Cheksiz koinot va xudo Sxolastika falsafasi moddiy olamni chegaralangan deb uni Ollohning borligiga qarama-qarshi qoyishgan. Bruno aynan shu qarma-qarshilikka qarshi chiqadi. Xudoning cheksizligi va qudrati moddiy olamning cheksizligi orqali tajalli etadi. Undan tashqarida emas. Shunday qilib Brunoda tabiatdagi mutanosiblik, mukammallik va gozallik xudo tabiat bilan birlashib ketganligidan kelib chiqadi. Tabiat xudoga teng emas. Xudo tabiatning ozida mavjud va u bilan birlashib ketgan. Tabiatdagi barcha ozgarishlar ham xudoning yaratuvchilik qudartidan kelib chiqadi.
Shunday qilib Brunoda tabiat xudo, xudo tabiatdir.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlari
Bruno oz davridagi ijtimoiy-siyosiy tuzumning kamchiliklarini korib, ularni tuzatish yollarini oylab chiqgan edi. U xristian cherkovining davlat ishlariga aralashishini qoralaydi va cherkovni davlatdan ajratish kerak deb hisoblanadi. U sanoat, dehqon va hunar-kasblarni rivojlanish zarur deb hisoblaydi. Bu sohadagi ishlaydigan shaharning mehnati ozod va erkin bolishi kerak. Davlatdagi barcha vahshiy qonunlar va hur fikrlilikka qarshi bolgan qoidalar yoqotilishi kerak.
Uning fikricha jamiyatda feodallarga bolgan imtiyozlar yoqotilishi kerak. Bruno jamiyatda fuqarolarning huquqlari teng bolishi kerak deb hisoblagan. Uning bu fikrlari oz davri uchun ham ilgor fikrlar edi va yangi shakllanayatgan burjua sinfining manfaatiga togri kelar edi. Ozining geroik ektuziozi asarida Bruno sinfiy tabaqalanishni oqlaydi va jamiyatda sinflarning mavjudligi zarurdir deb hisoblaydi. Sinflar va shaxsiy mulk rivojlanishning zaruriy sharoitini tashkil etadilar.
Shunday qilib J. Bruno oz davrining burjua sinfi manfaatlarini himoya qilgan edi.
Yakob Byumening mistik panteizmi
Yakob Byumening mistik panteizmi orta asr mistik oppozitsion qarashlarining ajralmas bir qismi edi. Bu qarshlarga binoan inson va tabiat, tabiat va xudo bir-biridan ajralmas yagona borliqdir, inson qalbidagi ilohiy zarra orqali u bevosita xudo bilan aloqada bolishi mumkin va xristian katolik cherkovining vositachilik ahamiyati ham shu bilan barham topadi. Bunday mistik qarashlar xristian katolik cherkoviga qarshi qartilgan edi, shuning uchun cherkov tomonidan shavqatsiz taqib etilgan.
Gorfunkelning fikricha Yakob Byume Galileyning zamondoshi bolishiga qaramasdan ozining fikrlari va panteistik qarashlari boyicha uygonish davrining eng oxirgi, yakunlovchi davriga tegishlidir. Byomening teosofik qarashlari
L.Feyerbaxning fikricha Ya.Byome diniy naturfaylasuf, uning qarashlari uygonish davri gumanistlari qarashlaridan keskin farq qiladi. Uning falsafiy qarashlariga teotsentrizm ruhiyati xos edi.
Ya. Byomening fikricha tabiat mohiyatini inson tabishunos bilimlarga asoslangan tarzda emas, balki ozining intuitiv dunyoqarashiga asoslangan holda bilishi mumkin.
Byomening ozi ham ozining falsafiy qarashlarida gozal, badiiy timsolaridan keng foydalanadi. Va bu timsollar asosida inson, tabiat va xudo ortasidagi aloqalarni ifodalaydi. Byome fikricha borliq bular ortasidagi dialektik munosabatlardan tashkil topadi.