Utopiya asari Ilk bor katitalizm jamiyatidagi ziddiyatlarga qarshi chiqqan Tomas Mor ozining «Utopiya asarida bu ziddiyatlarni tanqid qilib, sinfsiz ijtimoiy tenglik mavjud bolgan jamiyat timsolini yaratadi. Tomas Morning Utopiya asari gumanistlarning siyosiy axloqiy qarshlari bilan bevosita bogliq edi.
Utopiya asarida Tomas Mor ozi yashagan Angliya siyosiy tuzumini qattiq tanqid qiladi. Ayniqsa, xususiy mulkchilikka asoslangan bu davlati tuzumini kambagal dehqonlarga qarshi qilgan zulmlarini, daydilarga qarshi chiqarilgan qonunlarni qoralaydi.
Daydilikning sababi Morning fikricha oz erini yoqotib qoygan dehqonlarning kelib chiqishdandir. Bu dehqonlarga davlat tomonidan qilinadigan zulmlar xalq sabr kosasini toldirib yuborgan deydi. Mor Davlat boyligini yaratuvchi bu dehqonlar yovvoyi hayvonlar kabi yashaydilar. Ularning qismati har qanday vijdonli odamni norozi bolishiga olib keladi. Davlat ularga yordam orniga quvgin qiladi va qamoqxonalarga tashlaydi. Ularning peshonalariga esa tamga uriladi. Ularning oilasi bola-chaqasi ham daydilarga aylanib, Angliya yollarida darbadardirlar.
Ularning bir qismigina shaharlarda eng qashshoq lyumpen qatlamini tashkil etadi. Kopchiligi esa qamoqxonalarda va surgunlarda azob-uqubat va surgunlarga chiday olmay jon beradi. Bunday adolatsiz tuzumni Tomas Mor butun borligi bilan qoralaydi. Umumiy mulkchilikka asoslangan tuzum haqida yozar ekan. Tomas Mor Injil va Tavrotda ham bu haqda aniq fikrlar keltirib otishganligini aytadi. Uning fikricha insondagi qabihlik nafs va hirsning zorligidan kelib chiqadi, inson ular ustidan nazoratni yoqotib qoysa, har qanday razillikka qodir bolib qoladi.
Xudo buni oldindan kora olganligi uchun deb yozadi Mor insonlarni koproq umumiy manfaatlarni oylashga davat etadiyu iso Masih ham ilk bor xristianlarga jamoa bolib yashashiga va umumiy mulkka ega bolishga maslahat berganlar. Xususiy mulkchilik mulkchilik Morning fikricha insondagi eng tuban xislatlarni rivojlantiradi va jamiyatni shahvatparastlik, tubanlik va poraxorlik domiga tortadi.
Morning Utopiya asaridagi afsonaviy shahar Tavrot va Injilda korsatib otilgan Fozil davlatga oxshab ketadi. Bu orolda joylashgan shaharda ish kuni bor yogi 6 soatni tashkil etadi. Qolgan vaqtni esa Utopiyaliklar oz-ozini rivojlanish dam olish, ilm fan bilan shugullanishga bagishlaydilar.