Nikolay Kopernik Nikolay Kopernik yashagan davrda (1473-1543) buyuk geografik kashfiyotlar sodir boldi. M. Magellan, Xristofor Kolumb kabi dengizchilarning kashfiyotlari er shari xaritasining ozgarishiga olib keldi. Kopernik ijod qilgan davrda universitetlar davrasida eski sxolastik dunyoqarash hali hukmron edi. Kopernik birinchi bolib bu dunyoqarashga eng kuchli zarbani berdi va yangi geliotsentrik dunyoqarash uchun yol ochdi. Lekin bu geliotsentrik dunyoqarashni Kopernik kuchli kurash natijasida yara-tishga muvoffaq boldi. Uning asosiy asari Osmon jismlarining harakati deb nomlangan edi. U bu asarni olim bosagasida yozadi.
Yangi kosmologiya Kopernik ozining astronomik dunyoqarashning yartar ekan, uning zaminida geometriya fani yotadi. Kopernik ozining asosiy asariga yozilgan kirish sozida u kashf etgan yangi astranomik nazariya mutloq haqiqat emasligini qayd qilib otadi. Bu yangi geliotsentrik nazariya astranomik hisob-kitoblarda eng qulay keladigan nazariya deb yozadi. Kopernikning bu kirish sozi uni xristian cherkovi taqibidan himoya qilishga qartilgan edi. Kopernik haqiqatda ham ilmiy bilimlarni nisbiy amaliy hayotga xizmat qiladigan bilimlar deb hisoblar edi. Uning fikricha diniy va falsafiy bilimlar omma ongidan yuqoriroqda va ularni tushunish uchun maxsus oqish va bilimga ega bolishi kerak. Ayniqsa diniy haqiqat pardalangan va har qanday kimsaning nigohiga korinmaydi. Antik davrdagi Ptolomey astronomik nazariyasida er markazda jonlashgan edi va shu haqiqatga asoslangan ushbu nazariyadagi hisob-kitoblar dengizchilik sohasida yaxshi xizmat qilgan. Lekin ancha vaqt otgandan keyin er atrofidagi Magellanning dengiz sayohatlari va Xristafor Kolumbning Hindiston deb ochgan yangi erlari Ptololiy nazariyasini yangi kashfyotlarga nisbatan nuqsonli ekanligini korsatdi. Endi buyuk geografik kashfiyotlarni togri tushuntirish uchun astronomik va matematik hisob-kitoblarda ozgartirishlar kirtilishi kerak edi. Bu esa er shari Quyosh va boshqa sayyoralarni oz oqi va bir-biri atrofida aylanadigan doiralarni yangitdan hisoblashga olib keldi. Bu hisoblashlar er va Quyoshni aylanish doiralarini Ptolomey nazariyasiga nisbatan butunlay boshqacha joylashganligini korsatar edi. Kopernikning olib borgan geolitrik va matematik hisob-kitoblari boyicha quyosh er atrofida emas, er quyosh atrofida aylanadi.
Epitsikllarni yani doira shakllarini matematik va geometrik parametrlarini hisoblash Kopernikni bunday geoliotsentrik nazariyaga olib keldi. Lekin Kopernik bu nazariyani falsafiy darajaga kotarmadi, umumlashtirmadi. Uning fikricha tabiiyshunos bilimlarning chegaralari nisbiydir va ular kashf etgan haqiqat ham nisbiydir. Tavrot va injildagi bilimlar inson tafakkuri chegarasidan tashqaridagi bilimlar va ulardagi haqiqatni ilm-fan olchovi bilan olchash Kopernikning fikricha xatodir. Yangi davrda Frantsuz materialistlari «Tavrot va Injildagi bilimlarni tanqid qilishganda Kopernikning bu ogohlantirishga etibor berishmadi. Vaholanki, Ptolomeyning nazariyasi ham oz davrida nisbiy haqiqat bolgan va u Evklidning och olchamli fazo geometriyasiga asoslangan. Kopernik oz nazariyasida ishlagan geometriya Evklid geometriyasi edi.
XIX asrga kelib, Evklid geometriyasi Lobachevskiy tomonidan tahlil qilindi va Lobachevskiy Evklid geometriyasidan mutloq farq qiladigan oz geometriyasini yaratdi. Bu geometriyaga binoan qiyshiq fazoda hech qanday markaz yoq. Demak, quyosh ham koinotning markazi bola olmaydi. XX asrga kelib Eshnteyn ozining nisbiylik nazariyasini kashf etdi.
Bu nazariyaga binoan vaqt ham, makon ham nisbiydir. Demak quyoshni erga erni esa quyoshga nisbatan aylanish doiralari nisbiydir va ular koinotning evalyutsiyasi jarayonida joy almashishlari mumkin. Ptolomeyning astronomik nazariyasi oz davri uchun haqiqat bolgan. Hozirgi zamon fan tarixini organish aynan shu xulosaga olib keladi.