Forobiy falsafasi: inson jamiyat jarayon
Toliq nomi Abu- nasr Muhammad bin Tarxon bin Ozlug bolgan Forobiy jahon falsafiy tafakkuri taraqqiyotida burilish yasagan buyuk faylasuflardandir. U Uygonish davri mutafakkirlarining yirik namoyandasi sifatida tafakkur olamida oziga xos yol ochdi. Jumladan, inson, jamiyat, tarixiy jarayon, davlat va boshqaruv borasidagi falsafiy qarashlarga asos soldi.
Albatga, Forobiy yunon allomalari Aflotun va Arastu falsafasi bilan oz zamondoshlaridan kora koproq shugullangan, uning mohiyatini boshqalardan kora chuqurroq organgan va ozlashtirgan edi. Natijada shunday novatorlik yolini topdiki, ayni ana shu qadimgi yunon falsafasining oz davri qarashlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan kutilmagan holatda yangi qirralarini ochib, uni boyitdi, rivojlantirdi.
Yana shunga alohida etibor berish kerakki, Forobiy falsafiy qarashlariga munosabatda, uni tushunish va talqin etishda hamon shoro imperiyasi siyosati va kommunistik mafkura talablari saqlanmoqda. Allomaning goyat katta ilmiy merosi umumiy va yuzaki, zamonasoz malumotlar shaklida bayon qilinmoqda. Forobiy falsafasining barcha qirralari, kolami va ilmiy-nazariy jamiyati bir yoqlama, yani dunyoviy tafakkur tarzi meyorlariga mos tomonlari tadqiq etilmoqda. Vaholanki, Forobiyning ilmiy-falsafiy fenomeni dunyoviy va diniy qarashlar ozaro kesishgan joyda yaqqol namoyon boladi. Qomusiy bilimlar majmui bolgan ushbu holatni akademik M. Xayrullaev togri talqin etadi va uning qator sohalar boyicha ilmiy qarashlari yaxlit tizimi haqida fikr yuritadi hamda ularni sanab otadi: til haqidagi bilim, mantiq, matematika, optika, sayyoralar, musiqa, ogirlik, mexanika, tabiiy va ilohiy ilmlar (metafizika), siyosat, yurisprudentsiya (fiqh), musulmon teologiyasi (kalom) va boshqalar. Demak, Forobiy har qanday qarashlardan qati nazar inson va hayot falsafasining yorqin ijodkori. U fan va xayolot, ilmiy-nazariy tahlil va vahiylikning mushtarak yolini topa bildi. Xuddi ana shu jihati bilan dunyoviy taraqqiyotga, ilk uygonish davri sivilizatsiyasiga misli korilmagan hissa qoshdi yoki S.M.Hotamiy iborasi bilan aytganda «Forobiy islom falsafasi va mustahkam ratsional (aqlga asoslangan) tafakkur tizimini yaratgan odam. Uning maktabi yunon faylasuflari qarashlari bilan jamiyki oxshash jihatlariga qaramay, umuman olganda ham, alohida tomonlarini olganda ham, nodir hodisadir».
Inson va jamiyat, inson va tabiat, olam va odam ortasidagi munosabatlar dunyoviy tafakkur asosida Forobiy zakosi bilan butunlay yangicha talqin etildi. Bu davrda mavjud bolgan ilohiy qarashlar, islom tafakkur tarzi ilk bor dunyoviy fanlar bilan uygun holda tahlil qilindi. Ana shu tarzda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari, insoniyat tadrijiy rivojining asoslari va kishilik jamiyati shakllanishi, rivojlanishi va taraqqiy topishining oziga xos talqini Forobiy maktabida vujudga keldi. Bu maktabda falsafiy va tabiiy fanlar bir-birini toldiradigan, shaklan turlicha, mohiyatan mushtarak holda oziga xos maqomga ega boldi.
Darhaqiqat, Forobiyning buyukligi va falsafada benazirligi, falsafiy tafakkurining inson hayotini va istiqbolini ratsional organishdagi keng imkoniyatlari shundaki, u ilmning barcha sohalarida ozigacha bolgan davrda birinchi bolgan shaxsdir. Masalaning ikkinchi tomoni ham borki, Forobiy yaratgan buyuk maktab tufayli dunyo falsafiy taraqqiyoti, uning barcha yutuqlari bevosita Forobiy qarashlari asosida qurilgan. Bu shubhasiz. Buni Sayyid Muhammad Hotamiy quyidagicha izohlaydi: «Shariat, tariqat va ratsionalizmning hamda nimaiki Islom sivilizatsiyasi oz choqqisida borliqni sharhlab tushuntirish, hayot yolini korsatish borasida erishgan bolsa, jamlab ifodalagan «Sadrul Mutolihin» kitobidan keyin biror arzigulik goya dunyoga kelmadi. Mazkur kitob esa shu sohada yakuniy toplamday bir asardir».
Forobiyning inson va jamiyat haqidagi ratsional falsafasi bevosita tarixiy taraqqiyot, tarixiy rivojlanish asoslari, uning oziga xos omillari, dunyoviy va diniy qarashlarning sintezi sifatida yuzaga keldiki, bu insoniyat tarixida oziga xos qarashning yorqin namunasidir.
Forobiy kishilik jamiyati, uning rivojlanish qonuniyatlari, shahar (mamlakat) aholisi va hokim muammolari, davlat va boshqaruv masalalari xususida gapirar ekan, u real voqelik va uning istiqboli hamda tanazzuli sabablarini qidiradi. Biroq biror joyda tarixiy tajriba, tarixiy jarayon tahlili va uning saboqlari, tarixni anglash, idrok etish va baholash tamoyillari haqida aniq fikr yuritmaydi. Ammo, Forobiy ilmiy-falsafiy merosining beqiyos qadriyati shundaki, u bevosita inson va uning mohiyati, kishilik jamiyati va uning qonuniyatlari, rivojlanish omillari, boshqaruv usullari, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi favqulodda xulosalari bilan istiqbolni belgilashda, ijtimoiy-tarixiy jarayonni ezgulik sari burishda katta ahamiyat kasb etdi, ozidan keyingi tarixiy taraqqiyotda muhim dastur vazifasini otadi.
Forobiy mutaassiblikka qarshi ravishda marifatlilik goyasini ilgari surdi. Inson tafakkurining jamiyatga boysundirish haqiqatan togri ish ekanligini», aytadi. Yana bir joyda jamiyat hayotiga zarar keltiruvchi, tahdid soluvchi ishlar haqida gapirar ekan, adolat va qonun ustuvorligini taminlash maqsadida «say-harakati, huquqlari va maqsadlari (adolatli) hokimlarga qarshi bolgan yovuz niyatli odamlardan shaharni tozalashdir» degan goyani ilgari suradiki, bu davlat, boshqaruv, hokimiyat va uning adolatli faoliyati masalalarida orta asrlarda shakllanayotgan falsafiy, siyosiy, tarixiy, ijtimoiy tafakkurning naqadar yuksakligidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |