Umumiy xulosalar Uygonish davri falsafasi sxolastik davridan marifat davriga otish uchun zarur bolgan buyuk xizmatni bajardi. Bu davr uygonish deb bekorga nom olmadi, antik yunon va rim falsafiy merosini tiklashdan tashqari bu davr insoniyatga buyuk daholar, mutafakkir, sanatkor va shoirlarni berdi.
XIV-XVI asr buyuk mutafakkirlari yangi dunyoqarash va insonni dunyodagi markaziy ornini korsatib berishdi. Teotsentrizm nazariyasi orniga Renessans falsafasi gumanizm va antropotsentrizm goyalarini kiritdi. Sxolastik diniy talimotida xudo kosmos va tabiatdan ajralgan holatda mavjud edi. U tabiatni, koinotni yaratgan, lekin ozi yaratgan olamdan tashqarida edi. Xuddi shunday inson ham xudodan ajratilgan va inson borligi xudoning borligidan alohida mavjud edi. Insonni sxolastikka gunohkor. Nomukammal banda deb hisoblar edi. Uygonish davri falsafasi insonni ulugladi va inson borligini butun koinot va xudoning borligi bilan birlashtirdi. Endi olam cheksiz, doimiy harakatda va ozgarishda, inson esa mikrokosmos deb hisoblana boshladi. Ruhiy olam va moddiy olam birlashdi. Shuning uchun Renessans davrining naturfalsafasi panteistik xarakterga ega boldi.
Yangi dunyoqarash moddiy olamni cheklangan harakatsiz deb hisoblaydigan sxolatsikaga qarshi chiqdi. Moddiy olam ham ruhiy olam ham yagona borliqni tashkil etib doimiy harakatda ozgarishda va cheksizlikka intilishda.
Cheksizlikning ozi yagona. Olamning xususiylaridan biridir. Bu abadiy doimiy harakatdagi yagona borliq ruhlangan va jonlidir.
Uygonish davri falsafasida materiya abstrakt tushuncha emas, u barhayot tirik, xilma-xil jilolanadigan borliqdir. Bu borliq qotib qolgan ozgarmaydigan emas. Borliq tirik ruhlangan bolganligi uchun doimiy harakatda va ozgarishdadir. Renessans naturfalsafasi falsafiy talmot bolib XVII-XVIII asrning ilm fan darajasiga ham kotarilmagan edi. Yuzaki qaraganda bu kamchilik bolib korinsa ham aslida bu uning eng kuchli tomoni edi.
Renssens naturfalasafasi fan darajasiga kotarilganligining sababi bu davrning ziddiyatlaridan kelib chiqmasdi. Aksincha Renessnes davri falsafa tarixida oziga xos buyuk betakror ahamiyatga ega davr hisoblanadi. XIV-XV asrning naturfalasafasi buyuk geografiu kashfiyotlarga asoslangan tarzda sxolastikaning (qotib qolgan) dunyoqarashiga zarba berdi. Bu zarbani u etuk rivojlangan fan nuqati nazaridan emas balki, afsonlar ruhiyati va kuzatishlariga asoslangan tarzda berdi. Fandan haqiqat mezoni ishlab chiqilmagan va renssans davri dunyoqarashi panteistik tusga ega edi.
Renessans faylasuflariga magiya bilan qiziqshiga xos bolgan. Masalan: Tiko delo Mirandola, Fichino J.Bruno falsafiy talimotlarida magiyaga katta etibor berilgan. Bu erda nima uchun? degan savol tugiladi. Buyuk mutafakkirlar bilimni faol kuchga aylanishini benihoyat istashgan. Buning uchun bilim insonning amaliyotiga qoshilib ketishi va undagi ijodkorlik kuchlariga turtkich bolishi kerak. Bilimni faol kuchga aylantirishda insonga xudo tomonidan berilgan iroda yordam beradi.
XVII asr marifat davri falsafasi uygonish davri falsafasiga xos bolgan panteistik va sensualistik qarashlarni inkor etdi va ular orniga mexanistik dunyoqarashni yuzaga keltirdi.
Savollar: Uygonish davri dunyoqarashining tavsifiy xislatlari.
Uygonish davri insonparvarligi.
Uygonish davri tarixchiligi haqida fikringiz.
Uygonish davrida tarixiy fikrning asosiy yonalishlari ayting
A. Valla. F.Patritsi. L.Leruaa. N.Makiavelili. J.Boden.