19
K‘op qismi yozda qayerda rivojlangan bo‘lsa, o‘sha yerda qishlab qoladi. Bunda yerning
ustki qatlamida, xascho‘plar orasida nimfa holatida qishlab qoladi. Zararkunanda uchun eng
maqbul sharoit - bu havo haroratining 25–30
0
C, namligining esa 30–40 % bo‘lishidir. Ushbu
sharoitlarda kana rivojlanishining bir bo‘g‘ini 7 kunda ado etiladi. Bir mavsumda kana 15 dan 25
tagacha bo‘g‘in berishi mumkin, shulardan 10–15 tasi iyun-avgustda o‘tadi.
O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, pomidor zang kanasi asosan pomidor va
kartoshkada bemalol va tez rivojlanadi. Undan keyingi o‘rinlarni qora va qizil ituzum,
qo‘ypechak va baqlajon egallaydi. Qolgan ekinlarda zang kana rivojlana olmasligi tasdiqlangan.
Kana o‘simlik barglarining ham ustki, ham ostki tarafini bosishi mumkin. Dastlab
o‘simlikning pastki barglari, novdalari zararlana boshlaydi. U asta–sekin yuqoriga qarab tarqab
ketadi. Zararlangan novda qo‘ng’ir tusga ega bo‘lib silliqlashadi, barglarida esa sariq dog‘lar
paydo bo’lib, umumiy ko‘rinishi qo‘ng‘ir bo‘ladi. Zararlangan gul va mayda meva nishonalari
hamda barglari qurib to‘kilib ketadi, yirik mevalarning yuzida to’r singari rasm paydo bo‘lib,
tirishib yorilib qoladi.
Bunday mevaning sifati va ko‘rinishi yo‘qoladi, qisman chiriy boshlaydi. Qattiq
zararlangan o‘simlik hosili 100% nobud bo‘ladi. Аyniqsa iyul–avgust oylarida pomidor va
kechki kartoshka ko‘p talofat ko‘radi.
Kartoshkaning ham novdalari silliqlashib, qo‘ng‘ir tusga kiradi. Barglari quriydi,
sarg‘ayadi va vaqtidan ilgari qurib, hosil bermaydi. Zararlangan o‘simlik mevalarida (pomidor,
kartoshka) sifat ko‘rsatkichlari o‘zaradi: nordonligi 32–35 % ga ko‘payadi: tarkibidagi quruq
moddalar kamayadi: qand moddasi 45–72 % ga, askorbin kislotasi 41–61,8 % ga, karotin 12 -70
% ga, quruq oqsil 52–39 % ga.
Pomidor va kartoshka ekinlarini o‘zaro uzoqroq masofada joylashtirib ekish. O‘simliklarni
bardoshli, ya’ni baquvvat qilib o‘stirish, ulardagi boshqa zararkunandalarga (shira, kolorado
qo‘ng‘izi) qarshi o‘z vaqtida kurash olib borish, hosil yig‘ishtirilgandan keyin o‘simlik
qoldiqlarini daladan olib chiqib tashlab, yerni shudgorlash va qishda yaxob suvini berish.
Kimyoviy kurash sifatida quyidagi akaritsidlardan foydalanish mumkin: oltingugurt kukuni
(15 kg/ga), karate – 0,3 l/ga, talstar – 0,5 l/ga, neoron – 1 l/ga, mitak – 2 l/ga, omayt – 1,5 l/ga
foydalanilganda ushbu akaritsidlar o‘z samarasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: