Nikolay Kuzanskiy Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) Prir eparxiyasining Kuza deb nomlangan qishlogida Germaniyada tugiladi. Uning otasi baliq savdosi bilan shugullangan boy savdogar edi. Ozining ilk malumotini Deventer shahridagi umumiy hayot birodarlari maktabida oladi. Bu maktab diniy tusga ega bolib, Iso paygambarning hayotiga taqlid qilar edi. Birodarlarning mistik dunyoqarashi yosh Nikolay Kuzanskiy fikrlariga katta tasir korsatdi va uni sxolastik ratsional qarashlarida uzoqlashtirdi. Keyingi malumotini u Geydelberg va Paduya universitetlarida davom ettiradi va bu erda kanonip ilmining doktori unvonini oladi, keyinroq u Keln Universitetida oqiydi va bu erda buyuk Albert tarafdorlari bilan yaqin munosabatlarla boladi. Nihoyatda iqtidorli olim bolganligi uchun u diniy muhitda katta obro qozonadi va yosh bolishiga qaramay kardinool unvonini oladi. Kuzanskiyning diniy faoliyatda nihoyatda har taraflama bolgan. U katolik cherkovini kuchaytirishda kop xizmat qildi, gusidlar bilan muzokaralar olib bordi pravoslav cherkovini katolik cherkovi bilan yaqinlashtirishga harakat qildi. Papa Piy II ning unga bolgan dostona munosabati Nikolay Kuzanskiyning faoliyatida va mansabining yuqoriligida yordam berdi. Nikolay Kuzanskiy ozining faol diniy harakatlari bilan bir qatorda ilm sohasida ham shuhrat qozondi. Nikolay Kuzanskiyning dunyoqarishga Dionsiy Arepagit, Miyster Ekkart, Shartr maktabining platoniklari, Ioann Skott Eriugen kabi buyuk mistik mutafakkirlar kuchli tasiri etadilar. Buning natijasida Nikolay Kuzanskiy sxolastikaga xos bolgan ratsional falsafiy qarashlarga tanqidiy yondoshadi va ozining original neplatonik falsafiy sistemasini yaratadi.
Nikolay Kuzanskiy oz davrining mashhur gumanistlari Eni-Silvie Pikkolomini, Lorentso Valla, Ambrod jo Traversari, Paolo Poskanellilar bilan dostona munosabatda bolgan. Uning antik madaniyatga qiziqishi ham, aynan shu gumanistlarning tasiri natijasida boldi.
Bilimdon bilimsizlik Kuzanskiy falsafasining markazida xudoning borliqdagi orni masalasi egallaydi. Bu masalani hal qilishda Kuzanskiy barcha oldingi sxolastik qarashlardan tubdan farq qiladi.
Kuzanskiy talimotida xudo cheksiz yaratuvchi kuchdir. U butun olamlarni yaratadi, va olamning ichida yashiringan, yani olam va xudo yagona bir borliqdir. Lekin xudoning olamidagi borligi pardalangan yashirindir va barcha narsalarning mohiyatini tashkil etadi. U xristian diniga xos bolgan xudoni uch qiyofada korinishini tanqid qiladi va xudoni koproq ruhiy qudrat tabiatda yashiringan muqaddas ruh sifatida tushunadi. U xudoni cheksiz qudrad manbasi deb hisoblaydi va tabiatdagi barcha mavjudotlarda va tabiiy hodisalarda muqaddas ruhning tajallisini koradi. Bunday panteistik qarashlar Nikolay Kuzanskiyni yangicha dialektik fikr yuritishga olib keldi. Nikolay Kuzanskiyning xudo haqida qarashlari dialektik fikrlar bilan sugorilgan va bilimdon-bilimsizlik tushunchasida Kuzanskiy tomonidan aniq va ravshan ochiladi.
Xudoning tabiatdagi oddiy ratsional fikr yuritish qolipiga sigmaydi. U mistik etiqod, Ollohga bolgan mistik ishonch orqali ochiladi. Bunday etiqod har qanday mantiqiy fikr yuritishdan xolidir va uni tushunish uchun biz Kuzanskiy talimotidagi dialektik tushunchalarni organishga otamiz.