Ta’limiy jihatdan Allohni bilishda uch ma’rifiy bosqich


«Ey mo`minlar, Allohdan qo`rqinglar! Har kim



Download 87,49 Kb.
bet2/14
Sana08.01.2022
Hajmi87,49 Kb.
#330025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
mustaqil ish tayyori

«Ey mo`minlar, Allohdan qo`rqinglar! Har kim

ertasi uchun oldindan nima hozirlab qo`yganiga qarasin! Allohdan qo`rqinglar,

chunki Alloh chindan ham qilayotgan amallaringizdan xabardordir»

(«Hashr» surasi, 18-oyat).

Oyatning mazmuni mana bunday:

- Allohdan qo`rqing, unga itoat eting. Moddiy va ma`naviy azob chekayotganlarga yordam

bering. Doimo Alloh yo`lida bo`ling, qiyomat kuni buning mukofotini olasiz. Chunki Alloh savob ishingizni ham, gunoh ishingizni ham - nima qilgan bo`lsangiz hammasini biladi. Farishtalar, osmon, er, kecha, kunduz... hamma-hammasi, inson nima qilgan bo`lsa shu haqda qiyomat kuni guvohlik beradi. Hatto insonning o`z a`zolari o`zi to`g`risida guvohlik qiladi. Er iymonli va ixlosli kishilarga guvoh bo`ladi va:

- Mening ustimda namoz o`kidi, ro`za tutdi, hajga bordi, - deydi. Rahmlilar ichida eng

rahmli bo`lgan Alloh qiyomat kuni iymonsizlar bilan osiylarni ipidan ignasigacha sinchiklab so`roq qilganda ularning holiga voy bo`ladi! Butun vujudi, barcha a`zolari bilan Allohdan qo`rqqan kishilar mo`minlardir. Bu borada Imom Abul-Lays shunday deydi:

- Allohdan qo`rqishning alomati etti narsada namoyon bo`ladi:

1. Tilda: Allohdan qo`rqqan odam tilini yolg`ondan, g`iybatdan, boshqalarga bo`hton

qilishdan va bekorchi so`zlar aytishdan tiyadi. Uni Allohni zikr etuvchi, Qur`on o`quvchi va ilmiy muzokaralar bilan mashg`ul a`zo holida shay tutadi.

2. Qalbda: Allohdan qo`rqqan odam qalbida musulmon qardoshlariga dushmanlik xis

qilmaydi. Yolg`on, bo`hton va hasad qilish kabi g`ayriinsoniy tuyg`ularni qalbidan yo`q qiladi. Chunki hasad kishining go`zal amallarini mahv etadi. Shunga ko`ra, Allohning Rasuli s.a.v. buyuradi: «Olov o`tinini eb bitirgani kabi, hasad ham insonning go`zal amallarini eb bitiradi». ey o`quvchi, bilki hasad qalblarga joylashgan va jamiyat hayotida katta zararlarga yo`l ochuvchi yomon bir kasallikdir. Qalblardagi xastaliklar, ya`ni yomon tuyg`ular, yomon fe`llar faqat ilm va amal bilan davolanishi mumkin.

3. Ko`zda: Allohdan qo`rqqan odam eyishda ham, ichishda ham, kiyishda ham va boshqa

xususlarda hamko`zini haromdan ehtiyot qiladi. Dunyoga hirs bilan va har narsani ko`lga

kiritish ishtiyoqi bilan emas, ibrat nazari bilan qaraydi. Halol bo`lmagan narsalarga

qarashdan tiyiladi. Shuning uchun ham Allohning Rasuli (s.a.v.) buyuradi: «Kim ko`zini harom narsalar bilan to`ldirsa, Alloh ham qiyomat kuni uning ko`zini olov bilan to`ldiradi.»

4. Me`dada: Allohdan qo`rqqan odam me`dasiga harom luqma bermaydi. Chunki harom luqma eyish eng katta gunohlardan biridir. Shu bois Allohning Rasuli (s.a.v.) buyuradi:

«Inson zotining me`dasiga bir luqma harom tushganda bu luqma me`dasida qancha vaqt tursa, eru ko`qdagi farishtalar ham shuncha vaqt unga la`nat o`qiydilar.» uyg`un narsalarga uzatadi. Ka`bdan shunday bir rivoyat qolgan. Alloh yashil zumraddan bir

bino yaratgan. Bu binoda etmish ming doira va har doirada ming xona bor. Bu erga faqatgina o`ziga harom narsa in`om etilganda yolg`iz Allohdan qo`rqqani uchun uni rad etgan kishilarkiradi.

6. Oyokda: Allohdan qo`rqqan odam isyon yo`lida emas, Allohga itoat yo`lida odimlaydi. Ilm- ma`rifat va yaxshi axloq o`rganish maqsadida olimlar va solih kishilar majlisiga boradi.

7. Itoatda: Allohdan qo`rqqan odam yolg`iz Alloh rizosi uchun unga itoat etadi. Riyodan,

insonlarga o`zini va yo ishlarini ko`z-ko`z qilishdan va ikkiyuzlamachilikdan saqlanadi.

SHunday qilib, bir kimsaning olti a`zosida va ettinchi o`laroq ibodatida shu hollar bor

bo`lsa, demak u Allohning: « Oxirat esa Rabbingiz nazdida taqvodorlar uchundir.»

(Zuxruf surasi, 35-oyat.), deb marhamat qilgan kishilaridan biri bo`ladi. YAna taqvodorlar haqida Alloh bildiradi: «Shubhasizki, taqvodorlar, ya`ni Allohdan qo`rqqani uchun o`zini yomonliklardan tiyganlar, Rabblari ato etgan savoblarni olgan holda jannatlarda va buloq bo`ylarida bo`lurlar. Chunki ular ilgari chiroyli amallar qilgandilar. Taqvodorlar jannatlarda va ne`matlar ichida bo`ladilar». (Va-z-Zoriyot surasi, 15-16-oyatlar) «Taqvodorlar amin bir maqomdadirlar, ya`ni Allohga qarshi bo`lishdan qo`rquvchilar qiyomat kuni osoyishta, ishonchli joyda bo`ladilar» (Duxon surasi, 51-oyat.)

Bu oyatlarning barchasida Alloh bamisoli shunday deganday ko`rinadi: Ular qiyomat kuni

azobdan ozod bo`ladilar. YAna mo`min bo`lgan odam qo`rquv bilan umid orasida turmog`i,

Allohning rahmatiga suyanmog`i, undan aslo umid uzmasligi kerak.

Alloh buyuradi: Ayting: «Ey, nafsiga zulm qilayotganlar! Allohning rahmatidan noumid bo`lmangiz! Chunki Alloh barcha gunohlarni avf etish qudratiga egadir. Shubhasizki, U ko`p afv etuvchi, ko`p mehribondir» (Zumar surasi, 53-oyat.)

Mo`min odam Allohdan umid uzmaslik bilan birga, ibodatlarini ham beistisno ado etadi, yomon fe`llaridan voz kechadi va yomon atvorlarini tark etadi. Allohning do`sti Hz.Ibrohim (Hazrat Muhammad sallallohu alayhi va sallam... — «Alloh Hazrat Muhammadning shonini yuksaltirsin va ustlariga salomini yog`dirsin» ma`nosidagi bu jumla Payg`ambarimiz (s.a.v.)ning ismlari tilga olinganda aytilishi sunnat bo`lgan duodir. Matn o`qilishini qulaylashtirish uchun, bundan keyin qaerda «Hazrat» so`zi kelsa «hz.» holida ishlatamiz, «sallallohu alayhi va sallam»ni esa «s.a.v.» deb ishlatamiz.) salom unga, xatolarini yodiga olganda o`zidan ketar, qalbining shiddat bilan urayotganini his etardi. Allohning oldiga Jabroilni yubordi. Jabroil Hz. Ibrohimga dedi:

- Alloh senga salom yubordi va: «Do`stidan qo`rqadigan do`st ham bo`ladimi?» demoqda, -

dedi. Shunda hz.Ibrohim:

- ey Jabroil, xatolarim yodimga tushib, ularning jazosini o`ylaganimda do`stlikni

unutaman, - degan javobni berdi. Imom Abulays deydiki:

- Osmonning ettinchi qavatida Alloh yaratgan, unga sajda kiluvchi shunday farishtalar

borki, Alloh qo`rquvidan tomirlari titrar. Qiyomat kuni bo`lganda boshlarini sajdadan

ko`tarib:

—Ey Rabbimiz, seni tanzih etamiz. Qullik vazifamizni keragicha ado etolmadik, -

derlar. Allohning mana bu oyati ana shu haqiqatga ishora qiladi:

— Rabbilaridan qo`rqurlar va faqat o`zlariga amr etilgan ishlarnigina qilurlar.

Payg`ambarimiz (s.a.v.) dan rivoyat qilingan shunday bir hadis bor:

— Alloh qo`rquvidan kishining vujudi hurpaygan vaqtda, daraxtdan yaproqlar to`kilganday, gunohlari to`kiladi. Aytishlaricha, bir odam bir xotinni ko`z ostiga oladi. Bir kun shu xotin tijorat maqsadi bilan bir karvonga qo`shilib yo`lga chiqadi. Haligi odam ham o`sha karvonga qo`shilib, ketidan ketadi. Oqshom chog`i karvon bir erda qo`noqlaydi va hamma yotadi. Bu orada odam xotinning yoniga keladi va maqsadini unga aytadi. Xotin: — Bor, kuzatib kel, hamma uxlaganmikin, bilaylikchi, -deydi.

Taklifi qabul bo`ldi deb o`ylagan erkak sevinib ketadi, karvon atrofini aylanib keladi

va:

— Hamma uxlagan, - deydi. Bu safar xotin:



—YAxshi, Alloh-chi? Ajabo, shu soatda u ham uxlaganmikin, nima deysan? — deb so`raydi. Bu og`ir savolga erkak:

—Yo`q, Alloh hech qachon uxlamaydi, mudramaydi xam, deb javobini berishga majbur

bo`lganda, xotin:

—U holda? - deydi,

- odamlar ko`rmasa ham, uxlamagan va mudramaydigan Alloh bizni ko`radi. Hammadan ham

ko`ra undan qo`rqaylik va hayo qilaylik. Hotin u so`zlarni aytayotganda erkakning ko`nglida qo`rquv uyg`onadi. U Allohdan qo`rqadi, darhol karvonni tark etib, uyiga qaytadi va tavba qiladi. Yana hikoya qilishlaricha, bir odam bor edi, Alloh yo`lida edi. Bir kuni boshiga qiyinchilik tushdi, bolalari och qoldi. U: «Bor, egulik ul-bul topib kel», deb xotinini yo`lga chiqardi. Xotin, bir boyning eshigini taqillatib, bolalari ochligini aytdi va sadaqa so`radi. Lekin boy berajak yordami evaziga yomon istaklar bildirdi. Xotin buni rad etdi va hech nima olmay, uyiga qaytdi. Lekin bolalari ochlik azobiga chiday olmay faryod ko`tara boshlagach, xotin yana o`sha boy huzuriga bordi va uning shartini qabul qilganini aytdi. Boy xotinga yaqinlashayotganda bechoraning vujudida mudhish bir titroq turdi. Har bir a`zosi qaltiray boshlaydi.

— Muncha qaltiramasang... — dedi boy.

- Allohdan qo`rqyapman, dedi xotin.

Shunda boy:

- Senki, majbur bo`lganing holda Allohdan shunchalik qo`rqayotgan bo`lsang, men qandoq

odam bo`ldim endi? Aslida mening holim ko`proq qo`rqquvlik-ku! - dedi va xotinning ehtiyojini ta`minlab, uyiga jo`natdi.

Payg`ambarimiz (s.a.v.) dan rivoyat qilingan bir hadis shu mazmundadir:

- Alloh buyuradiki: «Men ikki QO`RQUVni va ikki QO`RQUVSIZLIKni bandamning boshida to`plab-yig`ib o`tirmayman. Kim dunyoda qo`rqqan bo`lsa, oxiratda mendan qo`rqmagay. Kim dunyoda qo`rqmay yurgan bo`lsa, oxiratda albatta qo`rqitaman».

Alloh buyuradi: - ...insonlardan qo`rqmang, mendan qo`rqing (Moida surasi, 44-oyatning bir qismi)

...agar mo`min bo`lsangizlar, ulardan emas, mendan qo`rqingizlar (Ol-i Imron

surasi, 175-oyatning bir qismi.)

Payg`ambarimiz (s.a.v.) dan keyingi ikkinchi xalifa Hz.Umar (qaerda «Hazrat» so`zi kelsa

«Hz.» holida ishlatamiz) — Alloh undan rozi bo`lsin - Qur`ondan oyatlarni tinglaganda o`zini yo`qotar va hushidan ketar edi. Bir kuni qo`liga somon cho`pini olib, shunday dedi:

— Koshki somon Cho`pi yo eslanmaydigan bir narsa bo`lsaydim. Koshki onam meni tug`magan

bo`lsaydi. Yana Xz.Umar - Alloh undan rozi bo`lgay— shunchalik ko`p yig`lardiki, ikki ko`zidan oqqan yosh yonoqlarida ikki qora chiziq qoldirardi.

Allohning Rasuli (s.a.v.) buyuradi:

- Kimki Allohdan qo`rqib yig`lasa, ko`kraqdan chiqqan sut ko`krakka kirmaguncha, u ham

jahannamga kirmaydi (ya`ni ko`krakdan chiqqan sut ko`krakka qaytib kirmaganidek, taq-

vodorlar ham jahannamga kirmaydi)

«RAQOIQ UL-AXBOR» («Raqoiqul-Axbor» - «Nozik xabarlar» ma`nosini bildiruvchi bu kitobning muallifini aniqlashga muvaffaq bo`lmalik.) degan kitobda shunday bir xabar bor:

—Qiyomat kuni bir kishini olib kelishadi. Savoblari bilan gunohlari qiyoslanadi, lekingunohlari og`irroq chiqadi. Va shunga yarasha jazo tortish amri berilganda, kipriklaridan bir tolasi tilga kirib deydiki:

—Ey Rabbim, sening Rasuling Hz.Muhammad,— unga saloming yog`ilsin — «Kim Alloh

qo`rquvidan yig`lasa, Alloh u ko`zni jahannam otashiga harom qiladi» deb buyurgan edi. Men dunyodaligimda sendan qo`rqib yig`lagan edim-ku?!

Shunda Alloh o`sha kishini afv etadi, dunyoda Rabbidan qo`rqib yig`lagan bir kiprik

tolasidagi nam tufayli uni azobdan qutqaradi. Jabroil esa:

— Falon kishi Allohdan qo`rqib yig`lagan bir kiprik tolasi hurmati jazodan ozod

qilindi — deb e`lon qiladi.

«BIDOYAT UL-HIDOYA»da («Bidoyatul-Hidoya» («To`g`ri yo`lning boshlanishi») G`azzoliyning o`z asarlari bo`lib, o`quvchi diqqatini unga qaratmoqchi bo`lganlar) esa mana bunday xabar bor:

— Qiyomat boshlanganda jahannam shunday bir o`kiradiki, butun insonlar dahshatga tushib tiz cho`kadilar.

SHuning uchun ham Alloh buyuradi:

Va sen hamma ummatnitiz cho`kkan holda ko`rursan. Har bir ummat o`z kitobi




Download 87,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish