1
Taqsimlangan tizimlar va tarmoqlar, ta’rifi va tarkibi
Taqsimlangan tizim (TT) deganda, foydalanuvchi
nuqtai nazaridan yagona
tizim shaklida tasavvur qilinadigan mustaqil kompyuterlarning to‘plami
tushuniladi. E. Tanenbaum o‘zining “Taqsimlangan tizimlar. G‘oyalar va
tamoyillar” nomli fundamental monografiyasida taqsimlangan tizimga shunday
ta’rif beradi: “Taqsimlangan tizim – bu aloqa kanallari yordamida mustaqil
kompyuterlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami hisoblanib, foydalanuvchi nuqtai
nazaridan maxsus dasturiy ta’minot asosidagi yagona tizim ko‘rinishida
tasavvur
etiladi”.
Bu ta’rifdan taqsimlangan tizimning ikki muhim jihatini keltirish mumkin:
dislokatsiyalangan kompyuterlarning avtonom bo‘lishi va ular yagona tizim
shaklida tasavvur etilishi. Bunda asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib maxsus dasturiy
ta’minot va tarmoq texnologiyalari hisoblanadi.
Taqsimlangan tizimning asosiy maqsadi tizim doirasidagi kompyuterlarni va
ulardagi hisoblash va xotira resurslarini, dasturiy ta’minot va ilovalar faoliyatini
yagona tizim sharoitida tashkil etish. Boshqa so‘z bilan aytganda,
taqsimlangan
tizimlar bir xona doirasida, bino, shahar, davlat doirasida, yoki boshqa davlatlar va
planetamizning boshqa qit’alari doirasida dislokatsiya qilingan axborot qayta
ishlash tizimlarining hisoblash, xotira va axborot resurslarini birlashtirib yagona
bir resurs sifatida shakllantirib foydalanuvchiga taqdim etish imkonini yaratib
beradi (1.1 – rasm). Resurslar
tarkibiga hisoblash resurslari, xotira resurslari,
axborot resurslari va tarmoq resurslari kiradi.
Foydalanuvchi taqsimlangan tizimga bog‘lanib, o‘ziga kerak bo‘lgan resurs
to‘g‘risida ma’lumot beradi, tizim resursni dunyoning istalgan nuqtasidan topib
unga taqdim etadi, foydalanuvchi ushbu resursdan xuddi o‘zini kompyuterida
joylashtirilganidek foydalanadi. Umuman olganda, foydalanuvchi tomonidan talab
2
etilgan resurs dunyoning bir nechta nuqtalarida
joylashgan resurslarning
yig‘indisidan tarkib topishi mumkin. Bunda tizim ushbu resurslarni topadi, ularni
jamlab, «kompozit» resurs shakllantiradi va foydalanuvchiga bitta resurs sifatida
taqdim etadi.
Ushbu imkoniyatlar axborotni qayta ishlash vositalari (ya’ni, katta quvvatga
ega kompyuter vositalari) telekommunikatsiya vositalari, tarmoq texnik qurilmalari
va maxsus jahon andozalariga asoslangan dasturiy ta’minotlari, hamda elektron
shakldagi axborot resurslarini yaratishda qo‘llaniladigan zamonaviy dasturlar va
ma’lumotlar baza va banklarini boshqarish tizimlari asosida yaratiladi.
Taqsimlangan tizimlarga misol qilib Internet tarmog‘ining
asosini tashkil
etuvchi «Jahon o‘rgimchak to‘ri», ya’ni «World wide web» texnologiyasini
keltirish mumkin. Web-texnologiyasi taqsimlangan hujjatlarni bir butun yaxlit
shaklda ko‘rinishini ta’minlaydi, ya’ni har xil kompyuterlarda saqlanayotgan
hujjatlardan yagona hujjat shakllantirib, alohida bir butun hujjat ko‘rinishida
taqdim etadi. Foydalanuvchi hujjatni ko‘rish uchun
sichqon tugmasini ishorat
ustida bosishi kifoya - hujjat ekranda ko‘rinadi.
Taqsimlangan tizimlar tarmoq texnologiyalari negizida yaratilgan bo‘lib,
murakkab strukturaga ega. Ular tarmoq sharoitida har xil turdagi xizmatlarni
taqdim etish imkoniyatiga ega, jumladan:
-
ma’lumotlarni saqlash va uzatish;
-
«nuqta-nuqta» ulanish prinsipidan «har biri har biri bilan» prinsipiga
o‘tish;
-
turli ilovalarga xizmat ko‘rsatishning universal xizmatidan foydalanish
(Internet, VPN (virtual private network - virtual xususiy tarmoq) misolida);
-
xizmatlarning kerakli to‘plami va hajmini shakllantirish hamda ularni
belgilangan sifat darajasida taqdim etilishiga erishish;
-
xizmatlar sotuvchisi va xaridori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘liq va
aniq tashkil etish.
3
1.1
– rasm. Taqsimlangan tizimning tarkibiy tuzilishini
ko‘rsatuvchi sxema
Taqsimlangan
tizimlar
tarkibidagi
ma’lumotlarni qayta ishlashga
mo‘ljallangan tizim va tarmoqlar umumiy ravishda taqsimlangan tizimlar tashkil
etish qoida va andozalariga asoslanadi [1].
Taqsimlangan tizimlar ma’lumotni qayta ishlash
va kelib chiqishining
hududiy taqsimlanishi bilan bog‘liq ob’ektlarning quyidagi funksiyalarini
belgilaydi:
-
resurslarga (hisoblash quvvatlariga, dasturlarga, ma’lumotlarga) kirish va
ulardan foydalanishga
ruxsat berish;
-
«mijoz-server» rejimida vazifalarni bajarish;
-
tizimning ishlashi to‘g‘risida statistika to‘plash;
-
tizimning ishonchliligini ta’minlash.
Shu sababli, taqsimlangan tizim (TT) lar har xil platformadagi texnik
vositalar, operatsion tizimlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘lishi talab etiladi.
Taqsimlangan tizimlarning muhim maqsadi bog‘lovchi dasturiy ta’minot
(DT) sathini ta’minlagan holda ilovani asosiy bazaviy tizimdan ajratishdan iborat.
Bunday sathni qo‘llash muhim arxitekturaviy yechim hisoblanadi va uning asosiy
maqsadi taqsimlanish shaffofligini ta’minlashdan iborat, o‘z navbatida shaffoflikka