Resurslar — ehtiyojlarga bog‘liq. Agar siz ziyonni nazarda tutgan bo‘lsangiz, xo‘sh biz resurslarni safarbar qila olamizmi? Menimcha, bu boshqa bir muhim xususiyat.
Uchinchi xususiyat esa haqiqatan ham eng qiyini, bu — biz nimani o‘rgatishimiz va nimani o‘rganishimizni nazarda tutadi. Ilgari ta’lim materialni yodlashdan iborat edi, chunki sanoat davrida biz bu orqali muvaffaqiyatga erishganmiz. Bugungi kunda asosiy tushuncha — bu malaka. Kognitiv, ijtimoiy, hissiy resurslaringizni harakatga keltirish uchun safarbar qila olasizmi? Bilganlaringizni qo‘llay olasizmi? Siz yangi bilimlarni yarata olasizmi?
Bular haqiqatan erishish eng qiyin bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bu borada muvafaqqiyatga erishgan ta’lim tizimlari juda ozchilikni tashkil etadi. Masalan, Osiyoda Yaponiya, Singapur, Xitoy kabi tizimlarini ko‘rishingiz mumkin. Yevropada esa Estoniya, Finlyandiya hamda Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi tizimlarga murojaat qilishingiz mumkin, ularning aksariyatida bilim iqtisodiyotiga o‘tishni amalga oshirayotgan tizimlarni uchratmaysiz.
Siz qurayotgan tizim eng iqtidorli yoshlarni o‘qituvchilik kasbiga jalb qiladimi? Farzandingiz advokat bo‘lishini xohlaysizmi yoki o‘qituvchi? Bular aslida ham muhim. Biz ta’limni intellektual jihatdan jozibador qilish, odamlarga yuksak martaba, manfaatli hamkorlik va hokazolarni taklif qilishda qay darajada muvaffaqiyat qozona olamiz? Biz o‘qituvchilarni tizimga qay darajada bog‘lay olamiz? Ular nafaqat yuqori darajadagi professional avtonomiyaga ega, balki hamkorlik madaniyatida ishlaydimi?
Biz Sharqiy Osiyo ta’lim tizimlaridan haqiqatan ham shuni o‘rganishimiz mumkin. O‘qituvchilar ajoyib jamoa sifatida ishlaydi. Har kuni ular bir-biridan o‘rganadilar. Maktablar bir-biriga bog‘langan. Ta’lim tizimi o‘z ko‘nikmalarini joriy qila oladi. Agar biz o‘qituvchilar nimani bilishini bilsak edi, bizda umuman boshqacha ta’lim tizimlari bo‘lishi mumkin edi.
Ko‘pincha o‘qituvchilar sinfda juda yakkalanib qolishadi. Bunda esa ijtimoiy aloqa, islohotga tayyorlik va bugungi kunlarda texnologiya juda muhim. Texnologiya mavjud amaliyotni saqlab qolish uchun emas, balki o‘rganish qobiliyatini o‘zgartiruvchi, ta’lim olish jarayonini yanada qiziqarli, interfaol va dinamik qiladigan texnologiya o‘qituvchilarga turli xil o‘quvchilar qanday o‘rganishi haqida yaxshiroq signal beradi.
Bu ta’lim va haqiqiy hayotni o‘zaro bog‘laydi. Bu ham, menimcha, O‘zbekiston uchun kelajakda juda muhim. Hozirda ta’lim mehnat bozoridan ancha uzoqlashgan. Ba’zi odamlar universitetni diplom bilan tark etib, yaxshi ish topishda qiyinchiliklarga duch kelishadi va ish beruvchilar kerakli ko‘nikmalarga ega odamlarni topa olmayotganligidan shikoyat qilishadi.
Bunda esa ikki yo‘nalish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish juda muhimdir. Siz buni Shveysariya yoki Germaniya kabi mamlakatlarda juda yaxshi bajarilganini ko‘rishingiz mumkin.
— O‘zbekistondagi mavjud iqtisodiy vaziyatni hisobga olsak, ta’lim uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlashda qaysi yo‘nalish samaraliroq bo‘ladi?
— Siz o‘z resurslaringizni qanday investitsiya qilayotganingiz haqida oqilona qaror qabul qilishingiz juda muhim.
Agar siz sinflarni kichikroq qilish yoki o‘qituvchilar sifatini yaxshilash o‘rtasida tanlov qilishingiz kerak bo‘lsa, o‘qituvchi sifati muhimroq bo‘ladi. Bu borada Xitoy kabi yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasini o‘rganishingiz mumkin. Aslida ushbu mamlakatdagi sinflar hajmi juda katta. Ammo boshqa tomondan bu mamlakat o‘qituvchilardagi malaka ko‘nikmalarni muntazam o‘sib borishiga alohida e’tibor qaratadi. Xarajatlarni taqsimlashda bu juda muhim ahamiyatga ega.
Agar siz ko‘proq o‘qitish, ko‘proq o‘rganish, ko‘proq soatlar va o‘qitishning yaxshiroq sifati o‘rtasida tanlov qilishingiz kerak bo‘lsa, sifatni tanlang. O‘zbekistonda aslida o‘quv soatlari ancha uzun. O‘quvchilar haqiqatda sinfda ancha vaqt o‘tkazadilar. Ammo ba’zida bir soatlik ko‘rsatmalarga asoslangan o‘quv rejasi yetarli emas. Menimcha, bu haqiqatan ham ushbu sifatga qaratilgan.
Vanihoyat, eng katta farqni keltira oladigan joyga sarmoya kiritganingizga ishonch hosil qiling. Eng yaxshi manbalar eng boylarga emas, balki eng iqtidorli o‘quvchilarga berilishi kerak. Menimcha, yana resurslarni ehtiyojlar bilan moslashtirish lozim. Aslida, PISA`ning rag‘batlantiruvchi belgilaridan biri shundaki, sarflangan pul miqdori va ta’lim natijalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q.
1960 yillarda Koreya va Singapur juda qashshoq mamlakatlar bo‘lgan va ular o‘z pullarini ta’limga juda oqilona sarfladilar, har doim sinflar hajmidan ko‘ra o‘qituvchilarning sifatini birinchi o‘ringa qo‘yishdi va ular yuqoriga ko‘tarilishdi. Har yili ular ko‘proq sarmoya kiritdi. Natijada mamlakatda iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda aholi daromadlarining ham oshishiga erishildi.
— Hammamizga ma’lumki, ta’limning uchta tarkibiy qismi mavjud: o‘quv dasturi, o‘qituvchi va baholash. Uch komponentdan biriga ustunlik berish qanchalik to‘g‘ri? Umuman olganda, bu siklda baholashning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?
— O‘quv dasturi, o‘qituvchi va baholash haqiqatan ham bir-biriga bog‘liq. Agar sizda faqatgina juda yaxshi o‘quv dasturi bo‘lsa, bu shunchaki qog‘oz. O‘quv dasturi sinfda sodir bo‘layotgan voqealar, o‘qituvchilarning mehnati orqali hayotga tatbiq etiladi. Shuningdek, o‘quv dasturida yozilganlarni o‘qituvchilaringiz amalda qo‘llashi uchun ularning qay darajada «qurollangan"ligi juda muhim. Ya’ni o‘qituvchilar sifatisiz o‘quv dasturi siz kutgan natijalarni bermaydi.
Baholash ham xuddi shunday. Agar siz o‘qituvchilaringizdan nimanidir talab qilsangiz-u, sinfda nima bo‘layotganini ko‘rish uchun ko‘zingiz va qulog‘ingizni yopib olsangiz, siz kutgan natijaga erishilgan yoki yo‘qligini ko‘ra olmaysiz.
Baholash umidlar, g‘oyalar qay darajada haqiqiy natijalarga aylanishini va qayerda tuzatishlar kiritishingiz mumkinligini ko‘rish uchun oyna vazifasini o‘taydi. Bu shuningdek, o‘quvchilarga yaxshiroq ta’lim olish, o‘qituvchilarga yaxshiroq ta’lim berish va maktablarga jarayonlarni yanapda samaraliroq tashkil etishga yordam beradi. Biz hech qachon baholashsiz ta’limda qanday natijaga erishilayotganini bilolmaymiz. Boshqalar o‘rganishi mumkin bo‘lgan juda yaxshi natijalarni beradigan maktablarda o‘qituvchilarni hech qachon topa olmaysiz.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, baholash aslida taraqqiyot manbaidir. Shuning uchun siz bunga har tomonlama yondashishingiz kerak.
— O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishini rag‘batlantirish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lovlar joriy etildi. Shunday qilib, o‘qituvchilar bilimlarini sinab ko‘rish orqali yaxshi natijalarga erishish uchun ko‘proq maosh oladilar. Bu haqda sizning fikringiz qanday?
— Ha, moliyaviy qism masalaning bir jihati. Lekin menimcha, biz uchun tabaqalashtirilgan martabaga ega bo‘lish juda muhim. Agar 25 yoshda o‘qituvchilikka kelgan odamga keyingi 25 yil davomida ham bugungidek bir xil ish qilasiz deb aytsangiz, siz ularga kelajagi yo‘qligini aytgan bo‘lasiz. Menimcha, biz ўқитuвчиларga siz o‘zingizga sarmoya kiritishingiz kerak deb aytishimiz juda muhim. «Siz o‘rganishni davom ettirishingiz kerak, jamiyat tomonidan sizga qo‘yilgan yangi talablarga moslashishda davom etishingiz kerak. Agar shunday qilsangiz, biz siz uchun manfaatli martaba yaratamiz. Biz sizga ko‘proq to‘laymiz». Shundan kelib chiqib, aytishim mumkinki, bu jarayonlar juda muhim ahamiyatga ega.
Pirovardida, o‘qituvchilar o‘z hayotiga turlicha qarashni boshlashadi. Bir o‘qituvchi aytishi mumkinki: «Men rahbarlikka o‘tishni xohlayman. Men direktor bo‘lishni xohlayman». Keling, ularga haqiqatan ham ajoyib direktor bo‘lishlari uchun yordam va ta’lim beraylik. Yana kimdir aytishi mumkinki: «Men o‘qituvchilikda qolmoqchiman. Men pedagogik tadqiqotga kirishmoqchiman». Keling, ularga buning uchun pul va yordam beraylik. Menimcha, tabaqalashtirilgan o‘qituvchilik kasbiga ega bo‘lish juda muhim va bu har bir boshqa kasbda ham to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi.
Tibbiyotda kimdir jarroh, kimdir hamshira bo‘ladi. Bizda turli xil vazifalarni bajarish uchun odamlarning farqlangan profili mavjud. Ta’limda bizda sanoat ishini tashkil qilishdagi kabi juda yomon an’ana mavjud. Biz hammaga bir xil munosabatdamiz. Biz hammaga bir xil haq to‘laymiz. Bu esa majlisda yuruvchilar kabi sanoat mentalitetini yaratdi. Shuning uchun men buni o‘zgartirish haqida doim o‘ylayman. Kasb — bu farqlanish, ishning tabiati bo‘yicha farqlanish, martabadagi farqlanish va ish haqidagi farqlanish. Lekin, aslida, menimcha, ish haqi bu borada eng maqbul yondashuv.
— O‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi mavqeini oshirish va umrbod malaka oshirish imkoniyatini yaratish uchun qanday maslahat berasiz?
— Menimcha, savolingizning o‘zida javob bor. O‘qituvchilar o‘zlarining malakasini qanchalik ko‘p ko‘tara olsa, jamiyat bilan, ota-onalar bilan bog‘liq bo‘lsa, jamiyat ham ularning mehnatini hurmat qiladi. Ko‘pincha o‘qituvchilarga hurmatsizlik ularning nima qilayotganini bilmaslikdan kelib chiqadi. Aslida, ko‘plab ota-onalar uchun maktab hali ham qora quti bo‘lib qolmoqda, chunki maktablar ko‘pincha yetarli emas.
O‘qituvchilar o‘z kasbiga intilsa jamiyat va maktablar chambarchas bog‘lanadi. Siz Finlyandiyani, Estoniyani misol qilib keltirgan edingiz. Bilasizmi, boshqa mamlakatlarda o‘rtacha maoshga qaramay, har yetti-sakkiz kishidan bittasi o‘qituvchilik kasbini tanlaydilar. Bizda katta tanqislik mavjud va menimcha, bunga sabab siz o‘qituvchilarning mehnatini yuzaga chiqara olmayapsiz.
Bundan tashqari pandemiya ota-onalarga bolalarni o‘qitish qanchalik qiyin ekanligini ko‘rsatdi. Aslida bizning jamiyatimizdagi eng mas’uliyatli kasblardan biri o‘qituvchilikdir, lekin biz buni bilmaymiz. Pandemiya o‘z davrini surayotgan bir paytda ko‘plab ota-onalar ta’lim jarayoniga aralashdilar va ular o‘qituvchilar qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlarini ko‘rdilar. O‘ylaymanki, oilalar va o‘qituvchilar o‘rtasida qanchalik ko‘p aloqa o‘rnatilsa, o‘qituvchilik kasbining mavqei shunchalik ko‘tariladi. Demak, bu o‘z qo‘limizda.
O‘qituvchilik kasbining maqomi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Bu o‘qituvchilarning yurishi va maktablarda qanday faoliyat yuritishi, jamiyat esa maktablar ishiga bog‘langanligi oqibatidir.
— Iqtisodiy hamkorlik va hamkorlik tashkiloti vakili sifatida O‘zbekiston ta’lim siyosatini takomillashtirish uchun yana qanday jihatlarga e’tibor qaratishi kerak deb o‘ylaysiz?
— Menimcha, birinchisi va eng muhimi, ertangi jamiyatdagi ko‘nikmalarga bo‘lgan talabning evolyutsiyasini oldindan bilish uchun maktablarda sodir bo‘layotgan voqealarni va bizni o‘rab turgan dunyoda nima talab qilinishini o‘zaro yaxshiroq bog‘lashdir.
O‘ylashimcha, o‘quvchilar hayotining boshida o‘zlarining haqiqiy dunyosini tasavvur qilishlariga ishonch hosil qilishlari lozim. Siz maktabni tugatganingizda qabul qila olmaydigan eng muhim kasbiy qarorlarni siz oliy ta’limning birinchi yilida qabul qilasiz. Shu payt siz: «Men buni jiddiy qabul qilamanmi? Bu menga tegishlimi? Bu men uchun muhimmi? Men ilhomlantiruvchi odamlarni, faqat mavzuni o‘tkazish uchun emas, balki men kim ekanligimni, kim bo‘lishni xohlayotganimni tushunadigan, menga ilhom bera oladigan o‘qituvchilarni topamanmi?» deb o‘ylaysiz. Bu narsalar haqiqatan ham katta ahamiyatga ega. Ba’zida bunday fikrlar maktabdan keyingi hayot bosqichlarida paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarda hozir universitetlarni kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda, ammo bu muvaffaqiyatga olib boradigan yo‘llardan biri xolos. Bizda esa yoshlar uchun ko‘plab alternativlar mavjud.
Mening yurtimda kasb-hunar ta’limi oxirgi chora emas. Bu ko‘plab yoshlar uchun birinchi tanlov, chunki u sizga yaxshi ish topish imkoniyatini beradi. Bu haqiqiy dunyoni ta’lim olami bilan oldinga qarab bog‘lashning birinchi nuqtasi bo‘ladi. Biz o‘quvchilarni nafaqat o‘tmishimiz, balki ularning kelajagi uchun tarbiyalashimiz kerak.
Ikkinchi jihat, ta’limdagi innovatsiyalarga ko‘proq e’tibor qaratishdir. Ta’lim bu — juda konservativ ijtimoiy soha va ba’zida biz ota-onalar yechim emas, muammoning bir qismi bo‘lamiz. Farzandlarimiz biz tushunmaydigan narsalarni o‘rganishni boshlaganlarida, biz uchun muhim bo‘lgan narsani endi o‘rganmay qolsa, biz juda tashvishlanamiz. Yaxshi g‘oyalarni amaliyotda qo‘llash uchun ko‘p vaqt talab etiladi va shuning uchun ham siz agar siyosatchi bo‘lsangiz hech qachon ta’lim hisobiga saylovda g‘alaba qozonolmaysiz. Shuning uchun men o‘zgarishlarga haqiqatda ta’sir ko‘rsatayotganlarni qo‘llab-quvvatlaydigan innovatsion madaniyatni yaratishimiz kerakligini aytaman.
Haqiqatan ham innovatsion, ijodiy fikrlovchi o‘qituvchilar o‘z kasbini olg‘a siljitmoqchi. Ular bizning qo‘llab-quvvatlashimizga loyiqdir. Atrofdagi qiyin ijtimoiy sharoitga qaramay yaxshi natijalarga erishayotgan maktablar bizning qo‘llab-quvvatlashimizga arziydi. Asosiy maqsadim ham ta’limda innovatsiyalar uchun ochiqroq madaniyatni yaratishdir.
— O‘zbekiston ta’lim tizimida aksar holatlarda variantli yopiq testlardan foydalaniladi. Bunday testlar samaradorlikni qay darajada aniqlab bera oladi deb o‘ylaysiz?
— Ushbu savolga javob beradigan bo‘lsam, ko‘p tanlovli savollar juda samarali. Siz juda qisqa vaqt ichida juda ko‘p savollar berishingiz mumkin va ularga ball berish oson. Lekin ular ko‘pincha salohiyatni namoyon qilmaydi. Ular siz haqiqatda ko‘rmoqchi bo‘lgan fikrlash va mulohaza yuritish qobiliyatlarini aks ettirmaydi. Agar siz to‘g‘ri javob olishni istasangiz, buni qo‘llashingiz mumkin. Agar siz baholashni istasangiz, o‘quvchilar ijodiy fikrlay olishi, bu bilimlarni hayotda qo‘llay olishini isbotlovchi vazifalarni berishingiz kerak. Va shuning uchun, sifatli baholash bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Bilimni sinab ko‘rganingizda, bir nechta tanlov testlari sizni biror maqsadga va natijaga olib borishi mumkin. Ammo siz haqiqatan ham ilg‘or darajalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, yanada ilg‘or baholash usullarini ko‘rib chiqishingiz kerak. Bugungi kunda texnologiya buning uchun juda ko‘p imkoniyatlarni ochib beradi. Agar siz PISA testiga kirsangiz, o‘quvchilardan tajriba natijalarini eslashi yoki yo‘qligini so‘rashdan ko‘ra, biz ularga bu tajribani virtual laboratoriyada o‘tkazishga ruxsat berganimizni guvohi bo‘lasiz.
Shuning uchun, menimcha, texnologiya baholashni yanada realroq qilishi va haqiqiylikka ko‘proq e’tibor berishi mumkin. Men bu yo‘lning kelajagi borligiga ishonaman. Albatta, har doim bahsli vaziyatlar bo‘ladi. Samaradorlik bilan haqiqiylikni muvozanatlashtirishingiz kerak. Ba’zi murakkab testlar balandroq ball olishni talab qiladi, ba’zida ijodiy fikrlash qobiliyatlarini baholashda noaniqlik mavjud. Shuning uchun biz bu noaniqlik bilan yashashni o‘rganishimiz va baholashni shaffofroq qilishimiz kerak. Darhaqiqat, menimcha, kelajak baholashni o‘quv jarayoniga ko‘proq integratsiyalashdadir.
— Ko‘plab o‘qituvchilar, o‘quvchilar yoki ota-onalar «O‘zbekistonning PISA`dagi o‘rni qanday bo‘lar edi?» deb savol berishadi. Ular PISA`da egallagan o‘rinlariga qiziqadilar. Bu masalada sizning odamlarga qanday maslahatingiz bo‘ladi, ular PISA`ga qanday qarashlari kerak?
— Men bu masalada reytingdagi o‘ringa kamroq e’tibor bergan bo‘lardim. Maqsad — muvaffaqiyat uchun muhim bo‘lgan jihatlarni o‘rganish. Amerika Qo‘shma Shtatlari ilgari ta’lim bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda edi, lekin u yaxshilanmadi va bugungi kunda u o‘rtacha ko‘rsatkichni qayd etmoqda.
Ko‘pgina mamlakatlarda juda yaxshi natijalar bor. Shuning uchun o‘ringa juda ko‘p e’tibor berish rivojlanish tarafdan yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Siz Koreya yoki Xitoy tajribasini kuzatsangiz, ular ilgari Vetnam spektrining pastki qismida joylashgan va hozir ular yuqorida, chunki ular rivojlanish sur’atini saqlab qolishgan. Demak, bu O‘zbekiston qanchalik tez rivojlanayotganini kuzatishning ko‘rsatkichida muhim omillar — o‘qituvchilar qanchalik tez rivojlanishi, o‘qituvchilar o‘qitishda ko‘proq malakali yondashuvga o‘tish uchun amalga oshirilgan o‘quv dasturini qanchalik tez o‘zgartirishga qodir ekanligi, maktablar haqiqatan ham yaxshiroq o‘rganishga erishish uchun texnologiyani qanchalik tez vaqtda qayta loyihalashtirayotgani hisoblanadi.
Menimcha, bu juda ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan jarayon. Uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekistonning kelajagi shu bilan bog‘liq. Ba’zi davlatlar ta’lim tizimi boshida yaxshi yoki ba’zida unchalik ham yaxshi emasdek tuyuladi. Lekin biz uzoq muddatli ta’lim tizimining yaxshilanish sur’ati haqida gapirdik. Menimcha, O‘zbekiston haqiqatdan ham bunday jarayonlarga tayyor.
— 5 yil oldin Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi. Sizningcha, bu kabi tashkilotlar mamlakat ta’lim tizimi uchun qanday ahamiyatga ega?
— O‘qituvchi kuchiga ta’limning yuragi sifatida qarash mumkin. Ta’lim sifati hech qachon o‘qituvchi sifatidan oshib ketolmaydi. Ammo nazorat jarayonlarning vijdoni hisoblanadi. Buni shuningdek, qaysidir ma’noda fikrlash nuqtasi ham deyishimiz mumkin.
Biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmizmi? Rivojlanish ko‘rsatkichlarimiz yetarli darajadami? Ba’zi maktablarni yaxshiroq qo‘llab-quvvatlay olamizmi? Yuqori va past ko‘rsatkichli maktablarni birlashtira olamizmi? Bizning maqsadlarimiz va o‘y-hayollarimiz qay darajada haqiqatga aylanayotganini ko‘ra olamizmi? Siz ko‘zga ko‘rinmaydigan narsani yaxshilay olmaysiz. Inspeksiya esa, menimcha, bu yerda muvaffaqiyatni yaxshiroq ko‘rish uchun o‘ta zarur.
Shuningdek, yaxshi fikr-mulohazalarni taqdim etish, ma’lumotni takomillashtirish, o‘quvchilarni yaxshiroq o‘rganishga yordam berish, o‘qituvchilar va maktablar o‘z kasb maqomlarini yaratish uchun juda samarali choralar ko‘rildi. Shunday ekan, bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo bo‘ylab har qanday ta’lim tizimining juda muhim qismidir. Siz baholash madaniyatiga ega bo‘lmagan holda yuqori soha natijalarini juda yaxshi ta’minlaydigan hech qanday ta’lim tizimini topa olmaysiz.
Suhbat Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan.
Ma’lumot uchun, Andreas Shlyayxerning «Jahon miqyosidagi ta’lim: XXI asr maktab tizimini qanday barpo etish kerak?» va «Bolalarimizning ta’lim olishi va o‘sishiga ko‘maklashish» kitoblari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Андреас Шляйхер.
Do'stlaringiz bilan baham: |