyat va talantga, bilimga ega bo`lgan Sohibqiron Islom diniga katta quvvat berib, boshqa g`ayri dinlar bilan totuvlik, murosa qilishni, urf-odat, rasm-rusumlarni hurmat qilishni, diniy arboblariga nisbatan izzat-hurmatni joyiga qo`yishni amaliy faoliyatga aylantirishga jiddiy e`tibor beradi.
Amir Temurning asosiy maqsadi Chingiziy bosqinchilaridan xalqni, Vatanni ozod qilib milliy mustaqil davlat tashkil etish bo`lsada, bu maqsadga erishish yo`lida diniy tolerantlikdan keng foydalanadi.
Chunki qanaqa din bo`lishidan, kishilar qanday dinga e`tiqod qilishdan qat`iy nazar, hamma xalqlar uchun xudoning yakkaligi asos bo`lib, diniy e`tiqodlarning mohiyati umumiy ekanligi, dinlarning ko`rinishi xilma-xil bo`lsada, ular o`rtasida totuvlik, murosa, ishonch bo`lishiga qattiq ishonadi va rioya qilib o`z faoliyatida unga amal qiladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki, dunyodagi barcha dinlar yagona Olloh deb uning bandasi sifatida ezgulik g`oyalariga, yaxshilik, do`stlik, tinchlik kabi xususiyatlarga asoslanib unga tayanadi, odamlarni halollik, poklik, mehr-shavqat, birodarlik va murosa, totuvlik, bag`rikenglikka da`vat etdi. Amir Temur o`zining markazlashgan davlatini tashkil etib uni mustahkamlashga ana shu imkoniyatlardan foydalanadi.
Bu haqda Sohibqiron «Tuzuklari» da shunday deb yozadi: «Mashoyixlar sufiylar (Ruxoniylar – A.SH.) xudoni tanigan oriflardir. Ularning xizmatlarida bo`lib, suhbatlar qurdim va oxirat foydalarini oldim»*. «Ulardan Tangri taoloning so`zlarini eshitib, karomatlar ko`rdim, favqulotda odatlarini mushohada etdim va suhbatlaridan rohatlanib, huzur qildim»*. Bu so`zlar Amir Temurning o`z boshidan kechirgan hayotiy tajribalari diniy g`oya bilan dunyoviy – davlat siyosatining bir-biri bilan uyg`unlashib ketishi natijasi edi. Amir Temur Islom dunyosining buyuk allomalarinigina izzat-hurmat qilib, yurakdan e`tiqod qilibgina qolmasdan, balki turli xil dinlarga e`tiqod qiluvchi buyuk olimu-ulamolarning ham xalqiga va muqaddas joylariga ham hurmatda va yaxshi munosabatda bo`lgan. Ularning diniy marosimlarini o`tkazishga, an`ana va qadriyatlarni yanada rivojlantirishga, Islom dini bilan murosada va totuvlikda yashashga to`la imkon yaratib bergan. Shuning uchun bo`lsa kerak Amir Temur armiyasi tarkibida va hatto qisman bo`lsada davlat muassasalarida ham g`ayridinli boshqa millat va xalq vakillaridan kishilar ko`p bo`lgan. Sohibqiron ularga ishongan va katta imkoniyatlar yaratib bergan.
Amir Temur tafakkurida paydo bo`lgan mamlakat hukmronligini qo`lga kiritish, uni mustahkamlash g`oyasi diniy ta`limotlardan, ayniqsa Islom tasavvufchilik ilmidan ularning namoyondalari faoliyatidan, Islom va boshqa dinlar tarixidan, dunyoviy fanlardan ham keng bilimga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham mustaqillik uchun chingiziylarga qarshi kurash yillarida diniy tolerantlikdan o`z vaqtida, ustamonlik bilan ham ijtimoiy, ham siyosiy sohada amaliy jihatdan foydalangan.
«...Tuzuklari...» da Ilyosxoja boshliq chingiziy bosqinchilarga qarshi kurash yillarida o`z faoliyatida tolerantlik uslubidan ustamonlik bilan foydalanganligi haqida shunday bir misolni keltiradi. «...Men bilan ittifoqi buzilgan toifadagi boshqa amirlarni ham birma-bir holi joyga chorlab, har qaysisi bilan alohida gaplashdim. Bulardan mol dunyoga hirs qo`ygan ochko`z va ta`magirlariga mol-ashyo va`da qildim, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshqarishga ko`z tikkan amalparastlarni qo`lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan biriga (hokimlik) qilishga nomzod qilib ko`rsatdim»*. Yana davom etdi: «Qolgan lashkarlarni ham yemak-ichmak (luqma) va kiyim-kechak (xirqa) bilan umidvor qildim, shirin so`z va ochiq yuz bilan ularni o`zimga rom etdim,»*.
«Qilgan bir xizmatini o`n barobar qilib taqdirlab, dillarini xushnud qildim*, - deb ta`kidlaydi. Haqiqatda, ular ichida turli xil xalq va diniy e`tiqod vakillari ham bor edi. Natijada birlashib Ilyosxoja boshliq chingiziy bosqinchilarni tor-mor keltirgan va g`alabani qo`lga kiritganligi tarixiy haqiqatdir. Ko`rinib turibdiki, Sohibqiron Vatan taqdiri hal bo`lish jarayonida xalq manfaati uchun har qanday unsurlardan, mol-dunyo, mansab uchun hech narsadan qaytmaydigan tiplardan ham vaqtincha foydalanishga erishgan. Bundan Amir Temur o`z g`alabasi uchun har qanday nomaqbul imkoniyatlardan foydalangan ekanda degan noto`g`ri xulosaga kelmaslik kerak. Buyuk Sohibqiron har bir qilgan amali faoliyatini ongli ravishda, mardlik, matonatlilik, kechirish va murosaviy totuvlik, tinchlik maqsadlarida yaxshi niyat bilan amalga oshirgan. O`zining «Tuzuklari»da bu xaqda: «...Men o`n ikki narsani o`zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o`n ikki narsa yordamida mamlakatlarni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zebu-ziynat berdim»*. Davom etib: «... davlat va saltanatimga bog`langan mening birinchi tuzugim – Tangri taoloning diniy (Olloh yagona deb tan oluvchi hamma
dinlar va asosan Islom diniga nisbatan – izoh meniki – A.SH.) va Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim. Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatladim»*.
Uchinchi tuzugida: «Saltanatim ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr – toqat bilan yurgizdim. Ko`p narsani bilib tursam ham o`zimni bilmaslikka olardim. Do`stu-dushman bilan murasoyu- madora qildim»*- deb arboblikka xos ikki ta`limot bilimdoni sifatida, Sohibqironlik salohiyati darajasiga muvofiq faoliyat ko`rsatganli-gini, diniy tolerantlik, xayotiy tajribada, amaliy siyosatida, davlatchiligimiz tarixida takrorlanmas shaxs ekanligini namoyon etganligini ko`rsatadi. Shu asosda dinga, Islom diniga qat`iy rioya qilinganligini va tolerantlik uslubidan atroflicha mohirona foydalanishga harakat qilganligiga amin bo`lamiz. Bu haqda Amir Temur o`zi shunday deb yozadi: «Odam Atodan boshlab Hotam ul – anbiyogacha (Payg`ambar oxirgisi – Muhammad Payg`ambarga bo`lgan unvon), ulardan hozirgi damgacha o`tgan sultonlarning qonunlari va turish-turmushlarini donolardan so`rab-surishtirdim. Har qaysilarining yo`l-yo`riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma`qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim»*. Yana davob etib: «Davlatlarning tanazzulga uchrashi sabablarini surishtirdim va davlatu saltanat zavoliga sabab buluvchi ishlardan saqlandim»*. «Kimki menga dushmanlik qilsayu, keyin pushaymon bo`lib himoya istab, tiz urib oldimga kelsa, dushmanligini unutib, muruvvat va do`stlik ko`rsatdim»*, - deb murosa qilishga, mardlik ko`rsatib tolerantlik uslubiga alohida urg`u beradi. Ammo Amir Temur biron kuchlar, shaxslar yoki guruhlar bilan ma`lum masalayu-muammoda murosa qilib kelishuv shartlarini aniqlab bajarishga qat`iy kirishga ahdlashsa, uni buzgan tomonlarni hech qachon kechirmagan qattiq jazoga mubtalo qilgan. Bu jarayon, ya`ni din, diniy tolerantlik va siyosat, Islom, ilmiy islom tasavvufchiligi, jamiyatni, davlatni boshqarish, qonun, xuquq masalalari Amir Temur uchun saltanat
sohibqironi bo`lishdan oldinroq yaxshi ma`lum bo`lgan. Bu masalalar Amir Temur faoliyatida milliy davlatchilikni tiklash, rivojlantirish borasidagi o`zi ishlab chiqqan milliy davlatchilik dasturining asosini tashkil etgan. Shu sababli Sohibqiron Amir Temur o`zining saltanatini takomillashtirish sohasidagi siyosiy faoliyatining ongi va ilmiy qismi, ikki ta`limotni (diniy va dunyoviy) o`zaro uyg`unlashtirishni amalda mohirona qo`llashning, Vatanimiz tarixida qoil-maqom qilib bajarishning yangi fazilatli xislati va davlatchiligimiz tarixida qo`llanilgan yangilik edi desak xato bo`lmaydi. Uning kuch-quvvati, g`ayrat-shijoati mustahkam bo`lib «dinga quvvat va yorqin qalbning nigohi payg`ambarlar sayidi (Muhammad S.A.V) ning shariati uchun madad»* berdi. Podshohlar va sultonlar ichida Sohibqiron Olloh ma`qul ko`rgan uchinchi toifasiga, balki «butunlay lutfu-karomat va tamoman qahru-g`azab zohir etuvchi emas, balki ana shu ikki xislatning o`rtacha maromini (tolerantlik- izoh meniki-A.SH.) tutuvchi»*, bo`lib, Tangri taolo irodasiga, uning bandalariga mas`ul bo`lgan, nafaqat diniy tolerantlikni, balki ijtimoiy-siyosiy sohadagi tolerantlik-bag`rikenglik, murosa, totuvlik, xamkorlikni qo`llagan xukmdor sifatida namoyon bo`ldi. Sohibqironning o`z so`zi bilan aytganda mamlakatni boshqarishda murosayu-madora bilan siyosat yurgizgan. Buning o`z xalqi, Vatani uchun, uning g`am tashvishi, huzur halovati, g`ururi va iftixori bilan hamohang bo`lib o`z yurti uchun, hurmatli Prezidentimiz so`zi bilan aytganda, yonib yashadi, nomini jahonga taratdi.
Xulosa qilib shuni ta`kidlash lozimki, Amir Temur hukmronlik qilgan davrda mamlakatda xrestianlik, buddaviylik, konfutsiylik va boshqa dinlarga e`tiqod qiluvchilar yashaganlar. Ushbu din vakillari Islom dini bilan murosayu-madorada bo`lganlar. Ular davlat siyosatiga bo`ysunib o`zlarining diniy dargohlarida e`tiqod normalarini bajarganlar. Mamlakatimizning ko`plab shaharlarida, shu jumladan, Samarqandda ham ular mavjud bo`lib, faoliyat ko`rsatganlar. Temuriylar davrida, qisman Shohruh Mirzo, asosan Mirzo Ulug`bek davrida g`ayri din vakillari o`zlari sig`inadigan dinlariga e`tiqod qilib, diniy dargohlarida
faoliyat ko`rsatganlar. Ayniqsa temuriyzoda Bobur Mirzo diniy tolerantlikka jiddiy e`tibor beradigan Amir Temur bobosidek, uni davlat siyosati bilan uyg`unlashtiradi. Xatto Xindistondek yirik mamlakatda o`z imperiyasini tashkil etadi va buddaviylik diniga e`tiqod qiluvchi xalq hurmatiga sazovor bo`ladi, xinduiylik falsafasidan mustahkam o`rin olib katta obro`ga ega bo`ladi. Haqiqatda azal-azaldan ona Vatanimizda Amir Temur, Navoiy, Boburlar yurtida Islom, nasroniylar, buddaviylik kabi jahon dinlari yonma-yon, totuvlik, murosayu-madorada yashab kelgan. Asrlar osha mamlakatimizning yirik shaharlarida masjidlar, cherkovlar, sinagoklik-dargohlari mavjud bo`lib turli millat va dinlarga mansub qavmlarning o`z diniy e`tiqodlari va amallarini erkin, hech qanday qisuv va to`siqlarsiz ado etib kelayotganligiga tarix guvohdir.
Amir Temur faoliyatida landshaftlik, orastalik madaniyati xaqida.
Buyuk Soxibqiron nafaqat yirik davlat arbobi, markazlashgan yirik Turon davlati va milliy o`zbek davlatchiligining asoschisi, mashhur xarbiy sarkarda, ilmu-fan, madaniyat homiysi, balki orastalik, go`zallik, landshaft-madaniyatining ham takrorlanmas ijodkori-rahnamosidir. Amir Temurning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo xalqlarini nafaqat chingiziylar zulmidan ozod etish, mustaqillikni qo`lga kiritish, qudratli davlatni tashkil etish, xalqni birlashtirish bilan cheklanib qolmasdan xorijiy bosqinchilar zulmi va vahshiyona siyosati oqibatida vayron bo`lgan va xarobaga aylangan shaharlar, qishloqlar, me`moriy-tarixiy obidalar, yo`l-u, ko`priklar, ma`naviy-madaniy makonlar, maschitu-madrasalarni qayta tiklashdan iborat edi.
Amir Temur shu maqsadda butun Movaraunnaxrni yagona xashamatli mamlakatga, orastalik, go`zallik ila zebi-ziynatli go`shalardan iborat Markaziy Osiyoning ma`naviy ko`rkam mamlakatiga, hozirgi ilmu-fanda landshaftlik deb ataluvchi geografik tushunchaga emas, balki landshaftlik madaniyatiga ega bo`lgan tabiiy orasta-go`zal yurtga, zebu-ziynatli mamlakatga aylantirishga kirishadi. Amir Temur o`z «Tuzuklari»da: Saltanatim ishlarini qonun-qoida va intizomga solib, saltanatim martabasiga zebu-ziynat berdim», «...Xamisha mamlakat to`kinchiligi va obodonchiligi uchun xarakat qildim...», «Muxandislar bilan ittifoqda oliy imoratlar barpo etib, bog`i bustonlarning loyixa-tarhini chizdirdim», - deb asosiy istak-niyatlari va maqsadlarini amalga oshirib yirik o`zbek milliy davlatchiligini tashkil etibgina qolmasdan, balki uni sharqona orasta, go`zal uslubda bezashga ham muvaffaq bo`ladi. «Zafarnoma» muallifi Sharofiddin Ali Yazdiyning xabar berishicha Ozarbayjonda, Boylakon shahrini Amir Temur yangidan bino etadi va bu shaharda ushbu munosabat bilan o`tkazilgan kengashda: «Agar oldin bizning diqqat e`tiborimizni harbiy yurishlar tortgan bo`lsa, endilikda mamlakatda xotirjamlik o`rnatishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bosh vazifamizdir. Bu olijanob ishda menga yordam berishlaringizni iltimos qilaman», - deb ilmu-fan axliga va arbobu-xeshlarga murojaat qiladi. Shu maqsadda butun mamlakatni orasta, ko`rkam qilishga butun kuch qudratini safarbar etishga qaror qiladi. «Zafarnoma» ning yana bir muallifi Nizomiddin Shomiy esa ana shu olimu-ulamolar kengashdagi Amir Temur so`zini keltirib, unda Turon mamlakatida mashhur mavze`larni imorat (orasta) qilganimizdek, Eron mamlakatida ham biz hazratdan yodgorlik qolgay deb, imoratlar, shaharlar, binolar, ko`priklar qurib, kanallar qozdirib, orasta, go`zal yodgorliklar qoldirganligi haqida yozadi.
Amir Temur o`tkazgan mashvaratlarida mamlakat obodonchiligi, orastaligi haqida mutasaddi kishilar hisobotini eshitib, o`z fikr mulohazalarini berib turgan. Qurilayotgan jamoa binolari, shaharu-sarhadlar, ko`prigu-yo`llar, kanallarni va boshqa qurilishlarni borib o`zi ko`rgan. Ularning orasta, sharqona uslubga muvofiqligini tekshirib, qimmatli fikr-mulohazalarini bergan, o`ziga yoqmaganlarini esa boshqatdan qurdirgan. Bu haqda Kastiliya (Ispaniya) elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning Samarqandga 1403-1406 yillarda qilgan sayohati haqidagi kundaligida ajoyib hikoya va qimmatli ma`lumotlar mavjud bo`lib, uning mazmuni qo`yidagicha. Uning yozishicha Samarqand shahri Amir Temurgacha xaroba xolida bo`lgan. Uning davrida bu shahar sharqona bezatiladi, ko`rkamlashadi, go`zallashadi. «Bu ishni podshoh o`zining ikki mirossiga (Mirzosiga) topshirdi. Podshoh ko`rsatib bergan yerdan ko`cha-rasta qurishga kirishildi. Rasta o`tadigan yerlarda uchraydigan uy-joylar, ular kimniki ekanligidan qat`iy nazar buzila boshlandi. Bir gurux kishilar buzish ishlari, boshqa guruh odamlar kelib qurilishni tezlatib yubordilar. Ko`chani juda keng (orasta) qilib oldilar. Ko`chaning har yer, har yerida hovuzlar kovlangan bo`lib ularga suvlar to`ldirilib qo`yilgandi va uzluksiz yangilanardi. Bu ishga qo`lida hunari bor ishbilarmonlar tanlanar edi. Kunduz kuni ishlaganlar ketishi hamona kechasi ishlovchilar kelardilar. Ular kechayu-kunduz shavqin-suron bilan ishlar edilar. Natijada kishini hayratga soladigan ishlar qilindi, Samarqand go`zal, orasta shaharga aylanmoqda,– deb yozib qoldirgan Klavixo. Albatta Ispaniya elchisi Klavixo bu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rib, hammasi haqiqiy guvoh bo`lgan, bo`rttirib ko`rsatishdan xoli bo`lgan xorijlik kishidir.
Shuni ham ta`kidlash lozimki, Samarqand haqiqatda e.o. VI-V asrlarda mavjud Zarafshon vodiysining ko`rkam, go`zal va orasta shahri bo`lgan. Xatto Aleksandr Makedonskiy-Zulqarnay e.o. 329 yilda Samarqandni bosib olib uning orastaligi va mustahkam ekanligiga qoyil qolgan. Bu shaharning dahshatli vayronaligi arab va chingiziy bosqinchlari davrida yuz bergan. Ular qadimiy Samarqand-Afrosiyobni tomoman xarobaga aylantirgan. Hatto chingiziy amaldori Amir Temur hukmronligiga qadar nafaqat Samarqandda, balki butun Movaraunnaxrda ko`zga tashlanarli bironta jamoat binolari qurmaganlar.
Amir Temur davrida Samarqandning qiyofasi tamoman o`zgartirilib yuboriladi. Samarqanddagi hamma qurilishlarga Sohibqironning yaqin safdoshi va qobiliyatli sarkarda Oq Buqo (Oq Bug`o ham deyiladi) boshchilik qiladi. 1371 yildayoq Sharqda eng go`zal, orasta oltita Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Qorizgoh, So`zangaron va Feruza nomli darvozalar quriladi va ular mustahkam qal`a devori bilan o`rab olinadi. Shu yili Samarqandda eng go`zal bino hisoblangan davlat Mahkamasi-Arki Oliy quriladi. Uning ichida Amir Temurning qarorgohi, to`rt qavatli Ko`k Saroy va Bo`stonsaroylar qurilib, ular orastalikda tabiat bilan jil`a talashgan koshinkor, naqshinkor va guldorparchinlar bilan bezatilgan edi. Osmon o`par, bag`oyat go`zal minbaru-minoralar, g`aroyib ustunlar, chiroyli va orasta, peshgohli gumbazlarga ega bo`lgan shahar Jome` masjidi, Go`ramir majmuasi va Saroymulkxonim madrasalari, mashhur shayx Burxoniddin Sog`arjiy xilxonasi, Ruxobod maqbarasi, Shoxizinda majmuasidagi maqbaralar ta`mirlandi. Orasta, ko`rkam bu binolar va uning atroflari, ko`chalari xorijdan kelgan mehmonlarni o`z go`zalligi, ko`rkamligi, toza va ozodaligi, orastaligi bilan rom etib, hayratda qoldirgan. Shahar ahli esa ana shu orastalikni ko`z qorachig`iday e`zozlagan.
Amir Temur davrida nafaqat ko`rkam va muhtasham binolar qurilishiga balki xunarmandchilikni rivojlanti-rishga ham alohida e`tibor berilgan. Hunarmandchilik sohasida binokorlikdan tashqari to`qimachilik, qog`oz bo`yoq ishlab chiqarish, kulolchilik, zargarlik, chelanganlik (metal buyumlar yasash), temirchilik, rang-buyoq ishlab chiqarish, keng rivojlangan. Bu davrda shahar, qishloq aholisi, dasht-sahroda yashovchi aholi (ko`proq ko`chmanchi) chorvachilik va dehqonchilik turlari bilan shug`ullangan. Tovar almashish maqsadida ko`rkam, toza, ozoda, savdo-sotiq bozorlari qurilgan xaridorlar va sotuvchilar o`rtasida o`zaro hurmat bo`lgan. Bozor munosabatlarini ko`rgan xorijlik mehmonlar ularga havas bilan qarashgan. Narh-navo, tosh-tarozida hiyonat bo`lmagan. Samarqand bozoridagi bu to`g`rilik va orastalik qo`shni shaharlar, qishloqlar hatto horijiy mamlakatlarga ham ijobiy ta`sir etgan.
Shu bilan birga Movaraunnaxr va Xuroson shaharlarida Sohibqiron va undan keyin temuriylar davrida yangicha usul, Sharqona nafosat, ruhiy orastalik tafakkuri vujudga kelib, bu orastalik rassomlik, naqqoshlik, maishiy buyumlarda, tengi yo`q hashamatli, salohiyatli rang-barang bezakli binolarda o`z aksini topadi.
Amir Temur nafaqat Samarqandni, balki butun Movaraunnaxr, Xurosonni, temuriylar davlati tasarrufida bo`lgan, keyinchalik mamlakatga qo`shib olingan hamma xududlarni reja asosida orasta, ko`rkam, xushmanzara maskanlarga aylantiradi. Zarafshon, Sirdaryo, Amudaryolarda ko`priklar quradi. Samarqand, Toshkent atroflarida Sirdaryodan Ohangarongacha bo`lgan xududni ho`shmanzara joyga aylantiradi, kanallar qozdirib suv chiqaradi. Buxoro, Farg`ona, Shahrisabz, Turkiston va boshqa shaharlarda karvon saroylar, cho`llarda sardobalar, shaharlarda hammomlar, madrasalar qurish ishlari ham keng ko`lamda olib beriladi. Jumladan, uning amri farmoni bilan Xuroson va Ozarbayjonda, Kavkazu-Eronda, hozirgi Turkmaniston, Afg`oniston va boshqa xududlarda qanchadan-qancha shaharlar, qal`alar qayta tiklandi, ko`priklar quriladi, kanallar qoziladi. Mo`g`ullar hujumi oqibatida vayron bo`lgan Banokat shahri Shoxruxiyat nomi bilan 1392 yilda qayta quriladi. Amir Temurning farmoni bilan Xuroson bo`ysundirilgach, 1381 yili Murg`ob daryosidan chiqarilgan kanalllar orqali Marv voxasi obod bo`ladi. Kavkazda 1403 yilda Baylakon shahri qad ko`taradi, shahar mavzeida, ya`ni Baylakon vohasiga Araks daryosidan uzunligi 70 km.gacha cho`zilgan, eni 10 metrli, chuqurli gi 4 metrga teng Barlos nomli kanal qozib, suv chiqaradi. Shu tariqa bu mavze go`zal, orasta vodiyga aylanadi.
Sohibqiron farmoni bilan taniqli sarkardalar, davlat ma`muriyati rahbarlarining har biri alohida-alohida reja asosida atroflari go`zal, orasta, bog`u-chorboqlar, gulzoru-maysalar bilan bezatilgan kanallar qozdirib suv chiqarishga, chulu-sahrolarni obod, orasta vohaga aylantirishga boshchilik qilgan. Bu xabarlar tarixiy haqiqat bo`lib Amir Temur butun mamlakatni geografik jihatdan tamoman o`zgartirilgan, obodonlashtirilgan, obod, orasta yurtga aylantirish uchun nafaqat o`zini, butun davlat arboblarini, sarkardalarni, taniqli amirlarni, ma`muriy rahbarlarni, balki butun ahli-jamoani jalb qiladi. Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha bu ishlar doimo va uzluksiz Qarshida, Qorabog`da (Ozarbayjon), Samarqandda rejali o`tkazilgan Qurultoylarda muhokama qilinib borilgan. Mamlakatni orasta, ko`rkam, go`zal maskanlarga, obod, osoyishta mahallalarga aylantirish ishlarini davlat siyosati va faoliyati darajasiga ko`targan.
Shubhasizki, Sohibqiron boshlab bergan bunday bunyodkorlik ishlari an`anaga aylanadi va keyingi davrlarda Amir Temur vorislari, nufuzli davlat arboblari, amirlar tomonidan davom ettiriladi.
Hozirgi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan e`lon qilingan “Obod mahalla” yilida yurtimizni orasta, go`zal, ko`rkam yurtga aylantirish ishlari butun mamlakatimiz bo`yicha boshlab yuborildi. Ayniqsa obodonlashtirish ishlari Samarqand viloyatining tumanlarida, jonajon muqaddas shahrimizda ham yuksak ko`tarinkilik bilan olib borilmoqda. Haqiqatdan ham tarixiy binolar sharqona orastalik bilan ta`mirlanmoqda, yangi ko`rkam binolar qad ko`tarmoqda, bulvar-parklar, guzaru-go`shalar, mahallayu-jamoat joylari, oromgoh-lar, ko`llar, ariqu-kanallar ta`mirlanmoqda, yangilari qurilmoqda. Ko`chalar, mahallalar, go`zarlar atroflari tozalanib, gullar, maysalar, nihollar ekilmoqda, turli rangdagi favvoralar qurilmoqda. Bu salohiyatli, fazilatli ishlarda nafaqat o`qituvchiyu-talabalar, rahbar-xodimlar, balki Vatan ishqida yongan g`ururli, iftixorli, o`z shahriga jon fido qilishga tayyor har bir fuqaro ishtirok etmoqda. Har bir fuqaro hech bo`lmasa bittadan nihol, gul ekishi, o`z uyi, hovlisi, ko`chasi, go`zari, bozori, savdo maskanlarini, mahallasini toza, ko`rkam, ozoda saqlashni o`z vazifasi deb bilishi zarur. Bu esa yurt, Vatan oldidagi har bir fuqaroning muqaddas burchi va mas`uliyatidir. Shundagina hammamizdan shahrimizdan o`tgan ulug` zotlar, avliyo-yu-pirlarimizning ruhlari qo`llab-quvvatlaydi, ularning ruhlari shod bo`ladi, ishimizga omad beradi, oilamizga qut`u-baraka ato etadi.
Shundagina ulug` Sohibqironning Vatan muqaddasligini e`zozlab, orastalik, ko`rkamlik, go`zallikni saqlashdek orzu-umidlarni amalga oshirishdek maqsadlariga o`zimizning munosib hissamizni qo`shgan bo`lamiz.
Amir Temur barpo etgan bog`lar.
Amir Temur Samarqand atrofida bunyod ettirgan bog`lar sanog`i turli manbalarda turlicha: bir o`rinda 7ta, boshqa joyda 12-ta, deb keltiriladi. Mutaxassislar keyinchalik aniqlashlaricha, ularning soni 14 ta bo`lib, qo`yidagicha atalgan va ko`rinish kasb etgan:
1. BOG`I SHAMOL. Bu bog` 1397 yili bino qilingan. Sharafuddin Ali Yazdiyning qayd etishicha, bu manzil ilgaridan so`lim bir joy ekan. Yazdiy yozadi: «Hazrati Sohibqiron obod Samarqandning shimoliy tomonidan barpo etgani «Bog`i Shamol» nomi bilan mashhur boqqa ko`chib o`tib, jahon ahli sig`gudek o`lkan saroparda (shohona chodir) qurdirdi.
Uning darvozasi oldidagi chodir hamda podshoh qabulxonasi (boroxgoh), bazmlar uchun tikilgan katta va kichik chodirlar ko`kka bo`y cho`zib, oyga tekkudek tuyulardi. Bu Eram bog`i yanglig` orom maskanini jannatning bazm saroyi xasad qiladigan darajada orasta, salobatli qilib bezatdilar. Bir keskir farmon sodir bo`ldiki, ul firdavsmonand bog`da amirzoda Mironshohning qizi, oliy iffat sohibi Beka Sulton nomiga atab dilni rom etuvchi baland qasr va go`zal bir ishratgoh qursinlar. Fors o`lkasining barcha viloyatlari. Iroq, Ozarbayjon, Dor-us-salom (Bag`dod) va boshqa mamlakatlardan jam` bo`lgan mohir muhandislar, ravshan fikrli me`morlar qasrning tarixini o`tkir farosat qalami bilan maxorat lavhasiga chizdilar. Uni Hazrati Sohibqiron ma`qullagach, yorqin ra`yli munajjimlar qasr qurilishini boshlash uchun munosib vaqtni belgilashda xushyorlik va ehtiyotkorlikning barcha shartlariga rioya qilgan xolda, quvonchli bir soatda, baxtli bir tole`da qasr qurilishini boshladilar.
Qasrning to`rt ruknini amirlar o`rtasida taqsimlab, har bir ishboshi ixtiyoriga bir mamlakatdan keltirilgan ustalar, bir diyordan keltirilgan xunarmandlarni tayin qildilar... Mustahkam ruknlarini bag`oyat mahkam va puxta qilib ko`tardilar. Har bir ruknga Tabrizdan keltirilgan marmar toshdan ishlangan bittadan ustun o`rnatdilar. Devorlari sathini lojuvard va oltin bilan shunday ajoyib va hayratomuz darajada go`zal etib naqshladilarki, ularning tarovatidan Moniy rasmlari va CHIN nigorxonasini uyatu xijolat g`ubori qopladi. Qasrning sahniga marmar toshlardan va Qo`hi Nur (Nurota) dan keltirilgan toshlardan chiroyli qilib yotqizdilar... Tashqi devorning ich tarafidagi izorasini-koshin bilan bezadilar*.
Bu saroy haqida mashhur major olimi Herman Vamberi «Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi» asarida shunday yozadi: «Bu saroy to`g`ri to`rtburchak shaklida bo`lib, har tomoni bir yarim, ming qadam. Uning marmar gullari ajoyib, hayratli edi. Zamini qayrag`och va fil tishidan ishlangan koshinli edi...»*
Boshqa manbalarda bog` shaharning «Devori qiyomat» deb atalgan qadimiy devori chegarasida, Damashq (Dimishq) qishlog`i yaqinida bo`lgan, deb ko`rsatiladi. O`sha yerda bog` nomi bilan atalgan ariq oqib o`tgan.
2. BOG`I BIHISHT. Samarqandning g`arbiy tarafida malika Tuman og`o sharafiga 1378 yilda bino qilingan. Bu bog` Bog`i Shamolning janubi-g`arbida joylashgan. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»da yozishicha, bog`dagi saroy atrofini
suv bilan to`ldirilgan chuqur xandak o`ragan bo`lib, bir necha ko`prik saroy bilan bog`ni o`zaro bog`lab turgan. G`oyat ko`rkam saroy oq marmardan tiklangan.
Bog`i Bihishtning bir tomonida qo`riqxona bo`lib, undagi jonivorlar qafaslarda emas, atrofi o`ralgan maydonchalarda erkin holda saqlangan. Shuning uchun bir qator tadqiqotchilar Amir Temurni ilk qo`riqxona asoschisi deb hisoblaydilar.
Bog` manzili haqida turlicha fikrlar mavjud. Agar «Samariya» muallifi uni Samarqand sharqida joylashgan deb yozsa, Bobur Mirzo «shaharning qo`yi yonida Bog`i Shamol va Bog`i Bihishtdur», deb qayd etadi. Bu o`rinda Bobur Mirzo guvohligi haqiqatga yaqinroq, to`g`riroq bo`lsa kerak.
3. BOG`I BALAND. U shaharning shimolidagi Cho`ponota tepaligi yonbag`rida barpo etilgan. Bog` Amir Temurning eng go`zal oromgohlaridan bo`lib, uni yaratishda Eron, Iroq, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan keltirilgan usta me`morlar qatnashganlar.
Bog`dagi Tabriz marmari bilan tiklangan saroy binosi uchta xonadan iborat bo`lib, unda qimmatbaho buyumlar, nodir san`at asarlari saqlangan. Bu bog` Sohibqironning suyukli nabirasi, Mironshohning qizi Oqabegimga atab qurdirilgan. Samarqand shimolidagi balandlikda barpo etilgani sababli Bog`i baland nomini olgan. Hozirgacha ham ushbu nom bilan atalgan bu manzil o`zining to`kin anjirzorlari bilan mashhur.
4.BOG`I DILKUSHO. Samarqand sharqidagi bog`. Shahardan taxminan olti kilometr masofada, Panjakent yo`lining o`ng tomonida bo`lgan. Sharufiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Bog`i Dilkushoni bino qilish davomida oldindan mavjud bo`lgan o`n ikkita bog` birlashtirilib mukammallashtirilgan. Bog` qurilishi 1396 yilda boshlangan. Bog`da gumbaz shaklida tiklangan qasr bo`lib, uning uch tomonidan minoralar yuksalib turgan. 1398 yil bahorida – Hind yurishi arafasida shu yangi bog`da Amir Temur mislsiz tantanalar o`tkazib, Amir Hizrho`janing qizi To`qolxonimga uylangan va bog`dagi qasrni yosh malikaga atagan.
Sharafiddin Ali Yazdiy yozadi: «Bog` nihoyatda dilkusho va go`zal tarzda barpo etilgan bezavol iqbol, uning ismi jismiga monand bo`lgani uchun «Bog`i Dilkusho» deya atadi»*.
Bog`i Dilkusho to`rtburchak shaklida bo`lib, har tomoni bir yarim ming tazga barobar kelgan. To`rt tomondagi toki rangli koshinlaru naqshi-nigorlar bilan ziynatlangan darvozalari bo`lgan. Shaharga qaragan darvoza toqida «Darvozai Feruza» deb hal bilan yozilgan. Bobur Mirzo yozishicha, «Andin (bog`dan) Feruza darvozasigacha xiyobon qilib, ikki tarafida terak yig`ochlari yoqtiribtir*.
Bog`ning to`rt burchagida baland minoralar qad ko`targan, Sahni xandasi uslubida bezalgan bo`lib, yo`laklar va oltiburchagu uchburchak shaklidagi chamanzorlar atrofida turli-tuman mevali daraxtlar, gulbutalar yashnagan. Bog` o`rtasida yuksak go`mbazli qasr tiklanib, uning uch peshtoqi va uch minorasi bo`lgan. Oq marmardan tiklangan bu saroy devorlari oy nurida tovlanib turgan. Uzoqdan ham saroyning keng, katta osmon va yulduzlar aks etgan koshinlar bilan bezatilgan peshtoqi yaqqol ko`ringan. Muarrixlar Rum urushidan qaytgan Sohibqiron uzoq muddat bu bog`da to`xtab, suyukli nabirasi Mirzo Ulug`bek bilan suhbatlar qurganini yozadilar. Peshtoqlarda osmonu yulduzlarning aks ettirilishi nafaqat Amir Temurning ilmi falaqiyotga qiziqqani, shuningdek nabirasinng ko`ngil havasidan xabardorligiga ishoradir.
Qasr devorlarida Amir Temurning 1399 yilda Hindistonga yurishi voqealari rangin tasvirlangan. «Boburnoma»da «ko`shkga Temurbekning Hindiston urushi tasvir qilibturlar», deyilishi mazkur holatni yana bir karra tasdiqlaydi.
Amir Temur 1401 yilning 8 sentabrida Kastiliya qiroli elchisi Rui De Klavixoni Bog`i Dilkushoda qabul qilgan. Klavixo bog`dagi favvoradan otilib turgan suvning tepadagi oltindan yasalgan olmalarga urilib sochilishini ko`rib, bu go`zal manzaradan beqiyos hayratga tushganini yozadi. Keyinchalik bog` o`rni Xonchorbog` deb atalgan.
5. BOG`I CHINOR. Samarqand janubida Darg`om arig`i yoqasida bino etilgan. U yerda chinorlar haddan ziyod ko`p bo`lgani sababli «Bog`i Chinor» deb atalgan.
Sharafiddin ali Yazdiy uni Kesh shahridan kelishda yaqin birinchi bog`dir, deb xabar beradi. Boshqa ma`lumotlar ham Ali Yazdiyning so`zini tasdiqlaydi. Masalan, Bobur Mirzo yozadikim: «Yana Samarqandning janubida Bog`i Chinordur, qal`aga yovuqtur»*. Klavixo o`z asarida «Bog`i Chinor yangi qurilgan katta hashamatli saroy joylashgan bog` edi»*, -deb qayd etadi. Bog` 1400 yildan keyin tiklangan bo`lishi ehtimoli bor.
Tarixdan ma`lumki, keyinchalik Movaraunnaxr hokimi bo`lgan Mirzo Ulug`bek davrida ham bu bog` obod bo`lgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, 1420 yilning bahorida Mirzo Ulug`bek poytaxt Xirotdan kelgan onasi Gavharshod Begim sharafiga Bog`i Chinorda «podshohona to`y va xusravona ziyofat bergan.
6. BOG`I ZOG`ON. Samarqandning sharqiy tomonida, shahardan taxminan 20 kilometr masofada Ko`chan Xiyobon, ya`ni Samarqandning Xiyobon mavzesiga olib boradigan yo`l ustida – «Samariya» muallifi yozganidek, «Shovdor tumanining shimol tomonida» bo`lgan. Bu bog` o`rnida bugun Bog`izag`on qishlog`i mavjud.
7. BOG`I NAV Samarqand janubidagi Lolazor qishlog`i yaqinida 1404 yili barpo etilgan. Bog` Amir Temurning barcha oromgohlari kabi to`rtburchak shaklida bo`lib, baland devor bilan o`ralgan. Bog`ning har burchagida minoralar tiklangan, o`rtasida gumbaznamo qasr qurilgan, uning oldida katta hovuz ham bo`lgan. Qasr xonalari qimmatbaho buyumlar bilan bezatilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Bog`i Nav bilan Bog`i Dilkusho har tomoni bir yarim ming gaz, ya`ni tomonlari mingga ming metrlik ko`rinishda bo`lgan. Klavixo o`z sayoxatnomasida Bog`i Nav haqida deydi: «Bu bino biz avval ko`rgan binolarga qaraganda ancha katta bo`lib, oltin va lojuvard bilan ziynatlangan. Bu bog` va saroylar shahardan tashqarida bo`lib, mazkur bog` Bog`i Nav deb ataladi».
8. BOG`I JAHONNAMO. Bu bog` Samarqand janubidagi Taxti Qoracha davoniga yaqin, shahardan 24-25 chaqirim uzoqdagi Qoratepa qishlog`ida bino qilingan. Bog`ning yonida katta qal`a ham bo`lgan. Bog` va qal`a Amir Temurning harbiy yurishlari arafasida va jangdan qaytishida hordiq oladigan maskani hisoblangan. Ayrim tadqiqotchilarning yozishicha,
Sohibqiron barpo qilgan bog`lardan yolg`iz Bog`i Jahonnamogina yangidan yaratilgandir. Qolganlari esa asosan mavjud bog`lar o`rnida ta`mir va kengaytirish yo`sinida bunyod etilgan. Bog`dagi saroy 1398 yilning bahorida qurilgan, deb ma`lumot beradi Ali Yazdiy. Muarrixlarning guvohligiga ko`ra, bog` shu qadar ulkan ekanki, u yerda bir ot yo`qolib qolib olti oydan keyin topilibdi.
9. BULBOG`. Samarqandning janubiy tomonida, Taxti Qoracha davoni yaqinidagi bog`. Oromgoh o`rtasida qasr joylashgan va uning yonidan tog`dan tushgan jilg`a oqqan. Sharafiddin Ali Yazdiyning ma`lumotiga ko`ra, bog` 1388 yilda barpo qilingan. Muarrix yozadi: «Hazrati Sohibqiron bir necha kundan so`ng (Samarqanddan ko`tarilib), Azimat jilovini Kesh tomon jo`natdi. Bu yo`lda bir bog` borki, undan Samarqandgacha qariyb yetti farsax keladi. Uning boshlanishida bir anhor oqadi. Daryodek saxiy va osmondek shavkatli podshohona tagrif shu`lasi u toqqa tushdi. Olamni tartibga keltirib ravnaq berish borasida himmatining zo`rligi tufayli imorat qurishga yaroqli har bir joyning zoye ketishini ravo qurqmaydigan, mamlakatlarga oro beruvchi ra`y bu mavzeda bir boqqa asos solishga farmon berdi, toki bu chuchuk suvli anhor u jannat bo`stonida «Uning tagida anhor joriydir» degan oyat kalimani eslatib tursin. Bog` o`rtasida voqe` bo`lgan ko`xnora ustida esa bir qasr qurishni buyurdi. Bajarilishi vojib bo`lgan bu farmon ijro etilib, qasr qurilib bitgach, unga «Taxti Qoracha» deb nom berildi».
Hozir shu bog` o`rnida Gulbog` qishlog`i mavjud.
10. BOG`I BO`LDU. Samarqand sharqidagi maskan. Bobur Mirzo yozadiki: («Temurbek») Samarqandning sharqida ikki bog` solibtur, birikim yiroqrog`i, Bog`u Bo`ldudur, yovuqrog`i (yaqinrog`i) «Bog`i Dilkusho»dir». V.Vyatkin qadimiy Samarqand topografiyasiga oid maqolasida Bog`i Bo`lduni Bog`i Dilkushoga yaqin yerdagi Qo`rg`oncha qishlog`ida bo`lgan, deb ma`lumot beradi.
Afsonalarning birida aytilishicha, Bog`i Bo`ldu darvozalari peshtoqiga o`rnatilgan marmartosh kechasi o`zidan yog`du taratib, atrofni yoritib turar ekan. Xalq to`qigan bu afsonada jon bor. Chunki saroy darvozasi peshtoqidagi zarhal naqshlar oy nurida shu`lalanib turgan.
11. BOG`I NAQSHI JAHON. Cho`ponota tepaligining janubiy etaklarida bunyod etilgan. Ayrim tadqiqotchilar Bog`i Naqshi Jahon Amir Temur qurdirgan dastlabki bog`larning biri, deb hisoblaydilar. «Naqshi Jahon» so`zi «dunyo bezagi» ma`nosini bildiradi. Mirzo Bobur yozadi: «(Temurbek) yana Pushtai Ko`xak domonasida, Konigilning qora suyining ustidakim, bu suyni Obi Rahmat derlar, bir bog` buzulib erdi».
12. BOG`I DAVLATOBOD. Samarqand janubida, Termiz yo`lining yoqasida, Bog`i Dilkusho bilan Bog`i Jahonnamo oralig`ida barpo etilgan bog`. Temuriylar davriga oid vaqf xujjatlariga ko`ra, bog` Darg`om arig`i yaqinida bo`lgan. Harbiy yurishlardan qaytgan Jahongir shu bog`da tantanali marosimlar o`tkazgan, elchilarni qabul qilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Amir Temur 1399 yili Hindiston yurishidan qaytayotib, Bog`i Jahonnamoda orom olgandan so`ng, Davlatobod bog`idan o`tib Bog`i Dilkushoga kelganini hikoya qiladi. O`.Alimovning yozishicha, bog`dagi saroy baland tepalik ustida qurilgan bo`lib, shimol tarafidan Darg`om arig`i hamda Samarqandning go`zal manzaralari, janub tarafidan esa Qoratepa tog`lari ko`rinib turgan. Sharq tarafidan qishloqlar, g`arb tomonidan esa bepoyon dalalar o`rab turgan. Klavixo esa bog`ni shunday ta`riflaydi: «atrofi paxsa devor bilan o`ralgan bo`lib, devor aylanasi to`la birligicha kelar edi. Bog`da po`rtahol (apelsin) va limu (limon) dan tortib har xil mevali daraxtlar bor edi. Bog`da oltita hovuz bo`lishiga qaramay, bog`ni kesib o`tgan anhor oqib turadi. Hovuzlarning biridan ikkinchisiga baland va katta soyali daraxtlardan bamisoli yo`l solingan. Bu yashil yo`llar o`rtasida balandlikka tomon ko`tarilgan xuddi shunday so`qmoqlar butun bog` bo`ylab o`tgan. Bu yo`ldan yana qiyalab boshqa yo`llar o`tkazilgan. Undan yana boshqalari tarmoqlanib ketgan xullas bu yo`lardan yurib, butun bog`ni tomosha qilish mumkin edi. Bog`da atrofi yog`och ustunlar bilan o`ralgan usti tekis tepalik. Tepalik ustida ajoyib saroy qad ko`targan. Saroy oltin, lojuvard va yaltiroq koshinlar bilan to`kis ziynatlangan, mazkur tepalik suvga tula xandak bilan o`ralgan. Xandakga doimiy ravishda katta suv oqimi tushib turadi. Tepalik ustidagi saroyning ikki qarama-qarshi tomonidan unga kiriladigan ikkita ko`prik qurilgan. Har bir ko`prikning oldida darvoza bor, undan keyin tepalik ustiga ko`tariladigan zinapoya. Xullas, mazkur saroy mustahkam qo`rg`on edi. Bog`da shox (Temur) topshirig`i bilan erkin qo`yilgan kiyiklar va tustovuqlar, tovuslar ham mavjud. Bog`dagi katta uzumzorga chiqadigan darvoza bor. Bog` kabi katta va keng uzumzor atrofidagi tepalik bo`ylab o`stirilgan baland daraxtlar juda chiroyli ko`rinadi. Mazkur bog` va saroy Davlatobod deb ataladi».
13. BOG`CHA. Samarqand shahrining ichida, amirzoda Muhammad Sulton madrasasi va dahmasi (bu yer Go`rimir deb ataladi) yonida barpo etilgan kichik bog`. Sharafiddin Ali Yazdiy yozadi: «Olamni zabt etuvchi Sohibqiron Jahonnamo qasridan saodat bilan otga minib, 807 yil muxarram oyida (1404 yil iyulida) Samarqanddagi Bog`i Chinorga kelib qo`ndi, u yerdan shahar ichiga kirdi va (marhum) baxtli shahzoda Muhammad Sulton madrasasini kelib ko`rib, (qabrni) ziyorat qildi. Bu yerda farmon chiqdiki, shahzodaning nurli qabri uchun uning himmat me`mori tomonidan qurilgan madrasaga ulab bir gumbaz ko`tarsinlar. Farmonga muvofiq xonakoh maydonining old tomonidan madrasaning janubiy suffasiga ulab falak yanglig` bir qubba bunyod etdilar, uning izorasini tillo va lojuvard bilan naqshlangan marmar toshlardan ishladilar hamda mag`firatga cho`milgur murdani qo`yish uchun bir saddoba kovladilar. So`ngra hatmi qur`on qilib, ojizu ehtiyojmanlarga sadaqalar ulashib, barcha rasm-rusumlarga rioya qilgan holda marhum shahzoda jasadini xonakohning gumbazi ostida shu saddobaga ko`chirdilar. Madrasa atrofida bo`lgan bir necha uyni buzib, jannat misol bir bog`cha yaratdilar...
14.BOG`I MAYDON. Samarqand shimolida, Afrosiyob bilan Cho`ponota tepaliklari oralig`ida barpo etilgan bog`. Bobur Mirzo Ulug`bek barpo etgan deb yozsa-da, boshqa qator asarlar bog` Amir Temurdan qolganini va Sohibqiron nabirasi uni ta`mirlatgani, ko`shk solgani haqida yozdilar. «Boburnoma»dan «Yana pushtayi Ko`hakning domanasida g`arb sari bog` solibtur. Bu bog`ning o`rtasida bir oliy imorat qilibtur. Chilsugun derlar, shu oshyona (ikki qavatli), ustunlari tammom toshdan. Bu imoratning to`rt burchida to`rt minoradek burjlar ko`tarib turibdilarkim, yuqorida chiqar yo`llar bu to`rt burjundur. O`zga tamom yerlarda toshdan ustunlardur. Ba`zini morpech-xiyora qilibturlar». Bog`da chiroyli ayvon qurilib, unda qimmatbaho toshdan taxt yasalgan. Bu joyni Mirzo Ulug`bek tiklagan saroy nomi bilan «Chilustun» deb ham ataganlar.
Yozma manbalarda qayd etilishicha, Temur Kuragon davrida faqat keng Samarqand shaharlari yoki Movarounnahrning azaliy xududida emas, balki mamlakatga keyin qo`shib olingan amirliklarda, masalan, uning amri farmoni bilan Xuroson va Ozarbayjonda bir qancha shaharlar va qal`alar qayta tiklandi. Jumladan, mo`g`ullar bosqini oqibatida tamom vayron bo`lgan Sirdaryo sohilidagi qadimgi Banokat 1392 yilda qayta quriladi va tevarak-atrof aholisi ko`chirilib, unga joylashtiriladi. Daryo bo`yida qayta qad ko`targan bu yangi shahar-qal`a Sohibqironning kenja o`g`li nomi bilan Shohruhiya deb ataladi. Qal`aning maydoni, - deyiladi qomusimizda, - 100 gektardan ortiqroq bo`lib, ikki qator tuxumsimon burjli, yaxlit poydevorli devor bilan o`ralgan. Shahar XIV-XVII asrlarda mashhur savdo va hunarmandchilik markazi bo`lgan. Bu yerda kulolchilik, shishasozlik, qayiqsozlik va boshqa ustaxonalar ochilgan».
Temur bor qo`shini bilan 1401 yilda Kavkazni egallagach, oradan ikki yil o`tib, bu yerda yangi Baylakon shahri qad ko`tardi. Shahar ichida saroy, maydon chorsu bozor va do`konlar hamda hammomlar, ko`pdan-ko`p turar joylar va chamanzorlar barpo etiladi. Atrof baland va qalin devor, chuqur va keng handak bilan o`rab olinadi. To`rt burchagida minorlar qad ko`targan bu qal`a devorining aylanami Samarqandning shar`iy 2400 gaziga, balandligi 15, qalinligi 11, devor tashqarisidan qazilgan handakning kengligi 14 va chuqurligi 20 gazga teng edi. Devor bo`ylab shahar ichkarisida qal`a soqchilari va darvozabonlar uchun uy-joylar, qo`rg`onga olib chiqadigan ko`tarama yo`l va qamal vaqtida toshlar irg`itish uchun maxsus maydonchalar barpo etiladi. Shahar qurilib bitkazilgach, amir Bahromshoh Islom uning hokimi va qal`a qutvoli etib tayinlanadi.
Shubhasiz, Temur boshlab bergan bunyodkorlik an`anaga aylanib, bunday ishlar vorislari tomonidan davom ettiriladi. Temuriy shahzodalardan tortib nufuzli amirlaru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari o`z shaxsiy mulk va mablag`larining kattagina qismini markaziy shahar va ularning tevarak-atrofida shohona ko`shku saroylar qurishdan tashqari, hayriya ishlariga-masjidu madrasalar, xonakohu shifoxona-lar, hammomu bozor rastalari, rabotu karvonsaroylar, suv inshootlariyu bog`-rog`lar va bo`stonlar barpo etishga sarf qiladilar. Ayniqsa ular e`tiqod, ilm va ma`rifat maskanlari-masjidlar va madrasalar, shifoxona va xonakohlarning sarfu xarajati uchun katta-katta ekin yerlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va do`konlar kabi qo`zg`almas mulklarni vaqf qilib, mudarris olimlaru tolibi ilmlar, zohidlar va obid mashoyixlarga maoshlar belgilaydilar.
Temur faqat vatani Movaraunnaxrdagina emas, balki Xuroson, Eron, Kavkaz va boshqa viloyatlarda ham bir qancha yirik irrigatsiya ishlarini amalga oshirdi. Sohibqiron Farmoni bilan Murg`ob vohasida qazdirilgan qator sug`orish kanallari, Qobul yaqinidagi Jo`yinan dahasining Bodon anhori yoki Kavkazning «Boylakon» mavzesidagi Barlos ariqlari shular jumlasidandir. Manbalarning guvohlik berishicha, 1381 yilda Xuroson fath etilgach, Temur Murg`ob daryosidan kanallar qazib chiqarib, Marv vohasini obod qilish to`g`risida farmon beradi. Sarkardalar va davlat ma`murlarining har biri alohida-alohida kanal qazishga boshchilik qiladilar. XV asr muallifi Xofizi Abru bu kanallardan 20 tasini: Dilkusho, Ganchravon, Ganchxona, Umar Tobon, Shayx Abu Sa`d, Shayx Ali Bahodir, Dushoh Jondor, Gulbog`on, Hasan Jondor. Bu Alouddin Inoq, Sahdak, Purdor, Alimalik, Oq Bug`o, Davlatshoh baxshi, Sunjak, Manglixoja, Kebekchi yurtchi, Qutlug`xotun kabi nomlarini birma-bir qayd etadi.
1401 yilda Kavkazda Baylaqon mavzeida Temur farmoni bilan Araks daryosidan chiqarilgan Barlos kanali zamonasining yirik sug`orish inshootlaridan biri sifatida diqqatga sazovordir. Uning uzunligi 10 farsax (60-70 km), kengligi 10 gaz (10 m) va chuqurligi 4 gaz (4 m) ga teng bo`lgan. Kanal bo`ylab kemalar bemalol qatnay olgan. Xofizi Abru bu qurilishda bosh mirob-kanal trassasini belgilovchi geodezist bo`lib xizmat qilgan.
Bu davrda qishloq xo`jaligida g`alla, sabzavot va poliz ekinlarining deyarli hamma navlari yetishtirilgan. Bog`dorchilikka zo`r ahamiyat berilgan, mevali daraxtlarning ko`pdan-ko`p xillari o`stirilib, mamlakat aholisi yozda ho`l meva, qish va bahor mavsumlarida esa quruq mevalar bilan ta`minlangan. Xo`jalikning asosiy turlaridan yana biri chorvachilik edi. Mamlakatning iqtisodiy hayotida ayniqsa, yaylov chorvachiligi, yilqichilik, qo`ychilik, jumladan qorako`lchilik , tuyachilik, qoramolchilik muhim o`rin tutgan. Shubhasiz, yetishtirilgan moddiy boyliklar oddiy xalqning mashaqqatli mehnati vositasida vujudga keltirilib, uning taqsimoti mamlakat aholisi tabaqalarining ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlari mohiyatini belgilangan.
Dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq xiroj (yoki mol) deb atalgan. Xiroj, asosan hosil yetilib, uni yig`ib olish vaqtlarida mahsulot, ba`zan pul holida to`langan. Soliq hosilga va yerning unumdorligi hamda suv bilan ta`minlanganligiga qarab belgilangan. Chunonchi daryo, buloq va koriz suvlari bilan sug`oriladigan obikor yerlaridan hiroj hosilning uchdan bir qismi miqdorida olingan. Agar yer egasi hirojni pul hisobidan to`lashga rozi bo`lsa, unda hosilning uchdan bir qismi bozor narxi hisobida pulga chaqilgan.
Lalmikor yerlarning unumdorligi obikor yerlarga nisbatan past bo`lganligi uchun, bu yerlarda mashg`ul bo`lgan muzoriylar umumiy hosilning oltidan bir (16,5 foiz) qismidan to sakkizdan bir, (12,5 foiz) miqdorda soliq to`laganlar. Mulk egalarining bir qismidan ushr, ya`ni hosilning o`ndan bir qismi miqdorida soliq olingan.
G`alla g`aram qilinmasdan burun sekin to`plash qat`iy man etilgandi. Soliq muayyan uch muddatda: saraton (iyun-iyul), sunbula-mezon (avgust va sentabr) va qavs (noyabr) oylarida to`lanar edi. Soliqlarni yig`ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog`bonga nisbatan zug`um o`tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi zarur bo`lgan. Umuman soliqchilarning qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishanlab, ularga nisbatan qittiq choralar ko`rishga haqlari yo`q edi.
Mahalliy va chetdan keltirilgan ipakdan turli nav shoyi gazlamalar to`qish keng yo`lga qo`yilgan edi. Manbalarda atlas, kimxob, banoras va duxoba qatorida tovlanuvchi yaltiroq xoro, nafis va guldor debo kabi shoyidan to`qilgan gazmolllarning nomlari uchraydi. Shoyi matolar, qirmizi va zangori duxobalardan zarbof liboslar tikilgan, ular va zardo`zi buyumlar zeb-ziynatlar darajasida qadrlangan. Podsho va sultonlar, elchilar orqali bir-birlariga boshqa buyumlar qatori shoyi va nafis ip gazlamalar tuhfa qilar, bunday gazmol va buyumlarning bir qismi chet mamlakatlarga ham olib ketilar edi. Movarounnahrda Samarqandning zardo`zi liboslari, atlasi va qirmizi duxobasi hamda Hirotning kimxobi ayniqsa mashhur edi.
Manbalarda ma`lum bo`lishicha, XV asr boshida Sohibqiron Temur tomonidan o`tkazilgan tantanalarida hunarmand va savdo ahillari ham qatnashgan. Unda Hirotning kimhob to`quvchilari ko`chma dastgohda mato to`qib, o`z hunarlarini namoyish etishgan.
Shaharlarning to`qimachilik mahallalari va guzarlarida, ularga yaqin joylarda pillakashlar, kalavachilar, buyoq beruvchi nilchi rangrezlar, chitga gul bosuvchi muhrkashlar ham istiqomat qilardi.
Bu davrda jundan har xil gulli, qalin patli va taqir gilamlar, paloslar ham to`qilgan va namatlar bosilgan. Namat uy-ro`zg`orda faqat to`shama sifatida emas, balki kiyim-boshlar tayyorlashda ham keng ishlatilar edi. Gilam, palos va namatlar shaharli hunarmandlardan tashqari, qishloq, xususan chorvador aholi tomonidan ham ko`plab tayyorlanardi.
Bu vaqtga kelib metaldan qurol-yarog` va ro`zg`or buyumlari yasash takomillashdi. Hunarmandchilikning turli sohalariga ixtisoslashish kuchaydi. Ular orasida mix yasovchi (mixchagaron), taqachilar(na`lbandon), sim cho`zuvchilar (simkashon), pichoqchilar (kordagaron) kabi turli xil buyumlar yasovchi ustalar bo`lgan.
Avvalgidek, qurol-yarog` yasaladigan markaz bo`lib qolgan Samarqandda maxsus sovutsozlar mahallasi ham qaror topgan. Qurolsozlikda qilich, qalqon, o`q-yoy, dubulg`a va sovutlar hamda jabalar yasalardi. Hokimlar sarkarda-amirlar uchun yasalgan maxsus qurol-yarog`lar oltin va kumush qoplamali, qimmatbaho toshlar qadalgan, naqshinkor bo`lardi. Mis va jeyzdan turli xil uy-ro`zg`or buyumlari yasalar va mayda mis chaqalar zarb qilinar edi. Temurning buyrug`i bilan 1397 yilda isfahonlik usta Izzaddin Ibn Tojuddin yetti xil metall qotishmasi (haftjo`sh) dan katta jez qozon va ikkita shamdon yasagan.
1399-1404 yillarda bino qilingan Bibixonim jome` masjidi eshiklari ham yetti metall qotishmasi bilan qoplangan edi.
Bu davrda kulolchilik ham rivoj topib, hunarmandchilikning ko`p tarmoqli sohasiga aylanadi. Kulolchilikda kosa, xum va xumchalar, tandir kabi buyumlar tayyorlanardi. XIV-XV asrlarga mansub sirlangan sopol buyumlar badiiy jihatdan rango-rangligi, shakli va turining xilma-xilligi hamda sifatliligi bilan ajralib turardi. Yuqori sifatli koshinli sopol idish-tovoqlar pishirilgan. Ularning aksariyati sidirg`a oq sirli bo`lib, sirtiga to`q zangor yoki yashil, ba`zan qora yoki qizg`ish naqshlar tushirilgan. Bu davrning sirli norin tovoqlari, shoh kosa, lagan va ko`zalari bir necha novachali moychiroq va shamdonlari badiiy jihatdan yuksak darajada bo`lgan. Ayni vaqtda sirsiz arzon idish-tovoqlar, xum va xumchalar hamda bolalar uchun yasalgan mayda o`yinchoqlar mehnat ahlining keng tabaqalarga juda asqotgan. Bulardan tashqari kulollar, suv quvurlari, chaqir va charxpalak kuzachalari, korez gardishi va boshqa ko`pgina sopol buyumlar pishirganlar. Ayni paytda koshipazlik, parchinsozlik, g`isht va g`isht taxtalar pishirish ham rivojlangan.
Imoratsozlik rivoji tosh yo`nish (sangtarosh) va unga sayqal berib, o`ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish san`atini kamolotga yetkazdi. Samarqandda Bibixonim jome` masjidi xovlisida Qur`onni qo`yish uchun marmardan ishlangan ulkan lavh (kursi), Shohi Zinda va boshqa joylardagi sag`analarning marmar toshlari va ularga ishlangan jimjimakor naqshlar, o`ymakorlik bilan bitilgan oyat, marsiya va tarixlar xalq xunarmandchiligining yuksak namunalaridan bo`lib, ularda tosh yo`nuvchilarning mehnati va san`ati bilan xattotlarning zo`r mahorati uyg`unlashib ketgan.
Samarqand xunarmandchiligida, ayniqsa, qog`oz tayyorlash alohida o`rin tutgan. Shahar yaqinidagi Obirahmat arig`i sohilida qog`oz ishlab chiqariladigan maxsus objuvoz va korxonalar bo`lgan. Bu yerda eskirgan bo`z kiyim, latta va mos paxtalardan bo`tka – qog`oz xom ashyosi tayyorlanib, varaqlar quyilgan, so`ngra ularga sayqal berilgan. Shu tarzda, Bobur Mirzo xotiralaganidek, «Olamda yaxshi qog`oz Samarqandin» chiqqan, u O`rta asr sharqi xattotlari orasida g`oyat mashhur bo`lib, bir qismi chetga-«atrof va javonibqa» chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |