Ta’limiy jihatdan Allohni bilishda uch ma’rifiy bosqich



Download 87,49 Kb.
bet13/14
Sana08.01.2022
Hajmi87,49 Kb.
#330025
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
mustaqil ish tayyori

NAFS TARBIYASI Alloh bir oyatda shunday ogohlantiradi:

— ey mo`minlar, Allohdan qo`rqinglar va har bir jon erta — Qiyomat kuni uchun



nimani (ya`ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo`rqinglar!

Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir (Hashr surasi, 18-oyat)

OLLOHGA ITOAT, OLLOHGA VA UNING RASULIGA SEVGI

Alloh buyuradi:

- Ayting (Ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. SHunda

Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag`firat qiladi. Alloh (gunohlarni)

mag`firat qilguvchi, mehribondir!»

- Ayting: «Allohga va payg`ambarga itoat qilingiz!» Agar yuz o`girsalar, bas,



albatta Alloh ham (bunday) dinsizlarni sevmas (Ol-i Imron surasi, 31-32-oyatlar).

Kishining Allohni va uning Payg`ambarini sevishi ularga itoat etishi, amrlariga

ergashishi demakdir. Allohning bandasini sevishi esa, unga noz-ne`matlar ato etishi,

siylashi, uni afv etishi demakdir.

Aytadilarki:

- Banda, haqiqiy komillik yolg`iz Allohga oid ekanligini, o`z nafsida yoki boshqalarda

ko`rinadigan komillik esa yolg`iz Allohdan kelishini idrok etayotganda Allohni sevgan bo`ladi. Bandasining bu idroki uni Allohga yaqinlashtiruvchi ishlar qilishga etaklaydi. Bishr Hofiy - Alloh undan rozi bo`lsin! - hikoya qiladi:

Bir kun tushimda Payg`ambarimiz (s.a.v.) ni ko`rdim. Menga: «Alloh seni qaysi

xislatlaring tufayli do`stlaring orasida balandroqqa qo`yadi, bilasanmi?» - deb so`radi. Men «yo`q» deb javob berganimda, u shularni aytdi:

- Solih kishilarga xizmat qilishing, musulmon birodarlaringga o`git berishing,

mo`minlarni va mening sunnatimga ergashganlarni sevganing va mening go`zal axloqimga ega bo`lganing tufayli!..

SHuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) bir hadislarida shunday marhamat kiladilar:

- Kim mening axloqimni ihyo etsa (takrorlasa, tiklasa), meni sevganidir. Kim meni sevsa, qiyomat kuni jannatda men bilan birgadir.

YAna Payg`ambarimiz (s.a.v.)dan bizgacha etib kelgan xabarlarda shunday buyurilgan:

—Insonlarning axloqi buzilganda va mazhab ixtiloflari avjiga chiqqanda, Alloh

Rasulining go`zal axloqini namoyon qilgan odamga yuz shahidning savobi beriladi.

Bir kun Payg`ambarimiz (s.a.v.) shunday bildiradilar:

—Ummatimning hammasi jannatga kiradi, faqat qochoqlar kirmaydi!

So`radilar:

— Kimdir qochoqlar?

Aytdilar:

— Menga itoat etganlar jannatga kiradi, isyon qilganlar esa qochoqdir. Mening

sunnatimga, mening axloqimga mos tushmaydigan har bir harakat gunohdir.

Dedilarki:

— Siz bir odamni ko`rsangiz, u odam ko`kda uchsa, yo suv ustida yursa yoxud olov esa va yo

shunga o`xshash ba`zi narsalar qilsa, lekin Allohning farz qilgan nizomlarini ado etmasa va Payg`ambarning go`zal axloqiga ergashmasa, bilingizki, u kimsa yolg`onchi va nayrangbozdir.

Ba`zi ulug`larimizning go`zal so`zlari: Junayd Bag`dodiy:

— Allohning lutfi bo`lmasdan bir kimsa unga etisholmas. Allohga etishishning yo`li uning Rasuli Hz. Muhammad (s.a.v.) ga tobe bo`lishdir.

Ahmad Havoriy:

—Payg`ambarning sunnatiga nomuvofiq har bir harakat botildir.

SHuning uchun Rasulullohning bir hadisi ham shundaydir:

— Kim mening go`zal axloqimga tobe bo`lmasa, unga shafoatim haromdir.

Fuzayl ibn I`yoz (Fuzayl ibn I`yoz — Mansur ibn Bishrat-Taliniy al-Marvaziy al

Makkiyning nevarasidir. - o`limi 187/802 y. Kunyasi Abu Ali-Xurosonda tug`ilgan. Makkada vafot etgan. YOshligida o`kri bo`lgan. Tavba qilish tarixi esa mana bunday: Fuzayl bir xotinga oshiq bo`lib, ularning devoriga tirmashayotganda, ichkaridan qulog`iga «Mo`minlarning qalblari Allohning zikriga va Qur`onga moyil bo`lish payti kelmadimi?» (Hadid surasi, 16- oyat) degan sas eshitiladi. «Keddi u payt, yo Rab!» deya ortiga qaytadi. Tunni bir xarobada o`tkazadi. SHu chog` yon tarafdan bir guruh odamning shunday deb gaplashganlarini eshitadi:

-Turinglar, ketamiz! - Yo`q, yo`q, bunday soatda Fuzayl yo`l to`sadi. SHunda Fuzayl takroran tavba qiladi va ahvolini odamlarga aytadi. Fuzayl tavba qilganlar orasida eng ilg`ori, karam va ehson oftobi, jo`mardlik va irfon daryosi, shayxlarning ulug`laridan edi):

— Agar senga: «Allohni sevasanmi?» — desalar sukut qil. CHunki «Sevmayman!» - desang,

iymondan chiqasan. «Sevaman!» - desang, balki keragicha sevganlar kabi sevolmassan! Keragicha sevolmaganing holda «Sevaman!» - deb Allohning g`azabiga duchor bo`lishdan saqlan! Sufyon Savriy (Sufyon Savriy - o`limi 161/777 y. Dastlabki faqih va zohidlardandir.

Nafs tarbiyasiga oid fikrlari og`izdan-og`izga ko`chib yurardi. «Sen nafsingni yaxshi bilsang, u haqda nima deyishsa ham, senga zarar etmaydi». «Xurosonda bitta azon aytish Makkada ibodatga cho`kib o`tirgandan afzalroq):

— Allohga sevgisi bo`lgan biron kimsani sevgan odam Allohni sevadi. Allohga itoatlikimsani siylagan odam Allohni izzat-ikrom qilayotgan bo`ladi.

Sahl (Sahl - o`limi 283/896 y. To`la ismi Sahl ibn Abdulloh Tustariydir.Nafs, kibru havo mavzulari ustida ko`p ishlagan ilk zohidlardan. Tavakkulva valiyalikka oid ko`p o`tkir fikrlari bor. Uning «Tafsirul-Qur`onil-Azim» nomli kitobi bizgacha etib kelgan. Misr 1908 y.):

- Alloh sevgisining alomati Qur`on sevgisidir. Kur`on sevgisining alomati Payg`ambar

(s.a.v.) sevgisidir. Payg`ambar (s.a.v.) sevgisining alomati uning sunnatiga va go`zal axloqiga tobe bo`lmoqdir. Sunnatga tobe bo`lishlikning alomati oxirat hayotini unutmaslikdir. Oxirat hayotini unutmasliqning alomati dunyoga hirs qo`yishdan, harom va g`ayrimashru` daromad yig`ishdan qochishliqdir.

Abulhasan Zanjoniy (Abulhasan Zanjoniy - X asrning 11 yarmida (373/983 y.) shiiylar siyosiy-diniy bir to`garak tuzib, otini «Ihvon as-safo» qo`ydilar. Bu to`garak a`zolari bir qator «Risola»larini e`lon qildilar. Bu risolalardagi hikoya va fiqralar oldingi asrlar adabiyotidan olingan, shuningdek, yunon, eron va hind hikmatining tarjimalari edi. «Ihvon as-safo»ning faol a`zolaridan biri Abulhasan Zanjoniy edi):

-Ibodatning asosi uch ustunga egadir:

1.Ko`z.

2.Qalb.


3.Til.

Ko`z koinotdan ibrat olish uchundir.

Kalb tafakkur uchundir.

Til to`g`ri so`z aytish va Allohni zikr etish uchundir.

SHuning uchun Alloh buyuradi:

- ey. mo`minlar, Allohni ko`p zikr qilinglar!

- ertayu kech u Zotni poklab, tasbeh va tanzih kilinglar!

Mo`min doimo pok va tahoratli bo`lishi kerak, har tahorat buzilganda yangitdan tahoratolishi va ikki rak’at namoz o`qishi kerak. Har majlisda imkon darajasida qiblaga qarab o`tirishga harakat qilishi kerak. Har on Payg`ambarimiz (s.a.v.) ning huzuridaman deb o`ylashi kerakki, harakatlarida uning sunnatiga zid holat chiqib qolmasin. Musibatlarga duchor bo`lganda, chidashi va sabr qilishi lozim. Gunohkorlarga va Payg`ambarimiz (s.a.v.)ning yo`lidan chiqqanlarga mag`firat tilab, duolar qilishi darkor, o`zi g`ururlanmasligi va hech qachon kibrlanmasligi lozim. CHunki kibr shaytoniy fe`ldir. Kamtarin bo`lishi va nafsini har vaqt past qo`yishi kerak. Alloh yo`lida bo`lganlarga ta`zim va ehti-rom ko`zi ila boqmog`i lozim. Kim Alloh yo`lidagilarga ehtirom ko`zi bilan boqmasa, Alloh ularning suhbatini u kishiga harom qiladi. Kimki ibodatning muhtaramligini bilmasa, Alloh uning qalbidan ibodat zavqini oladi.

Fuzayl ibn I`yozga: «Kishi qachon solih bo`ladi?» — deb savol berishganda, u shunday javob qaytargandi:

- Qalbida qo`rquv, tilida to`g`rilik, a`zosida yaxshi amal va niyatida nasihat bo`lganda.

Solihlardan biri bir jamoaga uchraydi. Qarasa, zamonning mashhur tabiblaridan biri

hastaliklardan va dorilardan bahs yuritayotgan ekan. Tabibdan so`raydi:

- ey tanlarga shifo beruvchi tabib, qalblarga ham shifo bera olasizmi?

Tabib: Ha, dardingni ayt, davosini aytib beray! Odam:

- Gunohlardan qalbim qoraydi, qalbni qayg`u bosdi. Tabib:

- Uning dorisi Allohga ibodat va itoatdir, kecha-kunduz Alloh yo`lida bo`lish va

gunohlardan tavba qilishdir. SHifo Allohdandir.

Tabibning bu so`zlarini eshitgan solih odam bir «oh» tortdi va yig`lab chiqib ketarkan,

shunday dedi:

- To`g`ri aytdingiz, ey tabib, siz qalbimning dorisini topdingiz...




Download 87,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish