Brunoning yangi kosmologiya uchun kurash Brunoning yangi kosmologiyasi uning naturalistik panteizmi bilan bevosita bogliq edi. Bruno Kopernikning kashfiyotini faqat matematik nazariya deb hisoblashga qarshi chiqdi va uni rivojlantirib, ozining yangi kosmologiyasining asosiga qoydi. Kopernik nazariyasini maqtar ekan Bruno uni N. Kuzanskiy talimoti bilan boglaydi va buning natijasida Kopernikning nazariyasi Bruno kosmologik talimotida ozgargan holatda ishlatiladi.
J.Brunoning kosmologiyasining asosiy goyalari Aristotelning ratsionalitsik formal mantiqga asoslangan falsafiy talimotidagi goyalarga qarshi qaratilgan edi. Brunoning kosmologiyasida koinot cheksiz shuning uchun unda hech qanday markaz yoq. Hatto quyosh ham koinotning markazinini tashkil etmaydi. Cheksizlikdagi har bir nuqta markaz bolishi mumkin. Bu kosmologik nazarriyadan Bruno olamning yagonaligi va birligi haqidagi fikrni ham shakllantiradi.
Borliqning yagonaligi haqidagi goya koinotdagi barcha jismlarni bir turdagi ruhlangan materiyadan tashkil topganligiga olib kelar edi. Er, va boshqa osmon jismlari bir-biri bilan bevosita aloqada va ularning harakatlari bir xil qonunlarga boysunadi. Er va erdagi hayot koinotdagi barcha borliq jismlarga va ulardagi hayotga oxshaydi.
Tiriklik va hayotiylik materiyaning asosiy xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun boshqa sayyoralarda ham hayot mavjud. Lekin uning shakllari har xil bolishi mumkin. Bundan tashqari Bruno fikricha kosmosdagi barcha osmon jismlar xuddi erga oxshash ruhlangandir. Ularni oziga xos ongi mavjud. Demak boshqa osmon jismlarida ham ongli mavjudotlar bolishi mumkin. Butun koinot tirik, harakatda va onglidir. Koinotdagi osmon jismlari tinimsiz harakatda bolgan barcha narsalar otkinchidir. Shuning uchun osmon jismlari va ulardagi turli tuman mavjudotlar qachonlardir paydo bolgan vaqt otgandan song yoqoladilar. Brunoning xulosasi: Koinotdagi barcha narsalar otkinchidir, lekin koinotning ozi abadiydir. Bruno talimotida koinot materialistik talimotdagi koinotdan katta farq qiladi. Undagi koinot ruhlangan ongga ega va undagi harakat manbaasi qalbi bolgan olamiy jon mahsulidir. Brunoning panteistik talimoti irratsional xarakaterga egadir. Unda materiya va ruh birlashgan. Materializm va idealizmga xos bolgan birlamchi ekanligi masalasi Bruno falsafasida oxshyamaydi materialistilar talimotida materiya birlamchi, ruh esa ikklamchidir idealistlarda ruh birlamchi, materiya esa ikklamchi edi. Brunoning panteistik natur falsafasida esa nima birlamchiyu nima ikklamchi masalasi qoyilmaydi. Uning orniga Bruno materiyani ham ruhiy ruhlangan shaklda tushunadi. Materiya ozi Bruno uchun Ollohning qalbi bolgan olamiy jonning mahsulidir. Bunday dunyoqarashni XX asr falsafasida irratsionalizm deb atashdi. Brunoning panteistik naturfalsafasidagi juda kop goyalar ayniqsa makon va zamonning nisbiyligi vaqtni davomiylik sifatida tushunish ularning harakat bilan bogliqligi materiyaning ruhlanganligi, materiyada hayotiy joshqinlik mavjudligi va bu hayotiy joshqinlik ijodkorlik kuchini tashkil etishi Bergsonning hayot falsafasidagi nihoyatda kop fikrlar bilan bir xildir.
Koinotning cheksizligi
Brunoning fikricha koinotning ozi cheksiz, undagi osmon jismlari chegaralangan yani ular qachonlardir paydo bolgan va qachonlardir yoqoladi. Undan tashqari boshliqda ularning oz orni bor. Koinot esa abadiydir. Koinot hech qachon yoqolmaydi. U harakatsizdir va undan tashqarida hech qanday makon va zamon yoq. Boshliq, undagi harakat qiluvchi jismlar nisbiy makon va nisbiy zamon bularning barchasi koinotga xosdir. Lekin koinotning ozi abadiydir.