Avgustin asarlarida ikki ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili.
Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri Ilohiy saltanat haqida risolasidir. 410 yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb hisobladilar. Avgustin oz dosti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi boldi. U takidlaydiki, davlatning ravnaqi eski kopxudolik dini tufayli bolmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida ham maglubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga siginishi zarur bolmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham manaviyatda ham hech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan hamma moddiy boyliklarni berishi mumkin.
Avgustining bu asarida tarix falsafasi oziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. xudo shahri xudoga muhabbat bilan ozaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda ozoziga muhabbat qoygan oz sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. Shunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir biridan farqlanuvchilariga bolingan. Shaharlar haqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bolib, osha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar osishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. Qiyomatdan keyin ilohiy shahar aholisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar aholisi esa abadiy jazoga lekin Avgustin takidlaydiki, bu shaharlar ortasidagi ikki xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bolgan qarashlarida buni anglab etmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga boysunmaydi (keyinchalik buni Gegel ham aytgan edi) Tarix qaytariqlar bilan emas, togri chiziq boylab rivojlanadi. Xudo yaratganga qadar oz ongida malum vaqtda amalga oshirgan rejaga ega bolgan. Bu rejada ikki shahar ortasida kurash mavjudligi kozda tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashqarida gayritabbiy kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning umumiyligi va Yakkaligini koradi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar va forslar ortasidagi kurashni korgan bolsa, Avgustin butun inson irqining yagonaligini takidlaydi. Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va manaviy jabhada boladi. Bu kurashning eng choqqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar ortasidagi kurashni ilohiy shahar galabasi foydasiga tugatish boladi. Shunday qilib, Avgustin fikricha tarixning songgi maqsadi undan tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin orta asrlar manaviy hayotiga juda katta tasir korsatgan mutafakkirlardan biri edi. U cherkov otasi nomiga nisbatan koproq faylasuf sifatida mashhur bolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |