Yosin surasi



Download 19,32 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi19,32 Kb.
#560461
  1   2
Bog'liq
Yosin surasining ma\'nosi


Yosin surasi (arabcha: سورة يسYo Sin) — Qurʼonning 36-surasining nomi. 83 oyatdan iborat. Makkada nozil boʻlgan. Arabcha "yo" va "sin" harflaridan olingan. Ayrim mualliflar bu harflar arabcha "yo, inson" iborasining qisqartirilgan shakli deb hisoblaydilar. Bu surada Qurʼonning muqaddas kitob sifatida Alloh tomonidan yuborilgani, unda musulmonlar uchun toʻgʻri yoʻl koʻrsatilgani, Muhammadning paygʻambarligi, uning pandnasihatlariga amal qilgan dindorlar oxiratda Alloh huzuriga qaytib borishi kabi islom dinining asosiy aqidaviy gʻoyalari ifodalangan. Shuning uchun Yo. Qurʼonning eng koʻp oʻqiladigan suralaridan biri sanaladi [mas, kasal odam boshida (qarang Chilyosin), janozada, roʻza tutganda oʻqiladi. Bu sura yozilgan qogʻoz baʼzan tumor xizmatini bajaradi. Yosin surasi mazmuni Muhammad (as) taʼlimotining mohiyatini tashkil etadi. Muhammad (as) bu surani Qurʼonning "magʻzi" deb hisoblaganligi haqida rivoyat bor.[8]
Asosiy mavzusi[9][tahrir]
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Yo, Sin.
2. (Ey, Muhammad, ushbu) hikmatli Qurʼonga qasamki,
3. haqiqatan, Siz paygʻambarlardandirsiz!
4. (Siz) Toʻgʻri yoʻldadirsiz.
5. (Bu Qurʼon) qudratli va rahmli (Alloh)ning nozil qilgan (Kitob)idir,
6. toki ota-bobolari ogohlantirilmay, gʻofil boʻlib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz.
7. Ularning koʻplariga Soʻz (azob haqidagi hukm) muqarrar boʻlgandir. Bas, ular imon keltirmaslar.
8. Darhaqiqat, Biz ularning to iyaklarigacha kishanlarni solib qoʻydik, bas, ular kekkayuvchilardir.
9. Yana ularning oldilaridan bir toʻsiq (parda), ortlaridan bir toʻsiq (parda) qilib, ularni oʻrab qoʻydik. Bas ular „koʻra“ olmaslar.
Izoh: Bu oyat Abu Jahl Maxzumiy haqida nozil boʻlgan. U Rasulullohni namoz oʻqiyotgan paytlarida boshlariga tosh bilan urib majruh qilishga qasam ichgan boʻlib, maqsadini amalga oshirmoqchi boʻlganida toshni koʻtarganicha qoʻllari toshga yopishib qoladi. Sharmanda boʻlib oʻz qavmiga qaytib kelgach, boshqa biri „Bu ishni men bajaraman“ — deb ravona boʻlganida, Alloh taolo amri bilan uning koʻzi koʻr boʻlib qoladi.
10. (Ey, Muhammad,) Siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi — ularga barobardir - imon keltirmaslar.
11. Siz faqat Zikr (Јurʼon)ga ergashgan va Rahmondan gʻoyibona qoʻrqqan kishilarnigina ogohlantira olursiz. Bas, oʻshalarga magʻfirat va ulugʻ mukofot (jannat) xushxabarini bering!
12. Albatta, Biz oʻliklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qoʻyurmiz. Barcha narsani Biz aniqlab beruvchi Imom (Lavhul-Mahfuz)da hisobga olganmiz.
13. (Ey, Muhammad,) Siz ularga qishloq (ahli)ni — u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!
Izoh: Qishloqning nomi Antokiya boʻlib, u Rum (hozirgi Italiya) ning qadimiy qishloqlaridan biridir.
14. Oʻshanda Biz ularga ikkita (elchi)ni yuborganimizda (ular) ikkisini yolgʻonchiga chiqarishgach, uchinchi (elchi) bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): „Haqiqatan, biz sizlarga (yuborilgan) elchilarmiz“, degan edilar.
15. Ular: „Sizlar ham xuddi bizga oʻxshagan odamlarsiz. Rahmon (Alloh) biror narsa (vahiy) nozil qilgani yoʻq. Sizlar faqat yolgʻon soʻzlamoqdasizlar“, — dedilar.
16. (Elchilar) aytdilar: „Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz!
17. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir“.
18. (Ular) dedilar: „Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Јasamki, agar (daʼvatlaringizni) toʻxtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshboʻron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar“.
19. (Elchilar) aytdilar: „Shumlanishingiz oʻzlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa (shumlanasizlarmi)?! Yoʻq, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!“
20. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: „Ey, qavmim, (bu) elchilarga ergashinglar!
21. Oʻzlari hidoyatda boʻlgan va sizlardan haq soʻramaydigan zotlarga ergashinglar!“

Download 19,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish