Ilovalar sathi
API
API
API
Boshqarish sathi
DKT
ing dasturiy
ta’m i
oti
Tarmoq infrastrukturasi sathi
Boshqarish va ma’lumot
uzatish sathlari oasidagi
interfeys
1.15
– rasm.Dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘ining arxitekturasi.
DKTtarmog‘ining infrastruktura sathida shu ikki MUS va MUBS sath
funksiyalari ajratiladi.
1.16
, 1.17 – rasmlarda DKT arxitekturasi va an’anaviy tarmoq
tuzilmalarining qiyosiy ko‘rinishi keltirilgan (ya’ni, MUS va MUBS sathlarini
ajratilmagan va ajratilgan holatlari).
Markazlashgan
boshqaruv
asosidagi
DKT
arxitekturasi
an’anaviy
taqsimlangan boshqaruv asosidagi tarmoq arxitekturasiga qaraganda quyidagi
afzalliklarga ega:
1.
Tarmoq boshqaruvi dasturlar asosida bajarilganligi sababli, u egiluvchan,
tarmoq boshqaruvini modifikatsiyalash yangi ilovalarni yaratish va joriy etish
evaziga boshqaruv sodda bajariladi, boshqaruv avtomatlashtiriladi;
36
Qabul qilib
oluvchi
API (ochiq yoki yopiq)
Xizmatlar
Boshqaruv
Paket
OpenFlow
SDN tarmoq
Boshqaruv
Boshqaruv
Қабул қилиб
олувчи
Boshqaruv
Paket
Boshqaruv
Boshqaruv
An’anaviy tarmoq
2.
Tarmoq boshqaruvi adaptiv rejimda bajariladi, ya’ni boshqaruv
tarmoqning joriy holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Tarmoq uskunalari real vaqtda ishlashi davomida ularning holati o‘zgarishi
tabiiy.
1.16
– rasm. DKT arxitekturasi va an’anaviy tarmoq tuzilmalarining farqini
paketlarni an’anaviy va DKT tarmog‘i negizida uzatish jarayonida ko‘rsatuvchi
diagramma.
DKTda maxsus yaratilgan yangi tarmoq dasturlari va servislari asosida
tarmoq boshqaruvi yangi holatga mos ravishda tashkillashtiriladi. Yangi tarmoq
ilovalarini (dasturlarini ) yaratishga ketadigan vaqt va xarajatlar tarmoq
konfiguratsiyasini “qo‘lda” o‘zgartirish uchun ketadigan vaqt va xarajatlarga
qaraganda ancha kam bo‘ladi.
3.
Tarmoq dasturiy ta’minoti tarmoq qurilmalariga bog‘liq emas;
MUS va MUBS sathlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishga
tushirilishi va rivojlantirilishi (ya’ni kengaytirilishi) mumkin;
37
4.
Tarmoqni ishonchliligi oshadi – taqsimlangan boshqaruv axboroti hajmini
va operatsiyalarini kamayishi hisobiga.
Har bir kommutatsiya markazida o‘rnatilgan taqsimlangan protokollar aloqa
kanallarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlariga qarab ish
yuritadi. Lekin bunday ma’lumot markazlashgan holda bitta joyda, ya’ni
kontrollerda saqlanishi tarmoqda kelishilmagan holda qaror qabul qilish holatlarini
yo‘qga chiqaradiv [10].
5.
Tarmoq uskunalari va tuzilmasi soddalashadi – ular ko‘p standart va
protokollarni bajarishlari o‘rniga bitta kontrollerdan kelgan buyruqni bajaradi;
6.
Kommutator va tarmoq infrastrukturasining xotira va boshqaruv qismlari
bitta kontrollerga ko‘chirilishi hisobiga ularning narxi qisqaradi.
DKT
tarmog‘i komponentalarining ishlash prinsiplari OpenFlow
spesifikatsiyalarida (me’yoriy hujjatlarida) yoritiladi.
Bunday me’yoriy hujjatlarni yaratadigan tashkilotning nomi Open
Networking Foundation – ONF, (https://www.opennetworking.org/).
1.17
– rasm. MUS va MBUS sathlarini ajratilmagan va ajratilgan holatlarining
sxemalari.
38
Me’yoriy hujjatlarga (spesifikatsiya) asosan OpenFlow (ya’ni, DKT)
tarmog‘ining asosiy komponentalariga quyidagilar kiradi (1.18 – rasm):
1.
Kontroller, tarkibida:
tarmoq operatsion tizimi;
tarmoq ilovalari.
2.
OpenFlow kommutatori;
3.
Kontroller va kommutator oralig‘dagi himoyalangn aloqa kanali;
4.
OpenFlow protokoli.
OpenFlow-tarmog‘ining umumiy ishlash prinsipi quyidagicha izohlanadi:
tarmoqdagi har bir OpenFlow-kommutator kontroller bilan himoyalangan
kanal o‘rnatadi (rasmda shtrix chiziqlar)., ushdu kanal yordamida kontroller
kommutator ishini boshqaradi
kommutator bilan kontroller orasidagi o‘zaro munosabatlar Open Flow
protokolining ma’lumotlari yordamida amalga oshiriladi.
kontroller tarmoq elementlarining holati o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot
qabul qiladi va uning asosida yangi tarmoq uskunalarini konfiguratsiyalaydi,
tarmoq infrastrukturasini va axborot oqimini boshqaradi. Keng ma’noda kontroller
-
bu maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan jismoniy server.
Tarmoqdagi hamma marshrutizator va kommutatorlar tarmoq operatsion
tizimi (TOT)ning boshqaruvi asosida birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda
tarmoq vositalarining konfiguratsiyasini nazorat qilib boradi va ilovalarga
tarmoqni boshqarishga imkon yaratib beradi.
DKTning asosiy protokoli OpenFlow nomli protokol hisoblanadi.
Quyida OpenFlow komponentalari asosida dasturiy konfigurasiyalanadigan
tarmog‘i vositalari yordamida ma’lumot uzatish jarayonlari yoritiladi.
39
1.18
– rasm. OpenFlow (ya’ni, DKT) tarmog‘ining asosiy
komponentalarini ko‘rsatuvchi sxema.
OpenFlow kommutator tuzilmasi. OpenFlow kommutatori uchta qismdan
iborat:
1. Oqimlar jadvali. U o‘z tarkibida oqimlarni va har bir oqimni qayta ishlash
uchun bajarilishi kerak bo‘lgan amallarni mujassam etadi.
2 Himoyalangan kanal – masofadagi kontroller va kommutator orasida
paketlarni hamda boshqaruv komandalarini uzatish uchun foydalaniladi;
3. OpenFlow protokoli - kontroller va kommutatorlarni ochiq hamda maxsus
andoza asosidagi o‘zaro munosabatlarini tashkil etish yo‘lini taqdim etadi.
OpenFlow-tarmog‘ining maxsus spesifikatsiyasiga muvofiq har bir
kommutator tarkibida bitta yoki bir nechta oqim jadvallari (flow table), guruhiy
jadval (group table) va uzoq masofadagi kontroller bilan aloqa qilish uchun
himoyalangan kanal (Secure channel) tashkil etiladi.
OpenFlow kommutatorining tuzilmasi 1.19 – rasmda keltirilgan. OpenFlow
kommutatorining oqimlar jadvali himoyalangan kanal orqali masofadan turib
kontroller tomonidan boshqariladi (1.20 – rasm).
40
OpenFlow kommutator
OpenFlow
protokoli
Oqimlar jadvali
Himoyalangan kanal
1.19
–rsm. OpenFlow kommutatorining tuzilmasi.
Kommutatordagi har bir oqim jadvali oqimlar to‘g‘risidagi yozuvlar
to‘plamidan, ya’ni ma’lumotlar yoki qoidalar to‘plamidan (flow entries) tarkib
topadi.
Kontroller
1.20
– rasm. OpenFlow kommutatori oqimlar jadvalini kontroller
tomonidan boshqarilish sxemasi.
Oqim to‘g‘risidagi har bir yozuv (qoida) quyidagi maydonlardan iborat:
41
-
maydon belgisi (match fields);
-
hisoblagich belgisi maydoni;
-
instruksiyalar to‘plami (instructions) (1.21 – rasm).
OpenFlow kommutatorini ishlash prinsipi quyidagi ketma-ketlikda
bajariladi:
-
har bir qabul qilingan paket kommutator konveyeriga tushadi (1.20 –
rasm);
-
paketning sarlavhasi kesib tashlanadi (ma’lum bir uzunlikdagi bitlar qatori
bo‘shatiladi);
Do'stlaringiz bilan baham: |