«Ta’lim sifati hech qachon o‘qituvchi sifatidan oshib ketolmaydi» Andreas Shlyayxer



Download 0,92 Mb.
bet1/7
Sana11.03.2023
Hajmi0,92 Mb.
#918211
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
халқаро баҳолаш





«Ta’lim sifati hech qachon o‘qituvchi sifatidan oshib ketolmaydi» — Andreas Shlyayxer

PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer O‘zbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishi ta’limdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish imkoniyatini berishiga ishonadi. U o‘qituvchilar sifatining ta’lim sifatiga ta’siri, baholashda texnologiyaning o‘rni, ta’lim jarayoni ustidan nazoratning muhimligi haqida ham fikr bildirdi.


На русском языке Кириллчада7 iyun 2022, 11:36 Jamiyat
21 aprel — 7 may kunlari O‘zbekiston ilk marotaba ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro PISA tadqiqotlarida ishtirok etdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan tasodifiy tanlab olingan O‘zbekistondagi 202 ta maktabning 7363 nafar 15 yoshli o‘quvchilarining bilimi xalqaro tashkilot tomonidan tuzilgan savollar asosida kompyuter yordamida sinovdan o‘tkazildi.
PISA tadqiqoti 2000 yildan beri har 4 yilda bir marotaba o‘tkazib kelinib, dunyo mamlakatlarida o‘quvchilar bilimini sinash orqali inson kapitaliga baho berishda xalqaro tan olingan tizim hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu tadqiqot butun dunyo bo‘yicha qariyb 90 mamlakatdan 3 million o‘quvchini qamrab olgan.
PISA tadqiqoti asoschisi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer ushbu tadqiqotlardan qanday maqsad ko‘zlanganligi, uning natijalari mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirishga qanchalik xizmat qilishi va O‘zbekistonning ushbu tadqiqotlarda ishtirok etishi mamlakat uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu suhbatni «Gazeta.uz»ga taqdim etdi.

— O‘zbekistondagi tashrif davomidagi taassurotlaringiz bilan bo‘lishsangiz.


— Men avvalo mamlakatingizdagi intiluvchanlik va oldingizga qo‘ygan maqsadlaringiz darajasidan hayratlandim. 3 kunlik tashrifim davomida Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq ta’limi, Innovatsion rivojlanish vazirlari bilan muloqot qilgan bo‘lsam, ularning barchasi o‘z yo‘nalishida strategik maqsadlarga ega.
Реклама
"Gazeta.uz"da reklama
Xususan, PISA kabi ta’limga oid loyihalarga ham katta e’tibor qaratilmoqda. O‘ylashimcha, bu juda yaxshi yo‘nalish va bu orqali oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishish uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud. Shuningdek, bu jarayonlar, ayniqsa, O‘zbekiston kabi o‘rganish uchun ochiq bo‘lgan mamlakatlar uchun juda qo‘l keladi.
Mamlakatda ta’lim uchun keng yo‘l ochilgan. O‘ylaymanki, yuqori darajalarga intilish uchun nafaqat qo‘shni mamlakatlarning, balki dunyodagi boshqa davlatlarning ham eng yaxshi siyosat va amaliyotlarini qanday qilib joriy qilishga tayyor bo‘lishni oddiy jarayon deb bo‘lmaydi. O‘zingizni dunyodagi eng ilg‘or ta’lim tizimlari bilan solishtirish juda jasoratli qadam va menimcha, bu haqiqatdan ham takomillashtirish uchun yaxshi asosdir.

— O‘zbekiston 2030 yilga borib PISA tadqiqotlari bo‘yicha kuchli 30 talikka kirishni maqsad qilgan. PISA tashabbuskori va rahbari sifatida ushbu tadqiqot haqida kengroq tushuncha bera olasizmi? Bu iqtisodiy tadqiqotmi yoki ta’limga oidmi?


— Ta’lim — jamiyat kelajagi. Mamlakatingiz iqtisodi kelajak bilan bog‘liq. Maktablar bugun sizning iqtisodingiz, ertaga jamiyatingiz bo‘ladi. Ta’lim siyosati doimo iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Hech bir mamlakat malakali kadrlar bazasini rivojlantirmay turib va mehnat bozorida yuqori malakali kadrlar uchun yaxshiroq sharoit yaratmay turib, iqtisodiy muvaffaqiyatga erisholmaydi. Shuning uchun ham men bu ikkala tushunchani juda yaqin deb o‘ylayman.
Reytingda yuqori 30 ta mamlakat qatoriga kirish maqsadi ham juda yaxshi. Menimcha, bu istiqbolda O‘zbekistonni uzoq muddatli yuqori moliyaviy iqtisodiyot sari yetaklaydi. Shu ma’noda, ta’lim va iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik juda yaqin. Lekin bu ta’lim faqat mehnat bozori va iqtisodiyotga xizmat qiladi, degani emas.
Biz 20 yil oldin PISA`ni boshlaganimizda savodxonlik asosan faqat kitob yoki matnni o‘qish deb tushunilgan. Bugungi kunda esa savodxonlikni har bir jabhada ko‘rish mumkin. Savodxonlik darajasi sizga jarayonni boshqarish, ma’lumot haqida fikr yuritish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa har birimizda bo‘lishi kerak bo‘lgan zaruriy ehtiyojlar hisoblanadi.

— PISA tadqiqotining navbatdagi davriyligida qatnashish O‘zbekistonga qanday imkoniyatlarni beradi?


— Menimcha, bu o‘zgarishlar uchun muhim platformalarni yaratadi. Bu butunlay o‘zgarishlarga kafolat emas, lekin buning uchun sharoit degani. Siz dunyodagi eng ilg‘or ta’lim tizimlarining sifatsiz ta’lim tizimiga qarshi qanday harakat qilishini ko‘rasiz. Shuningdek, siz nisbatan kuchli va zaif tomonlaringiz qayerda ekanligini yaxshiroq tushunasiz.
Shunisi aniqki, yuqori samarali ta’lim tizimlari har doim har bir o‘quvchiga yuqori talablarni qo‘yadi. Ular o‘qituvchilik kasbini nafaqat moliyaviy, balki intellektual jihatdan ham jozibador qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu orqali o‘qituvchilarga qiziqarli kasblarni taklif qiladi, bundan tashqari ularda professional hamkorlik qilish, maktab tizimi, o‘quv jarayonlarini isloh qilish kabi ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
PISA o‘quvchilarni yaxshiroq o‘rganishga, o‘qituvchilarga yaxshiroq o‘qitishga yordam beradi. Shuningdek, maktab tizimining yanada kuchliroq va samaraliroq bo‘lishiga yordam beradi. O‘zbekistonda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalardan biri, ta’lim tizimi mavzular mazmunini qayta ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratadi. O‘quvchilar nimanidir eslab qolishadi, keyin esa bu bilimlarni ertangi hayotda qo‘llashlari kutiladi. Ehtimol, o‘qitish kabi sinovdan o‘tgan har qanday narsalarni raqamlashtirish, avtomatlashtirish oson bo‘lishi mumkin.
Biz ana shunday muntazam, avtomatlashtirilgan ko‘nikmalarni yo‘qotmoqdamiz. Zamonaviy dunyoda siz faqat bilim orqali qandaydir muvaffaqiyatga erishishingiz qiyin. Endi Google hamma narsani biladi. Bugungi kunda bilim bilan birgalikda uni amaliyotga joriy eta olishingiz siz uchun barcha zarur eshiklarni ochadi. Afsuski, bu hali ham ta’limdagi eng zaif nuqtalardan biri hisoblanadi. PISA esa shu kabi bo‘shliqlarni to‘ldirish imkonini beradi.
PISA testlarida siz o‘rgangan bilimlarga deyarli e’tibor qaratilmaydi. Bunda bilimlaringizni hayotda qo‘llay olish qobiliyatingiz sinaladi. Chunki dunyo insoniyatdan shuni talab qiladi.
Shunday qilib mamlakat bunga erishish uchun qanday harakat qilishini, shuningdek, kelajakda kim bilan va kimdan o‘rganish mumkinligini ko‘rasiz. Dunyo ajoyib laboratoriya. Siz turli mamlakatlarning kuchli tomonlarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi va siz bu mamlakatlar bilan tajriba almashishingiz mumkin. PISA asosan xalqaro hamjamiyat va O‘zbekiston ham endilikda mana shu hamjamiyatning bir qismidir.

— Birinchi taassurotingizdan kelib chiqib, O‘zbekistonning ushbu tadqiqotlardagi imkoniyatlarini qanday baholay olasiz?


— Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, qandaydir ma’lumotlarsiz aniq baho berish qiyin. Lekin shuni aytishim mumkinki, men siyosatchilar bilan gaplashishdan oldin 600 nafar o‘qituvchilar bilan gaplashdim. Ularning har birida oldinga intilish va ishtiyoqni ko‘rishingiz mumkin. O‘qituvchilar har bir sohada yangiliklarni joriy etishga intilishadi. Ular amaliyotni o‘zgartirishni, yangi O‘zbekistonga moslashish yo‘lini izlaydilar. Shunday ekan, menimcha, bu yaxshi asos.
Qanchalik o‘zgarishlarga erishiladi? PISA natijalarini ko‘rish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tish kerak bo‘ladi. Hech bir davlat buni bir kechada amalga oshira olmaydi. Ta’lim uzoq muddatli jarayon.
Siz bu poydevorlarni bosqichma-bosqich qurishingiz mumkin va menimcha, o‘qituvchilar bunga tayyor. Ta’lim tizimi bunga sarmoya kiritmoqda. Infratuzilma moslashmoqda. Texnologiya tayyor. Deyarli aksariyat maktablar raqamlashtirilgan tizimga o‘tgan va tez orada barcha maktablar shunday tizimida faoliyat olib boradi. Umumiy olib qaraganda sizda barcha sharoitlar mavjud. Lekin infratuzilma eng muhim bosqich emas. Eng qiyini bu odamlar. Xalq tayyor bo‘lishi kerak. Kadrlar malakali bo‘lishi kerak.

— Siz dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida bo‘lgansiz. Tajribangizdan kelib chiqib, sizningcha, muvaffaqiyatli ta’lim tizimining asosiy xususiyatlari nimada?


— Birinchi xususiyat aslida juda oddiy. Bu avvalo jamiyatning kelajakka qo‘yadigan qiymati bilan bog‘liq. Agar siz xitoylik ota-onalar va bobo-buvilarga qarasangiz, ular mamlakat kelajagi bo‘lgan farzandlarining ta’lim olishiga so‘nggi pul, bor resurslarni sarmoya qiladilar. G‘arb dunyosida biz ko‘pincha bolalarimizning pullarini o‘z iste’molimiz uchun sarflaganmiz. Biz ularning oldida qarzdormiz va bu munosabat mamlakat o‘z kelajagini qay darajada qadrlashini katta o‘zgartiradi. Bu qiymat odatda har bir o‘quvchidan ko‘zlagan umidlarimizda aks etadi. O‘quvchi kam ta’minlangan oiladan kelganmi, yoki biz siz uchun ishlashni osonlashtiramizmi yoki yuqori ma’lumotga ega emasmisiz, iqtidorli o‘qituvchilarni qiyin sinflarga jalb qila olamizmi, yuqori sifatli ta’limga ega mamlakatlarga tenglasha olamizmi — har qanday holatda ham biz sizga a’lo o‘qitish va mukammal ta’lim olish va berish imkoniyatiga ega bo‘lishingizga ishonch hosil qilishimiz kerak.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish