...
1.12-rasm. Integratsiyalashgan muhit.
Integrallashgan muhit (IM) oraliq qatlamning (
middlware
) ko‘rinishlaridan
biri hisoblanadi.
Integratsiyalashgan muhit amaliy dasturlash interfeysi, foydalanuvchi
interfeysi va instrumentlarini o‘z ichiga oladi.
TT tarkibiga kiruvchi kompyuter tizimlari oraliq tizimning qo‘shimcha
servislari sifatida IM ning boshqa tizimlardan import qiladigan servislaridan
tashqari o‘z servislarini ham taqdim etadilar.
Quyida integrallashgan muhit dasturiy ta’minotlariga misollar keltiriladi:
-
bu offis tizimiga kiruvchi dasturiy ta’minotlar: Lotus Notes, Microsoft
Office, DEC LinkWorks;
-
avtomatlashgan loyihalash tizimini ta’minlovchi dasturlar: Mentor
Graphics Falcon, DEC Powerframe;
- Platforma
-OT
-Qurilma ta’minoti
- Platforma
-OT
-Qurilma ta’minoti
25
-
taqsimlangan resurslarni boshqarish tizimlarining dasturiy ta’minotlari: HP
OpenView, Tivoli Management Environment, IBM NetView va boshqalar.
TT komponentalarini Ethernet tarmog‘i asosida o‘zaro bog‘lanish
modeli
Taqsimlangan tizimning biron bir kompyuteri nuqtai nazaridan, tizim
tarkibidagi boshqa kompyuterlar masofa jihatidan uzoqda joylashgan axborot qayta
ishlash tizimlari hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, taqsimlangan tizim doirasida bir – biridan
uzoqda joylashgan kompyuterlar orasidagi o‘zaro axborot almashish jarayonlari
asosan ochiq tizimlarning munosabatlarini ta’minlovchi yetti sathli OSI/ISO
modeli asosida amalga oshiriladi.
Ochiq tizimlar orasidagi munosabatlar standart yetti sathli protokollar
asosida belgilanadi, ularning funksional vazifalari adabiyotlarda batafsil yoritilgan.
OSI modelining quyi sathlari (1 – 4 sathlari) TT komponentalari orasida
axborot uzatish vazifalarini bajaradi, seans va taqdim etish sathlarining protokollari
TT ning oraliq sath (ya’ni, oraliq sath dasturiy ta’minotining) (middleware)
vazifalarini amalga oshiradi (1.13 – rasm).
Boshqa so‘z bilan, seans va taqdim etish sathlari bitta oraliq sath bilan
almashtiriladi. Ular ilovalar taqdim etish protokollariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bunday maqsadga erishish uchun oraliq sath muhiti taqsimlangan tizim
komponentalarining o‘zaro munasabatlarini tashkil etish xizmatlari bilan
ta’minlashi kerak. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:
-
TT ma’lum bir dasturiy komponentasini uning boshqa komponen-
talarining xizmatlaridan operatsion tizim dasturlariga bog‘liq bo‘lmagan holda
foydalanishining yaxlit mexanizmlari bilan ta’minlash;
-
TT xavfsizligini ta’minlash: hamma foydalanuvchilar va servislarni
autentifikatsiyalash va avtorizatsiya qilish, komponentalar tomonidan
26
Tizim 1
Tizim 2
Kanal pog’ona
Kanal pog’ona
Aloqa
kanali
Operasion tizim
Oraliq muhit
Dastur
komponentlari
Fizik pog’ona
Tarmoq pog’ona
Transport pog’ona
Seans pog’ona
Taqdimot pog’ona
Amaliy pog’ona
Fizik pog’ona
Tarmoq pog’ona
Transport pog’ona
Seans pog’ona
Taqdimot pog’ona
Amaliy pog’ona
uzatilayotgan axborotlarni xatoliklardan va ularni uchinchi shaxslar o‘qishidan
himoya qilish;
-
ma’lumotlar to‘liqligini ta’minlash, ya’ni masofadagi komponentalar
orasida taqsimlangan tranzaksiyalar boshqaruvini ta’minlash;
-
dasturiy komponentalarga ega serverlar yuklamalarini balansirovka qilish;
-
uzoq masofadagi komponentalarni aniqlash;
Bitta TT doirasida bir necha xil oraliq sath muhitlari ishlatilishi mumkin. TT
ning taqsimlangan har bir komponentasi o‘zining servislarini faqat bir turdagi
oraliq sath muhiti asosida taqdim etishi va bir turdagi oraliq muhit asosida boshqa
komponentalarning xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
1.13
– rasm. TT kompyuterlarining o‘zaro munosabatlarini
tashkil etish modeli.
Oraliq sath muhiti ochiq, masshtablangan va ishonchli taqsimlangan
tizimlarni yaratilishiga imkon yaratadi.
OSI (Open System Interconnection) etalon modeli ochiq tizimlarning turli
ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda
27
ishlashini ta’minlovchi o‘zaro bog‘lanishini aniqlaydi va quyidagilarni
muvofiqlashtiradi:
•
qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini;
•
ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini;
•
ma’lumotlar saqlanishi bir xilligini;
•
tarmoq resurslari boshqarilinishini;
•
ma’lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;
•
dasturlar va texnik vositalarning diagnostikasini.
Protokollarning funksiyalari:
7–amaliy pog‘ona protokoli (prikladnoy protokol) OSI modelining eng
yuqori pog‘onasi bo‘lib, qo‘llanish jarayonlarining tarmoq xizmatlariga kirish
uchun imkon yaratadi va:
-
ochiq tizimlarni o‘zaro bog‘lanish muhiti bilan foydalanuvchilarning
amaliy dasturlarini birga ishlashini;
-
axborot
almashish
bo‘yicha
sheriklarni
(partnerlarni)
identifikatsiyalashni;
-
ma’lumotlar hajmini aniqlashni;
-
konfedensiallikni ta’minlash mexanizmini muvofiqlashtirishni;
-
xizmat ko‘rsatish sifatini muvofiqlashtirishni;
-
xizmat ko‘rsatish tartibini ta’minlaydi.
6–taqdim etish pog‘onasi protokoli (predstaviteln. protokol) - protokollarni
qayta o‘zgartirish, ma’lumotlar translyatsiyasi, qo‘llanilayotgan simvollar
to‘plamini almashtirish kabilarga javob beradi.
5-seans pog‘onasi protokoli (protokol seansovogo urovnya) - seans
boshlanishi va yakunlanishini, transport tarmog‘i darajasida ishdan chiqish
(ishlamaslik) holatlarida qayta ulash xarayonlarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
4-transport pog‘onasi protokoli (protokol transportnogo urovnya) - ning
asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda yo‘qotishsizlarsiz
kafolat bilan yetkazib berishdir. Bu pog‘onada ma’lumotlar qayta taxlanadi:
uzunlari bir nechta paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi. Shu
28
orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi. Transport
pog‘onasida qabul qiluvchi tomonidan ma’lumotlar qabul qilingani xaqida tasdiq
signali yuboriladi.
Trasport pog‘onasi protokollari oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi,
paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishda
ishtirok etadi.
3-tarmoq pog‘onasi protokoli (protokol setevogo urovnya) quyidagilarni
ta’minlaydi:
-
foydalanayotgan tarmoq va fizik muhitlarni kommutatsiyalash;
-
marshrutizatsiyalashga bog‘liq bo‘lmagan transport tarmoq darajasi uchun
axborotlar uzatilishini ta’minlovchi tarmoq ulanishlarni o‘rnatish;
-
tarmoq ulanishlarini faol holda tutish va uzish vositalarini yetkazib berish;
-
ma’lumot oqimlarini boshqarilishini ta’minlash;
-
paketlar jo‘natilishi ketma – ketligini tartibga solish;
-
shoshilinch ma’lumot uzatilishini ta’minlash;
-
xatolarni topish va tuzatilishini ta’minlash.
Tarmoq pog‘onasining ma’lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan.
Tarmoq pog‘onasida 2 xil protokollar ishlaydi.
1.
tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlar harakatini yo‘lga qo‘yadi;
2.
marshrutlash protokollari – tarmoq topologiyasidagi va tarmoqlararo
bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot to‘playdilar.
2–kanal pog‘onasi protokoli (protokol kanalnogo urovnya) kanal
uzatishlarini o‘rnatadi va ma’lumot fragmentlarini (kadrlarni) uzatadi, kadrlar
bo‘yicha sinxronizatsiiyalashni ta’minlaydi, xatolarni topish va tuzatish, axborot
oqimini boshqarish, kadrlar ketma - ketligini tartibga solishlarni ta’minlaydi.
1-fizik pog‘ona protokoli (protokol fizicheskogo urovnya) fizikaviy kanallar
- koaksial kabel, optik tolali kabel yoki radiomuhit orqali bitlar ketma-ketligining
uzatilishi bo‘yicha ish olib boradi. Fizik pog‘ona fizik ulashlarni o‘rnatish, faol
holatda tutish va o‘zini mexanik, elektron va protsedurali vositalarini boshqarish,
bitlar bo‘yicha sinxronizatsiyalash, bitlarni dupleks yoki yarim dupleksli uzatish,
29
ikki yoki ko‘p nuqtali uzatish, fizik darajada ishdan chiqish xolatlari to‘g‘risida
kanal darajasini ogohlantirishlarni ta’minlaydi.
Oxirgi yillarda axborot oqimining hajmi tobora oshishi hamda muloqotlarni
ta’minlaydigan protokollarning soni ko‘payib ketishi oqibatida taqsimlangan
tizimlarning transport qismida muammolar paydo bo‘la boshladi.
Quyida ushbu muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr va
mulohazalar keltiriladi.
Cisco kompaniyasi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi
statistik ma’lmotlar olingan:
1.
2014 yilda Internet trafigining hajmi qariyb 780 eksabaytni (1eksabayt =
18
10 bayt), 2014 yilning har oyi trafigi esa 64 eksabaytni tashkil etganligi qayd
etilgan. Bu 16 milliard DVD disklarini va 21 trillion MP3 fayllarini tashkil etadi.
Bunday hajmdagi trafikni boshqarish va uzatish uchun mavjud aloqa kanallarining
o‘tkazish qobiliyatini yetmay qolish ehtimolligi tobora ko‘payib borayapti.
Ularning o‘tkazish qobiliyatini o‘sish darajasi trafik o‘sish darajasidan ancha
orqada qolib borayaptti.
2.
Mobil qurilmalarining turi va sonining o‘sishi (Wi-Fi, 3G, WIMAX,
LTE), mobil servislarining tobora ko‘payishi kuzatilmoqda, bugunda mobil tarmoq
foydalanuvchilari turg‘un holatdagi tarmoq foydalanuvchilaridan oshib borayapti,
rivojlangan davlatlarda har bir foydalanuvchiga uchta mobil terminal vositalari
to‘g‘ri kelayapti;
3.
Hisoblash quvvatlarining o‘sishi ilovalarning tobora ko‘payishiga sabab
bo‘layapti, bugunda mobil trafik hajmi geometrik progressiya asosida o‘sib
borayapti.
4.
Bugungi IP tarmog‘ining tuzilmasi murakkablashganligi, unda
yechilayotgan masalalarning turi, hajmi va murakkabligi tobora oshib
borayotganligi sababli, uni boshqarish qiyin kechayapti, axborot xavfsizligiga,
ishonchliligiga talablar kuchayib borayapti.
5.
Tarmoqda bir necha o‘nlab, yuzlab kommutatorlar, marshrutizatorlar va
boshqa vositalar o‘ta murakkablashib borayapti, taqsimlangan tarmoqda ma’lumot
30
uzatish protokollari ko‘payib borayapti – bugunda ularning soni 600 dan oshib
ketganligi qayd etilgan.
6.
Viruslar, hujumlarning ko‘payishi axborot xavfsizligiga muammolar
tug‘dirayapti. Bugunda bu muammolar davlatning milliy xavfsizlik muammolariga
aylanib borayapti.
Shunday qilib, bugun faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqda bir muncha
muammolar yig‘ilib qolgan, ularning yechimini amalga oshirish uchun mavjud
tarmoq arxitekturasiga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritish kerakligi taqozo etiladi.
Muammolarni quyidagicha izohlash mumkin:
ilmiy-texnik muammolar – tarmoqlarning faoliyatini ishonchli va nazorat
qilish mumkin bo‘lmay borayapti
ijtimoiy muammolar – Internet kundalik hayotga kirib borayapti. U tashqi
atakalarga ta’sirchan.
iqtisodiy muammolar – tuzilma murakkab, ularni boshqarish uchun yuqori
malakali mutaxassislar talab etiladi.
rivojlanish muammosi – mavjud tarmoqlarning arxitekturalariga yangi
innovatsiyalarni kiritish katta to‘siqlarni paydo qiladi, ular bunday yangiliklarni,
yangi servislarni kiritilishiga mo‘ljallanmagan.
Mavjud tarmoq arxitekturasini qaytadan qurish tamoyillarini ko‘rib chiqish
tobora dolzarb masalaga aylanib borayapti.
Oxirgi yillarda transport tarmog‘i arxitekturasini
takomillashtirish
maqsadida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq (DKT) konsepsiyasi taklif
etildi.
DKT tarmog‘i nisbatan yangi va uning tavsifi bo‘yicha adabiyotlar kam
hisoblanganligi sababli, quyida ushbu tarmoq imkoniyatlari
to‘g‘risida
ma’lumotlar keltiriladi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |