Ta’limiy jihatdan Allohni bilishda uch ma’rifiy bosqich



Download 87,49 Kb.
bet12/14
Sana08.01.2022
Hajmi87,49 Kb.
#330025
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
mustaqil ish tayyori

2. Sabr. Kimki Allohning g`azabiga duchor bo`lmaslikni va rahmatiga erishib, jannatiga kirishni

istasa, nafsini dunyoviy hoyu-havasdan tiysin va dunyoning qiyinchiliklariga hamda

musibatlariga chidab, sabr qilsin! Bu borada Alloh buyuradi:

Alloh musibatlarga chidab sabr qilguvchilarni sevadi (Ol-i Imron surasi, 146-

oyatning so`ngi). Sabr bir qator hollarda zulumlidir.

1. Allohga itoat qilishdagi sabr va sabot.

2 . Alloh harom qilgan narsalardan tiyilishdagi sabr va sabot.

3 . Musibatlarga va ayniqsa musibatga duchor bo`lgan ilk onlaridagi sabr va sabot.

Kim Allohga itoat qilishda sabr va sabotli bo`lsa, Alloh unga qiyomat kuni jannatda har

biri er bilan ko`k orasicha keladigan uch yuz daraja beradi. unga olti yuzdaraja beradi.

Kim dunyoning mashaqqat va musibatlariga chidab, Alloh o`rtaga qo`ygan axloq asoslariga

rioya qilsa, U, jannatda unga etti yuz daraja beradi.

-Aqlli musulmonga yarashadigan eng to`g`ri xarakat, bu — har ne suratda bo`lsa ham dunyoda

musibatlarga sabr qilmoq va o`z holidan shikoyat qilmaslikdir. CHunki musibatlarning eng dahshatlisiga payg`ambarlar va avliyolar ma`ruz qolganlar. Junayd Bag`dodiy (Junayd Bag`dodiy — Bag`dodlik mashhur mutasavvif, vafoti hijriy 297, milodiy 909 yil (bundan keyin «hijriy», «milodiy» so`zlarini tushirib qoldiramiz va 297/909 y. tarzida ishlatamiz)

— unga Allohning rahmati bo`lsin! - deydiki:

-Balo va musibat oriflar (donolar) uchun qandil, Alloh yo`lini izlovchilar uchun omil,

iymonlilar uchun bir islohchi, g`ofillar uchun esa o`lim xabarchisidir. Kishi musibatga duchor bo`lganda roziligini namoyon etmaguncha va sabr qilmaguncha IYMONdan maza topmaydi.

Payg`ambarchmiz (s.a.v.) buyuradilar:

-Kimki bir kecha xastalansayu, sabr qilsa va Allohga shikoyatchi bo`lmasa, onasidan tug`ilgan kundagiday gunohlaridan forig` bo`ladi. ey ummatim, xastalangan paytingizda Allohga shikoyat qiluvchi bo`lmang!

Maoz ibn Jabal (Maoz ibn Jabal - sahoba, to`liq ismi Abu Abdurahmon Ansoriy al-

Hazrajiy al-Jashmiy, Muoz ham deydilar. Badr jangi g`oziylaridan) dan naql etilgan bir xabar bundaydir:

- Allohning bir mo`min bandasi xastalikka mubtalo bo`lgan chog`ida, Alloh gunohlarini yozib boruvchi farishtaga amr beradi:

- Tort qalamni uning daftaridan! Savoblarni yozuvchi farishtaga shunday buyuradi:

- Bandam qilgan amallarning eng chiroylilarini yoz! Payg`ambarimiz (s.a.v.) dan rivoyat

qilingan boshqa bir xabar quyidagicha:

—Biron iymonli banda xastalangan paytida Alloh unga ikki malak yuborib, «Qarab

boqinglar-chi? Bandam nimalar deyapti!» - deydi. Agar banda: «Alhamdulilloh», - desa, Alloh o`zi bundan voqif bo`ladi, yana malaklar ham bu so`zni Rabbiga etkazadilar. SHunda Alloh buyuradi:

—Agar bandamni shu xastalik holida o`ldirsam jannatga qo`yaman. Agar shifo bersam zotini va qonini pokizaroq et va qonga aylantirib, gunohlarini mag`firat etaman!

Ibn Oto (Ibn Oto - arab faqihi va muhaddisi, asli yamanlik bo`lib, Makkada voyaga etgan.

Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos kabilardan tahsil olgan, keyinchalik, Makkada

muftilik qilgan davrida katta shuhrat qozongan, 88 yil umr ko`rgan. Vafoti taxminan 115/733

y.) deydi:

—Kishining to`g`ri yo egriligi va mo`min yo osiyliga sog`lik chog`ida va musibat onida ma`lum bo`ladi. Agar sog`-salomat kunlarida shukr qilsayu, musibatga duchor bo`lganida Allohga qarshi zorlanaversa, u g`irt yolg`onchilardandir. Agar biron kimsa katta olim bo`lsayu, boshiga anduh shamollari tushganda, duchor bo`lgan shu balolar tufayli Allohga qarshi shikoyatlansa, unga na ilmi, na go`zal amallari foyda beradi. SHuning uchun ham QUDSIY HADISda Alloh buyuradi:

—Kimki mening taqdirimga rozi bo`lmasa, boshiga tushgan kulfatlar tufayli

shikoyatlansa, u o`ziga Mendan boshqa iloh topib olsin!




Download 87,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish