Тарихшунослик фанидан


Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406)



Download 1,65 Mb.
bet42/111
Sana28.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#514944
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111
Bog'liq
tarix falsafasi

Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406)
Sharq tarix falsafasini jiddiy ravishda rivojlantirgan, uni o‘zining ilmiy qarashlari bilan birmuncha boyitgan, tarixga falsafiy yondashish usullarini ishlab chiqqan yirik olimlardan biri Abdurahmon Muhammad Ibn Xaldundir.
Ibn Xaldun o‘z davrining etuk mutafakkiri, faylasufi va tarixchisi sifatida o‘zini namoyon etgan va «Valiuddin» unvonini olgan etuk shaxs edi. U yirik siyosiy arbob sifatida ham jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida etarli tajribaga ega bo‘lgan va ayni paytda diniy hamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan allomadir.
Ibn Xaldun insoniyat tarixi, uning shakllanyshi, rivojlanish omillari va bosqichlari, inson va jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish borasida o‘zining noyob qobiliyatini namoyon etgan va bu borada qator ilmiy-nazariy yutuqlarni qo‘lga kiritgan olimdir.
Ibn Xaldun falsafasi tarix va sotsiologiya, insonshunoslik, falsafa hamda mantiq bilan qorishib ketgan. Shu bilan birga diniy tafakkurning dunyoviy tafakkur bilan uyg‘unlashgan shakli sifatvda dunyoga kelib, Sharqu G‘arb tafakkur olamvda o‘ziga xos maktab yaratdi. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Muqaddima» deb ataladi va bu asari bilan u tarixni anglash, tarixni tushunish, insoniyat tarixiy tajribalarini diniy va dunyoviy tafakkur orqali talqin etishning o‘ziga xos uslubini yaratdi. U tarix haqida gapirar ekan, «Fanning ikki jihati bor. Birinchisi qadimgi mamlakatlar va davlatlar haqida hikoya etuvchi tashqi tomoni bo‘lsa, ikkinchisi tadqiqotlarning birining tarixi va yangi fikrlarni kashf etish bo‘lgan ichki tomonidir. Tarix Olam asoslari sababiyatini aniq izlaydigan fan. Bu voqealar va ularning sabablari haqvdagi chuqur ilm», deydi.
Ibn Xaldun ana shu tarzda tarixiy tadqiqotning umumiy va ichki jihatlariga alohida e’tibor beradi. Ilmiy tahlilning tashqi tomoniga turli mamlakatlar, davlatlar, xalqlar, ularning boshidan kechirganlari, xullas, tarixiy voqeliklar kirsa, ichki tomoni bevosita ana shu voqeliklarni tafakkur elagidan o‘tkazib, uning atrofida falsafiy fikr yuritib, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazib, mantiqiy xulosalar chiqarishdir. Ana shu jihatdan ham u tarixning ildizini falsafada ko‘radi. Munosib falsafiy fikrlar, umumlashmalar, xulosalar chiqarishga chaqiradi va natijada tarixni falsafiy fanlar qatoriga qo‘shadi.
Ibn Xaldun o‘z davrining nodir tarixshunosi sifatida tarixnavislikdagi mavjud an’anaviy usullardagi kamchiliklar, nuqsonlar, jumladan, o‘tmishni soxtalashtirish, chalkashtirish, voqeliklarni o‘z manfaatlariga moslashtirib bayon etish kabi illatlarni keskin qoralaydi. Har bir millat va qavmning kelib chiqishi, ularning taraqqiy topish yo‘llari, tarixiy rivojlanish manbalarini chuqur o‘rganish millatning uygonishiga, o‘z qadru qimmatini bilishiga va istiqbol rejalarini aniqroq tuzishiga yordam berishini alohida ta’kidlaydi.
Tarixda adolat ustuvorligi, tarix haqiqati hamisha bosh mezon bo‘lishi, har qanday voqea va hodisa tahlili to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatni, odillik bilan yondashishni taqozo etishini muhim fazilat deb biladi. Tarix haqida asar yozar ekan, u o‘zini tarixshunoslikka bo‘lgan munosabatini va yondashish usulini quyidagicha bayon etadi: «Bu kitobni tuzish va boblarga bo‘lishda men hali ma’lum bo‘lmagan yo‘ldan bordim, ajoyib yangi usul yaratdim, o‘quvchi bo‘lib o‘tgan voqealarning sababini o‘rganishdan foyda olsin uchun tarixiy-ijtimoiy voqealar va insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonuniyatini sharhlab berdim», deydi.
Ibn Xaldunning ana shu «yangi usul»i tarixdagi bayonchilik, oshirib-toshirib yozishlar, safsatabozlik, xush ko‘rmagan voqealarni keskin tanqid qilish kabi illatlarga nuqta qo‘ydi. Tarixshunoslikning fan maqomini egallashiga doir o‘ziga xos ilmiy-nazariy me’yorlarni yaratdi. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan, har qanday voqea va hodisalarning sababini o‘rganish, uning mohiyatini ochish tarixiy voqelik mazmunini bilib olishga zamin yaratadi. Uning atrofida fikr yuritib, aqlni ishlatish, fikrlash, tafakkur qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, Ibn Xaldun har qanday tarixiy voqelikka ijtimoiy tus beradi, ijtimoiy mohiyat qatlarini ochish orqali o‘sha davr mohiyatiga, ijtimoiy-siyosiy muhitga, turmush tarziga baho beradi.
Uchinchidan, «kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini sharhlab berish» orqali davlat va jamiyat qurilishiga tegishli bo‘lgan fanlar – huquqshunoslik, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, mantiq singari fanlarning rivojlanishiga turtki berdi. Ana shu sharhlash orqali Ibn Xaldun aqliy takomil, fikriy rivojlanish yo‘lini ochdi. Qachonki o‘quvchi uning kitoblarini ko‘zdan kechirar ekan, tarixiy voqeliklarni o‘rganish bilan birga voqealar atrofida fikrlaydigan, unga munosabat bildiradigan, baholaydigan bo‘lib qoladi. Bu esa ayni tarix falsafasining o‘ziga xos ko‘rinishi edi.
Ibn Xaddun tarixnavislikda mavjud bo‘lgan xilma-xil rivoyatlardan, turli hikoyatlardan va afsonalardan foydalanishga chek qo‘yib, real hayot va real jarayon tahliliga ko‘proq e’tibor berish tamoyilini ilgari surdi va shu tarzda tarixnavislikning butunlay yangi yo‘nalishini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi. Uning xulosalariga ko‘ra tarix «...o‘rganilish ob’ekti insoniyat jamiyati va odamlar jamoasi bo‘lgan mustaqil fandir, uning faoliyat maydoni birin-ketin almashib keladigan voqealar sababi va vaziyatlar xususiyatlarini tushuntirishdir».

Ana shu tarzda Sharq tarix falsafasi shakllana bordi. Demak, tarixning tadqiqot ob’ekti bevosita kishilik jamiyati hisoblanadigan bo‘ddi. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqeliklar, hukmron siyosat va boshqaruv usulining tahlili orqali ma’lum voqelik asoslari o‘rganildi. Tadqiqotning bunday shakli tarix fani predmetiga aylantirildi. Natijada Ibn Xaldunning tadqiqot usuli va tarixnavislik uslubi ana shu tarzda ijtimoiy fanlar taraqqiyotini belgilaydigan muhim hodisaga aylandi.


Ibn Xaldun ilmiy faoliyatining va tarix falsafasining ahamiyati shugina emas. U inson va jamiyat, odam va olam, kishilik jamiyati tuzilishi, vujudga kelishi, shakllanishi va tanazzullari borasida o‘ziga xos fikr yuritgan, o‘ziga xos talqin etgan va o‘ziga xos falsafiy mushohada yuritgan yirik shaxsdir. Ibn Xaldun yashagan davr hamda o‘sha paytdagi mavjud musulmon madaniyati va falsafasi namoyandalari uning falsafasini rivojlantirishdi va davom ettirishdi.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash kerakki, bugun tarix falsafasi, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa borasida ilmiy maktab yaratgan G‘arb olimlari o‘z davriga xos sivilizatsiya nuqtai nazaridan yondashib, Sharq falsafasidan unumli foydalanishdi. Jumladan, Forobiy, Beruniy, Ar-Roziy, Abulhasan Movardiy, Nizomulmuluk, G‘azzoliy, Ibn Bojja, Ibn Xaldun, Ibn Rushd va boshqalarning ilmiy merosini, falsafiy qarashlarini musulmon dunyosi xalqlariga nisbatan ancha chuqur o‘rganishdi. Mahorat bilan o‘zlashtirishdi va ularni yangi davr sivilizatsiyasi nuqtai nazaridan tartibga solishdi, yaxlit tizimini ishlab chiqib, yangicha ilmiy-nazariy uslub bilan ifodalab berishdi.
Ibn Xaldunning kishilik jamiyati qonuniyatlarini tadqiqot ishga qaratilgan asarlari, xususan «Muqaddima»si shundan dalolat beradiki, uni «Islom fikriy doiralarida, istibdod va despotizm tuzumining jamiyatshunosi deb atashimiz mumkin. ...Darhaqiqat, diqqat qilsa, fikr biddirsa arziydigan yangi tasavvur va talqinlarni taqdim etadi», deydi Sayyid Muhammad Hotamiy.
Ibn Xaldun jahon tarixini o‘rganar ekan, madaniyatlar, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, madaniyatlararo integratsiya va jahon hamjamiyatining umumiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘ziga xos tarzda tadqiq etadi. Turli madaniyatlarning vujudga kelishi, ko‘chmanchi xalqlarni, kichik etnoslar va millatlarni bir-biriga qo‘shib yuborish natijasida kelib chiqadigan integratsiyalashuvning salbiy oqibatlarini aniq ko‘rsatadi va har qanday kichik madaniyatlar «madaniy integratsiya» oqibatida katta xalqlarga madaniy tobelik orqali yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi kabi og‘riqli g‘oyalarni ilgari suradi. Asrlar o‘tib V. Shmit, O.Mengen, V. Koppers, A. Toynbi kabi Yevropa falsafasi namoyandalari ayni ana shu g‘oyani ilgari surdilar va Ibn Xaldun nazariyasi tarixiy haqiqat ekanligini ko‘rsatdilar.
Ibn Xaldun tarix falsafasining biz sharqliklar uchun yoqimli bo‘lgan va ayni paytda katta ruh, rag‘bat, kelajakka ishonch, buyuk istiqbolga imon keltirishga da’vat etadigan yana bir g‘oyasi borki, nazarimizda buni alohida ta’kidlash zarur: u bir joyda «dunyoda ikki millat hokim bo‘lishga yaratilgandir: biri arablar, boshqasi turklar» desa, boshqa bir joyda «Temur davri bashariyat tarixi inkishofining eng yuksak nuqtasidir. Dunyo yaratilganidan beri bunday bir davlat qurilmagandir. Bobil va Eron hukmdorlari va Iskandar bu buyuk turk hukmdoriga nisbatan ko‘laga bo‘lib qoladi. Zero, davlat asabiya ruhi ustiga quriladi va uning ahamiyati ham shu milliy asabiyatning qudrati darajasida bo‘ladi. Asabiya xususida esa dunyoda hech bir millat turklarga teng kelolmaydi», deydi.



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish