Qorin muskullarini chiniqtiruvchi mashqlar.
1. Tekis joyga orqa bilan yotgan holda qo`l-oyoqlar uzatiriladi.
- uzatilgan va juftlangan oyoqlarni 40-50 sm yuqoriga ko`tarib, nafas chiqariladi, tushirib nafas olinadi - 10 marta.
2.Orqaga yotgan holda qo`l-oyoqlar uzatiladi.
- qo`llarni bosh ostiga qo`yiladi, nafas olinadi;
- oyoqlarni 20 sm yuqoriga ko`tarib, 2 oyoqdan aylana yasalib, nafas chiqariladi;
- qo`l-oyoqlar tushirilib, nafas olinadi.
- Bu mashq 10 marta takrorlanadi.
3. Orqaga yotgan holda qo`l-oyoqlarni uzatib, chuqur nafas olinadi.
- oyoqlarni 30-40 sm yuqoriga ko`tarib, bir-biriga chalkashtirib nafas chiqariladi, tushib nafas olinadi.
- Bu mashq 10 marta takrorlanadi.
4. Orqaga yotgan holda oyoqlar uzatiladi, qo`llar bosh ostiga qo`yiladi.
- oyoq - tovon devan ostiga yoki biror og`ir buyum ostiga kiritiladi (yoki bir kishi oyoqni shu joyidan ushlab turadi);
- shu vaziyatda o`tirish va yotish harakatlari bajariladi- 5-10-15 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |