Savollar:
Musulmon tarix teologiyasining tavsifiy xususiyatlarini ayting.
Dunyo va insonning yaratilishi togrisidagi talimotlar.
Abu Nasr-al-Farobiyning ijtimoiy siyosiy qarashlari tushuntirib bering.
Ijtimoiy hayotning turlari, shakllari, kelib chiqishi va organilishi.
Ibn-Xaldun va uning ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini aytib bering.
6-MARUZA: UYGONISH DAVRI TARIX FALSAFASI (XIV-XVI ASRLAR)
Reja:
1. Uygonish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari
2. Nikolay Kuzanskiy - Bilimdon bilimsizlik/
3. Cheksizlik muammosi va kosmologiya
4. Florentsiyaning Platon akademiyasi
5. Neoplatonizm ijodini renessans ruhiyatida qayta ishlab chiqish
6. Insonning erkinligi haqidagi talimot
7. Leonardo da Vinchi fenomeni
8. Makiavelli va makiavellichilik
Tayanch iboralar: Uygonish davri dunyoqarashining tavsifiy xislatlari. Uygonish davri insonparvarligi. Jamiyat va shaxs. Uygonish davri tarixchiligi. Tarixiy vaqtning ochilishi (kashf qilinishi). Uygonish davrida tarixiy fikrning asosiy yonalishlari. A.Valla. F.Patritsi. L.Leruaa. N.Makiavelili. J.Boden.
Uygonish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari
Garbiy Yevropada Uygonish davri deb atalgan davr XIV -XV asrlarni oz ichiga qamrab olgan va Yevropa madaniyatining eng buyuk davri deb hisoblanadi. Bu davr olamga Nikolay Kuzanskiy, Mishel Monten, Leonardo da Vilgi, Dj. Bruno, va kopgina boshqa buyuk mutafakkirlar va daholarni berdi.
Falsafa tarixida Uygonish davrining ahamiyati mavzusida mashhur rus tadqiqotchisi Gorfunkel quyoshdagi fikrlarni bayon etadi. Uning fikricha Gegel va Vindelband bu davrni orta asr sxolastik falsafasidan Garbiy Yevropaning yangi davr falsafasiga otish davri deb hisoblaydilar va faqat uygonishga xos bolgan maxsus xususiyatlar va buyuk kashfiyotlar haqida batafsil toxtab otmaydilar. Mashhur ingliz faylasufi B.Rassel esa uygonish davri falsafasini orta asr metafizik naturfalsafa deb hisoblaydi va naturfalsafaga xos bolgan fantastik dunyoqarash elementlarini tanqid qilib otadi. Rassel fikricha Spinoza, Leybnits, Dekart talimotidagi ilmiy qarashlar, yangi davr falsafasiga asos solgan va bu falsafa uygonishning naturfalsafiy qarashlaridan kora katta ahamiyatga ega.
Gorfunkel Garen, Ch Vazzoli asarlarida uygonish davri falsafasi Garbiy Yevropada yangi kapitalistik ijtimoiy-siyosiy tuzumning boshlanish davri deb hisoblanadi va tuzum otlishidagi feodal monarxiyalarga qattiq zarba bergan yangi iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltirgan madaniyat va marifatni antik davr madaniyatiga oxshash bolgan xususiyatlarini yuzaga keltirgan.
Uygonish davrining buyuk geografik astrnomik, matematik kashfiyotlari bu davrda sayyohatchilar tomonidan yangi erlarning ochilishi falsafiy dunyoqarash doiralarini benihoya kengaytirdi. Natijada bu davrning faylasuflari entsiklopedik bilimlarga ega bolgan olimlarga aylanishdi. Badiiy adabiyot, sanat, haykaltorshlikning rivojlanishi esa badiiy obrazli fikr yuritishga birinchi darajali ahamiyat berdi.
Uygonish davri falsafasining markazida inson va koinot masalalari yotadi. Inson koinotni oz ichiga jamlagani inson-mikrokosmos tushunchasida ifoda etadi. Uygonish davri falsafasi birinchi darajali ahamiyatni inson masalasiga qaratdi va bu masalani insonning tabiatda egallagan orni va insonni tabiatga bolgan tasiri bilan bogladi.
Bundan tashqari Uygonish davrida astrologiya va magiya ham rivoj topdi.
Buni biz N. Kuzanskiy va J. Bruno falsafiy qarashlarida korishimiz mumkin.
Uygonish deb nomlangan davr orta asrlarda unutilgan antik falsafiy va madaniy merosni qaytadan yuzaga keltirdi. Italiya shaharlarida neoplatonik, aristotelik va platonik talimotlarni Mandzolli, Fichino Papponadi, Bruno talimotlarida uchratishimiz mumkin.
Uygonish davri falsafasi panteistik tusga ega, yani tabiat puxatlantiriladi va tabiatda xudo tajalli etadi deb hisoblanadi. Bunday qarash tabiatni ilohiy va muqaddas kuchga aylantiradi.
Kuzanskiy, Bruno, Mandzolle, Yakob Byome talimotlarida panteistik qarashlari bilan bir qatorda astrologiya va magiya bilimlariga xos bolgan elementlar mavjuddir. XX asrning oxirida falsafasida inson masalasi yana dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Uygonish davri, Renessans Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), Garbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. Renessans atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-manaviy yuksalish (14 16-a.lar)ga nisbatan qollanilgan, uni orta asrchilik turgunligidan yangi davrga otish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib otib, insonni uluglash, uning istedodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunon-rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanatda dunyoviy gozallik, hayot taronalarini qizgin kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi olaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm-fan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans goyalarining jarchilari bolib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.
Ammo Renessans, yani Uygonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib organgan olimlarning ishlari shuni korsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9 12-a.lar) ulkan madaniy kotarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgor insonparvarlik goyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida Musulmon Renessansi (A. Mets) yoki Sharq Uygonishi (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq uygonish davrida Yevropa uygonish davrining asosiy belgilari mujassam: joshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qadimgi davlatchiligi bolmagan xalqda uygonish davri ham bolmaydi. Markaziy Osiyoda 913 asrlarda oz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Quron marifati bilan uygunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf talimoti, ishroq falsafasida namoyon bolgan. Shu asosda turli nazariyalar, talimotlar yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. Tasavvufiy orifona talimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga bolgan ishonchning nishonasi edi. uygonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.
Tafakkurdagi ikki: aqliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yonalish namoyandalari zohiran ozaro kelishmay kelgan bolsalarda, amalda Yevropa uygonish davrida bolganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) guboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.
Sharq uygonish davri vakillari oz xalqlarining qadimgi madaniyat bilan birga, yunon va hind xalqlari merosidan ham foydalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 89-asrlarda arab tiliga tarjima qilindi, sharhlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham oz ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn al-Arabiyga tasir etib, vahdatul vujud falsafasiga turtki berdi. Biroq yunonlar kop fikrlarni qadimgi osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati: Abu Rayhon Beruniyning Kitob at-tafhim li avoil sinoat attanjim asari qolyozmasi (13 asr) yuksalishga shaylangan xalq oz madaniyati va ozigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni ozlashtirib, yana yuksaklikka kotariladi.
Sharq uygonish davri keng kolamli: talim va tahlil, madrasa-maorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigilgan, xazinat ul-hikma, dor ul-ulumlarda tolibi ilmlar, ustoz-shogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obro-etibori yuksak qadrlandi. Sharq uygonish davri yutuqlari Garbiy Yevropadagi uygonish davriga bevosita tasir etgan. Chunki 1214-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli bolgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida oqib organganlar. Ibn Sinoning Tib qonunlari, Ash-Shifo, Forobiyning Ilmlar tasnifi, Ahmad Fargoniyning Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi, Muhammad Muso Xorazmiyning Aljabr val muqobila, Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. Tib qonunlari 7 asr mobaynida Yevropa untiversitetlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd goyalari Italiya, Frantsiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino Avitsenna, Ibn Rushd Averroes, Ahmad Fargoniy Al Frageni, Abu Bakr Roziy
Al Ramzats, Abu Mashar Balxiy Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur bolgan. Osha paytda (1316-a.) jaholat changalidagi Yevropaning kopgina qismida musulmonlar ilm charogini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shimoliy, garbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon rumo arab urugidan unib chiqqandir (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. Sharqliklar Garbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar (Gegel).
Aniq fanlar va ularni organish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, harbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari bolib qoldilar (G. Gerder). Yevropa uygonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilm-fani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante Bazm, Ilohiy komediya asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Ahmad Fargoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning Buyuk Temur dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |