Ahmad Zakiy ValidiyTogon va Sharq tarix falsafasi
Sharqda tarixni organishning asosan ikki yonalishi mavjud. Bu bevosita tabiat, tabiiy hodisalar, olamning yaralishi bilan bogliq bolgan yonalishlar, ikkinchisi esa insonning dunyoga kelishi, insoniyat tarixi bilan bogliq bolgan kishilik hayotining vujudga kelishi, insoniyat tarixiy-tadrijiy rivojining bosqichlari, mohiyati, mazmunini qamrab olgan tarixiy-falsafiy, manaviy-axloqiy hamda bularning barchasini oziga mujassam etgan mantiqiy tahlil va tadqiq tashkil etadi.
Har bir tarixchi oz davri ijtimoiy tuzumi, uning mazmuni va qadriyatlari nuqtai-nazaridan otmishga yondashadi va ana shu qarashlar hamda ehtiyojlar asosida tarixiy taraqqiyotga baho beradi. Biroq tarixiy jarayonlarga, malum voqea-hodisalarga ichki va tashqi tasir jamiyat manaviy, ijtimoiy, iqtisodiy asoslari va tabiiy hodisalar mohiyati, ular tasirida kelib chiqqan real voqelik ozaro bogliqlikka tadqiq etilmogi lozim. Chunki uning zamirida tabiiy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning butun mohiyati har ikki yonalishda namoyon boladi. Shuning uchun ham atoqli tarixshunos Ahmad Zaki Validiy ozining «Tarixda usul» nomli kitobida «oz hayotimizni tadqiq etar ekanmiz, koramizki, bizning butun borligimiz asosan ikki narsaga bogliqdir. Bir tomondan ehtiyojlarimizga muvofiq keluvchi yoki ularga ters keluvchi tashqi ahvol, shart-sharoitlar, boshqa tomondan esa shaxsiy xohish-istaklarimiz mavjud. Jamiyat ham xuddi shunday mavjuddir. Umumiy shart-sharoit, masalan, zilzilalar, osmondan yogiladigan har xil ofatlar, urushlar va vabolar, iqlimning ozgarib ketishi kabi tabiiy hodisalar bilan birga alohida individual guruhiy istak insoniyatning ichki tasir quvvatlari insonlar borligida qatiy tasir korsatuvchi omillar vazifasini otaydi», deb yozadi.
Insoniyat taraqqiyotida va kishilik jamiyati rivojlanishida tashqi tasir tabiiy ofatlar, turli yuqumli kasalliklar, urushlar va ommaviy qirginlar qanchalik kuchli tasir etsa, ichki mohiyati bilan malum bir ijtimoiy guruh, siyosiy manfaatlar ortasidagi ziddiyatlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Bular esa bevosita tarixda insonning orni, roli, maqsad va intilishlari, orzu va umidlarining ifodasi sifatida ozini namoyon etadi. Bazi holatlarda ayrim shaxslar favqulodda voqelik mohiyatiga ega boladilar. Natijada ular daholar, ulug sarkardalar, paygambarlar timsolida mavjud ijtimoiy tuzumni keskin ozgartirib yuboradilar. Oziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, manaviy-axloqiy va mafkuraviy meyorlarni ornatishadi. Ana shu tarzda «Tarix insoniyatning goyoki bir tarjimai holi va ruhiyati»ning ifodasi sifatida dunyoga keladi.
Ahmad Zaki Validiy Togon insoniyat tarixini organish va tarix falsafasining nazariy-metodologik jihatlarini ishlab chiqar ekan, quyidagi tamoyillarni ilgari suradi:
tarixning teokratik va dualistik talqini; tarixni materialistik tushunish; tarixning pozitivistik talqini; tarixni idealistik tushunish; tarixni ekspressionistik talqini; tarixning gumanistik talqini va hokazolar.
Shuni alohida takidlash kerakki, Sharq tarix falsafasi metodologiyasining oziga xos jihatlari mavjud. Bu bevosita tarixiy haqiqat, real voqelik bilan birga mavjud bolgan afsonalar, rivoyatlarning uygunlashib ketishi kabi holatlardan otmishni tarixiy, falsafiy, mantiqiy tushunishning ilk va noyob tajribasi sifatida dunyoga kelgan qarashlardir. Bu davrda tarix juda katta shavqu shuur, quvvai hofizani talab etadigan yuksak badiiy tasvirlar, obrazlar, oxshatishlar bilan ifoda etilgan jozibador va hayajonli tarixiy-badiiy uslubni tashkil etadi. Bazi bir tarixiy asarlarda tarixiy shaxslar, paygambarlar, sarkardalar, sipohdorlar, podshohlar fel-atvori, xarakter belgilari, jang holatlari tasvirlari yuksak badiiy mahorat bilan bayon etiladi (Masalan, Firdavsiyning «Shohnoma», Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi mulki Ajam», Boburning «Boburnoma»; Ulugbekning «Tort ulus tarixi» asarlari, turli sayohatnomalar va boshqalar). Ayni ana shu sanatning ozida etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, falsafa, mantiq, siyosatshunoslik va boshqa fanlar yonalishlariga xos bolgan qarashlar ham uygun holda oz aksini topganki, bu tarixni organishda, voqealar mohiyatini anglashda beqiyos shavqu zavq, ajdodlar hayotiga katta qiziqish va hayajon bilan qarash, ular turmush tarzi, dunyoqarashi va ananalariga katga ehtiyoj sezishga olib kelgan.
Ahmad Zaki Validiy Togon Sharq tarix falsafasining dunyoga kelishi, uning rivojlanish omillari va tadrijiy taraqqiyoti xususida fikr yuritar ekan, ulug islomshunos mutafakkirlardan biri Ibn Miskavayxning ilmiy qarashlariga mufassal toxtaydi va uning «Davlat idorasi, davrning ruhiyati, millatlarning uygonishi va inqirozlarning sabablari kabi masalalarni ichki bir aloqadorlik bilan tushuntirgan, orni kelganda ularni oydinlashtirishga jurat qilgan» buyuk muarrix sifatida baholaydi. Demak, Sharq tarixshunosligi va tarix falsafasida davlat, jamiyat, boshqaruv va inson tushunchalari atrofidagi mulohazalar, mushohada va ilmiy muhokamalar ancha ilgari vujudga kelgan va Garb tarixiy tafakkurining shakllanishida, tarix falsafasi predmeti hamda metodologiyasining yangi sivilizatsiyaviy davr talablari darajasiga kotarilishida muhim manba bolib xizmat qilgan.
Ahmad Zaki Validiy Togon islom olami tarixshunosligi va tarix falsafasi predmeti, uning metodologiyasi, organish usullari va uslublari, tadqiqot obekti va subekti xususida fikr yuritar ekan, qator Sharq allomalari ilmiy merosini chuqur organganini korsatadi.
Ahmad Zaki Validiy Togonning tarix falsafasini yaratishdagi ilmiy qadriyati shundaki, u Turkiston tarixiga doir turli qarama-qarshi, ziddiyatli goyalarga aniqlik kiritdi. Zotan, Turkistonning boy madaniyati va ulkan sivilizatsiyaviy taraqqiyotiga turli manfaatlar orqali qarash, boshqacha qilib aytganda, uni talon-toroj qilish, har kim ozining mulkiga aylantirish tendentsiyasi hukumronlik qilar edi. Jumladan, kimlardir yevropaparastlik, garbparastlik, yana kimlardir slavyanparastlik, boshqa birovlar esa eronparastlik manfaatlari nuqtai nazaridan yondashib, qadimiy Turkiston madaniyatiga egalik qilish davolari bilan yashardilar. Vaholanki, Turkiston azal-abaddan yaxlit makon hisoblangan. Turkiston xalqlari tarixi insoniyat tarixi bilan tengdosh, jahon tarixining ibtidosi bilan hamohang ravishda rivojlangan va umuman insoniyat hayotiga madaniyat olib kirgan buyuk tarix va mojizaviy qadriyatdir.
Turkiston xalqi oz hududi doirasida insonning ilk paydo bolishi, jamoachilikning boshlanishi, malum jamiyat qiyofasiga ega bolgan ijtimoiy hayot tarzidan boshlab bugungi sivilizatsiyaviy darajagacha bolgan noyob, oziga xos, jozibador va ayni paytda nihoyatda iztirobli, ziddiyatli, keskin vayrongarliklar va buyuk kashfiyotlar, sevinchu iztiroblarni ozida mujassam etgan yaxlit tarihdir. Ahmad Zaki Validiy Togon Turkiston tarixiga ana shunday yondashadi va uni butun buyukligiyu fojialari bilan yaxlit holda tadqiq etadi.
Ahmad Zaki Validiy Togon tarix fani taraqqiyotini tor doirada tushunmadi. U tarix mantigini izlashda manbashunoslik, tarixiy tilshunoslik, arxeologiya, etnografiya, poleontologiya, epigrafiya, numizmatika, sotsiologiya, falsafa va mantiq fanlarining umumiy talablari va metodologik asoslari orqali organdi. Tarixni anglash va tushunishda bu juda ulkan va oziga xos, ilmiy-nazariy jihatdan progressiv hodisa edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |