Harbiy eshelonni temir yo‘l harakatlanuvchi sostaviga yuklash (tushirish) vaqti me’yorlari (s. daq)
Harbiy eshelonlar
|
YUklashga
|
Tushirishga
|
Orqa (old) tomondagi platforma (apparel) foydalan.
|
yon tomondagi platforma (apparel) foydalan.
|
Orqa (old) tomondagi platform (apparel) foydalan.
|
yon tomondagi platforma (apparel) foydalan.
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Harakatlanuvchi sostavda joylashtirilganidan so‘ng yuklash gabaritlariga keltirishni talab etmaydigan tabelli mahkamlagichlari bor zanjirli mashinalar bilan, g‘ildirakli mashinalar bilan birga yuklanganda.
|
2.40
|
3.20
|
2.00
|
2.00
|
Harakatlanuvchi sostavda joylashtirilganidan so‘ng yuklash gabaritlariga keltirishni talab etadigan zanjirli mashinalar bilan
|
3.20
|
4.00
|
2.30
|
2.45
|
Tortmalardagi sim o‘ramlari va tayanch brusoklarni o‘rnatish uchun skobalar va mixlarning soni
Mashinaning massasi, t
|
Tortmalardagi sim o‘ramlarining soni, dona.
|
Platforma bortlarini bog‘lashni hisoblagan holda bitta mashina uchun sim sarfi
|
Har bir tayanch brusok uchun skobalar soni, dona.
|
Mashinaga* ketadigan barcha skobalar, dona.
|
kg
|
pog. m
|
15 gacha
|
4
|
10.0
|
45
|
2**
|
8**
|
15.1 – 25
|
6
|
14.5
|
65
|
3
|
12
|
25.1 - 50
|
8
|
19.0
|
85
|
3
|
12
|
Qurol-aslaha va texnikani harakatlanuvchi sostavda mahkamlab bo‘lgach bo‘linma komandirlari va ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari akkumulyator batareyalari ajratgichlarining o‘chirilganligi, yonilg‘i baklarining yopilganligi, turish tormozlari qo‘shilganligi (tanklarda tormoz pedalini va uzatmalarni almashlab ulash dastagini ularni qo‘shganidan keyin plombalash), platformalar qo‘shilgan joyning ustida joylashgan avtomobillarda oldingi mostlarini o‘chirish, tanklarning bashnyalari, pushkalari, o‘qlash mexanizmalari stoporlarining holatini, chiqib turuvchi va aylanuvchi qismlarning stopor va fiksatorlarining holatini, ularning to‘g‘ri plombalanganligini, qurol-aslaha va harbiy texnikani yuklash gabaritlariga yoki gabariti (tashqi o‘lchamlari) katta yuklarni tashish talablariga to‘g‘ri kelishini, qish vaqtida – sovutish tizimlarida suv yo‘qligini, mashinaning tashqarisida echiladigan jihozlarning qotirilganligini shaxsan tekshiradilar.
Tekshiruvdan keyin zanjirli mashinalarning tuynuklari va g‘ildirakli mashinalarning eshiklari qulflanadi va plombalanadi.
Qurol-aslaha va texnika zarur bo‘lganda yopqich brezentlar va tabeli niqoblash vositalari bilan yopiladi, ular poezd harakatlanayotganda uchib ketmasligi uchun yaxshilab mahkamlanishi kerak.
Mashinalarni niqoblab bo‘lgach platformalarning yon devorlari (bortlari) yopiladi va stoporlar bilan qotiriladi, mashinalarning eni platformalarning yon devorlarini (bortlarini) yopishga imkon bermasa ular ochiq (tushirilgan) holatda qotiriladi.
Qurol-aslaha va texnika harakatlanuvchi sostavga mahkamlanib va niqoblab bo‘lingach va harbiy eshelonni tashish uchun transport hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘nggina yuklash tamomlangan hisoblanadi.
Yo‘lda ketishda bo‘linma komandirlari va ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari shaxsiy tarkib bilan qurol-aslaha va harbiy texnikani harakatlanuvchi sostavga yuklash va tushirish tartibi va qoidalari, xavfsizlik choralariga rioya qilish, bo‘lajak jangovar harakatlar davomida mashinalarni ekspluatatsiya qilishning alohida xususiyatlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishni tashkillashtiradilar.
To‘xtashlar vaqtida qurol-aslaha va harbiy texnikani, ularni yopish brezentlari va maskirovka vositalarining mahkamlanganligini tekshirish tashkillashtiriladi. Aniqlangan kamchiliklar zudlik bilan ekipajlarning kuch va vositalari bilan bartaraf etiladi. Mashinalarning surilishi yoki mahkamligi buzilganligi aniqlanganda, eshelon (transport) nosozliklar to‘liq bartaraf etilgunicha to‘xtatib turilishi kerak.
Harbiy eshelon tarkibiga kiruvchi texnik ta’minot bo‘linmalarining moddiy ta’minoti eshelonning umumiy frontorti (ichkari) ta’minoti tizimida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |