TT komponentalarini dasturiy konfiguratsiyalanadigan
tarmog‘i negizida o‘zaro bog‘lanish modeli
Yuqori bandda tavsiflangan dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘i
(DKT) texnologiyasining yaratilishiga vujudga kelgan bir nechta holatlar sabab
bo‘lgan:
mavjud klassik arxitektura amaliy jihatdan tashqi o‘zgarishlarga hech
qanday ta’sirini ko‘rsata olmay qoldi. Har xil ishlab chiqaruvchilarning vositalari
bir-biribilan bog‘lanib birgalikda ishlashi o‘ta qiyin kecha boshladi;
trafik hajmining geometrik progressiya bilan o‘sishiga mavjud arxitektura
talab etilgan sifat darajasida javob bermay qoldi;
tarmoq protokollari va protokol steklari haddan tashqari ko‘payib ketdi va
tarmoqda foydali axborotlar hajmidan boshqaruv ma’lumotlarining hajmi kshpayib
ketdi.
Ma’lumot uzatish jarayonida Ethernet kommutatori kommutatsiyalash
jadvaliga so‘rov bilan murojaat qiladi (1.14 – rasm). So‘ng olingan axborot asosida
kommutatsiyalovchi matritsa ma’lumotni qayta ishlaydi va natijaviy axborotni
belgilangan portga jo‘natadi.
Ethernet kommutatorida bir paytning o‘zida so‘rovni boshqarish va uzatish
jarayonlari amalga oshiriladi. Boshqaruv sathi kommutatorga o‘rnatilgan kontroller
sifatida, ma’lumot uzatish sathi esa – kommutatsiyalovchi jadval va
kommutatsiyalovchi matritsa sifatida namoyon bo‘ladi.
Kontroller ma’lum darajada intellektuallik funksiyalariga ega, ular negizida
tarmoq strukturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib navbatdagi paketni
uzatish to‘g‘risida o‘zi qaror qabul qilishi mumkin. Lekin kommutator doirasida
bunday faoliyatni bajarish ko‘zda tutilmagan, faqat ma’lum bir qoida va
prioritetlarni tanlab olish asosida kontroller konfiguratsiyasi o‘zgartirilishi
mumkin.
32
1.14
– rasm. Ethernet kommutatorida so‘rovni qayta ishlash
jarayonini ko‘rsatuvchi sxema.
Bunday holat kommutatorning va butun tarmoqning funksionalligini
cheklaydi. Jumladan, tarmoqda “nuqta-nuqta” aloqasini o‘rnatish jarayonini
kommutatordagi kontroller yordamida emas, balki tarmoqning boshqa “nuqta”sida
o‘rnatilgan OSI modelining uchinchi sathida ishlatiladigan marshrutizatorning
ishtiroki negizida amalga oshirish mumkin.
Axborot oqimlarining hajmi va turi oshib borishi, tarmoq servis va
masshtabining tobora kengayishi tarmoq muhitida axborot qayta ishlash
jarayonlarini tashkil etish usullarini o‘zgartirilishiga majbur bo‘lindi: mijoz –
server asosida tashkil etish usuli o‘rniga ma’lumot qayta ishlash markazlari va
“bulut” da hisoblash texnologiyalari barpo qilindi, fayl tizimlari va ma’lumot
bazalari ma’lumot saqlash tarmoqlariga aylantirildi.
Bunday o‘zgarishlar tarmoq texnologiyalarining sifatini o‘zgartirilishiga olib
keldi, mikroprotsessor texnikasini rivojlanishi va ular asosida telekommunikatsiya
vositalari yaratilishi yangi tarmoq arxitekturasini ishlab chiqilishiga olib keldi.
DKT da tarmoq infrastrukturasining holatini va ma’lumotlar tarmoqda har
xil turdagi ma’lumot oqimlarini boshqarish darajasi ma’lumotlarni uzatish
darajasidan ajratilgan holda amalga oshiriladi.
Bunday ajratish hamma tarmoq marshrutizator va kommutatorlarida
bajariladigan boshqaruv jarayonlari bitta kontroller nomli markaziy vositaga
yuklash orqali bajariladi. Boshыa sщz bilan, tarmoqdagi hamma marshrutizator va
Ethernet kommutator
Kommmutator-
dan chiqib
ketgan paket
Kommutatorga
kelib tushgan
paket
Kommutatsiya-
lash matritsasi
Kommutatsiya
jadvali
33
kommutatorlar tarmoq operatsion tizimi (TOT)ning boshqaruvi asosida
birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda tarmoq vositalarining konfiguratsiyasini
nazorat qilib boradi va ilovalarga tarmoqni boshqarishga imkon yaratib beradi.
Bunday yondoshuv tarmoq holatini nazorat qilish va boshqarish jarayonlari
mantiqan bitta vositada, ya’ni kontrollerda markazlashtiriladi.
Bundan tashqari, boshqaruv sathi o‘z vazifalarini tarmoqning fizik
infrastrukturasiga va ma’lumot uzatish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga
oshiradi. Tarmoqning ma’lumot uzatish va boshqarish darajalari yagona
unifikatsiyalangan interfeys orqali bog‘lanadilar.
DKT negizida o‘tkazilgan birinchi amaliy eksperimentlar, bunday
yondoshuvning samarasini yaqqol ko‘rsatib berdi, DKT arxitekturasi negizidagi
tarmoq vositalarining samaradorligini 25%-30% o‘sishiga, tarmoq ekspluatatsiyasi
uchun ketadigan xarajatlarni kamida 30% kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga
axborot xavfsizligi oshdi, yangi dasturlar yaratilishi hisobiga tarmoqni boshqarish
moslashuvchanligi sezilarli darajada yaxshilandi, dasturiy ta’minot asosida yangi
servislarni yaratish va ularni tarmoq vositalariga yuklash imkonlari yaratildi.
Bunday tarmoq birinchi navbatda ma’lumot qayta ishlash markazlari va
korporativ tizimlarning faoliyatini yanada takomillashtirilishiga sabab bo‘ldi.
DKT arxitekturasi uchta sathdan tarkib topadi (1.15 – rasm):
1.
Tarmoqning
infrastruktura
sathi
-
tarmoq
qurilmalari,
ya’ni
kommutatorlar, marshrutizatorlar va aloqa kanallarini o‘z ichiga oladi
2.
Tarmoqning boshqaruv sathi – tarmoqning global ko‘rinishi qo‘llab-
quvvatlanadi va nazorat qilinadi. Tarmoqning global ko‘rinishi - bu tarmoq
topologiyasi va tarmoq vositalarining holati.
Boshqaruv sathi tarmoq ilovalariga API dasturiy interfeysini taqdim etadi,
API (application programming interface) - ilovalarni dasturlash interfeysi yoki
amaliy sath interfeysi;
3.
Tarmoq ilovalarining sathi - tarmoq boshqaruvining turli xil funksiyalari
amalga oshiriladi: tarmoqda axborot oqimini boshqarish, xavfsizlikni boshqarish,
trafik monitoringini bajarish, servislar sifatini boshqarish va b.
34
Umuman olganda zamonaviy tarmoq marshrutizatorlarida ikkita asosiy
masala yechiladi:
paket uzatilishini boshqarish – marshrutizatorni joriy holatiga asoslanib,
paketni qayta ishlash, uni qaysi marshrutga yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul
qilish;
ma’lumotni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatilishini ta’minlash (forwarding),
ya’ni paketni kirish portidan chiqish portigacha harakat qilishini ta’minlash.
Butun tarmoq - ma’lumot uzatish sathi (MUS) ya’ni aloqa liniyalari, kanal
tashkil etish qurilmalari, marshrutizatorlar va kommutatorlardan hamda ma’lumot
uzatish qurilmalarining holatini boshqarish sathidan, ya’ni ma’lumot uzatilishini
boshqarish sathi (MUBS) dan tarkib topadi.
Marshrutizatorlarning rivojlanishi shu ikki sath vazifalarini bir-biriga
yaqinlashtirish, dasturiy ta’minotlarini takomillashtirish, yangi funksional
imkoniyatlarni joriy etish yo‘li bilan paketlar uzatilishining tezligini oshirishga
erishish hisoblanadi. Ammo boshqarish jarayoni (ya’ni, MUBS) soddaligicha
qolaverdi.
35
Ilovalar
Tarm.xizmatlariii
Tarmoq qurilmasi
Tarmoq qurilmasi
Tarmoq qurilmasi
Tarmoq qurilmasi
Tarmoq qurilmasi
n
n
Do'stlaringiz bilan baham: |