U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- davolash-evakuatsiya tadbirlarini hamda sanitar-gigiena va sanitar-epidemiyaga qarshi tadbirlarni va yo‘l davomida va yuklash (tushirish) stansiyalarida dushmanning ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalash tadbirlarini o‘tkazish.
- yonga siljimaslik uchun qo‘shimcha mahkamlashni hisobga olmagandagi skobalar soni.
- ikkita skoba o‘rniga diametri 6 mm va uzunligi 200 mmli sakkizta mixdan foydalanish ruxsat etiladi.
Texnik ta’minot bo‘linmalarini yo‘l davomida boshqarish telefon, radiovositalar, yorug‘lik va ovoz signallari, choparlar orqali amalga oshiriladi. Xizmat bo‘yicha katta boshliqlar bilan aloqani ta’minlash uchun eshelonning radiovositalari, temir yo‘lning va komendantlik xizmatining aloqa vositalaridan foydalaniladi.
Harbiy eshelon (transport) tushirish stansiyasiga (joyiga) kelishi bilan dvigatellarni qo‘shishga tayyorlash bilan birgalikda mashinalarni harakatlanuvchi sostavga mahkamlab turgan qotirgichlar echiladi. Dvigatellarni qo‘shish va tushirishdan oldin ekipajlar nazorat ko‘rigi (NK) o‘tkazadilar.
Mashinalarda nosozliklar paydo bo‘lganda ularni bartaraf etish eshelon tarkibiga kiruvchi texnik ta’minot bo‘linmalarining kuch va vositalarini jalb qilgan holda tashkillashtiriladi. Agar kamchilik qisqa vaqt ichida bartaraf etilmasa, unda bu mashinani tushirish eshelonda turgan va birinchi navbatda tushiriladigan evakuatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Qurol-aslaha va texnikani tushirish barcha mavjud yuklash-tushirish qurilmalari, mexanizmlar va moslamalardan foydalangan holda amalga oshirilishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi kerak.
Harbiy eshelonni tayyorlanmagan joylarda tezlik bilan tushirish uchun tabelli va yasama vositalardan foydalaniladi.
Eshelon tushirib bo‘lingach, qurol-aslaha va harbiy texnikani ko‘p marta mahkamlash uchun foydalaniladigan materiallar va moslamalar, yopish brezentlari va niqoblash vositalari keyinchalik foydalanish uchun o‘z shtatli joylariga joylab qo‘yiladi. Bir marta mahkamlash uchun ishlatiladigan yuklash-tushirish moslamalari va materiallari yuklash-tushirish komandalarining kuchlari bilan ko‘rsatilgan joylarga yig‘iladi, vagonlar begona narsalardan tozalanadi. Platformalarning yon devorlari (bortlari) va yopiq vagonlarning eshiklari (tuynuklari) yopiladi.
Tushirishdan keyin yig‘ilish rayonida bo‘linma komandirlari va ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari qurol-aslaha va harbiy texnikaning nazorat ko‘rigini (NK) o‘tkazishni tashkillashtiradilar.
Bo‘linmalar tushirishdan keyin jamlanish rayoniga harakatlanayotganlarida kolonnalarni tugallovchilar tayinlanadi (ularning tarkibi va vazifalari marshdagi bilan bir xil).
Jamlanish rayonida mashinalarga kundalik xizmat ko‘rsatish (KXK) va ularni bo‘lajak jangovar harakatlarga (marshga) tayyorlash o‘tkaziladi.
11.3. Qurolli majaroda maxsus qo‘shin harakatlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |