Osteoxondroz kasalligida davolash mashqlari.
Osteoxondroz umurtqalar orasida joylashgan tog`aylarni (disklarni) yupqalanishi, yorilishi tufayli yuzaga keladigan kasallikdir.
Sababi: Organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, og`ir yuk ko`tarish, qattiq yerga sakrash tufayli umurtqalar orasidagi tog`aylar ezilishi, yorilishi, yupqalanishi mumkin.
Buning natijasida umurtqalar orasida va atrofida joylashgan paylar ham shikastlanadi, ingichkalashadi, mo`rtlashadi. Bunga spandilyoz kasalligi deyiladi.
Osteoxondroz asosan tana og`irligi ko`p tushadigan umurtqalarning disklarida yuzaga keladi: 6-nchi buyin, 9-nchi ko`krak, 3-nchi bel umurtqalari.
Ayollarda ostexondroz kasalligi uzoq yillar davomida baland poshnali poyabzal kiyish natijasida ham vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |