Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri.
Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik amaldor oilasida tugilgan. Otasi majusiy bolib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 vaznasi xat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan Akademiklarga qarshi (386), Baxtli hayot haqida (386), tartib haqida (386) Monologlar Jon manguligi haqida (387-389) Oqituvchi haqida (388-389), togri din haqida (390), Erkin iroda haqida(388-395), Tavba (401), Tazarru ilohiy shahar haqida (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida Garbiy Yevropa orta asr manaviy diniy hayotiga katta tasir korsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi. XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy talimotni ishlab chiqdi. Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy talimoti va qadimgi talimotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan Platon talimotini asosan neoplatonchilar talqini orqali organgan. Avgustin talimoti orta asr tafakkurini belgilochi manaviy omilga aylanib, butun Garbiy Yevropa xristianlik talimotiga katta tasir korsatadi. Orta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga kotarila olmagan. U uning izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruhining asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U sanatga madaniyat va tabiiy fanlarga nihoyatda etibor bergan. Avgustin oz falsafasining xristian asosiga katta ahamiyat bilan qaragan uning falsafasi Geotsentrik ruhda, yani xudo falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va boshlangich printsipdan kelib chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb takidlaydi. Xudo bilish sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur kiritadi, odamlarga haqiqatni tanishda yordam beradi. Xudoga intilish inson uchun tabbiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. Shunday qilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta yol ochib beradi.
Avgustinning butun falsafasi yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi talimotda mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir, xudosiz hech narsa qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin emas.
Avgustin talimotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bolgan olam aqli yaratilgan xudo uni oz shaxsiy goyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi Platonning goyalar haqidagi talimotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin talimotiga, xudoga real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik ular ortasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bolmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. Shuning uchun Avgustin takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan oz navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama qarshi emas, u faqat yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yoq, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi yoqligidan deb hisoblaydi. Yaxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy talimotida ham muhim orinni egallaydi. Uningcha yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mehribonligining mahsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |