Inson madhiyasi Insonga madqiya keltirar ekan Fichino uni ilohiylashtiradi. Fichino fikricha xudo yaratuvchilik kuchini borliqdagi hech bir jonzotga bermadi, uni faqat insonga beradi va aynan shu ijodkorlik kuchi orqali insonni oziga yaqinlashtirdi. Oz ijodkorligi orqali inson xudoning eradig xalifasidir. Insonning erdagi xalifaligi barcha narsalarni ruhiy iroda kuchi orqali boshqarishdan kelib chiqadi.
U nafaqat tabiatni ozni ham boshqara oladi. Insonning ruhi ozod va erkin yaratilganligi uchun u doimo erkinlikka intiladi, u boshqa barcha jonzotlar bilan erkinlikka intilishi bilan farq qiladi. Insonning daholigi unda buyuk bilimlar yashiringanligidan dalolat beradi. Barcha jonzotlar ichida insonning orni beqiyosdir. U ozining ezgu xislatlari orqali Ollohga eng yaqin turadigan mavjudotdir. Fichino tomonidan insonga aytilgan madqiya uni surta asr sxolastik diniy dunyoqarashdan tubdan farq qilar edi.
Ozining Xristian dini haqida asarida Fichino er yuzidagi xilma xil dinlarning mavjudligi haqida fikr yuritadi. Uning fikricha oldingi kop xudolik dinlarida inson ozining erkin ruhi orqali xudoni bilishga intilgan lekin u xudoni birligi orqali emas balki koplik shaklda anglagan. U tabiatning barcha kuchlarida yagona xudoni xilma-xil shakllarini korgan va bu shakllarni inson xudo sifatida qabul qilgan. Kop xudolilik dinlarida ham Fichinoning fikricha asosiy xudoning mavjudligi xudoning yagonaligidan darak beradi. Kop xudolilik dinlari insondagi hissiy tasavvurning rivojlangan paytida mavjud bolishgan va inson bu hissiy tasavvur orqali inson xudoni barcha shakllarda his qilgan. Osha davrda inson tabiatga yoqinroq bolgan va u xudoni borligini aqli orqali emas balki his-tuygulari va tasavvuri orqali sezgan. Shuning uchun Fichini ham yagona xudoga bolgan etiqodning bu fikrlari uning hurfikrligi va diniy bagrikengligidan dalolat berib turadi.
Piko dela Mirondola Marselio Fichinoning neolatonik qarashlariga nisbatan kuchliroq ifoda etilgan. Sevgi haqidagi kontsona yozilgan tahlilda u butun dunyoni doimiy yaratilishi haqida yozadi. Bu yaratilishi jarayoni cheksiz va tinimsizdir. Uning qarashlariga binoan dunyoning yaratilishi uch bosqich asosida sodir boladi. Bular: farishtalar, osmon bosqichi va elementar bosqichlardir. Piko fikricha gozallik tushunchasi xudoga tegishli emasdir. Negaki Xudo mukammal, gozallik esa qandaydir nuqson bilan bogliqdir. Har bir narsani Piponing fikricha ikki tomoni bor. Bu tomonlar bir-biriga zid va bu zid qutblarni borligi narsani borligini belgilaydi. Gozallik ham oziga zid bolgan tomonsiz mavjud bola olmaydi. Koinotdagi irarxiya bu dunyoning ozaro munosabatlarini belgilaydi. Tabiatdagi barcha kuchlar ozining mohiyatini anglab etmaydilar. Lekin ular koinotni bilishga intiladilar.
Piko fikricha xudo bu ierarxiyadan tashqarida lekin u tabiatdagi barcha jismlarni yaratadi va bir-biriga boglaydi. Ollohning tabiatda mavjudligi moddiy va ruhiy narsalarning aloqasidan kelib chiqmaydi. Xudo tabiatning barcha zarrasida mavjud u tabiatning birligi va mohiyatini tashkil etadi.
Xudo barcha narsalarning mohiyatida yashiringan. Narsalarning gozalligi va latofati ham xudoning bu narsalarda mavjudligidan kelib chiqadi.