Gumanizm va Utopiya Italiyada tugilgan gumanistik qarash asta-sekin Yevropaning kopgina davlatlarida tarqala boshladi. Niderland davlati, Germaniya, Angliya, Frantsiyada gumanizm harakati ortodoksal diniy dunyoqarashva sxolastik falsafaga qarshi bosh kotardi. Gumanistik dunyoqarash yangi shakllanib borayotgan burjuaziya sinfiga feodal tuzumiga qarshi bolgan kurashda katta yordam berdi. Burjua sinfining yirik vakillari gumanistik dunyoqarashga xayrihoh bolishdi va bu dunyoqarashning tarqalishida xizmat qilishdi.
Rotterdamlik Erazm Rotterdamlik Erazm (1469-1536) xuddi Petrarkaga oxshab XVI asrning boshi va ortalarida Yevropaning eng mashhur nom taratgan yozuvchisi, va gumanist faylasufiga aylandi. Ruhoniyning nikohsiz ogli bolgan Roterdamlik Erazm boshlangich talimni xuddi Nikolay Kuzanskiyga oxshab, umumiy hayot birodarlar iga tegishli bolgan maktablarida olgan. Keyinchalik u Sarbonna Universitetini tugatib, teologiya doktori unvonini oladi. Bu yosh ruhoniy Parijda yashagan davrda gumanistlar talimoti bilan tanishib ularning davrasiga ham qoshiladi. Erazm reformatsiya davridagi tos-topolonlardan ozini chetga olib Bazel shahrida oz shogirdlari davrasida panoh topadi.
Asarlari Erazm ozidan keyin nihoyatda boy badiy falsafiy meros qoldirgan. Bular qatorida Nodonlikning maqtovi, Osmonga chiqishga ruxsat berilmagan Yuliy, Oddiy suhbatlar, Maqollar toplami, Xristian askariga nasihatlar, Xristian hukmdorining tarbiyasi, Dunyoning shikoyati Til Iroda erkinligi haqidagi traktol.
Xristian axloqini gumanistik tarzda ishlab chiqilishi. Erazmning xristian axloqi oz davridagi katolik xristian qarashlaridan tubdan farq qilgan. Katolik cherkovining urf-odatlari uning fikricha haddan tashqari marosimlarning tashqi shakliga etibor bergan. Undan tashqari xristian inkvizatsiyasi ichki dushmanlarni qidirish bilan ovora bolgan va ulrani gulxanda yoqib vahshiyona qatl qilgan. Bularning barchasi Erazm fikricha xristian dinining asl mohiyatiga togri kelmaydi. Xristian katolik cherkovining bunday faoliyatini Erazm togri yoldan adashish deb hisoblaydi. Uning fikricha ilk bor xristianlikda diniy bagrikenglik insonlarga bolgan mehr adolat va hikmat yotadi.
Erazm tabiatni uluglaydi va xristian katolik dinga xos bolgan tabiatni xudodan ajratishga qarshi chiqadi. Iso Masih aytgan hikmatlarida tabiat va xudo yagona borliqni tashkil etadi deb yozadi. Erazmning bu qarashlari panteistik tusga ega edi. U materiyani ruhdan ajratmaydi va shundan kelib chiqib erdagi hayotni ham uluglaydi. Riyozat chekish orniga inson erdagi hayotdan lazzatlanish va zavqalnishi kerak deb hisoblaydi Erazm. Bu fikrni Erazm ozining «Epikur asarida aytib otadi va Epikur talimotidagi lazzatlanish goyasini ilk bor xristianlikdagi tabiatni ruhlantirish goyasi bilan birlashtiradi.