Talabning iqtisodiy mohiyati. Talabning o’zgarib turishiga ta’sir etuvchi omillar


Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli



Download 78,42 Kb.
bet8/11
Sana13.07.2022
Hajmi78,42 Kb.
#793580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 ochiq dars

Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli. 1990 yili respublikamizda nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol bozorida o’ta taqchillik vujudga keldi. Aholining sifatli kiyim-bosh, poyafzal, uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan tovarlarni xarid qilishi imkoniyatlari cheklangan edi. Odamlarga mebelь, gilam, muzlatgich, televizor va yengil avtomobillarni sotish ko’pincha korxonalar orqali oldindan tuzilgan ro’yxatlar asosida amalga oshirilar, bunday tovarlarni xarid qilish uchun esa bir necha yillab navbat kutishga to’g’ri kelar edi. Barcha turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining qariyb 88 foizi chakana savdo tarmoqlarida katta uzilishlar bilan sotilardi.
4-jadval
Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan mahsulotlar bilan ta’minlanishi (har 100 xonadonga to’g’ri keladigan tovarlar soni)





1990 yil

2000 yil

2010 yil

Televizorlar




90

88

132

Muzlatkich va muzxonalar




80

86

99

Konditsionerlar




9

11

18,5

Elektr changyutgichlar




29

30

37

Personal kompьyuterlar






0,1

12

Fotoapparat va videokameralar




21

21

24

Videomagnitofon, videopleyer
DVD pleyerlar

va

1

31

64

Kir yuvish mashinalari




67

69

75

Mobilь aloqa vositalari






18

145

Avtomobillar soni o’rtacha har 1000 nafar aholiga, birlikda

21,9

38,9

51,5

Avtomobillar soni o’rtacha har 100 xonadonga, birlikda

11,9

20,1

27,1

Manba: O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.
Aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan nooziqovqat mahsulotlarining katta qismi respublikamizda ishlab chiqarilmas, balki chetdan keltirilar edi. Jumladan, televizorlar, kir yuvish mashinalari, gazmollarning qariyb 40 foizi, barcha turdagi oyoq kiyim va boshqa shunga o’xshash mahsulotlarning 30 foizi chetdan olib kelinardi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning ancha faol o’sishi asosan 2000 yildan so’ng, mamlakatimizda ularni ishlab chiqarishni rag’batlantiradigan shartsharoitlar bosqichma-bosqich yaratila boshlangandan keyin kuzatildi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebelь, gilam mahsulotlari, yengil avtomobillarga bo’lgan ehtiyojini to’liq ta’minlay oladi. Mamlakatimizda televizorlar, konditsionerlar va ekologik xavfsiz muzlatgichlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o’sdi. Trikotaj mahsulotlari, oyoq kiyimlar tayyorlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida ham ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Agar 2000 yilga qadar o’tish davrining ob’ektiv shartsharoitlari tufayli aholining asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi va ta’minoti pasaygan bo’lsa, so’nggi o’n yillikda bu boradagi ko’rsatkichlarda barqaror o’sish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu jarayonda uy xo’jaliklari eskirgan va noqulay maishiy va elektrotexnika buyumlaridan voz kechib, yangi, zamonaviy, sifat jihatdan eski buyumlardan keskin farq qiladigan mahsulotlarni tez sotib olmoqda.
Qayd etilgan davrda mutlaqo yangi mahsulotlar paydo bo’ldi. Bugun ularni xonadon egalari katta qiziqish bilan sotib olmoqda: raqamli televizor va fotoapparatlar, sun’iy yo’ldosh antennalari va mobilь telefonlar, DVD pleyerlar, kompьyuter va unga qo’shimcha qurilmalar, noutbuklar va boshqa elektron texnikalar, qurilish materiallarining yangi turlari, qadoqlash buyumlari va boshqa ro’zg’or ashyolari shular jumlasidan. SHunisi e’tiborliki, xonadonlarning zamonaviy maishiy va elektrotexnika bilan ta’minlanish sur’atlari yurtimizning barcha hududlarida bir maromda, mutanosib tarzda o’sib bormoqda.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan buyumlar bilan ta’minlanish bo’yicha mamlakatimizda yuksak darajaga erishilgan. Buni har 100 xonadonga 132 ta televizor, 99 ta sovutgich, 64 ta DVD pleyer, 145 ta mobilь telefon to’g’ri kelishi tasdiqlaydi. 1990 yilda o’nta oiladan bor-yo’g’i bittasi shaxsiy avtomobilga ega bo’lgan bo’lsa, 2012 yilga kelib har uchta oilaning bittasida avtomobilь mavjudligi aholi farovonligi va moddiy ta’minlangani oshib borayotganini ko’rsatadi.
Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste’mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste’mol tovarlariga bo’lgan talab va ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. O’rtacha oylik maosh xarid qobiliyatining o’sish dinamikasi, minimal iste’mol savati bilan qiyoslaganda, hozirgi paytda 7,2 barobar oshdi.
Modernizatsiya strategiyasi iqtisodiyotimizni yaqin yillar ichida yanada barqaror, o’ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo’lmog’i uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish natijasida aholining mustaqillik yillarida yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirish pirovard natijada xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu o’rinda mamlakatimiz va mintaqamizdagi mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, gazni qayta ishlash, neft- kimyo, energetika, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoatlari, mashinasozlik, farmatsevtika kabi zamonaviy sohalar, ishlab chiqarish tarmoqlarini va albatta, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarini jadal rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda, yaqin kelajakda raqamli va keng o’lchamli televideniega o’tish rejalashtirilgan.
SHular qatorida birinchi navbatda yengil, to’qimachilik va oziqovqat sanoatida paxta tolasi, boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarishni, qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sifatli va barqaror talabga ega bo’lgan tayyor mahsulotlar tayyorlaydigan korxonalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuqoridagilarning barchasi mamlakatimizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash orqali aholining ommaviy farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, farovonlik ta’minlangan joyda tinchlik osoyishtalikka zamin tayyorlanadi. O’rtacha mulkdorlar sinfiga oid qatlam miqdori ko’payadi, ijtimoiy zo’riqishning oldi olinadi. Ishsizlar soni minimal darajaga tushiriladi va bu jinoyatchilikning kamayishiga olib keladi. Oqibatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xizmat yuki kamayadi.

Download 78,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish