1-variant
1. Shunda men atrofdagi odamlarni sanab sanog’iga yetolmagandim. Ushbu gapdagi so’zlar
imlosida necha o’rinda fonetik o’zgarish sodir bo’lgan?
A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 4 ta
2. Vatan xoinlari hech qachon kechirilmas. Bu xoinlikning eng og’ir gunoh sanalishini unutmang.
Ushbu gapda faqat qo’shimcha qismida tovush o’zgarishi yuz bergan so’zning sintaktik
vazifasini aniqlang?
A) Hol B) aniqlovchi C) to’ldiruvchi va kesim D) kesim
3. So’zlarning ochiq bo’g’inlari keng unlilar bilan tugagan bo’g’inlarni aniqlang?
A) Ko’z qayerda bo’lsa, aql ham o’sha yerda
B) Uning boyligi sira tugamas ekan
C) Kishining hurmati o’z qo’lida
D) Uydan maktabga bora boshladim
4. Qaysi qatorda quyida berilgan gapdagi tovush tushish hodisasi to’g’ri izohlangan? Sening
tug’ilib o’sgan qishlog’ingdan ayrilmasligingni bilar edim.
A) 2 o’rinda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida, 1 o’rinda lug’aviy shakl
yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida
B) 1 o’rinda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida, 2 o’rinda lug’aviy shakl
yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida
C) 1 o’rinda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida, 1 o’rinda lug’aviy shakl
yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida
D) 2 o’rinda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida, 1 o’rinda lug’aviy shakl
yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida
5. Ismlar noto’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
A) Ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, harakat nomi, taqlid so’z
B) Ot, sifat, son, sifatdosh, harakat nomi, taqlid so’z
C) Ot, sifat, olmosh, fe’l, harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh
D) Ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravishdosh, son, taqlid so’z
6. Yetakchi morfemasi ham ko’makchi morfemasi ham omonim xarakterda bo’lgan, asosida faqat
jarangsiz undosh qatnashgan sifatni toping?
A) Ochiq B) yasama C) tuzsiz D) yozgi
7. Tilshunoslikning leksikologiya bo’limiga oid atamalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) Grammatik ma’no, undovlar, bog’lovchi
B) Ko’p ma’noli so’z, atama, metafora
C) Ajratilgan bo’lak, undalma, kirish so’z
D) Yordamchi so’zlar, bog’lama, hol
8. Munosabat qo’shichasi qo’shilishi natijasida tovush o’zgarishiga uchragan yasama so’z qaysi
gapda ega vazifasida kelgan?
A) “Daryo” kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani to’xtatdi
B) Momaqaldiroq tinngan, ahyon-ahyonda chaqmoq arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib
chiqardi
C) Tashqarida shamol qo’zg’alib, deraza oynalari tez-tez ochilib-yopilardi.
D) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig’i eshitildi
9. Tunov kuni biznikida
Bo’ldi kattakon hashar.
Ko’chib keldi deyman-ov
Hasharga butun shahar…… Hashar rosa qizidi
A) Metafora, metonimiya, sinekdoxa B)
metafora, metonimiya C) metafora D) metonimiya,
vazifadoshlik
10. Jon do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan kechmas. Ushbu gapda ismlarning
munosabat shakllari soni nechta?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
11. Qaysi qatorda tarkibida unli va jarangli undosh ishtirok etgan sifat yasovchi qo’shimchalar
berilgan?
A) –ma, -siz, -kor, -chan B) –ildoq, -bad, -bob, -don C) –zor, -g’ich, -lab, -don D) –don,
be-, -bad, -mand
12. Qaysi javobdagi fe’lda I shaxs birlik ma’nosi o’rnida II shaxs birlik shakli qo’llanilishi
uchraydi?
A) “Yigitlar bir harakat qilsak, marra bizniki, ana boshliq ham keldilar”, - dedi Yolqinjon
B) Kamina xizmatingizni sidqidildan bajaradi, xavotir olmang, aka
C) “Qani, qizim, marhamat qilsinlar mehmonlar sizni kutib qolishdi”, - dedi uy egasi iltifot bilan
D) “Bu dunyoning ishlariga hayron qolasan”, - dedi Nodirjon o’ziga o’zi gapirib.
13. Nuqtalar o’rniga mos keladigan ravish so’zni tanlang. Har dovon oshganimizda Oynatog’