Terminal
Transport
xizmatlari
Axborot – hisoblash
xizmati (AHX)
AHX
AHX
TX
Interfeys
Ma’muriyat
o‘zgartirish, turli xildagi terminallarni boshqarish, terminallar va tarmoq o‘rtasida
axborot almashuv jarayonini qayta ishlash va boshqalar kiradi.
1.8
- rasm. TT ning mantiqiy strukturasi
Transport xizmati tarmoqdagi ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha masalalarni (marshrutlarni aniqlash, ma’lumot oqimlarini boshqarish,
xabarlarni paketlarga bo‘lish va h.k.) hal qiladi.
Interfeys xizmati turli arxitektura asosida qurilgan, turli so‘z uzunligida
ma’lumot berish formatiga ega bo‘lgan, turli xildagi operatsion tizim tasarrufida
boshqariladigan har xil kompyuterlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlaydi.
Ma’muriyat xizmati tarmoqni boshqaradi, rekonfiguratsiya va qayta tiklash
jarayonini amalga oshiradi, tarmoq ishlashi uchun statistik ma’lumotlar to‘playdi,
14
testdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi. Axborot hisoblash va terminal xizmatlari
abonent xizmatlarini tashkil qiladi, interfeys va transport xizmatlari esa -
kommunikatsiya xizmatlarini tashkil etadi.
TT tashkil etilishida bosqichlarda bajariladigan vazifalar asosida
ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari amalga oshiriladi.
Turli xil kompyuter bo‘yicha mantiqiy tarkib elementlarining taqsimlanishi
TT ning fizikaviy tarkibini belgilaydi.
Taqsimlangan tizim (TT) lar global, mintaqaviy va lokal tarzda tashkil
etilishi mumkin.
Global TT lar odatda taqsimlangan infokommunikatsion tarmoqlar tarkibida
yaratiladi va ularning transport tizimi apparat-dastur vositalari yordamida o‘zaro
muloqotni tashkil etadi (masalan, Internet tarmog‘i negizida).
Mintaqaviy TTlar keng hududiy taqsimlanish, turli marshrutlash
mexanizmlari, yuqori tezlikli uzatish (10
3
– 10
9
bit/s), ixtiyoriy topologiya kabi
tavsiflar bilan ta’riflanadi. Bularda texnik vositalar o‘rtasida quyidagi bog‘lanishlar
bo‘lishi mumkin: kanallar kommutatsiyasi, paketlar kommutatsiyasi, freymlar
kommutatsiyasi (Framerelay),yacheykalar kommutasiyasi (ATM texnologiya).
Lokal taqsimlangan tizim (LTT) larning asosini katta bo‘lmagan geografik
taqsimlanish, yagona kommunikatsiya muhitidan foydalanish, yuqori va o‘ta
yuqori almashuv tezligi (10
7
- 10
9
bit/s), topologiyalarning cheklanganligi kabi
xususiyatlar ta’riflaydi.
TT ning dasturiy tarkibi tarmoq dasturiy ta’minoti komponentlari va ular
o‘rtasidagi aloqani ifodalaydi.
1.9
- rasmda misol tariqasida har xil turdagi kompyuterlarni (ya’ni, 1,3, 4,5
kompyuterlarni) tarmoq qurilmalari asosida o‘zaro bog‘lanishining sxemasi
keltirilgan. Rasmdan taqsimlangan tizim har xil kompyuter tizimlari va dastur
ta’minotlarini tarmoq texnologiyalari yordamida o‘zaro bog‘lanib, foydalanuvchi
nuqtai nazaridan yagona tizim ko‘rinishida shakllanadi, degan xulosaga kelish
qiyin emas.
15
Taqsimlangan tizimlarda bitta kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot
bitta kompyuter funksiyalarini yoki tarmoqda dislokatsiya qilingan (ya’ni, har xil
nuqtalarga o‘rnatilgan) bir nechta kompyuterlarning funksiyalarini bajarishi
mumkin.
Shuning uchun taqsimlangan tizimlarda uning dasturiy komponentasi muhim
ahamiyat kasb etadi. Dasturiy ta’minot taqsimlangan tizimlarning
asosi
hisoblanadi.
Taqsimlangan tizim tarkibidagi kompyuterlar protsessorlarini o‘zaro
bog‘lanishi va axborot almashuvining bir necha variantlari mavjud.
TT kompyuterlari odatda ikki guruhga bo‘linadi:
-
multirotsessor tizimlar – bunday tizim kompyuterlaridagi xotira resursi
birgalikda ishlatiladi;
-
multikompyuter tizimlar – har bir kompyuter alohida o‘z xotirasi bilan
ishlaydi.
Ularning asosiy farqi – birinchi holatda yagona adres maydon tashkil etiladi,
va u hamma protsessor tomonidan foydalaniladi, ikkinchisida – har bir kompyuter
o‘zini xotirasi bilan ishlaydi, ya’ni kompyuterlar tarmog‘i asosida).
Multikompyuter tizimlar gomogen va geterogen tizimlarga bo‘linadi.
Birinchi xolatda bir xil turdagi protsessorlar va yagona texnologiyaga asoslangan
kompyuter tarmog‘i ishlatiladi. Ular ko‘pincha parallel prosessorlar sifatida
(masalan, ishchi stansiyalarning klasterlari) ishlatiladi.
Geterogen tizimlar har xil turdagi tarmoqlar (masalan, kommutatsiyalangan
FDDI yoki ATM magistrallari yordamida bog‘langan bir necha mahalliy
tarmoqlar) asosida bog‘langan mustaqil kompyuterlardan tarkib topadi.
TT apparat yechimlarining muhimligini e’tirof etgan holda uning samarali
faoliyati asosan dasturiy yechimlarga bog‘liqligini alohida ta’kidlash joiz.
16
1.9
- rasm. TT ning fizikaviy (topologik) tuzilishi.
Bugungi kunda taqsimlangan tizimlarning dasturiy ta’minot industriyasi har
xil nuqtalardagi axborot qayta ishlash tizimlari (superkompyuter va meynfreymlar,
serverlar) imkoniyatlaridan tarmoq sharoitida samarali foydalanishni ta’minlaydi.
TT lardagi resurslar har xil dasturlash tillarida va har xil baza va banklarni
boshqarish tizimlari (Acsess, Orakle va b.) negizida yaratilgan bo‘lishi mumkin.
Ularga har xil platformadagi terminallardan (ishchi stansiya kompyuterlari va b.)
chiqish ma’lum darajadagi muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolar
faqat va faqat maxsus dasturlar asosida bartaraf etiladi.
Dasturiy yechimlar birinchi navbatda foydalanuvchilarning TT sharoitida
ishlashlariga qulayliklar yaratib beradi. Ular resurslar menejeri vazifasini bajarib,
abonentlarga TT ning xotira, protsessor, periferiya vositalari, tarmoq va ma’lumot
resurslaridan birgalikda foydalanishlarini ta’minlaydi.
Bunda dasturiy yechimlar operatsion tizim vazifalarini hal qiladi. Operatsion
tizim (OT) kompyuterlarning parametrlari va geterogenligining maxfiyligini
ta’minlaydi hamda virtual kompyuter shakllantirib, ilovalar (masalalarni yechish
uchun yaratilgan dasturlar) bajarilishiga imkon yaratadi.
2
2
5
2
1
3
4
4
1
1
17
Taqsimlangan tizim kompyuterlaridagi operatsion tizimlar ikki kategoriyaga
bo‘linadi: kuchli va kuchsiz bog‘langan OTlar.
Kuchli bog‘langan OT lar taqsimlangan OT (Distributed Operation System,
DOS) lar hisoblanadi, ular multiprotsessor va gomogen multikompyuterlarni
boshqarish uchun foydalaniladi. Uning asosiy maqsadi apparat ta’minotining aniq
boshqaruvini maxfiy tutishdan iborat [3,4].
Kuchsiz bog‘langan OT lar tarmoq OT deb ataladi (Network Operation
System, NOS). Ular geterogen multikompyuter tizimlarini boshqarish uchun
ishlatiladi hamda masofadagi klientlarni lokal xizmatlarga kirishlarini ta’minlaydi.
TT xizmatlarini shakllantirish uchun OT larga qo‘shimcha komponentalar
(dasturiy
ta’minotlar)
qo‘shiladi.
Ular
oraliq
satx
vositalari
(middleware)hisoblanib, resurslar taqsimotining tiniqligini ta’minlaydi. Oraliq satx
vositalari zamonaviy TT larning asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |