Ta’limiy jihatdan Allohni bilishda uch ma’rifiy bosqich


Haq-Qur`onga moyil bo`lish vaqti kelmadimi? Ilgari kitob ato etilgan edi, so`ng



Download 87,49 Kb.
bet11/14
Sana08.01.2022
Hajmi87,49 Kb.
#330025
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
mustaqil ish tayyori

Haq-Qur`onga moyil bo`lish vaqti kelmadimi? Ilgari kitob ato etilgan edi, so`ng

oradan shuncha vaqt o`tdi, endi dillari qotib qolgan kimsalar kabi bo`lib

qolmasinlar! Ularning ko`pchiligi fosiq-itoatsizdirlar! (Hadid surasi, 16-oyat) —mazmunidagi oyatni o`qiyotgan edi. Oyatni bitirgandan keyin chiroyli bir suhbat qildi, shunday suhbatki, butun jamoatni yig`latdi. SHu orada bir yoshgina yigit o`rnidan turdi va Hasan Basriyga xitoban shunday dedi:

—Ey mo`minlarning eng go`zal axloqlisi! Alloh, menday fisq-fujur sohibi gunohkorning tavbasini ham qabul qilishni bildiradimi?

—Ha, azamatim, agar boshqa bunday qilmaslik sharti bilan yomon fe`l-atvorlaringni tark etsang va Allohdan avf tilasang, seni ham afv etadi.

Yigit bu so`zlarni eshitganda rangi o`chib, sap-sariq bo`lib ketdi. Har hujayrasining

tuklari tippa-tik bo`ldi. Bir «oh» tortib, hushini yo`qotdi. O`ziga kelganda Hasan Basriy unga yaqinlashdi va shu baytlarni o`qidi:

Ey Allohga qarshi yigit, osiy sang`i,

Gunohkorning jazosi ne, bilasanmi?

Osiylarning joyi - SAIR, YOnar o`zi,

SHiddatli o`t ichra pishar go`zal yuzi. Malli, o`tda yonay, desang haqni unut...

YO o`zingni gunohlardan uzokda tut.

Allohingga qarshi gunoh qilgan bo`lsang,

Tavba qilki, garovdagi oddiy qulsan!

Sair — jahannamdagi etti tabaqaning oltinchisi.

SHu payt Utbat-ul-g`ulom ham bir «oh» ko`tarib, hushidan ketdi. O`ziga kelganda Hasan

Basriyga yuzlanib:

ey ustod, - dedi. — Ko`p marhamatli bo`lgan Alloh menday gunohkorning tavbasini ham qabul qiladimi?

Hasan Basriy:

— O`ziga jafo qilgan bandaning tavbasini afvi mo`l bo`lgan Allohdan boshqa kim ham

qabul eta olardi? - dedi.

SHundan keyin Utbat-ul-g`ulom boshini ko`tarib, Allohga uch xil duo o`qib yolvordi:

1. Allohim, agar tavbamni qabul qilib, gunohlarimni afv etgan bo`lsang, menga tushunish-

o`rganish va o`rganganimni muhofaza etish qobiliyatini berki, o`zlashtirganim har ilmiy asosni aqlimda tutay.

2. Allohim, menga shunday go`zal bir ovoz berki, mening Qur`on o`qishimni eshitgan har

kimsaning — qalbi qayg`uga cho`mgan bo`lsa ham — qalbida mehr ortsin!

3. Allohim, menga halol rizq nasib et va o`zim kutmagan joydan rizklantir.

Alloh uning bu duolari qabul bo`lishini bildirdi. Yigitning tushunish qobiliyati va

zakosi ortdi, o`rgangan ilmiy asoslarini hech unutmaydigan bo`ldi. Uning Qur`on

o`qishini eshitgan har kishi tavba qilar, yomon fe`llaridan voz kechar edi: Har kun uyiga bir

kosa sho`rva bilan ikki lochira kelardi. Bular kaerdan va kim tomonidan yuborilganini hech kimsa bilmas edi. Bu hol o`limiga qadar davom etdi.

Binobarin, yolg`iz Alloh uchun yomon fe`llaridan voz kechib, ilohiy axloq asoslariga rioya

qilganlarning hayoti shundaydir. CHunki Alloh yomon fe`llarni tark etib, yaxshi fe`l-atvor bilan naqshlangan va go`zal amallar ado etganlarning mukofotini bekor qilmaydi.

Bir olimdan so`rabdilar:

- Bir kimsa tavba qilgan chog`ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilishi

mumkinmi?

Olim shunday javob berdi:

- Yo`q, qabul qilingani yoki rad etilgani to`g`risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin

emas. Lekin qabul etilganini ko`rsatuvchi ba`zi bir alomatlar bor:

1.Kishi o`zida gunoh qilishga mayl bo`lmayotganini ko`radi.

2.Qalbidan xotirjamlik ketganini ko`radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda

topadi.


3.To`g`ri va yaxshi axloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe`lli kishilardan o`zini uzoq tutadi: ozgina bo`lsa ham halol yo`l bilan topgani uning ko`ziga ko`p ko`rinadi, lekin qilgan xayrli va go`zal amallari ko`p bo`lsa ham uning ko`ziga oz ko`rinadi.

5. Qalbi doimo Alloh farz kilgan narsalar bilan band bo`ladi. .

6. Dinini yomon-ko`zlardan himoya qiladi.

7. Davomiy tafakkur holida yuradi.

8.O`tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi.


Download 87,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish