Taqsimlangan tizimlar va tarmoqlar, ta’rifi va tarkibi


TT oraliq muhit (Middleware) ining o‘rni va axamiyati



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana06.06.2022
Hajmi0,96 Mb.
#642018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mustaqil ishlar -Taqsimlangan algoritmlar va tizimlar

TT oraliq muhit (Middleware) ining o‘rni va axamiyati 
 
 
Ko‘plab taqsimlangan ilovalar tarmoq operatsion tizimi tomonidan taqlif 
etilgan dasturiy interfeysdan bevosita foydalanish imkonini beradi. Ko‘pincha 
aloqa turli mashinalardagi jarayonlarga xabar almashishi imkonini beruvchi 
“soket”lar bilan operatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari ilova tez- 
tez lokal fayl tizimi interfeysidan ham foydalanadi. Bunday holatda ilova va 
tarmoq operatsion tizimi orasida dasturiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha 
abstraktni ta’minlovchi oraliq sathi yotadi. 
Ko‘pgina ilovalar uchun oraliq qatlam DT ni taqdim etuvchi dasturiy 
interfeys aslida hisoblash muhitini tavsiflaydi. Masalan, ko‘pgina ilovalar 
to‘rtinchi avlod tili (4GL), tranzaksiyalarni qayta ishlovchi monitorlar (TP) (IBM 
CICS, Digital ACMSxp) va ofis integratsiyalangan tizimlarini (Lotus Notes, 
LinkWorks) shunday holatda ko‘rib chiqadi. Shuningdek, Object Management 
Group (OMG) konsorsiumining Common Object Request Broker Architecture 
(CORBA) realizatsiyasini ko‘rsatish mumkin, bunda funksiyalar to‘plami ushbu 


18 
funksiyalarga uzoqlashtirilgan kirishni ta’minlash uchun oraliq qatlam DT 
kommunikatsiya servislaridan foydalanishi mumkin. 
Bu va boshqa mumkin bo‘lgan yechimlar asosida oraliq qatlam DT 
funksionalligidan maksimal foydalanish tamoyili yotadi. Oraliq qatlam DT tizim 
funksionalligining katta qismini o‘ziga oladi, dasturchilarga dasturiy va amaliy 
sohalarini qoldiradi. Amaliy dasturlarni yaratishda oraliq qatlam DT dan maksimal 
foydalanish ishlab chiqilayotgan tizimlarning ishonchliligini sezilarli oshiradi, 
ularga sanoat xarakterini beradi, tizim standartlashtirilgan va sinalgan fundamentga 
qurilgan bo‘ladi. 
TT larni yaratilishida OT lar bilan taqsimlangan ilovalar oralig‘ida 
joylashgan oraliq sath dasturiy vositalari (xizmatlari) asosiy rol o‘ynaydi. 1.10 – 
rasmda oraliq sathli TT ning umumlashtirlgan sxemasi keltiriladi. 
Oraliq sath dasturiy ta’minoti taqsimlash va aloqa masalasini hal qilishi 
uchun aniq bir modelga tayanishi kerak. Bu ma’noda «taqsimlangan faylli tizim» 
modeli eng datlabki model hisoblanadi, masalan, Unix operatsion sistemaning 
faylli tizimi. 
Keyingi model – masofadagi protseduralarni chaqirish (Remote Procedure 
Calls, RPC - udalennыy vыzov protsedur). Bajarilayotgan jarayon (masala 
yechimini bajarayotgan dastur) foydalanuvchidan sir tutgan holda olisda 
joylashgan protseduralarni chaqirishi mumkin. Lekin protseduralarning bajarilishi 
olisdagi kompyuterda bajariladi. Protsedura ishlashi uchun kerak bo‘lgan 
parametrlar unga tarmoq orqali uzatiladi, protsedura ishini yakunlaganidan so‘ng 
boshqaruv yana protsedura chaqirilgan nuqtaga (kompyuterga) beriladi. Bunday 
holat tashqaridan xuddi oddiy protsedura chaqirilganidek tuyuladi. 
Keyingi modellar taqsimlangan ob’ektlarning munosabatlariga asoslangan 
(masalan, DCOM, COM+ hamda ActiveX texnologiyalaria asoslangan modellar). 
Taqsimlangan ob’ektlar g‘oyasida har bir ob’ekt o‘zining interfeysini joriy etadi
unda ob’ekt tomonidan undagi hamma ishlanmalar sir tutiladi va interfeysda 
protseduralarni ishlashi uchun kerak bo‘ladigan hamma usullar o‘rnatilgan bo‘ladi. 
Masofadagi jarayon faqat interfeysni ko‘radi, ob’ektni ichiga kira olmaydi. 


19 
atlari 
xizm 
da dasturiy ta’minot 
sath 
Oraliq 
Taqsimlangan ilova 
ОТ yadrosi 
ОТ yadrosi 
ОТ yadrosi 
ОТ tarmoq 
xizmatlari 
ОТ tarmoq 
xizmatlari 
ОТ tarmoq 
xizmatlari 
Internet tarmog‘i Web tizimida taqsimlangan hujjatlar modeli qo‘llaniladi. 
Modelga binoan, axborot hujjatlar ko‘rinishida tashkil etilgan. Hujjatlarning har 
biri «qaerdadir» joylashgan, hujjatning qaerda (Internet tarmog‘ining qaysi server 
kompyuterida) va qaysi Web serverda joylashganligi foydalanuvchidan sir tutiladi. 
Xujatlarda boshqa hujjatlarga ishoratlar (ssыlkalar) bo‘lishi mumkin. Ular 
foydalanuvchi tomonidan chaqirilishi va uning ekraniga chiqarilishi mumkin. 
Oraliq sath servislari (xizmatlari yoki, to‘g‘rirog‘i, dasturiy ta’minotlari)) TT 
larning asosiy xarakteristikalarini bajarilishini ta’minlaydi. Ular shaffoflik, 
ochiqlik va masshtablanganlik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. 
1.
Shaffoflik. Oraliq sathning hamma dasturiy ta’minoti katta tezlikdagi 
aloqa vositalarini taqdim etish asosida tizimga kirish jarayonining shaffofligini bir 
me’yorda (ya’ni, talab darajasida) ushlab turishi kerak. Aloqani ta’minlaydgan usul 
OSI modeli asosidagi tarmoq operatsion tizimining transport sathi asosida emas, 
balki oraliq sath taklif etgan taqsimot modeliga bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
Bu jarayon yuqorida keltirilgan taqsimlangan ob’ektlarning munosabatlarini 
amalga oshiradigan modellar negizida bajariladi. 
Mashina A 
Mashina B 
Mashina C 
Tarmoq 
1.10
– rasm. Oraliq sathli TT ning umumlashtirilgan sxemasi 


20 
Bundan tashqari, oraliq sath tizimi taqsimlangan ma’lumotlar bazasiga, 
faylli tizimlarga va Web hujjatlariga shaffof kirishni ta’minlaydigan vositalarni 
taqdim etadi. 
2.
Ochiqlik. Zamonaviy taqsimlangan tizimlar odatda bir nechta dasturiy 
platformalarni qo‘llash imkoniga ega bo‘lgan oraliq sath tizimlari ko‘rinishida 
yaratiladi. Ilovalar esa konkret bir taqsimlangan tizim uchun yaratiladi va ular 
operatsion tizim platformasiga bog‘langan bo‘lmaydi. Ammo ko‘p hollarda ularni 
konkret oraliq sathga qattiq bog‘langan holda bo‘lishlari talab etiladi. 
Ma’lumki, ochiq tizimlarda uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan 
ma’lumotning formati ularda qo‘llanilayotgan protokollarga mos kelishi, ob’ektlar 
tizimida esa interfeyslar bir xil bo‘lishi kerak. Oraliq sath tizimlarida bunday shart 
(ya’ni, «ochiqlik» sharti) har doim bajarilavermaydi. 
Ochiq taqsimlangan tizimlar oraliq sathlarining har bir tizimida 
foydalaniladigan protokollar va ilovalarga taqdim etiladigan interfeyslar bir xil 
bo‘lishi shart. 
3.
Masshtablanganlik. Taqsimlangan tizimlarning razmerlari faqat tayanch 
tarmoq razmeri bilan cheklanadi. 
Ma’lumotlar saqlanishini (masalan, tranzaksiyalar taqsimoti mexanizmi) 
hamda ma’lumot va dasturlarning himoyasini ta’minlash vazifalari ham oraliq sath 
tizimining muhim xizmatlari hisoblanadi. 
Oraliq qatlam tizimlari (middlware systems)– bu tarmoq dasturiy ta’minoti 
yoki maxsus ilovalar va turli xil platformalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinishini 
ta’minlab beruvchi tizim hisoblanadi. 
Aksariyat hollarda taqsimlangan tizim tarkibidagi mavjud kompyuter 
qurilmalari turli operatsion tizimlar ostida (OT) ishlaydi hamda ular ulangan 
tarmoq turli xil arxitektura negizida yaratilgan bo‘ladi . Ularni interatsiyasini 
amalga oshirib, resurslari asosida yagona tizim shakllantirishda qiyinchiliklar 
paydo bo‘ladi. Ular quyida keltirilgan usullar yordamida bartaraf etiladi. 
1.
Standart dasturiy intrfesni qo‘llash(Standart interfeysni ta’minlaydigan 
dasturiy ta’minotlardan foydalanish). Bugunda aksariyat server ishlab chiqaruvchi 


21 
kompaniyalar bir nechta turdagi interfeyslarni qo‘llab quvvatlovchi serverlarni 
taqdim etadilar. Bunday server kompyuterlaridan foydalanish har xil platformadagi 
kompyuterlarni integratsiyalash jarayonlarini sezilarli darajada yengillashtiradi 
(standart interfeysdagi dasturlarni turli xil tipdagi serverlarga o‘rnatish osonroq 
hisoblanadi). 
2.
Standart protokollarni qo‘llash. Standart protokollar asosida yaratilgan 
dasturlar o‘zaro ishlash imkoniyatiga ega. Turli xil dasturlarni o‘zaro ma’lumot 
almashuvini amalga oshirish uchun bitta protokoldan foydalanish kerak bo‘ladi 
ya’ni, bir xil formatda va ketma - ketlikda. Foydalanuvchiga har xil turdagi 
qurilmalar va tizimlar muammosini yechishda va axborot xizmatlaridan 
foydalanishda, standart dasturiy interfeysli hamda standart protokollarga ega 
taqsimlangan tizimlar servisi taklif etiladi. Bu servislar oraliq qatlam servislari 
(

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish